топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

tibbiy madaniyat:

Konstitusiya- huquq va erkinligimiz kafolati

ТАСИ
Илм-фан

Bugungi tinch va osuda hayotimizda erishilayotgan yutuqlarimiz, ona Vatanimizning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi zaminida mamlakatimiz aholisining O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan huquq va kafolatlari mavjud. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi, halqimizning hohish irodasi bilan 21yil muqaddam qabul kilingan Asosiy qonunimiz barcha sohalar kabi ta'lim tizimini ham sifat va mazmun jihatdan tubdan isloh qilish, uning dunyo mikyosida keng e'tirof etishilishi, yosh avlodni har tamonlama sog’lom va barkamol, yuksak ma'naviyatli insonlar qilib voyaga yetkazishga mustahkam asos bo’lib xizmat kilib kelmoqda.


Davlatimiz rahbaru  tamonidan 2001 yil 4 yanvarda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida»gi farmoyishi mamlakatimizda yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, talabalarni Vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fidoyilik, elim va yurtim deb yonib yashash ruhida tarbiyalashda dasturi amal bo’lib xizmat qilmoqda.



Tibbiy madaniyat va savodxonlik darajasini oshiraylik

Блог им. djizpi

2013 yil 27 iyun kuni institut xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich  tashkiloti, Jizzax shahar xotin-qizlar qo'mitasi, Jizzax viloyat «Sog'lom avlod uchun» jamg'armasi, shahar sog'liqni saqlash birlashmasi,  «Toshloq» mahallasi hamda institut kasaba uyushma qo'mitasi  hamkorligida davra suhbati bo'lib o'tdi. Kun tartibidagi 1 — masala bo'yicha Jizzax viloyat «Sog'lom avlod uchun» jamg'armasi  raisi  Mamlakat Oripova so'zga chiqib, «Sog'lom oilani shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 13 — apreldagi PQ-1096 sonli, 2009 yil 1 iyuldagi «2009-2013 yillarda aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish maqsadida jamoatchilikning tibbiy madaniyatini va savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli axborot-targ'ibot ishlarini olib borish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi PQ-1144 sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini keng aholi orasida targ'ib-tashviq qilish masalalariga  to'xtalib o'tdi. 2 — masala yuzasidan «Ayollar ko'krak bezi saratoni kasalliklari belgilari va uning oldini olish choralari» bo'yicha shahar onko-genekologi Farog'at Murodova so'zga chiqdi. Farog'at Murodova ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar, uning belgilari va oldini olish haqida endokrinolog maslahatlarini berib,  qatnashchilarning savollariga batafsil javoblar berdi. Shundan so'ng  bir qancha kasalliklar buqoq,  ayollar ko'krak bezi saratoni kasalliklari belgilarini aniqlash,  ichki kasalliklar bo'yicha  «UZI» tekshiruvi kabi bepul tibbiy ko'riklar  amalga oshirildi.


 


Baxtigul RashidovaInstitut ma'naviyat bo'limi boshlig'i