топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

vatan himoyachilari:

Аскар йигитлар учун ҳақиқий байрам совғаси

Жамият
 
Фарғона вилоятида Қуролли Кучларимиз ташкил этилганининг 25 йиллиги муносабати билан "Ўзбекистон – мустақил Ватанимиз, миллий армиямиз фахру ғуруримиз!" шиори остида турли маданий-маърифий тадбирлар, учрашувлар бўлиб ўтмоқда. 

Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлиги, Фарғона ва Бухоро вилоятлари ҳокимликлари ҳамкорлигида Фарғона

Ватан ҳимоячилари-миллат ғурури

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


14-январь «Ватан ҳимоячилари куни» муносабати билан 2016 йил 12-январ куни СамДУ Табиий фанлар факультети Биология бўлимида «Ватан ҳимоячилари-миллат ғурури» номли байрам дастури бўлиб ўтди.
           

Sahnada-ulug’ ajdodlar siymosi

QarMII
Илм-фан

Qarshi serjantlar tayyorlash maktabida Janubi-G’arbiy maxsus harbiy okrug va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute hamkorligida “Vatan himoyasi-muqaddas burch” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir o’tqazildi.


Qurolli Kuchlarimizning 21 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bu tadbirda viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha yordamchisi M.Rajabov, Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi boshlig’i A.Ergashev, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute rektori N.Maxmudov o’qituvchilar, serjantlar va kursantlarni bayram bilan qutlashdi. Shuningdek, o’z so’zlarida Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, soha hodimlarining huquqy himoyasini yanada mustahkamlash, muddatli harbiy xizmatchilarga berilayotgan imtiyozlar tizimini tobora takomillashtirish borasida amalgam oshirilayotgan islohatlar mohiyati xususida alohida tuxtaldilar. 


Ayniqsa, institut yoshlari va Qarshi garnizoni ofetserlat uyi harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan badiiy kompozitsiyalar-Vatanni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar barchamizda iliq taassurot qoldirdi. Talabalar Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Tumaris kabi ajdodlarimiz siymosini sahnada mahorat bilan talqin etishdi.


Shu kuni serjantlar maktabining bir guruh vakillari- “Eng a’lochi kursant”, “Eng tajribali ofetser”, “Eng yaxshi o’qituvchi” nominatsiyalari bo’yicha taqdirlandi. Bir guruh harbiylar institute rahbariyati tomonidan rag’batlantirildi.   


Manbaa: Qashqadaryo gazetasi.

Sarhadlarimizni qo'riqlash- eng oliy burchim

Ватан учун яшайлик
Tinchlik, osoyishtalik hukmron joyda orzu-umidlar, buyuk maqsadlar yashaydi, ertangi kunga ishonch mustahkam bo’ladi. Har bir mamlakatning tinchligini asrash va himoya qilish azaldan eng mas’uliyatli vazifa bo’lib kelgan. Er kishi uchun o’z Vatanini, xalqini, oilasini himoya qilishdan ziyod mardonavor ish yo’q. Bu sharafli va o’ta mas’uliyatli vazifani zimmaga olish uchun esa ham matonat, ham jasorat kerak. Shu kunlarda mamlakatimiz bo’ylab Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 20 yilligi keng nishonlanmoqda.

Vatanimizning har bir qarich tuprog‘ini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylayotgan, yovuz niyatli g‘animlardan himoya qilayotgan, ham ma'nan, ham jismonan baquvvat, sergak va mard askarlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlarimizda o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarga yaratib berilayotgan sharoitlar, imkoniyatlarni alohida tilga olib o‘tish joiz. Shu sababli Sirdaryo viloyatida o’z yigitlik burchini o’tayotgan chegarachi askar Jamshid Xo'jayev bilan suhbat qildik:

Vatan himoyasi-muqaddas burch

Ватан учун яшайлик
Darhaqiqat, Vatan sajdagoh kabi muqaddas maskan, uni himoyalash esa sharafli burchdir. Yurtni yot kuchlardan himoya qilishda Respublikamiz Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilayotgan askar va ofitserlarning munosib hissalari bor. Ular kunni kun, tunni tun demay, Vatan sarhadlarini ziyraklik bilan himoya qilmoqdalar, shu bilan birgalikda, o‘z ustlarida tinimsiz ishlab, yangi, zamonaviy texnikalarni, qurol-aslahalarni qanday ishlatishni o‘rganib ham olmoqdalar.

Eng xavfli vaziyatlarda, favqulodda holatlarda aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlariga yaqindan yordam berayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, shuningdek, tabiiy ofatlar paytida qutqaruvchilarni aloqa bilan ta'minlayotgan shunday harbiy qism borki, sohamiz mutaxassislari, aholi hamda boshqalar ular bilan faxrlanadilar, ularga har qanday holatda ishonadilar. Bular Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining fidoyi harbiy mutaxassislaridir.
Mazkur boshqarma o‘zining ko‘p yillik tarixi davomida qanday bosqichlardan o‘tdi, istiqlol munosabati bilan qismda qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Boshqarmaning tarbiyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i, kapitan Sherzod QURAYShYeV muxbirimiz bilan suhbatda ana shular haqida gapirdi:

Ezgulik va tinchlik himoyachilari

Ватан учун яшайлик
Mamlakat aholisining xavfsizligini ta'minlash, chegara dahlsizligini asrashda O‘zbekiston qurolli kuchlarining tutgan o‘rni doimo muhim bo‘lib kelgan. Zero, yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bajarishda xizmat safarini o‘tayotgan posbonlarimizgan kuchli jismoniy tayorgarlik bilan bir qatorda, Vatanga muhabbat, adolatparvarlik, mustahkam iroda kabi hislatlar talab etiladi. So‘nggi yillarda yurtimiz qurolli kuchlarida yuz bergan o‘zgarishlar zamirida ham yuqoridagi omilning o‘rni katta bo‘ldi.

Mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan islohotlar milliy armiyamiz qiyofasini tubdan o‘zartirib, mamlakatimizdagi tinch va osuda hayotning garoviga aylandi.

O‘tgan yigirma yil ichida qurolli kuchlarimizning tayorgarlik saviyasi va nufuzini oshirish maqsadida mamlakat rahbariyati tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Birinchidan, mamlakat yoshlarining ongida Vatanga muhabbat, hurmat kabi tushunchalarni shakllantirishga katta e'tibor qaratildi. “Vatan sajdagohdir” deb bejizga aytishmaydi. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish faqatgina qurolli kuchlarda xizmat qilayotganlarning emas, balki har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.

Ikkinchidan, harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi yangi saviyaga ko‘tarildi. Bunga misol tariqasida 1995 yili mamlakatimiz poytaxtida Markaziy Osiyodagi dastlabki Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etilishini ko‘rsatish mumkin. 1997 yili “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi munosabati bilan Toshkent umumqo‘shin, Chirchiq tank va Samarqand avtomobil oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurtlari kabi o‘quv yurtlari faoliyati yanada mukammalashtirildi. Shuningdek Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti tashkil etildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida aloqachi-ofitserlarni tayyorlovchi fakultet ochildi. Harbiy kadrlar tayyorlash tizimida amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar quroli kuchlarda xizmat qiluvchi mutaxassislarning butun bir bo‘g‘inini shakllantirish imkonini berdi.