топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

xitoy yangi yil:

Xitoyda yangi yil

Dunyo xalqlari urf-odatlari
Xitoy takvimiga ko‘ra, har-bir yilning o‘ziga yarasha talqin etadigan jonivori bor. Xitoyliklarning oy-quyosh taqvimidagi Yangi yil grigoryan taqvimiga ko‘ra kechroq kirib keladi. Albatta, Xitoyda grigoryan taqvimidan ham foydalanishadi ,lekin Xitoyda udum bo‘lgan bayramlar sanasi  xitoy taqvimiga ko‘ra  belgilanadi. Bu bayramlar qatoriga Xitoy Yangi yili ham kiradi, u bahor bayrami deb ham hisoblanadi. Grigoryan taqvimiga kiritilgandan keyin uni Yevropadagi Yangi yildan alohida holda shunday atay boshlashgan. Bilamizki, 1yanvar-Yangi yil boshlanishi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalqlarda Yangi yil aynan bahorda bo‘ladi, tabiatning qishki uyqudan uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi.