топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

sport musobaqasi:

Fizika – astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalari o’rtasida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yilning 8- may kuni o’tkazilgan mini futbol musobaqasi

JizDPI
Илм-фан
Fizika –matematika fakultetida ishlab faoliyat olib borgan, ammo hozir oramizda yo’q, marhum ustozlarimiz M.O’rolov, Isoqobilov, E.Ergashev, O.Bo’riboyev, E.Hamzayev, O’.Abdullayev, N.Alimov, B.Toshmurodov, I.Suyunov va fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalarimiz Absamatov Lochinbek

Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida sport turlari bo’yicha musobaqa o’tkazildi

Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida sport turlari bo’yicha musobaqa o’tkazildi
 
9-may Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida sport turlari

Professor-o‘qituvchilar va hodimlar o‘rtasida mini futbol musoboqasi o'tkazildi

Илм-фан
2018 yil 4-5 aprel kunlari SamDAQI professor-o‘qituvchilari va hodimlar  o‘rtasida mini futbol sport turi buyicha fakultetlararo musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqada qurilish fakulteti, qurilishni boshqarish fakulteti, MKK fakulteti, arxitektura fakulteti, KNAUF laboratoriyasi va ijtimoiy – gumanitar kafedralaridan 72

TMI ning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Moliya Instituti
2016-yil 13-yanvar kuni oliy o‘quv yurtlararo sport sog‘lomlashtirish markazida Toshkent moliya instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi hamda institutning Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi bilan hamkorlikda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab sportning armrestling turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Sport musobaqasi 50 kg, 60 kg, 70 kg va 70+ vazn toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Toshkent shahrida joylashgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari moliya instituti qoshidagi 2-son akademik litsey, Toshkent bank kolleji, TDIU qoshidagi iqtisodiyot kolleji, TDIU qoshidagi Сhilonzor akademik litseyi, Toshkent soliq kollejlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan musobaqada quyidagi g‘oliblar aniqlandi.
 

Sport – salomatlik garovi!

Toshkent Moliya Instituti
 
Joriy yilning 10 dekabr kuni Toshkent moliya institutining Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli mehribonlik uyida katta sport bayrami tashkil etildi.
 
Unda institutimizning Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakulteti dekani, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etib, musobaqada ishtirok etayotgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlab turishdi. Musobaqa nihoyatda uyushqoqlik bilan o‘tdi. Musobaqada g‘olib bo‘lgan 14 nafar o‘g‘il-qiz faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, musobaqa yakunida mazkur mehribonlik uyida parvarishlanayotgan o‘g‘il-qizlarning barchasiga sovg‘a-salomlar ulashildi.
 

Kosonda “Kamolot shaxmat taxtasi” VIII Respublika turnirini tuman bosqichi o‘tkazildi

Блог им. ahroriy

Joriy yilning 20 fevral kuni Koson tumanidagi 9-umumta’lim maktabida Harakatning tuman Kengashi, tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi, xotin-qizlar qo‘mitasi, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi, halq ta’limi va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqaning 5 ta yosh toifasi doirasida o‘g‘il va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Kamolot shaxmat taxtasi” VIII Respublika turnirini tuman bosqichiga start berildi.


Ushbu musobaqalarning tuman final bosqichi zo‘r qiziqish va ko‘tarinki ruhda yanvarь-fevralь oyi davomida o‘tkazilib, musobaqalarning maktab bosqichlarida 2940 nafar o‘g‘il va qizlar ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 392 nafari musobaqalarning tuman bosqichida bellashdilar.


Musobaqaning guruh bahslaridan finalga chiqqan o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ertalabdan boshlangan musobaqalar 1/2, 2/0, 2/1 va 0/2 final uchrashuvlari ayniqsa, qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 8 yoshgacha yoshli qizlar o‘rtasida 9-maktab o‘quvchisi Normurodova Madina 1-o‘rinni, 9-maktab o‘quvchisi Mamatqulova Shabnam 2-o‘rinni, 33-maktab o‘quvchisi Bobonazarova Yulduz 3-o‘rinni, 8 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 83-maktab o‘quvchisi Hamroev Iqbol 1-o‘rinni, 91-maktab o‘quvchisi Norbo‘taev Alpomish 2-o‘rinni, 9-maktab o‘quvchisi Toshniyozov Apomish 3-o‘rinni, 12 yoshgacha qizlar o‘rtasida 50-maktab o‘quvchisi Orziqulova Madina 1-o‘rinni, 49-maktab o‘quvchisi Dilshodova Dilnura 2-o‘rinni, 83-maktab o‘quvchisi Boymurodova Shaxzoda 3-o‘rinni, 12 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 73-maktab o‘quvchisi Temirov Xayrullo 1–o‘rinni, 90-maktab o‘quvchisi Shukurov Alisher 2-o‘rinni, 7-maktab o‘quvchisi Xolboev Shohjahon 3-o‘rinni, 14 yoshgacha qizlar o‘rtasida 66-maktab o‘quvchisi Fazliddinova Muxlisa 1-o‘rinni, 1-maktab o‘quvchisi Haydarova Mohinur 2-o‘rinni, 50-maktab o‘quvchisi Alieva Nuriya 3-o‘rinni, 14 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 5-maktab o‘quvchisi Dovurov Shaxzod 1-o‘rinni, 66-maktab o‘quvchisi Choriyev Shohjahon 2-o‘rinni, 50-maktab o‘quvchisi Xoliyorov Fazliddin 3-o‘rinni, 19 yoshgacha kollej o‘g‘il bolalari o‘rtasida Koson maishiy xizmat kasb-hunar kolleji talabasi Temirov Xayrullo 1-o‘rinni, Sanoat transport kasb-hunar kolleji talabasi Axmedov Umid 2-o‘rinni, Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabasi Xamdamov Baxtiyor 3-o‘rinni, 19 yoshgacha bo‘lgan kollej qizlari o‘rtasida Koson sanoat transport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nomozov Adiba 1-o‘rinni, Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Qudratova Dilmehr 2-o‘rinni, Pedagogika iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nazarova Feruza ko‘lga kiritdi.


Musobaqalarning yakuniy final bosqichida 30 nafar g‘olib aniqlandi. Shu g‘oliblardan 1-o‘rinni egallagan o‘quvchi yoshlar musobaqalarning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


SHuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha ham 5 nafar ishtirokchilar taqdirlandilar.


Musobaqalarning barcha bosqichida qatnashgan maktab va kollej o‘quvchi yoshlari tuman Kengashi va hamkor tashkilotlarning diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 


Jahon chempioni bo'lgan magistrant

ТАСИ
Илм-фан


   Joriy yilning 13-25 mart kunlari Tailandning Pattaya shahrida sportning yakka kurash turi – Muay-Tay bo'yicha jahon birinchiligi bo'lib o'tdi. Mazkur sport musobaqasida 50 dan ortiq davlatdan 400 ga yaqin, jumladan, O'zbekistondan 18 nafar sportchi ishtirok etdi.


    Biz uchun quvonarli joyi shundaki, ushbu sport musobaqasida Toshkent arxitektura qurilish instituti magistranti Ummataliev Ziyodullo Shuxratbek o'g'li qatnashib Muay-Tay bo'yicha ikkita proffessional jang g'olibi bo'ldi va Jahon kubogini qo'lga kiritdi.


    Shu o'rinda, Ummataliev Ziyodullo 1989 yilning 11 fevralida Andijon shahrida tug'ilgan. 2007-2011 yillari Toshkent arxitektura qurilish instituti bakalavriaturasida o'qidi, 2012 yildan e'tiboran institut magistraturasida taqsil olmoqda.


  U 7 yoshidan turli sport to'garaklariga qatnab, sportning yakka kurash turlari – karate, kikboksing, muay tay, universal jang, kombat aykido, penchak silat, qo'l jangi bilan muntazam shug'ullanib kelgan.


   O'zining sportga bo'lgan qiziqishi, ishtiyoqi va mehnatsevarligi tufayli 2004 yildan e'tiboran kikboksing bo'yicha turli darajada bo'lib o'tgan sport musobaqalarida qatnashib kelgan. Jumladan, 2004 yilda O'zbekiston Respublikasi chempionati kumush medali sohibi, 2005 yilda Osiyo chempionati sovrindori, 2006 yilda qirg'iziston Respublikasi Xalqaro turniri g'olibi, 2006 yilda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionati oltin medali sohibi, 2007 yilda Gretsiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatining 2 ta bronza medali sohibi, 2011 yilda O'zbekiston Respublikasi birinchiligi sovrindori, 2013 yilda esa Muay-Tay bo'yicha Taylandning Pattaya shahrida bo'lib o'tgan professionallar o'rtasidagi jahon kubogi sovrindori bo'ldi.


    Ummataliev Ziyodulloning o'qish va hayotiy faoiyatiga muvaffaqiyatlar tilab, kelajakda jahon arenasidagi sport musobaqalarida Vatanimiz bayrog'ini yanada yuksaklarga ko'taradi degan umiddamiz.


 


                                                                        TAQI Magistratura bo'limi boshlig'i 


                                                                                           O.Sh. Mamanazarov