топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

xotira muqaddas:

Xotira muqaddas, qadr abadiy

Xotira-muqaddas-qadr-abadiy9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand davlat universitetida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bayram arafasida 220 nafar universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan marhum ustozlarni xotirlab ularning oila a’zolariga, shuningdek 196 nafar bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan faxriy ustozlarga bayram tabriklari yetkazildi. Urush qatnashchilari, front orti hamda mehnat faxriylari universitet ma’muriyati tomonidan pul mukofotlari, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.