топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

xitoy devori:

Buyuk Xitoy Devori haqida 5 savolga - 5 javob

Dunyo xalqlari urf-odatlari
1. Buyuk Xitoy devori o`zi nima?

«Buyuk Xitoy devori» tushunchasining o`zidayoq turli tushunmovchiliklar paydo bo`ladi. Zamonaviy Xitoy uchun bu turli Xitoy imperiyalari tomonidan mamlakatni bosqinchilardan himoya qilish uchun qurilgan devordir. Muammo shundaki, imperiyalar juda ko`p va turli xilda bo`lishgan. Ular turli vaqtlarda qurilish ishlarini olib borishgan va materiallarni har xil joydan olib kelishgan. Kimdir Gobi cho`lidan olib kelgan bo`lsa, yana biri Pekindan bir necha kilometr uzoqlikdan keltirgan. Devorning katta qismi tuproqdan bunyod etilgan bo`lib, eng muhim joylardagina toshdan qalalar qurilgan. Aslini olib qaraganda bu devorning u bilan deyarli bir vaqtda qurilgan Rossiya janubidagi Ilon devori yoki Rim imperiyasidagi devordan farqi yo`q.