топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

spektakl:

“Kulol” spektakli namoyish etildi

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaviy “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali davom etmoqda. Festivalning navbatdagi kuni institutning О‘quv teatrida “Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talaba-yoshlarining “Kulol” nomli diplom spektakli namoyish etildi.


Muxammed al-Xorezmiy atındaģı TİTU Nókis filialı "Tań nurı" teatr-studiyasınıń "Mehr nurı" atlı spektakli bolıp o’tti

Илм-фан
Muxammed al-Xorezmiy atındaģı Tashkent informatciyalıq texnologiyaları universiteti Nókis filial student jaslarınan dúzilgen «Tań nurı» teatr-studiyasınıń «Mehr nurı» atlı spektakli bolıp o’tti.

Ayol bubuligo’yo bo’lib sayrasa…

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Kuni kecha O’zbekiston Davlat sana’at va madaniyat instituti o’quv teatrida “Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti 3-kurs “Kino, televideniye va radio rejissorligi” bo’limi talabalari ishtirokida yangi spektakl namoyishi bo’lib o’tdi. Spektakl janri komediya.


 


“Bulbuligo’yo” komediyasi O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi Rixsivoy Muhammadjonov qalamiga mansub bo’lib, yozuvchi A.Fransning “Soqov xotin” asari asosida yozilgan. Insenirovka muallifi va sahnalashtiruvchi rejissor “Kino, televideniye va radio rejissorligi” bo’limi 3-kurs talabasi Bobur Yo’ldashev. Badiiy rahbar O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi Meli Mahkamov.


 



Kunduzsiz kechalarning bedor kunlari

Блог им. gulchehrabonu
   O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tomonidan yozilgan «Kunduzsiz kechalar»nomli dramasi asosida ishlangan spektakl juda ta'sirli,ayniqsa,bosh rolni ijro etgan O'zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon obrazini shu qadar jonli talqin etgan-ki, bu spektaklni ko'rgan tomoshabin o'zini xuddi o'sha yerda bo'lganidek, taassavurini uyg'otadi. Cho'lponning har bir monologini, sherlarini juda ta'sirli ohangda so'zlagani insonlar yuragida vatanga, yorga bo'lgan muhabbatini yanada to'lqinlantiradi.
 

              Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
              Eng yaqin yulduzdan seni so'raymen.
              Ul yulduz uyalib,boshini bukib.
              Aytadir:men uni tushda ko'ramen.
              Tushimda ko'ramen-shunchalar go'zal,
              Bizdan-da go'zaldir,oydan-da go'zal!
          
              Ko'zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
              Boshlayman oydan-daseni so'rmoqqa.
              Ul-da aytadir:bir qizil yanoqqa
              Uchradim tushimda,ko'milgan oqqa.
              Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
              Mendan-da go'zaldir,kundan-da go'zal!