топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

xalqaro konferensiya:

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

Илм-фан
2018 yil 5-may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «О‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy me’rosida san’at va madaniyat masalalari»ga bag‘ishlangan xalqaro konfrensiya bо‘lib о‘tdi. Konfrensiyada institutimiz rektori I.J.Yuldashev tadbir ishtirokchilarini bugungi tantana bilan tabriklab, О‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati tarixiga doir masalalar xususida tо‘xtalib, konfrensiyani ochib berdi. Konfrensiyada О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev sо‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarini tabriklab, bugungi kunda buyuk allomalarimizning tarixiy me’rosini о‘rganishimiz va targ‘ib qilishimiz kerakligi haqida aytib о‘tdi.

Samarqandda yirik xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi

img
Samarqand shahrida 28-avgust kuni “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ladi. 
Konferensiya Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining tarixiy merosini chuqur o‘rganish va anglash, jahon jamoatchiligini ularning aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi bilan kengroq tanishtirish, ilmiy markazlar va olimlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyuldagi farmoyishiga muvofiq ushbu anjumanga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.