топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

vatanparvarlik:

Ёшлар орасида ғайри ижтимоий ҳолатлар содир бўлиши бўйича огоҳлантириш, ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 14 февралдаги “Тошкент шаҳрида жамоат тартибини сақлаш, ҳуқуқбузарлик профилактикаси ва жиноятчиликка қарши курашишнинг сифат жиҳатидан янги тизимини жорий этиш тўғрисида” ги ПҚ-3528-сонли қарорида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида  Тошкент ирригация ва қишлоқ

Kо‘ngillarni tо‘ldirgan tadbir

Илм-фан
Umri davomida halol kasbi va yuksak insoniy burchi orqali Vatan sarhadlarini qо‘riqlash, el-yurt osoyishtaligini saqlash, mudofaa, xavfsizlik singari vazifalarni sidqidildan ado etuvchi harbiylarimiz faoliyati tahsinga sazovor. Milliy Mustaqillik davridan to bugunimizga qadar tinch va farovon hayotimizning nurafshon tonglari otishida yurt posbonlari bо‘lmish Vatanparvar harbiylarning hissasi katta. Mas’uliyatli vazifalar, yuksak maqsadlar yо‘lida matonat ila xizmat qilish – naqadar sharaflidir.


Vatan va vatanparvarlik haqida

Ватанпарвар
Маданият ва маърифат
Cho‘lda o‘rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qaerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar.
F. SKORINA

ЮРТ СОҒИНЧИ ёхуд “Ҳелладос”даги тирик туйғулар

 

Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Ватан ҳақида айтилган мадҳлар бисёр. Бироқ ватанни ўзича севган, ватан ҳақида бирор иллиқ сўз айтмасада, юрти учун жонини қалқон қила оладиган одамлар ҳам орамизда кўп. Ватанни она билиб ундан вос кеча олмаган, унинг учун азиз жонидан ҳам вос кечган ўсмир бола ҳақидаги ҳикоя  “ Hellados ”

ЁШЛАР ТАРБИЯСИДА “ОММАВИЙ МАДАНИЯТ” ВА УНИНГ ТАҲДИДИ

QarMII
Илм-фан
ҚарМИИ
Ижтимоий фанлар кафедраси
К.Мирзаев                 
«Оммавий маданият» туб моҳиятига кўра миллий маданиятларнинг кушандаси бўлиб, у маданий хилма-хилликни хушламайди Ҳозирда эса бирор мамлакат ёки халқни бўйсиндириш учун оммавий ахборот воситаларининг ўзи кифоя қилмоқда. Куч

Ватанпарварлик – энг олий туйғу

QarMII
Илм-фан
Ватанининг озодлиги ва ободлиги, унинг сарҳадларининг дахлсизлиги, мустақиллигининг ҳимояси йўлида фидойилик кўрсатиб яшаш, ўз юртининг ор-номуси, шон-шарафи, бахту саодати учун куч-ғайрати, билим ва тажрибаси, бутун ҳаётини бахш этишдек дунёдаги энг муқаддас ва олижаноб фаолиятни англатадиган туйғу. Ватанпарварлик ниҳоятда серқирра туйғу бўлиб,

Vatan himoyasi-muqaddas burch

Ватан учун яшайлик
Darhaqiqat, Vatan sajdagoh kabi muqaddas maskan, uni himoyalash esa sharafli burchdir. Yurtni yot kuchlardan himoya qilishda Respublikamiz Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilayotgan askar va ofitserlarning munosib hissalari bor. Ular kunni kun, tunni tun demay, Vatan sarhadlarini ziyraklik bilan himoya qilmoqdalar, shu bilan birgalikda, o‘z ustlarida tinimsiz ishlab, yangi, zamonaviy texnikalarni, qurol-aslahalarni qanday ishlatishni o‘rganib ham olmoqdalar.

Eng xavfli vaziyatlarda, favqulodda holatlarda aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlariga yaqindan yordam berayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, shuningdek, tabiiy ofatlar paytida qutqaruvchilarni aloqa bilan ta'minlayotgan shunday harbiy qism borki, sohamiz mutaxassislari, aholi hamda boshqalar ular bilan faxrlanadilar, ularga har qanday holatda ishonadilar. Bular Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining fidoyi harbiy mutaxassislaridir.
Mazkur boshqarma o‘zining ko‘p yillik tarixi davomida qanday bosqichlardan o‘tdi, istiqlol munosabati bilan qismda qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Boshqarmaning tarbiyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i, kapitan Sherzod QURAYShYeV muxbirimiz bilan suhbatda ana shular haqida gapirdi:

Ezgulik va tinchlik himoyachilari

Ватан учун яшайлик
Mamlakat aholisining xavfsizligini ta'minlash, chegara dahlsizligini asrashda O‘zbekiston qurolli kuchlarining tutgan o‘rni doimo muhim bo‘lib kelgan. Zero, yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bajarishda xizmat safarini o‘tayotgan posbonlarimizgan kuchli jismoniy tayorgarlik bilan bir qatorda, Vatanga muhabbat, adolatparvarlik, mustahkam iroda kabi hislatlar talab etiladi. So‘nggi yillarda yurtimiz qurolli kuchlarida yuz bergan o‘zgarishlar zamirida ham yuqoridagi omilning o‘rni katta bo‘ldi.

Mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan islohotlar milliy armiyamiz qiyofasini tubdan o‘zartirib, mamlakatimizdagi tinch va osuda hayotning garoviga aylandi.

O‘tgan yigirma yil ichida qurolli kuchlarimizning tayorgarlik saviyasi va nufuzini oshirish maqsadida mamlakat rahbariyati tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Birinchidan, mamlakat yoshlarining ongida Vatanga muhabbat, hurmat kabi tushunchalarni shakllantirishga katta e'tibor qaratildi. “Vatan sajdagohdir” deb bejizga aytishmaydi. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish faqatgina qurolli kuchlarda xizmat qilayotganlarning emas, balki har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.

Ikkinchidan, harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi yangi saviyaga ko‘tarildi. Bunga misol tariqasida 1995 yili mamlakatimiz poytaxtida Markaziy Osiyodagi dastlabki Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etilishini ko‘rsatish mumkin. 1997 yili “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi munosabati bilan Toshkent umumqo‘shin, Chirchiq tank va Samarqand avtomobil oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurtlari kabi o‘quv yurtlari faoliyati yanada mukammalashtirildi. Shuningdek Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti tashkil etildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida aloqachi-ofitserlarni tayyorlovchi fakultet ochildi. Harbiy kadrlar tayyorlash tizimida amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar quroli kuchlarda xizmat qiluvchi mutaxassislarning butun bir bo‘g‘inini shakllantirish imkonini berdi.

Vatanparvarlik qanday fazilat?

Ватан учун яшайлик

Mustaqillik bayramimiz arafasida vatanparvarlik haqida gaplar ko'payadi, chiroyli she'rlar, qasidalar, qo'shiqlar aytiladi. Ziyolilar, tarixda o'tgan mutafakkirlar bu haqda nima deyishadi? Qizig'i, ular orasida negadir vatanparvarlik haqida salbiy munosabat bildirganlar ham bor. Keling bugun ba'zi taniqli odamlarning shu haqda aytgan gaplari bilan tanishib chiqaylik.
Afsuski, namunali vatanparvar bo'lish uchun kishi insoniyatning qolgan qismiga dushman bo'lishi kerak.
(Volter)


Insoniyat orasidan vatanparvarlik yo'qotilmaguncha dunyo hech qachon tinchimaydi. (Bernard Shou)

Vatanparvarlik ichidan urushlar ochib chiqadigan tuxumdir.
(Gi De Mopassan)

Vatanparvarlik johillarga oiddir.
(Oskar Uayld)



Ko'rib turganingizdek, odatdagi madhlarga tamomila zid fikrlar. Mening nazarimda bu mashhur va aqlli shaxslar o'zlari yashab o'tgan davrlardagi urushlarda to'kilgan qonlarni ko'rib shunday gaplarni gapirganlar. Albatta, ularning insoniylik fazilatlari, insonparvarliklari tahsinga sazovor. Bu buyuk shaxslarning so'zlari insonni fikrlashga, o'ylashga majbur etadi.