топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

yangiliklar:

Ўзбекистонлик ёш математиклар Малайзиядаги жаҳон кубогида энг яхши натижани қайд этишди

Жамият

27 май куни ментал арифметика бўйича Ўзбекистон чемпионати бўлиб ўтди. Унда 500 га яқин иштирокчи қатнашиб, шулардан 21 нафар ғолиб Малайзияда 16 июль куни бўлиб ўтган Жаҳон кубогида иштирок этиш учун йўлланма олишганди.
16 июль куни эса Малайзиядаги Жаҳон кубогида 35 давлатдан 600 дан ортиқ иштирокчи қатнашди. Улар орасида

Р.Кудратов хотирасига бағишланган “Енгил атлетика” бўйича институт очиқ чемпионати

Илм-фан

2017 йил 14-15 апрел кунлари Тошкент тиббиёт академиясининг  “Шифокор” стадионида енгил атлетика бўйича Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти профессори Р.Қудратов хотирасига бағишланган енгил атлетика бўйича ЎзДЖТИ очиқ чемпионати мусобақаси бўлиб ўтди. Унда 18 та олий ўқув юртлари жамоаларидан келган

ARM yangiliklari. “O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” nomli albomning taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Илм-фан
            Joriy yilning 2 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazida Tasviriy san’at va mehnat ta’limi fakulteti hamkorligida  O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning buyuk siymosini xotirlash hamda “O‘zbekiston

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yildagi faoliyati sarhisobiga bag'ishlangan Hay'at majlisi bo'lib o'tdi

 
Joriy yil 21 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yildagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Hay’at

Рио-2016 паралимпиадаси - Ўзбекистон вакиллари ҳисобида яна 2 та олтин медаль

Илм-фан
Рио-де-Жанейро шаҳрида давом этаётган Паралимпиада ўйинларининг тўртинчи куни ҳам Ўзбекистон вакиллари учун муваффақиятли кечди.
Шу куни Ўзбекистон делегацияси ҳисоби 2та олтин медаль билан бойиди.
Сузувчилар жамоаси вакили Фотима Омилова 100 метрга брасс усулида сузиш мусобақасида 1:12.45 сониялик натижа кўрсатди ва маррага биринчи бўлиб келди.

Амир Темур сиймоси – миллий ғоя тимсоли

Илм-фан

2016 йил 8 апрель куни Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институтининг катта мажлислар залида “Амир Темур сиймоси – миллий ғоя тимсоли” мавзусида маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.
Тадбир Амир Темур таваллудининг 680 йиллиги муносабати билан Республика Миллий ғоя ва мафкура илмий-амалий маркази, “Ўзбектеатр” ижодий

Konstitutsiya - huquqlarimiz kafolati

ТАТУда учрашув
Учрашувлар
TATU Urganch filialida 2015 yil 4 dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- huquqlarimiz kafolati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatini Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari I.Yusupov kirish so’zi bilan ochib, yurtimizni tinchligi, ravnaqi va osoyishtaligiga asos bo’lgan Bosh Qomusimiz o’rni haqida ma’lumotlar berib o’tdi. 
Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazish bosh maslahatchisi Jumaniyazov Odilbek so’zga chiqib, Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, undagi bo’lim, boblar va moddalar xaqida to’xtalib, Konstitutsiyamizni jahondagi boshqa davlatlarni Konstitutsiyalaridan farqi shundaki, 14 bobdagi 66 moddaga talabalarni diqqatini tortib, bunday sharqona qarash va ota-onaga hurmat boshqa davlatlarni Konstitutsiyalarida yo’qligi va fuqarolarning shaxsiy xuquq-erkinliklari xaqida, siyosiy xuquqlari xaqida, ijtimoiy va iqtisodiy xuquqlari xaqida ham to’xtalib o’tdi. Shundan so’ng Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi targ’ibot va xuquqiy ma’rifat bo’limi etakchi maslahatchi vazifasini bajaruvchi Matyaqubov Xushnud so’zga chiqib, bugungi kundagi yoshlarni yutuqlari, ularga davlatimiz tomonidan ajratilayotgan mablag’lar hakida ma’lumotlarni berib o’tdi.

«Соғлом она ва соғлом бола йили»

2016 йил "Соғлом она - соғлом бола йили"
Ўзбекистон Президенти Ислом Каримов тантанали йиғилишда  кириб келаётган янги — 2016 йилни Ўзбекистонда «Соғлом она ва соғлом бола йили» деб эълон қилишни таклиф этди.
Маълумот учун, Ўзбекистонда 1997 йилдан бошлаб ҳар бир йилга шу давр ичида тараққиётнинг муҳим йўналишларини ифода этадиган ном бериш анъанага айланган. 1997—2015 йиллар оралиғида йилларга қуйидагича ном берилган:
 

Siz borsizki – olam munavvar, aziz ustoz-murabbiy!

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан


“Axsikent yoshlari” ma’naviyat-targ‘ibot-tashviqot guruhi tomonidan “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan “Siz borsizki – olam munavvar, aziz ustoz-murabbiy!” deb nomlangan bayram tantanasi tashkil etildi.
Bayram tantanasida institutning professor-o‘qituvchilari,  murabbiylari hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi a’zolari R.To‘raxonov, T.Tolipov, M.Yuldasheva, S.Nosirova, SH.Qodirov,  SH.Abdullaev, J.Rejavaliev, shuningdek Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari SH.Ergashevlar ishtirok etdilar.
Millat farzandlarini har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularga ilm-fan sirlarini o‘rgatishdek g‘oyat mas’uliyatli ishni ado etib kelayotgan ustoz-murabbiylarimizning qiyoslab bo‘lmaydigan oliyjanob mehnatlarini inobatga olib ushbu kunni muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan umumxalq bayrami deya e’tirof etilganligi, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz hohish-intilishlarini o‘zida mujassam etdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun o‘qituvchi-murabbiy e’zozda, e’tiborda, g‘amho‘rlik og‘ushida.
Barchaga o‘rnak bo‘lib samarali mehnat qilib kelayotgan bir qator ustoz-murabbiylarga esdalik sovg‘alari topshirildi. SHundan so‘ng navbat “Axsikent yoshlari” jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturiga berildi. Qolaversa Andijon viloyati  “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining hushovoz xonandasi Qizlarxon Davronova ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi.
O‘tkazilgan bayram tantanasi yig‘ilgan barcha ustoz-murabbiylar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi hamda ularga yuqori kayfiyat ulashdi.Tadbirda 250dan ortiq ustoz-murabbiylar ishtirok etdilar.
 
Gavharoy USMONXO‘JAYEVA
 
AndQXI “Kamolot” YIH
BT “Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar” yo‘nalishi sardori
 










 

Sahovat dilni poklaydi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Andijon qishloq xo'jalik instituti «Kamolot» YIH boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan iqtidorli va faol talaba-yoshlardan iborat «Axsikent yoshlari» ma'naviyat targ'ibot-tashviqot guruhi Andijon viloyat hokimligining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga qarashli Qo'rg'ontepa tuman bolalar “Muruvvat” uyida bo'ldilar.
Tadbirning rasmiy qismida homiylar tomonidan taqdim etilgan hadyalar muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga topshirildi. Madaniy kechada esa respublika QVZ tanlovining yarim final o'yini g'olibi «Og'alar» jamoasi, hamda Azizbek Ismanov va Saida Ibragimovalar tomonidan kuylangan kuy qo'shiqlar davraga o'zgacha shukuh bag'ishladi.
Ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilgan dastur ishtirokchilar qalbida ertangi kunga ishonch, bugungi kunimizga shukronalik tuyg'ularini bag'ishlagani shubhasiz.
E'tirof etilganidek: savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak!


Gavharoy USMONXO'JAYEVA
AndQXI «Kamolot» YIH
BT «Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar» yo'nalishi sardori






Yuksak ma’naviyatga intilib

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Vijdoni uyg‘oq odam yon-atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga, yordam va ko‘makka muhtoj insonlar muammolariga hech qachon befarq qaray olmaydi. Bayram nafasi hukmron fayzli kunlarda, Andijon qishloq xo‘jalik institutining 25 nafar “Kamolot” faollari Andijon viloyati “Bo‘taqora” muruvvat uyida bo‘ldilar.
Tengdoshlarimiz tomonidan tayyorlangan bayram dasturi muruvvat uyida yashovchi 300dan ziyod yurtdoshlarimiz qalbini to‘lqinlantirdi. Ko‘tarinki kayfiyat tarannum etilgan tantanada dildan madaniy hordiq chiqarildi. Sho‘x kuy-qo‘shiqlar go‘zal raqslarga, parodiya va hazil mutoyibalar samimiy kulgularga ulanib, davraga yanada fayz bag‘ishladi.

Sahovat – yuksak axloqiy fazilat

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi nishonlanayotgan ushbu shukuhli kunlarda Andijon qishloq xo‘jalik institutining bir guruh ustoz-murabbiylari, shuningdek iqtidorli yoshlardan tarkib topgan “Kamolot” faollari Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan Chuama “Muruvvat” nogironlar uchun ayollar internat uyida bo‘ldilar.
Muruvvat uyida hozirgi kunda 306 nafar o‘zgalar qaroviga muhtoj xotin-qizlar istiqomat qilishadi. Ularga 150dan ziyod xodimlar tibbiy-ijtimoiy, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Istiqlol farzandlari – istiqbolga intilib yashaydi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Andijon qishloq xo‘jalik institutiga 2015-2016 – o‘quv yilidan bakalavr bosqichida ta’lim olish istagini bildirgan 15 mingdan ziyod abituriyentlar orasidan adolat mezoni hisoblanmish davlat test sinovlari asosida saralanib olingan tengdoshlarimiz qalbida bugun cheksiz hayajon jo‘sh urmoqda. Ularning ko‘zlarida kelajakka ishonch, baxtiyorlar yurtida yashayotganiga shukronalik xissi ufirib turibdi.
O‘z oldiga ezgu maqsadlar qo‘yib intilayotgan yoshlar eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 24 yilligi, qolaversa an’anaviy “Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda jam bo‘lishdi. Bayramni institutimiz rektori Z.M.Jumaboyev kirish so‘zi bilan ochib, barchani Istiqlol tantanasi bilan tabriklab, yangi boshlanayotgan o‘quv yilida muvaffaqiyatlarimiz bundanda bisyor bo‘lishiga tilak birldirdi.

“Камолот” – бизга қанот!

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан


 “Камолот” ЁИҲ ташкил топган кунларда муҳтарам Президентимиз И.А.Каримов “Камолот – ёшларнинг тайанчи ва суянчи бўлсин”, дея тилан билдирган эди. Бугунги кунга келиб, бу ҳеч бир муболағасиз айни ҳақиқатга айланди. Бунинг ёрқин мисолини ўзимда кўрдим десам тўғри бўлади.


Ўсмирлигимдан журналистикага ҳавасим уйғонган. Ижодга иштиёқим бор, бироқ бу соҳада ҳавас ва иштиёқнинг ўзи камлик қилади. Вақт ўтиши билан тушунчаларим кенгайиб, соҳага масъулият билан қарашни ўрганяпман.

Ёш журналистлар медиа-тренинги

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан


Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманида “Камолот” ЁИҲ Марказий кенгаши ва бир қатор ташкилотларнинг ҳамкорлигида “Ёш журналистлар медиа-тренинги” ташкил этилди. Мамлакатимизда амалга оширилаётган ёшларга оид давлат сиёсатининг мазмун-моҳияти ва ислоҳотлар самарасини халқимиз ўртасида кенг тарғиб қилиш, ёшларга таалуқли долзарб масалаларни таҳлилий ёритишга ихтисослашган кадрлар тайёрлашга хисса қўшиш, ёш журналистларнинг замонавий талаблар асосида касбий билим ва тажрибасини ошириш, ёшлар учун мўлжалланган медиа-лойиҳаларни амалга ошириш бўйича таклифлар ишлаб-чиқиш, журналистлар ўртасида соҳадаги илғор тажрибаларни оммалаштириш, ёшлар масалалари билан шуғулланувчи ташкилотлар билан журналистлар ўртасида ҳамкорликни мустаҳкамлаш ҳамда ёшлар сиёсатига оид мавзуларни сифатли ёритишга кўмаклашиш мақсадида ташкил этилган тадбирда республикамизнинг барча ҳудудларидан 150 нафардан ортиқ тенгдошларимиз иштирок этишди.

Tafakkur sinovlari

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Andijon viliyatida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida  “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda Andijon davlat universitetining “Istiqlol farzandlari”,
Andijon tibbiyot institutining “Avitsena”,
Andijon mashinasozlik institutining “Intelekt”,
Andijon qishloq xo‘jaligi institutining “Temuriylar”,
Toshkent davlat stamotalogiya instituti Andijon filialining “Yangi avlod” jamoalari bellashdi.
 

Keksalarimiz e’zozda

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Kuni kecha, Andijon qishloq xo‘jalik instituti “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti faollaridan tarkib topgan bir guruh talabalar “Keksalarni e’zoz yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Keksalarimiz e’zozda” nomli loyiha doirasida Andijon tumani Hakan QFY, Bo‘riboy MFYda bo‘ldilar.
Mahalla nuroniysi Xolmatov Mamazoir ota xonadonida uy ro‘zg‘or ishlarida ko‘maklashib, tomorqa maydonlarini obodonlashtirishda ishtirok etdilar. Qolaversa, mamlakatimizdagi bebaho tinchlik ne’mati, barqaror rivojlanish va fuqarolarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hususida mazmunli suhbat qurdilar.

Internet xavfsizligi va internet madaniyati: muammo va yechimlar

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 10 iyun kuni O‘zLiDeP Andijon viloyati Kengashi “Yoshlar bilan ishlash bo‘limi” tomonidan Andijon davlat katta majlislar zalida “Xavfsiz internet” partiyaviy loyihasi doirasida “Internet xavfsizligi va internet madaniyati: muammo va yechimlar” mavzusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha yoshlar forumi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi vakillari, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari, Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Xalq ta’limi boshqarmasi vakillari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha mutaxsassislar, Respublika Ma’naviyat targ‘iboti markazi Andijon viloyat bo‘limi mutasaddilari hamda, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillaridan iborat jami 320 nafar qatnashchilar ishtirok etdilar.

Хонобод таровати

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 йил 3 май куни Хонобод шаҳрида “Хонобод таровати” анъанавий ёшлар фестивали ўтказилди. Вилоятимизнинг барча туман ва шаҳарларидан келган меҳмонлар, шунингдек олийгоҳимизнинг ўттиз беш нафар иқтидорли талабалари ажойиб тантаналарнинг гувоҳи бўлдилар.
Бизга бириктирилган автобус етиб келиши билан институтимиз жамоаси йўлга отланди. Равон йўллар бизни манзил томон элтди. Мақсадни аниқ қўйиб, мустаҳкам ирода билан талпинсангиз тақдир ва омад кулиб боқиши тайин. Зеро, биз бунга қодир – буюк юрт фарзандларимиз!
Шаҳарга кириб борарканмиз кўп қаватли бинолар, чиройли табиат манзаралари йўлимизга пешвоз чиққанди, назаримизда. Мана биз интиқиб кутган фурсатлар келди, ёшлар фестивалига старт берилди.
Фестивални очилишида Президентимиз Ислом Каримов ташаббуси билан халқимиз маънавияти ва турмуш даражасини юксалтириш борасида амалга оширилаётган кенг кўламли ишлар, ўтказилаётган турли тадбирлар юртдошларимиз кайфияти ва руҳиятини кўтариш, одамлар қалбида эртанги кунга ишонч туйғуларини мустаҳкамлашга хизмат қилаётгани таъкидланди.
Анжуманда вилоят ҳокими Ш.Абдураҳмонов иштирок этди. Очилиш маросимида сўзга чиққан Хонобод шаҳар ҳокими Ш.Алимов барча қатнашчи ва меҳмонларни қутлаб, фестивал шаҳар ҳаётидаги унутилмас кунлар қаторида ўтаётганлигини таъкидлаб ўтди. Май ойининг, аниқроғи ёзги маҳаллий сайёҳлик мавсуми бошланиши Хонободда катта тантана, ўзгача шукуҳ билан қарши олинади. Қирқ йилдан ортиқ муддат илгари, айнан 3 май куни элимизда “Ўзбекистон Швейцарияси” номи билан донг таратган бу сўлим ҳудудда янги шаҳарга асос солинган. Кулгу устаси, бетакрор саньат соҳиби Сойиб Хўжаевнинг таваллуд айёмининг 105 йиллиги алоҳида эҳтиром билан эсга олинди.
Фестивал доирасида ташкил этилган кураш, миллий ўйинлар мусобақалари, ошпазлар танлови, дорбозлар гуруҳларининг чиқишлари барчада катта таассурот қолдирди.
– Халқимизнинг тинч-осойишта, фаровон ҳаётини мазмунан янада бойитишда бундай фестивалларнинг аҳамияти катта, – дейди «Камолот” ЁИҲ институтимиз етакчиси Орифжон Абдуллаев. – Мана шундай байрамда юртдошларимизга хушнудлик бахш этаётганимиздан беҳад мамнунмиз.
Алишер Навоий номидаги маданият ва истироҳат боғида Ўзбекистон халқ артисти Сойиб Хўжаев хотирасига бағишлаб ўтказилган аскиячи-қизиқчилар кўрик-танлови фестивалга янада кўтаринки руҳ бағишлади.
»Ёшлар маркази«да ўтказилган „Қувноқлар ва зукколар“ танловида вилоятдаги олий ўқув юртлари иқтидорли талабаларидан иборат жамоалар куч синашди. Беллашувда институтимизнинг “Оғалар” жамоаси йигитлари кўнгилочар пародиялари, қувноқ ҳазиллари, Ватанни, ёшликни мадҳ этувчи қ жамоавий қўшиқлари билан тадбирга кўтринки кайфият бағишладилар ва ташкилотчилар томонидан махсус диплом ва эсдалик совғалар билан тақдирландилар.
Тушлик вақтида Андижон вилоятидаги барча олий таьлим муассасаларининг талабалари устоз-мураббийлари билан бирга туманнинг файзли дам олиш масканларидан бири “Фозилмон ота” сайилгоҳида бўлдик. Тенгдошларимиз қалби қайноқ эканлиги, кўзларини ёниб туриши ва улардаги беқиёс шижоатнинг мавжудлиги кўпчиликни тўлқинлантирди.
Сайилгоҳдаги тадбирни АҚХИ “Маьнавият ва маьрифат” маркази раҳбари М.Ботиров очиб берди. Устозимизнинг нутқи кўпчиликнинг юрагига кириб борди, диёримиздаги тинчлик, ёшларга яратилган эътибор юзасидан билдирилган фикрлар ҳар биримизни мулоҳаза қилишга мажбур қилди десак, муболаға бўлмайди. Аслини олганда сайилгоҳда концерт дастури режалаштирилмаган эди, бироқ устозимиз М.Ботиров ташаббуслари билан сайилгоҳ янада жонланди. Даврага юқори кайфият, унутилмас руҳ бағишланди. Иқтидорли талабаларимизнинг чиқишлари йиғилганларда катта таассуротлар қолдирди.
Фестивал таниқли санъаткорлар, эстрада хонандалари, бадиий жамоаларнинг катта концерт дастури билан якунланди.
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати

Бобурмирзо Хожиакбаров
АҚХИ “Камолот” ЁИҲ
БТ Матбуот йўналиши сардори

Cпорт муаммолари ва институтлараро ҳамкорлик

Блог им. uzdjti-abdujalil
Бугун Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институтида Поволжск давлат жисмоний тарбия, спорт ва туризм академияси профессори, педагогика фанлари доктори, илмий ишлар бўйича проректор Зотова Феруза Рахматуллаевна жисмоний тарбия ва спорт муаммолари ва институтлараро ҳамкорликда фаолият олиб бориш масалалари ҳақида маъруза ўқиди.