топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

zahmatkash:

Ustozlarni yod etib...

ТАСИ
Илм-фан


          9 may – xotira va qadrlash kuniga bag'ishlanadi


 


      Insonni hayot mashaqqatlari toblaydi. Agar inson o'z umrini murakkab, ammo faxrli ishga – yosh avlod tarbiyasiga bag'ishlasa, bu inson o'ziga umrboqiy yodgorlik qo'ygan bo'ladi. Shunday zahmatkash insonlardan biri – bizni ilm bulog'idan baxramand etgan tabarruk ustozimiz Ubaydullaev Xamza Muxarramovichdir.


      Ustoz haqida gap ketar ekan, Xamza Muxarramovichni hamkasb va shogirdlari kamtarin inson, etuk mutaxassis, jonkuyar olim, yoshlarning mehribon murabbiyi, o'z kasbining fidoyisi bo'lganini yuksak hurmat va iftixor bilan xotirlaydilar. Ustoz muomala madaniyatini chuqur egallagan, suxbatdoshi kim bo'lishidan qat'iy nazar, har bir insonning qalbidan joy olib, samimiy so'zlar ila muomala qilishlari bilan ajralib turardi.


     Uning ko'p yillik samarali mehnatlari qadrlanib, olim 1975-2012 yillar davomida Xalqaro Sharq mamlakatlari arxitektura akademiyasining akademigi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan arxitektor, professor kabi unvonlar bilan taqdirlangan.  


     X.Ubaydullaev 44 yillik mehnat faoliyatini O'zbekistonda arxitektura maktabining shakllanishiga va rivojlanishiga, etuk mutaxassis-arxitektorlarni tayyorlashdek xayrli va mashaqqatli ishga bag'ishladi. U 20 yil davomida Arxitektura fakulteti rahbari sifatida pedagogik va ilmiy faoliyatda barchaga o'rnak bo'lib, jamoat ishlarida faol qatnashdi, ko'plab darslik va o'quv adabiyotlarini yozib chop ettirdi, ilmiy-malakali kadrlar etishtirdi.


      Uning rahbarligida 11 nafar nomzod o'zlarining dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Jumladan: Saydalimov Karim (1974y.), Tolipov Komil (1975y.), Inogomov Baxtiyor (1978y.), Tursunov Saidaxmad (1995y.), Qodirov Baxrom (2004y.), Setmamatov Maqsud (2004y.), Gabibova Irina (2005y.), Xudoyberganova Nodira (2006y.), Umarov Aziz (2007y.), Mansurov Yashnar (2009y.), Yunusov Shukurulla (2010y.). Bugungi kunda ularning loyihalari asosida bunyod etilgan bino va inshootlarni Respublikamizning turli shaharlarida ko'rish mumkin.


     Ustoz xotirasi azizdir… Shunday ekan, Xamza Muxarramovichdan qolgan ulug' “merosni” davom ettirish bilan biz shogirdlar Respublikamizda arxitektura ilmini yanada rivojlanib, taraqqiy etishiga o'z xissamizni qo'shgan bo'lamiz. Ustoz o'zlarining yozgan kitoblari, etishtirgan shogirdlari va qurgan binoalari bilan xalqimizga beqiyos xizmat qilganlarini barchamiz e'tirof etamiz va qadrlaymiz.


 


                                                                                TAQI Arxitektura fakulteti, 


                                                                               Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi mudiri, 


                                                                              arxitektor, arx.f.n. Sh.X.Yunusov