топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

tinchlik:

Yurt tinchligi

Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти
Илм-фан
Yurt tinchligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri, mamlakat barqaror taraqqiyotining asosiy sharti. Tinchlik – insonning hayoti ehtiyoji, emin-erkin yashashi va kamol topishining eng zarur omilidir.
O‘zbek xalqi tinchlikni o‘z orzu-intilishlari, maqsad muddaolari ro‘yobga chiqishining sharti deb biladi. Shuning uchun ham Yaratgandan tinchlik va omonlik tilaydi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida bu bora shunfay degan edi:

Tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining muhim omili

Жамият
Joriy yilning 12 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Tinchlik osoyishtalik va barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo`lib o’tdi. Tadbirni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Baxtiyor Sayfullayevich Sayfullayev kirish so`zi bilan ochib berdi.

Buyuk yurt farzandlarimiz

Barchamizga ma`lumki, “notinchlik shamoli” bugunki kunda butun dunyo bo`ylab esmoqda. Jumladan, Suriya davlati, Ukraina, Afg`oniston, Turkiya va boshqa ko`plab davlatlarni misol tariqasida ko`rsatishimiz mumkin. Bugungi globallashuv jarayonida oldimizga shunday murakkab bir jarayon vujudga keldiki, u nafaqatsiz-u biz uchun, balki

Tinchligimizni qadriga yetaylik!

Блог им. saidbek91

Notinch yurtning peshonasi sho'r o'gli… Ozodbek Nazarbekovning ushbu qo'shig'ini har gal eshitgan chog'imda, birinchi navbatda hayolimga sevimli diyorim, oilam, jajji jiyanchalarimning qaqur-ququr kulishib, bog'cha tomon ketishlari keladi. Bugun bu jajji jiyanlarim, nafaqat ular, balki men ham Istiqlol tengdoshi sifatida tinch-osuda yurtda tug'ilib o'syapman. Qaramlik va tobelik tushunchalari bizga begona…

Tinchlik - oliy ne’mat

ТАСИ
Илм-фан

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining tashabbusi bilan poytaxtimizdagi barcha oliy o’quv yurtlarida ogohlikni targ’ib etuvchi ommaviy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Toshkent arxitektura-qurilish institutida «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» mavzusida o’tkazilgan tadbir  ham shular jumlasidandir.


Ushbu tadbir institut professor-o‘qituvchi va talabalar o’rtasida diniy ekstremizm, missionerlik va ularning zararli oqibatlarini tushuntirish ishlariga alohida e'tibor qaratish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish va jinoyatchilikning har xil turlarining oldini olish maqsadida tashkil etildi.



O'zbekistonim

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Posponlaring qo'riqlaydi tinchligingni,


Farzandlaring to'ldiradi beshigingni,


Mehmon qoqib turar doim eshigingni,


Mehmondo'st xalqim O'zbekistonim.


 


Yov kelsa asraguvchi o'g'lonlaring bor,


Mustahkam poydevorli qo'rg'onlaring bor,


Doimo suyanguvchi do'st-yoronlaring bor,


Aziz sajdagohim O'zbekistonim.


 


Go'zal vodiylar-u mag'rur bu tog'lar,


Bu azim daryolar,go'zal chorbog'lar,


Ko'zni qamashtiruvchi sermeva bog'lar,


Sen dunyo jannati O'zbekistonim.


 


Sen go'zalsan,ajoyib diyor,


Bizga bergan ne'mating bisyor,


Senga doim tinchlik bo'lsin yor,


Sen buyuk vatanim O'zbekistonim! 


 


Iroda Atajanova

Тинчлик ва ҳушёрлик –шукроналик таянчи

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

      Ўзбекистон Республикаси халқаро муносабатларнинг тўла ҳуқуқли субъекти сифатида мустақил, изчил ва ташаббускор ташқи сиёсат юритиб келаётган суверен давлатдир.“Ўзбекистон олтмишдан ортиқ нуфузли халқаро ва минтақавий ташкилотлар аъзосидир. Ўзбекистон Республикасининг давлат мустақиллигини 144 мамлакат тан олган, 131 давлат билан дипломатик муносабатлар ўрнатилган. Дунёнинг 46 давлатида мамлакатимизнинг дипломатик ваколатхоналари (элчихоналар, консулликлар), Тошкентда эса олтмишдан ортиқ элчихона ҳамда халқаро ташкилотлар ваколатхоналари фаолият кўрсатмоқда”[1].