топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

teatr:

“Kulol” spektakli namoyish etildi

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaviy “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali davom etmoqda. Festivalning navbatdagi kuni institutning О‘quv teatrida “Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talaba-yoshlarining “Kulol” nomli diplom spektakli namoyish etildi.


Shoh asarning yangi tug‘ilishi

Илм-фан
Teatr san’ati – о‘zining ulug‘vorligi, yuksak darajadagi ta’sir kuchi, gо‘zal estetik tarbiyasi hamda ma’naviy ozuqasining muqaddas ekanligi bilan boshqa san’at turlaridan alohida ajralib turadi. Professional darajada sahnalashtirilgan spektaklning haqiqiy muxlislari — tom ma’noda xos tomoshabinlar bо‘lib, ular sahnada ijro etilayotgan san’at asarini yurakdan his etib, ma’lum vaqt personajlar dunyosida yashashadi.


2017 yilning 22 noyabrida O‘zbekiston Xalq artisti Xayrulla Sa’diev rahbarligida O‘zbekiston Davlat Satira teatri ijodiy jamoasi filialiga tashrif buyurishdi

Маданият ва маърифат

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 sentyabrdagi “Vazirliklar va idoralar xodimlarini tashkiliy ravishda teatrlarga tashrif buyurishini tashkil qilish, teatrlar hamda ijodiy jamoalarining Respublika bo‘ylab gastrol safarlarini amalga oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi

Фақир киши панадами?

номли блог muhammadzafar
Миллий маданиятимизнинг кўзга кўринган намояндалари, атоқли шоир ва адибларимиз, театр, кино, мусиқа санъати соҳасининг таниқли ҳамда ёш вакиллари, санъатшунос олимлар, журналистлар билан бўлиб ўтган учрашувда давлатимиз раҳбари жуда муҳим масалаларни ўртага ташлади. Президентимиз бу сафар ҳам халқнинг ичидаги дардини тўкиб сочди. Аслини олганда, у

Bahodir Yо‘ldoshev makon va zamonda” va “Rejissura asoslari” nomli kitoblar taqdimoti

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
2015 yilning 10 sentabr kuni “Diydor” teatr-studiyasida “Bahodir Yо‘ldoshev makon va zamonda” va “Rejissura asoslari” nomli kitoblar taqdimoti bо‘lib о‘tdi.Taqdimotda О‘zbekiston respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Majidovich Ahmedov, О‘zDSMI rektori Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich, ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor G. Xoliqulova, kafedra mudirlari M.Ahmadjonova, M.Xojimatova, О‘zDSMI professor-о‘qituvchilari M.Tо‘laxodjayeva, T.Bayandiyev, S.Qodirova, I.Jumanov, R.Qodirov; tо‘plam mualliflaridan N.Zohidova, О‘zDSMI talabalari, OAV xodimlari ishtirok etdilar.
 
Yuqorida nomlari tilga olingan har ikki kitob О‘zbekiston xalq artisti, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at Bahodir Yо‘ldoshevning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bо‘lib, ular rejissyor tavalludining 70 yilligi munosabati bilan chop etildi.


Театр – тарбия маскани.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Илм-фан

     Мамлакатимизда ёшларнинг ҳар томонлама баркамол бўлиб вояга етишлари, уларнинг илм чўққиларини забт этишлари учун барча шарт-шароитлар яратиб берилган.   


      Шунингдек, ёшларнинг жисмоний бақувват, ақлан етук ва маънавий жиҳатдан бой бўлиши, турли хил зарарли иллатлар ҳамда турли хил оқимларга аралашиб қолмасликлари учун турли хил тарғибот-ташвиқот ва тушунтириш ишлари амалга оширилмоқда.  


"Nodirabegim" pyessaning yana bir talqini

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Vafo va sadoqat timsoli bо‘lgan Nodira XVIII asr oxiri va XIX acrning birinchi yarmida yashab ijod etgan, ajoyib she’rlari bilan о‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida о‘ziga xos о‘rin tutgan ma’rifatparvar shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir.


 


Mohlaroyim va Umarxonning oilasida Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxon ismli ikki о‘g‘il tug‘ilgan. 1822 yili Umarxon vafotidan keyin 14 yoshli Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi. О‘ttiz yoshida beva qolgan Nodirabegim ham yosh xonning yonida mamlakatni boshqarish ishida faol ishtirok etadi. Zamondoshlardan shoir Xotifning guvohlik berishicha, Mohlaroyim “mamlakat nizomi va xalq ehtiyojlarini tadbir va adolat rasmida kamoli aql va farosat bilan shunday olib bordiki, tamomi umaro va fuzalolar davrasida yagonai zamona, “Nodirai davron” bо‘lib tanildi va xalqlar tahsiniga sazovor bо‘ldi” .


 


Biroq, xonliklar orasida davom etib turgan muttasil kelishmovchiliklar Mohlaroyimning о‘z faoliyatini keng ravnaq toptirishga raxna solar edi. Oqibat shunday bо‘ldiki, 1842 yili Buxoro amiri Nasrullo gо‘yo bu yerda izidan chiqqan shariat qoidalarini nizomga solmoqchi bо‘lib, turli vaj-korsonlar bilan Qо‘qon ustiga bostirib keladi. Xonlikning hamma e’tiborli kishilarini ta’qib etib, Nodiraning ikki о‘g‘lini va nabirasini vahshiylarcha qatl ettiradi.



Kachal Polvonmi yoxud Xо‘ja Nasriddin? - Talaba yoshlar ijodiyoti” festivalining 4-kun

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Ma’lumki, qо‘g‘irchoq teatri deganda kо‘z о‘ngimizda yosh bolalar uchun mо‘ljallangan tomosha gavdalanadi. Biroq О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti 4 kurs “Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi” bо‘limi talabalari tomonidan “Talaba – yoshlar ijodiyoti” festivalining 4 kuni namoyish etilgan SH.Yusupovning “Chodir jamol ” spektakli bu fikrimizni о‘zgartirib yubordi desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Sababi, ushbu biz bilgan qо‘g‘irchoq teatri tomoshasidan farqli о‘laroq kattalar uchun mо‘ljallangan. Ushbu tomoshada Doniyor Abdullayev rahbarligidagi mazkur guruh 40 daqiqa davomida sahnada nafaqat aktyorlik mahoratini balki, о‘zlarining raqs va sozandalik ijrolarini ham namoyish etishdi.


 


“Qо‘lga kiyib, barmoqlar bilan harakatga keltiriladigan qо‘g‘irchoq teatrii “Chodir jamol” deb ataladi. Shu sababli ham ba’zi adabiyotlarda “Qо‘l qо‘g‘irchoq” deb ham ataladi. Bu yerda “jamol” sо‘zi bir tomondan tomoshaning yorug‘likda, kunduzi kо‘rsatilishiga, ikkinchidan, tomoshada hayol, afsona emas, balki kundalik hayotdan olingan real, tanish voqealar tasvirlanishiga ishora qiladi”.


 



Parvozga intilgan “Parvoz” - “Talaba yoshlar ijodiyoti” festivalining 3-kun

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Respublikamizda eng ko’zga ko’ringan va alohida e’tirofga sazovor oliygohlar sirasiga kiruvchi O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida 2012-2013 o`quv yili sarhisobi asnosida o`tkazilayotgan “Talaba yoshlar ijodiyoti” festivali va “Ochiq eshiklar” kuni avj pallada davom etmoqda. Navbatda kun rejasi bo`yicha 4-iyun sanasida institutning 4-bosqich “Estrada aktyorligi” bitiruvchi talabalarning 2-diplom ishlari taqdim etildi. Ijodiy guruh jamoasini quyidagilar tashkil etdi: kurs badiiy rahbari – san’atshunoslik fanlari nomzodi, katta o`qituvchi – Temur Rashidov, Aktyorlik mahorati o`qituvchisi – Shavkat Rasulov, Sahna nutqi o`qituvchisi – dotsent Isoqtoy Jumayev, chiroq ustalari – kurs talabalari Shavkat Isroilov, Bahtiyor Xudoyqulov. “Parvoz” deb nomlangan mazkur klass-konsertda talabalarning yil davomida egallagan aktyorlik mahoratlari va ijodiy salohiyatlarini yuzaga chiqaradigan kichik sahnalar va nomerlar hay’at a’zolari, tomoshabinlar, talaba hamda bo`lg`usi talabalar e’tiboriga taqdim etildi. Ilk namoish “Kosmonavtlar” nomli sahna ko`rinishi bilan boshlanib, unda Niyozov Xolmurod va Omonov Lazizlar ishtirok etishdi. Dasturdan o`rin olgan bu ko`ngilochar mini spektaklda ikkita yosh kosmonavtning koinotni zabt etib, “Estrada” so`zi bitilgan bayroq shaklidagi o`z belgilarini o`rnatib ketadilar. Kosmonavtlarning biri San’atni ikkinchisi Madaniyatni ifodalagan. Badiiy — g`oya sifatida bu ikki soha chegara bilmasligi talqin etiladi.


 


“Dard” nomli Farhod Zokirov ijro etgan klounada inson ichki kechinmalari va his-tuyg`ularining tug`yon urgan lahzalarini mazharaboz hatti-harakatrakatlariga uyg`un holda gavdalantirilgan. Masxarabozning qalbidagi tuyg’ular aks etgan ushbu sahna ko’rinishida aktyorning bor mahorati yuzaga chiqqan. Sahnada maxsus effektlardan unumli foydalanilgan va sahna ko’rinishi o’ziga xoslik bilan yo’g’rilgan.



Eng diqqatga sazovor nomerlardan yana biri “Sharq yulduzi” popurrisi bo`ldi. O`zbek estrada san`atining yo`lboshchisi Botir Zokirov xotirasiga bag`ishlangan qo`shiqlar guldastasini Nizomiddinov Vohid, Ismiaminov Ibodulla, Husanov Aziz, Sobirov Sardor, Xudoyuqulov Bahtiyorlar tomonidan ijro etildi. Avvalgi ko’rinishlarda talabalarning aktyorlik mahorati namoyon bo’lgan bo’lsa bu sahna ko’rinishida ularning kuylash ko’rindi va tomoshbinlarning yodiga Botir Zokirovning yorqin xotirasini solishdi.


 


Yana bir diqqatga sazovor bo’lgan sahna ko’rinishilaridan biri ”Ko’zboylag’ich” fokuslar parodiyasi bo’lib, unda talabalar Ibragimov Ruslan va Ashurboyev Parviz ishtrok etdilar. Ular mahoratlarini komik tarzida ifodalab tomoshabinlarga tabassum ulashdilar.


 


 


 


Ravshanova Nigora, Ziyoxonova Munisxon 2-kurs “San’atshunoslik-jurnalistikasi” bo’limi talabalari

“Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali, 2-chi kun

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

“О‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat instituti” о‘quv teatrida “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali qizg‘in davom etmoqda. 1-iyun’ sanasida “Tо‘da” spektakli bilan ochilgan marosimni 3-iyun “Mayiz yemagan xotin” asari davom ettirdi.



Abdulla Qodiriyning “Kalvak Mahzum” hamda Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” hikoyalari asosida “Ommaviy bayramlar rejissurasi” bо‘limi 4-bosqich talabasi Aziz Jо‘rayev inssenirovka qilgan pyesani diplom spektakli sifatida shu bо‘lim talabalari sahnaga olib chiqdilar. Asarda Jaxsiboy rolini ijro etgan Javlon Xoltursunov spektaklga rejissyorlik qildi. Shuningdek, Mulla Norqо‘zi (Aziz Jо‘rayev), Mulla Norqо‘zining xotini (Dilorom Majidova), Rayim chо‘loq (Javlon Kirgizbayev), Kalta (Sirojiddin Ikromov), Abduhoshim (Farhod Abdullayev), Paranjilik kishi (Jonibek Jumanazarov), Begona ayol (Iroda Ibragimova) rollari ham talabalar tomonidan gavdalantirildi. Asadulla Sunnatillayev hamda Umidjon Muxamadiyev doira jо‘rligida spektaklni bevosita sahnada turib, musiqa bilan ta’minladilar. Talabalarga Yosh о‘smir va Yosh qizaloq rollarini ijro etishda Asrorbek Umarov bilan birgalikda Komila Abdukarimova yordam berdi.


 


Spektakl Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” hikoyasi asosida bо‘lib, undagi mazmun-mohiyatni ochish, aniqroq qilib aytadigan bо‘lsak boshlanish va yakunlanishni ifoda etish uchun inssenirovka muallifi Abdulla Qodiriyning “Kalvak Mahzum” asaridagi monologlardan foydalangan. Rejissyor asar qahramonlaridagi asl harakterdan qochib, ularni hajviylik bilan bо‘rttirib kо‘rsatishga uringan. Aktyorlar ijrosida ayrim malakaviy kamchiliklar sezilsa-da, ular о‘z rollarini jonlantirish borasida astoydil mehnat qilganliklari kо‘rinib turadi. Asarda keltirilgan ayrim iboralar sahnada ayni ishlatilgan bо‘lib, mazmunan esa umumuman boshqa-boshqa tassavvur uyg‘otishi tomoshabin etiboridan chetda qolmaydi. Albatta, bu rejissyorning asarga bо‘lgan о‘z qarashi, о‘z “topilmasi”. Shuningdek, bu spektakl ijodkorlarning katta san’at yо‘lidagi ilk katta qadamidir. Qadamlarning kо‘payib borishi asnosida kamchiliklarning kamayib borishiga esa biz tilakdoshmiz.


 


Sahna asarini О‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Abbosov, О‘zbekiston xalq artistlari H. Sa’diyev, E.Komilov, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi dotsenti Ma’mur Umarov baholab bordilar.


 


 


“О‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat instituti”, 2-bosqich “San’atshunoslik jurnalistikasi” talabasi Elyor Raximov.

Afzal Rafiqov bilan ijodiy uchrashuv

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi taniqli aktyor, sahna san’ati ustasi, О‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov bilan ijodiy uchrashuv о‘tkazishni rejalashtirgan. Tadbir 2013 yil 23 fevral kuni soat 9.00. da institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida boshlanadi.


 


О‘zining yorqinindividual xususiyati va kengqamrovli diapazoni bilan ajralib turadigan bu aktyorni keng jamoatchilik yaxshi taniydi va sevadi. U tragik, komik, dramatik rollarni ishonarli, yengil va organik tarzda gavdalantiradi. U Shiller, Shekspir asarlaridagi obrazlarni yevropa aktyorlik maktabi bilan uzviylikni saqlagan holda muvaffaqiyat bilan ijro etadi. Aktyor har qanday shaxsni — tragediyadan tortib vodevilgacha, ijtimoiy dramadan tortib satirik komediyagacha chuqur va aniq talqin qiladi. Va shuning barobarida о‘zligini saqlashga, hech kimga taqlid qilmaslikka erisha oladi. Teatr ijodkor uchun – butun hayoti, о‘tmishi, hozirgi kuni va kelajagidir. Uning hayotidagi barcha narsa teatr san’ati bilan chambarchas bog‘liqdir.



Mahmud Ismoilov — O‘zbek Milliy akademik teatrining direktori

Блог им. behzodbek

O‘zbekiston Madaniyat va Sport ishlari vazirligi rasmiy saytining xabariga asoslanib Daryo.uz sayti tarqatgan xabarga ko'ra, 20 yildan buyon O’zbek Milliy akademik teatri direktori lavozimida ishlab kelgan O‘zbekiston Xalq Artisti Yoqub Ahmedov lavozimidan ozod etildi va O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Mahmud Ismoilov direktor etib tayinlandi.

 

Xabarda na'kidlanishicha, Yoqub Ahmedov 75 yoshga to‘lishi hamda ko’p yillar davomida teatr sohasida olib borgan samarali ishlari uchun Madaniyat va Sport ishlari vazirligi tomonidan «Faxriy yorliq» bilan taqdirlangan va teatrda aktyor sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Oliy ta`lim muassasalarida “Ma`naviyat kuni” tadbirlari doirasida talabalarning teatrlarga tashrifi davomida foydalanishlari uchun uslubiy material

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
 
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2012 yil 10 dekabrdagi 486-sonli buyrug`iga binoan oliy ta'lim muassasalari uchun belgilangan “Manaviyat kuni” tadbirlarini samarali tashkil etish bo`yicha barcha oliygoh talabalari quyidagilarga e'tibor berishlari maqsadga muvofiq:
“Teatr bu ibrat xonadir”, — deb yozgan edi ulug` ma'rifatchi Mahmudxo`ja Behbudiy.
Bizning milliy teatr san'atimiz tarixan juda katta yo`lni bosib o`tgan bo`lib, uning qadimiy ildizlari xalq o`yin va tomoshalariga borib bog`lanadi. Lekin XX asrga kelib o`zbek teatr san'ati yangidan – yurtimiz va jahon miqyosida shakllangani, davrlar sinovidan o`tib kelayotgan an'ana va tajribalar asosida vujudga kelgani va kamol topganini e'tirof etish zarur. Xususan, poytaxtimiz va viloyat teatrlarida namoyish etilgan dunyo sahna san'atining mumtoz namunalari o`z vaqtida nafaqat yurtimiz, balki chet el tomoshabinlarini ham hayratda qoldirgani bu fikrni isbotlaydi. Shu bilan birga, teatr ijodkorlarimiz tomonidan yaratilgan milliy ruhdagi sahna asarlari xorijiy mamlakatlarda ham muvaffaqiyat bilan ijro etib kelinadi.
Ta'kidlash joizki, hozirgi vaqtda respublikamiz teatrlarida turli mavzu va janrlarda ko`plab spektakllar yaratilmoqda, o`ziga xos ijodiy izlanishlar davom etmoqda. Ayni paytda teatr san'atimizda ham bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan spektakllar sahnalashtirilmoqda. Bu spektakllarning badiiy saviyasini anglash, g`oyasini tushunish uchun tomoshabinlar ham ma'lum tayorgarlikka ega bo`lishlari lozim. Ayniqsa oliy o`quv yurtlari va kollej talabalarida tomoshabin madaniyati va ko`nikmalarini shakllantirish juda muhim.
Talabalarning teatr tomoshasiga borishi uchun alohida tayyorgarlik ko`rishi lozim bo`ladi. Aytaylik, Milliy teatr sahnasida V.Shekspirning “Gamlet” asari sahnalashtirilgan bo`lib, talabalar aynan shu spektakl namoyishiga tashrif buyurdi. Talaba o`zini fikran bu tomoshaga tayyorlashi kerak. V.Shekspir ijodiga, asarlarining sahnalashtirilish tarixiga, xususan, “Gamlet” va uning ijrochilari ijodiga oid ma'lumotlarni o`rganib chiqishi lozim. O`sha davr tarixini kitob va internet ma'lumotlaridan foydalangan xolda ko`zdan kechirishi, asardagi g`oya, mavzu va muammolarning ildizi nimada ekanligini mushohada qilib ko`rishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Talaba o`zini teatr tomoshasiga ruhan tayyorlashi – yuqoridagi fikriy tayyorgarlik jarayoni bilan baqamti olib boriladi. Uning kiyinishi qay ko`rinishida bo`lishini tasavvur qila olishi, o`ziga chetdan nazar sola bilishi, agar lozim bo`lsa mana shu mavzuda do`stlari bilan maslahatlashishi kerak. Kiyinish madaniyati talabani o`ziga e'tiborli bo`lishga undaydi. Suhbatlashish, muomala, yurish-turish odobini tartibga soladi. Tashqi ko`rinishdagi jiddiylik talabaning ichki kayfiyatiga ham ta'sir etadi.
Talaba tomoshada o`zini qanday tutishi lozimligini bilishi zarur. Ijroga nisbatan munosabatni hushtak chalmasdan, samimiy munosabat va qarsaklar bilan bildirishi mumkin. Tomosha paytida boshqa kishilarning diqqatini o`ziga jalb qilmaslik uchun mobil telefonlarni butunlay o`chirishi va yon-atrofdagi do`stlari bilan gaplashmasligi kerak. Sahnadagi aktyorga luqma tashlamasligi, aksincha, spektaklni diqqat bilan tomosha qilish orqali aktyorga ruhiy madad berishi lozim.
Teatr – katarsis – ruhiy poklanish maskanidir. Shunday ekan, talaba ana shu ruhiy poklanish jarayoniga astoydil tayyorgarlik ko`rishi lozim. Talaba aqlan kechki tomoshani tahliliy tasavvur qilib ko`rishi, ijrochilardan o`ta jonbozlikni va hayotiy ijroni kutishi kerak. Shu tariqa uning hissiy qabul qila olish qobiliyati uyg`ona boshlaydi. Aktyor tushunib xatti-harakat qilish orqali emotsional uyg`onuvchanlikni ishga solib, tomoshabinning hislarini qo`zg`aydi va tomoshabin o`z ehtiroslari ta'sirida tomoshadan zavq oladi. Chunki faqatgina aqliy qabul – tomoshaning tomoshaviyligini yo`qotadi. Agar yuqoridagi jarayon o`talsa, faqatgina aqliy qabul emas, hissiy qabul jarayoni amalga oshadi. Undan keyingina aqliy mushohada ishga tushadi va tomoshadan xulosa chiqariladi.
Agar yuqoridagi jarayon uzluksiz va kamchiliksiz ado etilsa, hech qanday odobsizlik, gaplashib o`tirish, telefonda suhbatlashish kabi holatlarga o`rin qolmaydi. Endigi vazifa – tomoshaning  tahlili, g`oyaviy yo`nalishi, ko`tarilgan muammo va uni hal qilish yo`llarini mulohaza qilib ko`rishdir. Buning uchun kurs murabbiylari bilan biror bir  kunni belgilash (darslardan keyin) va barcha talabalar ishtirokida ko`rilgan asarni mufassal, ya'ni spektakl g`oyasi, asarning maqsadi, aktyorlar tomonidan ijro etilgan rollar haqida, shuningdek ijro uslubi, dekoratsiyalar, kostyumlar, chiroq va ranglarning uyg`unligi tahlil qilinishi lozim. Bunda har bir talabaning tahliliy suhbatda faol ishtirok etishiga erishish zarur bo`ladi. Savol-javob tarzida o`tkazilgan tahlil talabada o`z ishiga qiziqishini yanada kuchaytiradi, fikrlarini to`liq va erkin ifoda qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Bunday ishlash jarayoni talabaning fikrini charxlaydi, uni ijodiy faollikka undaydi va eng asosiysi, ularning o`z kuchiga ishonchini  mustaxkamlaydi.
Yurtimizdagi barcha teatrlar tomoshabinlarni ruhiy poklaydi, estetik zavq va ma'naviy ozuqa beradi. Shu bilan birga teatrlarning tarbiyaviy ahamiyati ham katta.
Eng muximi TEATR – TARBIYA O`CHOG`I ekanligini unutmasligimiz kerak.
 
 
 
O`zDSMI «Teatr san`ati» fakulteti dekani H.Shodiyev
 

Davr soyasining qurboni yoxud "Rustam" spektakli xususida

Блог им. gulchehrabonu



«Rustam» spektakli O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist davlat mukofoti sovrindori Turg'un Azizov hamda Zamira Ahmedova tomonidan sahnalashtirilgan bo'lib, dramaturg Umarjon Ismoilov qalamiga mansub. Spektakl bosh qahramoni Rustamni taqdir hamma sinovlarida sinab ko'rishni xohlagandek, dunyoning barcha jabr- zulmlarini u tortishga mahkumdek Rustamning boshiga ancha ayanchli taqdirni bitadi.Hamma davrda ham insonlar tabaqalarga ajratib kelingan. «Rustam» spektaklida ana shunday voqea -hodisalarni qay tarzda bo'lib o'tganligini tomosha qilasiz. Bu spektaklda Rustam obrazidan tashqari Qumrihon,Boyto'ra,Zebihonim,Muhabbat yana bir qancha  obrazlarini hayotini ko'rasiz.

Kunduzsiz kechalarning bedor kunlari

Блог им. gulchehrabonu
   O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tomonidan yozilgan «Kunduzsiz kechalar»nomli dramasi asosida ishlangan spektakl juda ta'sirli,ayniqsa,bosh rolni ijro etgan O'zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon obrazini shu qadar jonli talqin etgan-ki, bu spektaklni ko'rgan tomoshabin o'zini xuddi o'sha yerda bo'lganidek, taassavurini uyg'otadi. Cho'lponning har bir monologini, sherlarini juda ta'sirli ohangda so'zlagani insonlar yuragida vatanga, yorga bo'lgan muhabbatini yanada to'lqinlantiradi.
 

              Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
              Eng yaqin yulduzdan seni so'raymen.
              Ul yulduz uyalib,boshini bukib.
              Aytadir:men uni tushda ko'ramen.
              Tushimda ko'ramen-shunchalar go'zal,
              Bizdan-da go'zaldir,oydan-da go'zal!
          
              Ko'zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
              Boshlayman oydan-daseni so'rmoqqa.
              Ul-da aytadir:bir qizil yanoqqa
              Uchradim tushimda,ko'milgan oqqa.
              Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
              Mendan-da go'zaldir,kundan-da go'zal!

"Omon bo'lgin, azizim..."

Блог им. Nurjahon
Kecha O'zbek Milliy akademik drama teatrida qo'yilgan «Omon bo'lgin, azizim» spektakliga tushdim va forumumizda ochilgan «Yevropa madaniyatining kirib kelishi xavflimi?» degan mavzudagi savolga yana bir javob olgandek bo'ldim: Yevropa madaniyatining kirib kelishi xavfli emas, biroq Yevropa madaniyatsizligining kirib kelishi xavfli.
Ushbu spektakl amerikalik yozuvchi va dramaturg ayol Vinni Delmar(1903-1990)ning, asl nomlanishi «Bundan buyog'i-sukunat» p'yessasi asosida sahnalashtirilgan. Rejissyor Olimjon Salimov.
Olimjon Salimov bir paytlar Farg'ona teatridagi «Temir xotin», «Toshkentga sayyohat», Yosh tomoshabinlar teatridagi «Ot kishnagan oqshom» kabi mashhur bo'lgan spektakllarni muvaffaqiyatli sahnalashtirgan. Bundan tashqari rejissyor Milliy teatrda ham ikkita — «Ufq» hamda «Sohibqiron» asarlarini sahnalashtirgan.
Spektaklning avvalgi varianti ham Milliy teatrda 1976-yilda rejissyor Bahodir Yo'ldoshev tomonidan «G'ariblar» nomi bilan sahnalashtirilgan. O'sha davrdagi sahnalashtirilgan variantlarda bosh rollarni O'zbekiston xalq artistlari Sora Eshonto'rayeva va Nabi Rahimovlar ijro etishgan edi.