топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

tavallud:

Ajdodlarimiz merosi –bebaho ne’mat

Илм-фан
Joriy yilning 13 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida   O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda institut axborot- resurs markazi hamkorligida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining  577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan  “ Ajdodlarimiz merosi –bebaho ne’mat” mavzusida adabiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda  O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti  professor- o‘qituvchi va talabalari,  institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.

BUYUKLAR TAVALLUD KUNIGA BAG‘ISHLANDI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
BUYUKLAR TAVALLUD KUNIGA BAG‘ISHLANDI

Xalqaro turizm fakulteti tomonidan ulug‘ mutafakkir, yirik davlat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirni kirish so‘zi bilan universitetimizning Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektori Tohir Akramov ochib berdi.
Davra suhbatida ishtirok etgan O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy merosi haqida batafsil so‘z yuritdi.

Aytib o‘tilganidek, ikki buyuk siymo qoldirgan boy ilmiy meros bamisli ummondir. Shu bilan birga ularni o‘rgangan inson bilim olish bilan birga estetik jihatdan zavqlanadi.

Boburiylar avlodi vakili Zayniddin Mavlonov “Ajdodlar xotirasi” mavzuida ma'ruza qilib, Bobur va uning avlodlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma'lumot berib o‘tdi. Ishtirokchi talabalar tomonidan berilgan, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma'lumot berib o‘tdi.


Ulug‘ mutafakkirlar ijodiga mansub g‘azallarga bastalangan kuy-qo‘shiqlar bilan Tarix kafedrasi professori Hojiakbar Hamidov yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi

Akmal Karimov, Toxir Muxtorov, «Kamolot» YoIH BT faollari

Otajon Xudoyshukurovni yod etib

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Xorazm – azal-azaldan ijodkorlar, san’atkorlar, hofizlar diyori sanaladi. Bu elning dilrabo ohanglari, boshqa joylardan ajralib turuvchi aytim yо‘llari bugun ham dillarni maftun etib kelmoqda. Mazkur uzoq yillik an’ana bir qator fidoyi va iste’dodli san’atkorlar ijodi bilan Xorazm maktabining shakllanishiga sabab bо‘ldi. Ana shunday zabardast va о‘z uslubiga ega ustoz san’atkorlardan biri, shubhasiz, Otajon Xudoyshukurovdir.


 



 


Kuni kecha hofiz о‘zi tahsil olgan dargoh – О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 70 yillik tavallud ayyomi keng nishonlandi. Bu nafaqat ijodkor shaxsi, qoldirgan boy musiqiy merosiga bо‘lgan hurmat-ehtirom, ayni paytda, Otajon Xudoyshukurov an’analarining ustoz-shogird kо‘rinishida davom etayotgani va har bir yurak torlarida uning о‘lmas navolari yangrab turganidan dalolatdir.


 



O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi Nurqulova Raya Ro’ziyevna

JizDPI
Илм-фан


24 yanvar kuni institut madaniyat saroyida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi, tarix fanlari nomzodi, umumiy tarix kafedrasi dosenti Nurqulova Raya Ro’ziyevna tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.


Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori dotsent A.Tangirov kirish so’zi bilan ochib berdi.


Tarix fakulteti dekani, falsafa fanlari nomzodi, dosent S.G’oziyev  O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi, tarix fanlari nomzodi, dosent R.Nurqulovaning hayot faoliyati xaqida ma’ruza qildi va dosent Nurqulova Raya Ro’ziyevnaning 75 yoshlik yubileyiga bag’ishlangan, olimaning ibratli hayot yo’li, uning bugungi ijtimoiy manaviyatimizni rivojlantirishdagi xizmatlari qamrab olingan “Tarix  falsafasi” nomli to’plam tog’risida batafsil to’xtalib o’tdi.