топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

vatan:

О‘zbekona qadriyat

Илм-фан
O‘zbek millatining hayoti, dardi, chin ma’nodagi insoniy kechmishlari bugun muhim masalaga aylanib qolmoqda. Har bir о‘zbek farzandining ota-bobolari bosib о‘tgan tarixiy о‘tmishni ardoqlab yashashi, ular amalga oshirgan ezguliklarni о‘rganishi va hattoki, ota meros bо‘lib qolgan uyni avaylab asrashidek betakror jо‘mard xarakteri milliy qadriyat sifatida qon-qoniga singib ketgan. Kunikecha “Alisher Navoiy” nomidagi kinoteatrda premyera qilingan “Ota uy” nomli filmda ham ana shunday boqiy an’analar tasvirini kо‘rishimiz mumkin.

Ватан жасур фарзандларни унутмайди

номли блог Yasakov12011987
2017 йил 12 октябрь куни қурилишни бошқариш факультетида Конституциямизнинг 25 йиллиги муносабати билан “Ватан жасур фарзандларни унутмайди” мавзусида давра суҳбати  ўтказилди.  Давра суҳбатини қурилишни бошқариш факультети декани У.А. Назаров, декан ўринбосарлари Исламов К.С, Эшмуродов М.Ҳ. ва “Ўзбекистон тарихи”

ЮРТ СОҒИНЧИ ёхуд “Ҳелладос”даги тирик туйғулар

 

Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Ватан ҳақида айтилган мадҳлар бисёр. Бироқ ватанни ўзича севган, ватан ҳақида бирор иллиқ сўз айтмасада, юрти учун жонини қалқон қила оладиган одамлар ҳам орамизда кўп. Ватанни она билиб ундан вос кеча олмаган, унинг учун азиз жонидан ҳам вос кечган ўсмир бола ҳақидаги ҳикоя  “ Hellados ”

“Yagonasan, muqaddas Vatan!”

   
2017 yil 6 iyun kuni «Yagonasan, muqaddas Vatan!» ko’rik-tanlovining ikkinchi (Samarqand viloyat oliy ta’lim muassasalariaro) bosqichi tashkil etildi.
Ko’rik-tanlovning ikkinchi bosqichida o’z ta’lim muassasalarida g’olib deb topilgan Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, Samarqand davlat qishloq xo’jaligi instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot instituti badiiy jamoalari va yakka ijrochilari qatnashdi.

Vatan muqaddasdir...

СамДЧТИ Роман-герман тиллари факультетининг 2 босқич талабалар иштирокида “Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз!” деб номланган ижодий ишлар кўргазмаси намойиши бўлиб ўтди. Иқтидорли талабаларнинг ижодий ишларида халқимизнинг истиқлолгача бўлган даврдаги ҳаёти ҳамда мустақиллик йилларида рўёбга чиқарилган

Buyuk millatning buyuk farzandi

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Har bir xalq o`zining milliy qahramonlariga ega. Bu qahramonlar xalq tomonidan xayoliy yoki bo`lmasa o`sha xalqning qora kunlarida unga bosh bo`lib yorug` kunlar sari eltgan haqiqiy tirik insonlardan yaratiladi.
O`zbek xalqi dunyo xalqlari orasida o`zining boy tarixi va qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida e`tirof etiladi. Ammo, bu

Tаyanchim vа suyanchim, fахru iftiхоrimsаn, muqаddаs vаtаn!

Buxoro muhandislik texnologiya instituti
Ozod Yuliyev., “Kаmоlоt” YOIH BT yetakchisi
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2015 yil 9 dеkаbrdаgi R-4576-sоnli “Vаtаn himоyachilаri kuni”ni nishоnlаshgа tаyyorgаrlik ko‘rish vа o‘tkаzish to‘g‘risidа”gi fаrmоyishi hаmdа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirining 2015 yil 12 dеkаbrdаgi 480-sоnli buyrug‘i ijrоsi yuzаsidаn institut rеktоrining ichki buyrug‘i chiqаrilib, uning аsоsidа “Vаtаn himоyachilаri kuni bаyrаmigа tаyyorgаrlik ko‘rish vа o‘tkаzish bo‘yichа chоrа-tаdbirlаri” rеjаsi, bаyrаmgа tаyyorgаrlik ko‘rish vа o‘tkаzish bo‘yichа Ishchi guruh tаrkibi, vilоyat hоkimligi bilаn hаmkоrlikdа Vаtаn himоyachilаri kunigа bаg‘ishlаb “Tаyanchim vа suyanchim, fахru iftiхоrimsаn, muqаddаs Vаtаn!” shiоri оstidа hududlаrdа hаmdа hаrbiy qismlаrdа o‘tkаzilаdigаn mа’nаviy-mа’rifiy vа mаdаniy tаdbirlаrni tаshkil qilish rеjа-jаdvаli tаsdiqlаnib quyidаgi ishlаr аmаlgа оshirildi:

image — Institut hududi, o‘quv-lаbоrаtоriya binоlаri hаmdа tаlаbаlаr turаr-jоylаri “Tаyanchim vа suyanchim, fахru iftiхоrimsаn, muqаddаs Vаtаn!” shiоri оstidаgi tаshqi hаmdа ichki tаrg‘ibоt vоsitаlаri bilаn bеzаtildi;
— 2015 yil 4 yanvаrdаn bоshlаb Buхоrо muhаndislik-tехnоlоgiya instituti Ахbоrоt-rеsurs mаrkаzidа “Mеning аrmiyam – mеning fахrim” mаvzusidа ko‘rgаzmа o‘z ishini bоshlаdi;

Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim- mahallamiz faxri.
Reja:
1. Buvijonim o’gitlari.
2. Siz – ahli fayz.
3. 2015- yil — Keksalarni e’ zozlash yili.
4. Nasihat.
5. Yoshlar — faxriylar izdoshlari.
    
                                                                                Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga
                                                                        bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy
                                                                        darajasini belgilaydi.
                                                                                                            (Islom Karimov)
    Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni ’’Keksalarni e’zozlash yili’’ deb e’lon qilinganini eshitib juda quvondim. Keksalarga hurmat-ehtirom ko’rsatilayotgan nurafshon kunlarni ko’rmay o’tib ketgan buvijonimni ko’z o’ngimga keltirarkanman, ularning o’gitlari qulog’im ostida jaranglaydi.
     Buvim ancha keksayib qolganiga qaramay doim ro’zg’or yumushlari bilan kuymalanib yurardi. Bolalik qilib biror yumushdan bosh tortgudek  bo’lsak, yoniga chaqirib nasihat qilardi. ’’Har doim tong sahardan eshik oldi, hovli yuzasini supur, yerni yuzi ochiladi. Uyqudan qancha erta turib darvozani ochsang, uyingga shuncha ko’p baraka kiradi. Ayniqsa, oshxonada yurganingda sochingni yig’ishtirib, boshingga ro’mol o’rab ol!’’ derdi. Buvim isrofgarchilikni yomon ko’rgani uchunmi vodoprovodda suvni oqib turganini ko’rsa darhol jo’mrakni yopib, bizni koyirdi. Hech esimdan chiqmaydi. Ertapishar o’riklar endigina qizara boshlaganda qo’shni qizlarga ergashib, mahallamiz chekkasida yashaydigan Akmal boboning bog’iga o’rikxo’rlikka tushdik. Ukalarimga maqtanmoqchi bo’lib olib kelgan o’riklarimni dasturxon ustiga qo’ydim. ’’Jigarlarini o’ylaydigan mehribon qizim’’ deb, meni erkalab suyishlarini kutib, buvimga qaragan edim, jahl bilan tikilib turgan nigohlariga to’qnashdim. O’shanda birovning bog’idan so’roqsiz bir tishlam meva yeyish o’g’rilik va gunoh ekanligi tushuntirib, meni yetaklagancha Akmal boboning oldiga olib borgandi. Men uchun qayta-qayta uzr so’rab ko’zi yoshga to’lgan buvimning ahvolini ko’rib katta xato qilganimni anglaganman va bir umrlik saboq olganman. Buvim bilan bog’liq xotiralarni eslarkanman, ulardan ko’p narsalarni o’rganib qolmaganimga achinaman. Hammayoqni saranjomini olib yuradigan buvim kiyinishga ham alohida ahamiyat berardi. ’’Did bilan toza-ozoda yur. Atrofingdagilar chiroyli kiymingga emas, ozodaligingga havas bilan qarasin’’, degan gapni takrorlardi. Buvimning yana bir ajoyib odati bor edi. Kitob o’qishni yaxshi ko’rardi. Barcha nabiralarini atrofiga to’plab, bir-biridan qiziq rivoyatlarni o’qib, mag’zini chaqib berardi. Shuning uchunmi kitobga bo’lgan mehrim bo’lakcha.
         Vatan – bu so’z zamirida qancha ma’no mujassam. Vatan muqaddas, uning har qarich yerini e’zozlab yashang. Yagonasan muqaddas Vatanim sevgi va sadoqatim senga baxshida go’zal O’zbekistonim. Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon, biz yosh avlod barkamol bo’lib yetishishga intilmoqdamiz. Shu tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetib yashaylik.Shu tinchlik tufayli mahallamiz,shahrimiz va albatta yurtimiz obod.Mana shu tinchligimiz sababchilari bo’lgan nuroniy bobo va buvijonlarimizga boshimiz yerga tekkuncha ta’zim qilsak ham oz. Keksalarning duosi har bir ish uchun unum baxsh etadi. Fikrim dalilini mana shu to’rt qator she’rda aks ettirmoqchiman.
E’tiqod, qudratda buyuk bobolar,
El yashar toabad suyuk bobolar,
Bibixonim qani, ayting, momolar,
Bobur savlatini ko’rgim keladi
Xalqimizda ’’Qari bilganni pari bilmas’’ degan naql bor. Haqiqatan ham, katta hayot yo’lini bosib o’tgan nuroniylar ko’rsatgan yo’l hamisha to’g’ri bo’lgan. Yoshi ulug’lar pand-nasihat, yo’l-yo’riqlaridan mutaassir bo’lgan o’g’il-qizlar yanada faollashishi tayin. Shu ma’noda  ’’Siz ahli fayz’’ she’ri juda o’rinli.
Ma’yus ko’zlaringiz falsafasida.
Taqdir hikoyasin o’qiyman bot-bot.
Bugun katta hayot arafasida
Har aytgan so’zingiz xotiramda yod.
Qat-qat kitoblardan izlab topmagan
Asl haqiqatlar so’zingizda jo.
Siz – ahli fayzsiz, siz – nurli qadam,
Har bir duoingiz bo’ladi bajo.
       Bizda an’anaga aylanib qolgan yaxshi bir odat bor. Bu kirib kelayotgan yangi yilning o’ziga xos tarzda nomlanishidir. Davlatimiz rahbari Konstitutsiyaning 22 yilligiga  bag’ishlangan tantanali marosimda:’’Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, ko’nglini ko’tarish, shu bilan birga, ularning hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur’’, deya ta’kidladilar va yangi 2015-yilni ’’Keksalarni e’zozlash yili’’ deb nomlashni  taklif qildilar. Mazkur taklifni keng jamoatchilik yuksak e’tirof sifatida qabul qildi. O’zbek xonadonida farzand tarbiyasi xususida so’z borganda keksalarning o’rni, ularning pand- nasihatlari va hayot tarbiyasiga tayaniladi. Bobo va buvi tarbiyasini olgan o’g’il-qiz borki, qalbida mehr-muhabbat, atrofidagilarga izzatda bo’lishga intiladi. Ularning har aytgan so’zini o’z hayotida dasturilamal bilib, to’g’ri va halol yashashga, yurti va millati kelajagi uchun kamarbasta bo’lishga shay turadi. Qariyalar qadr topgan mana shu yurt bag’rida unib-o’sayotgan har bir o’g’il-qiz hamisha xalq xizmatida bo’lish, xalqning olqishini olishga-da intilib yashaydi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat tuyg’usi bizning qon-qonimizga singib ketgani ham bejiz emas, albatta. Oilalarga tinchlik, xotirjamlik va fayz-baraka yog’ilsin. Keksalarimiz sog’-omon bo’lsin. Ularning duolari hamisha yuzimizni  yorug’, yo’llarimizni farovon qilsin. Zero, shuni unutmangki, qarisi bor uyning parisi bordir.
      Shu kunlarda bir kasallikka chalinib qoldim. Nasihat qilish kasalligiga! Atrofimdagilarning harakatlariga, gapirishlariga va kiyinishlarigacha e’tibor berib, nasihatlarim bilan ularning hayotlariga aralashadigan bo’lib qoldim. Bir kuni avtobusda ketayotsan, ro’paramdagi bolalarga ko’zim tushdi. Ularni yetti-sakkiz yoshlarda deb taxmin qildim. Bolalar onalarining pinjiga qisilib o’tirishar, sumkalarini mahkam quchoqlab olgan edilar. Ulardan biri  menga qarab turganidan foydalanib:
— Salom, bolakay, maktabga ketyapsanmi? ­– deya so’radim.
   Bola dovdirab, yuzimga termulib, nima deyishini bilmasdan boshini egdi. 
— Keyin yonidagi boladan so’radim.                                                  
— Akang savolimga javob bermadi, balki sen aytarsan-a?
   U ham javob bermadi, bu ham yetmagandek akasi bilan kula boshladi.
   Qattiq jahlim chiqdi va onasiga qarab:
  — Bolalarni shunchalik ham bo’sh tarbiyalaysizmi? Har tugul maktabga borishga kerak, shundaymi? – dedim.
    Ayol kayfiyatsiz ahvolda:
 -  Ikki yildirki olib boraman, olib kelaman, lekin savollaringizga javob berishlarini  tassavvur ham qilolmayman, — dedi.
   Ovozimni biroz ko’tarib:
— Odobni maktabda o’rgatmasalar, o’zingiz o’rgatishingiz lozim edi. Mamlakat kelajagi shu bolalarga bog’liq emasmi? – dedim.  
   Ayol bir nimalar demoqchi bo’ldi-yu, indamay qo’yaqoldi.
   Bir ozdan so’ng avtobus  to’xtadi. Ayol bolalarining qo’llaridan ushlab, maktab binosiga o’xshagan joyda tushib qoldi. Avtobus oynasidagi hovurni  artayotib, eshik tepasidagi yozuvga ko’zim tushdi. Ne ko’z bilan ko’rayki, unda ’’KAR VA SOQOVLAR MAKTABI’’ degan yozuv turardi.
    Hayot o’z qadr qimmatini yo’qota boshlagani sayin biz u haqda ko’proq o’ylay boshlaymiz, keksalar yoshlarga qaraganda ortiqroq kuyib-pishadilar. Fanga, musiqaga, teatrga va umuman, tashqi olamga  muhabbati saqlanib qolgan qariyalar baxtiyordirlar. O’zidagi bor narsalar insonga qariganda ayniqsa asqotadi.Keksaya olish san’atidan ko’ra uni yenga olish san’ati ulug’roqdir.Keksaya olish – san’at, unga hamma ham muyassar bo’lavermaydi. Keksalik san’ati yoshlarga to’g’anoq emas – suyanchiq, raqib emas – muallim, befarq emas – hamdard bo’lish demakdir. Biz yosh avlod albatta serg’ayrat,barkamol,yetuk inson bo’lib o’z yurtimizga munosib farzand bo’lishga harakat qilamiz.
 
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi  9-’’B ’’sinf o’quvchisi  Hamadulloyeva Zebo

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom,buvim – mahallamiz faxri
                                                       Reja:
      1.Bobom va buvim mahallamiz faxriylaridan biri
       2.Men ularga dastyorman
       3.Buvimning o’gitlari
       4.2015-yil – keksalarni e’zozlash yili
       5. Keksalardan ibrat olaylik
 
                                                                               Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga
                                                                        bo’lgan     e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini
                                                                        belgilaydi.
                                                                                                                           (Islom Karimov)
           Salobati uyni to’ldirib turgan pir-u badavlat bobojonim,mahallamiz ayollarining kayvonisi,meri daryo buvijonim bilan qancha faxrlansam kam.Mahallamizda ulardan duo olmagan,maslahat va nasihatlariga amal qilmagan inson yo’q.Har kuni tong sahardan buvim ayvonchada o’tirib ouim,dadam va biz nevaralariga turli nasihatlar berib,uyni to’ldirib o’tirishlari biz uchun ibrat.Agar ma’lum bir muddat bobom bilan buvim uyda bo’lmasalar,xonadonimizdan fayz ketib,hovlimiz huvillab qolganday bo’ladi.Shuning uchun aytsalar kerak-da “Qarisi bor uyning parisi bor” deb.Mahallamiz odamlari ularga havas bilan qarab,ulardek yoshga yetishni orzu qiladilar.Mahallada tez-tez yig’in bo’lib turadi.Bobom va buvim yig’inlarda yosh oilalarga zarur maslahatlar berib, ularni tinch-osoyishta oila qurishga undaydilar.Mahallada keksa,yoshi ulug’ bobolarimiz va buvilarimiz o’rni ahamiyatlidir.
         Mehribon buvijonim menga ko’rpa-ko’rpachalar qavishni, shirin-shirin taomlar tayyorlash sirlarini o’rgatib,o’rganganlarim yuzasidan tez-tez imtihon qilib turadilar.”O’rganganing  — o’zingga,bajarganing- menga” degan jumlani tez-tez takrorlab turadilar. Men bu gapning mohiyatini yaxshi anglay olmasdim.O’ylab ko’rsam, buvimdan o’rgangan narsalarimning deyarli yarmini ham sinfdosh dugonalarim bilmas ekan.Uyda xuddi buvim o’rgatgandek ovqat tayyorlasam yoki boshqa bir ishni qoyillatib qo’ysam oyim ham “Dastyor qizimdan aylanay” deb maqtab qo’yadilar.Demak, buvim aytgan hikmatning mazmuni shu ekan-da.Ya’ni, o’rganganim o’zimga foyda,bajarganim esa oilamga.
         Kunning ikkinchi yarmini ko’pincha buvijonim yonida o’tkazaman.Ular menga har xil rivoyatlar, qiz bola odob-axloqi haqida hikmatlar,ibratli voqealar aytib beradilar.Ayniqsa,qizlarning kiyinish madaniyati haqida aytgan gaplarini jon qulog’im bilan eshitaman.Ular  bir kuni hovlida  o’tirib mahallamiz guzari yonidan o’tib ketayotgan ikki qizni qiyoslab shunday deganlar:” Qara,qizim,Oybuvi xolangning qizi o’ziga yarashgan o’zbekona ko’ylak-lozim kiyib o’tib ketyapti.Anavi yigitlar unga havas bilan boqib  qo’yishdi.Mahalla guzaridagi erkak kishilar ham salomiga alik olib “barakalla,ona qizim” deb qo’yishdi.Manavi, qo’shnining tor shim,yelkasi ochiq kofta kiyib olgan qizini esa, erkaklar xirs tuyg’usi bilan suqlanib qarab, yosh yigitlar hushtak chalib kuzatib qolishdi.Xo’sh,erkaklarning bunday munosabatiga kim aybdor? Qo’shnining qizimi yoki unga suqlanib qaragan erkaklarmi? Albatta, qizning o’zi aybdor.Chunki u o’zini xuddi “ko’cha qizlari”dek  tutib dumbasini o’ynatib o’tib ketdi.Bilib qo’y qizim,erkaklarning ko’zini o’ynatib qarashiga majbur qilgan ayol eng xayosiz, eng tuban ayoldir.Chunki “Buqacha ko’zini suzmasa,g’unajin ipini uzmaydi”.Buvimning bu gaplarini eshitib behayo kiyinib yuruvchi qizlardan nafratlanib ketdim…
      Keksalarning bunday nasihatlarini eshitish har bir yosh avlod uchun juda  muhim deb o’ylayman.
Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan “2015-yil – keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi yoshi ulug’ bobo va buvilarimizga ko’rsatilayotgan yana bir e’tirofdir.Biz yoshlar hayotning achchiq-chuchugini totib ko’rgan, umri davomida ne-ne to’siqlardan o’tgan pir-u badavlat bobo-buvilarimiz o’gitlariga doimo muhtojmiz. Yilning ularga bag’ishlanganligi biz uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etdi.Ayniqsa,qiz bola uchun unga o’rnak bo’luvchi inson juda kerak bo’ladi.
      Kaykovusning “Qobusnoma” kitobida shunday bir hikoyat bor:”Undoq eshitibmankim,yuz yil yashag’on va qaddi yoydekxam bo’lg’on bir qari kishi qo’liga aso tutub borur erdi. Bir yigit uni tamasxur qilib dedi:”Ey shayx,ushbuyoyni necha tangaga olding?Aytg’il, to men ham olurman”. Shayx dedi: “Agar umr topsang va sabr qilsang, bu yoyni senga tekinga berurlar”.
      Aziz tengdoshlar, hayotning ne-ne sinovlariga bardosh berib shu tabarruk yoshlarga yetgan, qalbida zarracha g’arazlik bo’lmagan,dunyoda doimo tinchlik bo’lishini xudodan tilab,sizga uzoq umr so’raydigan,sizga faqat va faqat yaxshilik tilaydigan nuroniy bob ova buvilarimizni qadrlang.Ulardan ibrat oling.
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-“A” sinf o’quvchisi Kuramboyeva Ziyoda

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri
Reja:
1. Keksalarni e’zozlab yashang.
2. Qarisi bor uyning-parisi bor.
3. Bobomning xayrli ishlari.
4. Buvijonim o’gitlari.
5.Qarilik gashtini suring.
Keksalik san’ati yoshlarga to’g’anoq emas – suyanchiq, raqib emas – muallim, befarq emas – hamdard bo’lish demakdir
                                                                                                                                  A. Morua
          

Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mavzu:  Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri.
Reja:
1.     Qarisi bor uyning, parisi bor.
2.     Keksalarning  har bir so’zi ibratlidir.
3.     Yurtboshimiz tomonidan keksalarga berilayotgan e’tibor.
4.     El ardg’idadir mudom keksalar..
5.     Keksalarga yordam berish biz yoshlarning burchimiz.
 
                                                   Insonning qiymati emas siymu zar,
                                                  Insonning qiymati bilim va hunar.
                                                                                       (Xalq maqoli)
 
        Qarisi bor uyning parisi bor deganda siz nimalarni tushunasiz? Bu savolga javob berishdan oldin ko’z oldimizda avvalo munis va mehribon, betakror Buvijonim-u Buvajonimiz keladi. Ularning yorqin chehrasini, ibratli so’zlarini tinglab bu savolga javob beramiz. Qariyalar bor uyda doimo farishtalar bo’ladi. Chunki Buvijonim va Buvajonimning o’zlari ham farishtalar bilan barobar. Qariyalar bor uy doim tinch, sokin, fayzli va beg’ubor bo’ladi. Keksalarni barcha yoshdagi insonlar yaxshi ko’radi, ularning duosini olishga harakat qiladi, ular ko’rsatgan yo’ldan yurishadi. Men o’zim ham agarda biror bir ishni boshlamoqchi bo’lsam avvalo ularning duolarin, roziliklarini olaman. Keksalar biz yoshlarni to’g’ri yo’lga boshlashadi. Chunkin  ular o’z hayotlari davomida ko’pni ko’rib, qigan savob-u gunohlarini aglab, bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishadi. Biz qilgan xotolarimizni farzandlarimiz takrorlamasin deydilar.
        Keksalarning har bir so’zi ibratlidir. Ular ko’pni ko’rgan, aqlli inson bo’lganlari uchun  mahallada ham maslahatlari, fikr mulohazalari kerak bo’ladi. Masalan mening buvajonim  va buvijonim mahallamiz faxri. Hovilimiz yoniga  buvam bog’ yaratganlar, mevali daraxlar ekganlar. Mahalla fuqorolari bog’yonidan o’tganlarida gullarning shirin  hidiga mast bo’lib, daraxtlarning mevalaridan bahramand bo’lib, uning soyalarida dam olishad, hordiq chiqarishadi.
 Biz yoshlar keksakarni, yoshi ulug’ insonlarni gapiga quloq solsak, ularning aytganlarini bajarsak kelajak hayotimizda hech qachon to’siqqa uchramaymiz.
Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan keksalarga yuksak e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov “2015-yil Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilganlaridan ham bu e’tiborni bilsak bo’ladi.
                El ardog’idadir mudom keksalar. O’zbekistonimiz aholisinig 40% ni keksalar, 60% esa yoshlar tashkil etadi.
               “Mehnat- mehnatning tagi roha”,- deb bejizga  aytmaydi dono xalqimiz. Ahir keksalarni ham necha yillik mehnatlari, ursh davrida chekkan mashaqqatlariga, bugungi kunda rahmat aytib, ularni qutlaymiz.
                  Bu aziz keksalarga yordam berish biz yoshlarning burchimiz hisoblanadi. Biz 9-sinf o’quvchilari maktabimizdagi direktor o’rin bosari, Manivaiyat va ma’rifat ishlaribo’yicha mutaxasis Milixanova Muxotora opamiz bilan har yakshanba kunlari yordamga muxtoj  keksalarning, urshda qatnashgan faxriylarimizning uyiga borib, ularga yordam beramiz, taomlar tayorlab ularning kir-chirlaridan xabar olamiz. Biz bu ishimizdan faxrlanamiz. 
KEKSALARGA YORDAM BERISH BIZ  YOSHLARNING BURCHIMIZ!
 
 
Toshkent viloyati Chirchiq shahri 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9 – “B” sinf o’quvchisi Tursunbayeva Shirina

VATAN

Блог им. baxt81

Vatan haqida


 


 


Aziz o‘quvchi, biz Vatan so‘zini ko‘p eshitamiz. Lekin uni ta’riflash, barcha xususiyat va alomatlarini toiiq bayon etishga qiynalamiz. Chunki Vatan — g‘oyat ulug‘ tushuncha. Uning ma’no- mazmuni, qadri va ahamiyatini ba’zan so‘z bilan ham ifoda etib bo‘lmaydi. Ona yurtni buyuk muhabbat bilan sevgan, butim hayotini uning mustaqilligi, yuksak taraqqiyoti uchun baxshida etgan insonlargina Vatanni bor ko‘rk-u tarovati, qudrati va jozibasi bilan ta’riflab bera oladi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ana shunday ulkan mehr bilan go‘zal diyorimizni quyidagicha ta’riflaydi: «Albatta, jahon — keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakka-yu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan. Mana shu ulug‘ tuyg‘u har birimizning dilimizga jo bo‘lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishini istardim».

Vаtаngа хizmаt – muqаddаs burch

Buxoro muhandislik texnologiya instituti
(Institut tаlаbаlаrining hаrbiy qismlаrgа tаshrifigа оid)
Zаrinа Nurlibаyеvа  “Mа’nаviyat vа mа’rifаt hаmdа
iqtidоrli yoshlаr bilаn ishlаsh” boʻlimi uslubchisi
      Vаtаn himоyasi bаrchа kаsb yoхud burchlаr оrаsidа eng аziz, eng mаs’uliyatli hаmdа shаrаfli sаnаlаdi. Оnа zаmin, kindik qоni toʻkilgаn Vаtаnni koʻz qоrаchigʻidаy аsrаb-аvаylаsh yurtimizning hаr bir fuqаrоsi uchun muqаddаsdir. Hаr qаndаy mаmlаkаt qаysi mаkоnu qаysi zаmоndа, qаysi siyosiy tizimdа vа qаndаy jаmiyatdа boʻlishidаn qаt’iy nаzаr uning himоyachilаrigа zаrurаt boʻlаdi, аlbаttа. Shuning uchun hаm mаmlаkаtimiz mustаqil suvеrеn rеspublikа boʻlib dunyogа yuz tutаr ekаn dаvlаt Qurоlli Kuchlаri sаflаrini mustаhkаmlаshgа kаttа e’tibоr qаrаtildi. Bu bоrаdа qаtоr qоnun, fаrmоn vа qаrоrlаr e’lоn qilindiki, Vаtаn himоyachilаrigа yuksаk vа shаrаfli mаs’uliyat yuklаsh bilаn bir qаtоrdа ulаr uchun imkоniyatlаr hаm yarаtilmоqdа.

Yurtimiz tinchligi – siyosatimizning bosh yо`nalishidir

QarMII
Илм-фан

2015 yilning 12 yanvar kuni institutning faollar zalida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag`ishlab “О`zbekiston tarixi” kafedrasi professor-о`qituvchilari va О`zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi Ijroiya Qо`mitasi bilan hamkorlikda “Yurtimiz tinchligi – siyosatimizning bosh yо`nalishidir” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir о`tkazildi. Tadbirda institut Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bо`yicha prorektor H.A.Ravshanov, О`zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi Ijroiya Qо`mitasi raisi Maxmatmо`minov Sayfulla Nabiyevich, ayollar qanoti raisi Olimova Gо`zal Olimovna, “О`zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, professor Y.A.Ergasheva,  “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Y.Manzarov, “О`zbekiston tarixi” kafedrasi katta о`qituvchilari Q.A.Mahmanazarov, О`.Abdullayevlar о`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari, institutning muddatli harbiy xizmatni о`tab talabalikka qabul qilingan 72 nafar talabalari va Afg`onistonda 1986-1987 yillarda xizmat qilgan institutning ”Muhandis-texnika” fakulteti dekan muovini I.E.Saidovlar faol qatnashishdi. I.E.Saidov va 6 nafar muddatli harbiy xizmatni о`tab talabalikka qabul qilingan talabalar estalik sovg`alari bilan taqdirlandi. 


 


qarmiiqarmii


 


 

“О`zbegim о`g`lonlari”

QarMII
Илм-фан

2015 yil 10 yanvar kuni M.Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag`ishlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Barkamol avlod” QVZ jamoasi va Janubi-g`arbiy maxsus harbiy Okrugining “О`zbegim о`g`lonlari” QVZ jamoasi ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” kо`rik-tanlovi о`tkazildi. Tadbirda Janubi-g`arbiy maxsus Okrugning 150 nafar harbiy xizmatchilari va institutning 450 nafar talabalari faol ishtirok etishdi. Tanlov ishtirokchilari Viloyat hokimligi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.


 


qarmii

Ilinj

Cирожиддин Саййид

ILINJ


Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,


Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan. 


Men bir nasim bo‘lib keldim, men bir nasim, 


Aytib o‘tsam deyman ko‘hna dardlaringdan.


Almashdilar seni nomu rutbalarga,


Munglug‘ bo‘lib qolding botib shubhalarga. 


Hilollaring qaytar yana qubbalarga, 


Moziylarga so‘ylab-so‘ylab zorlaringdan.


Menga qadim minorlardan bir sas yetar, 


Shul sas mening ko‘nglim oxir serfayz etar.


Menga dunyo kerak emas, bir xas yetar 


Yassaviylar yotgan aziz yerlaringdan.


Oqsaroyga qay kunki yuz burgandim men,


So‘nmish shonu shavkating deb kuygandim men. 


She’r aytishni sal-palgina o‘rgandim men 


Chinorlarda yig‘lab yotgan barglaringdan.


Bu dunyoda ko‘ngillarga chirog‘ yoqsam, 


Mozorlaring sukutidan saboq olsam,


Tiniqqina buloq bo‘lib oqib qolsam 


Olloyorlar nazar qilgan jarlaringdan.


 


 


Sirojiddin Sayyid

Мангу қўшиқ

Mansur Yunus
Шеърият ва адабиёт

Ватан-қалбда очилган,


Райҳон, гулу лоласан.


Орзулари бир осмон


Қалби юксак боласан.


 


Ватан-дилда порлаган,


Муҳаббат қуёшисан.


Бобом кўзида балққан


Қўвончли кўз ёшисан.


 


Ватан- юракда мангу,


Боқий, маъво қўшиқсан.


Сенсан энг улуғ туйғу


Барчасидан буюксан.


 


Ватан-юксак номингни,


Қалбимда жо этаман.


Бор жумла-жаҳонингни


Достонларда битаман.