топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

she'r:

Ватан муқаддас

Блог им. musurmon
Дўстлар Ватан сўзи,
Қанчалар азиз.
Удир онадайин,
Меҳрибон лазиз
 
Удир юракларда
Энг шарафли ном,
Адибу, шоирга
Бергувчи илҳом.
 
Мусофир юртларда
Соғинч энг катта,
Муносиб бўлиш ҳам
Шараф албатда.
 
Айт, Ватандан азиз
Яна нима бор?
Арзийди минг марта
Қилсанг ифтихор.
 
Дилнавоз Фахриддинова
Шахрисабз Халқ таълимига қарашли
44 – мактаб 7 – синф ўқувчиси

Sen mening nomusim,orimsan,Vatan

Ватан учун яшайлик
Dunyoda nima bor o’zingdan aziz,
Seni onam dedim, gavharim dedim.
Dunyoda nima bor o’zingdan laziz,
Seni otam dedim,sarvarim dedim.
Sen mening tanamda jonimsan,Vatan!
Vujudimda oqqan qonimsan,Vatan!


Qay go’shanga boqsam,yurak hapriqar,
Buyuk o’tmishingdan so’ylar minorlar.
Go’yo yosh niholdek ko’kka intilar,
Ming yillik tarixga guvoh chinorlar.
Dunyoni lol qilgan buyugim,Vatan!
Hech nega alishmas suyugim,Vatan!
 
Hali murg’akkina jajji nabiram,
Beshigin qizg’onar begonalardan.
Shu tuyg’u tufayli o’zi asli ham,
Vatan boshlanadi ostonalardan.
Meni ulg’aytirgan beshigim,Vatan!
Ezgulikka ochgan eshigim,Vatan!
 
Buyuk Navoiyning so’zi bor senda,
Dilkusho,Boburning izi bor senda.
Dunyoni bir umr xayratga solgan,
Tanti va mard xalqing bor senda.
Dilimdan to’kilgan ash’yorim,Vatan!
Sen mening nomusim,ham orim,Vatan
                           
                                Bashorat Quldosheva 

                             Shahrisabz tuman XTB qarashli 41-maktab direktori                 

Чин муҳаббат

Маърифат гулшани
     
Чин муҳаббат ўлдиради

 

 

Ошиқ бўлсанг

        ёрни кўриб,

                    дил ўйнайди.

Ҳар лаҳзада

         қўлларингда

                  гул ўйнайди.

Суйдиради,

          куйдиради,

                дил тирнайди,

Чин муҳаббат

          ўлдиради,

                 лек ўлмайди.

 

 

Шод айлайди

           ишқ майидан

                 тутиб шароб,

Баьзан эса

           аҳволингни

                  қилур хароб.

Севги ўти

           тушдими бас,

                   бағринг кабоб

Чин муҳаббат

           ўлдиради

                    лек ўлмайди.

 

 

Бекинмоққа

           ундан асло

                  йўли йўқдур,

Осмондами,

            ердамисан,

                   ёқар – чўғдур.

Юрагингга

              ишқ зарбини

                    санчган ўқдур

Чин муҳаббат

               ўлдиради

                     лек ўлмайди.
Муҳаббат Пардаева

Hijoblik Ayol

Ёш ижодкорлар
Ko'zing-u, qalbingni zabt etgan to'lib
Nafosat haqida sursang gar xayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib
Yurgan bir hasratdir xijobli ayol!

Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol.
His qilar o'zini begona dunyo,
Kelgindi xilqatdir xijobli ayol.

Avj olgan buzuqlik, ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol.
«Ey Robbim, panoh ber!» deya bulardan
Berkingan suvratdir xijobli ayol.

Ko'plar ayol nomin bo'lg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib, bo'lishar xush-hol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay
Saqlangan siyratdir xijobli ayol.

Millat-u, dinini ko'plar unutib
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosi timsoli, libosi bo'lib
Diniga quvvatdir xijobli ayol.

Behayo kimsalar, dinsiz johillar
Masxara qilganda uni bemalol.
«Allohim, ularga hidoyat ber», deb
Eng yaxshi niyatdir xijobli ayol.

Uning mauvjudligi ko'ngilga malham
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham
Islomga hujjatdir xijobli ayol!

Da'vatlar to'xtagan telba diyorda
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari erda
Katta bir da'vatdir xijobli ayol.

Unga havas qilgum, degum, «ey singlim,
Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol!»
Iymondan voz kechgan erkaklar uchun
Eng yaxshi ibratdir, xijobli ayol.

manba

Shoh Bobur

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт
Buncha uzun oh tordingiz, oh Bobur,
Muttahamlar dunyosida shoh Bobur.

Andijonu Hindu – yetti iqlimda
Topilmadi Sizga bir dodxoh, Bobur.

Ollohimning dargohlari keng, lekin
Sig’dirmadi Sizni bu dargoh, Bobur.

Kecha uzun, manzil olis, yo’l uzoq,
Sizga faqat yolg’iz oy hamroh, Bobur.

Nonko’r beklar, beoqibat mirzolar,
Kimlar Sizga qazmadilar choh, Bobur

G’urbat bo’ldi oxir toju taxtingiz,
Podshohlar ham yig’larkan-da, voh Bobur!

Zahriddin Muhammad Bobur tavvaludi

Шоҳ ва шоир
Шеърият ва адабиёт
Kecha 14-fevral kuni «Istiqlol» san'at saroyida bobomiz Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan shoira Farida Afruzning «She'riyat» kechasi bo'lib o'tdi. Kechada  san'atkorlar va yosh ijodkorlar o'zlarining she'r va qo'shiqlari bilan kelganlar ko'ngliga xushnudlik bag'ishladi.Shuningdek shoira Farida Afruzning o'zlari ham she'rlari bilan she'riyat ixlosmandlari quvonciga quvonch bag'ishladi. Shuningdek, Farida Afruz so'zlari bilan aytilgan qo'shiqlarini xalqimizning ardoqli san'atkorlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonova, Munojot Yo'lchiyeva, G'ulomjon Yoqibov, Gulsanam Mamazoitova, Dildora Niyozova kabi san'atkorlar ijro etishdi. Bu kabi bobimizning tavvalud ayyomini tantana bilan o'tkazish, bobomizga bo'lgan xalqimizning ulug' hurmati sifatida yodga qoladigan bo'ldi.

Bir tup gul yuz tup g'uncha ochadi...

Блог им. Nurjahon
Yozuvchi Oybekning «Navoiy» romanida Alisher Navoiy «Yaxshi ash'or gulga o'xshaydur va bir tup gul yuz tup g'uncha oachadi» deya Husayn Boyqaro g'azaliga ta'rif beradi.

Ustoz shoir Erkin Vohidovning g'azallaridagi ushbu misra menga juda yoqib qoldi va men uni ijtimoiy tarmoqlardan biriga joylashtirgandim:

Na jannat bu, na do'zax bu
Arosatdur, arosatdur.
Havodek bizga darkor ne?
Farosatdur, farosatdur.
So'rarman, g'amzada elning
Yurak dardiga ne chora?
Kelur g'aybdin sado: yolg'iz
Adolatdur, adolatdur.

Erkin Vohidov

Pul nima?

Блог им. Nurjahon
Muhtaram fikrdoshlar!

Ushbu savolga hazil tarzda o'z she'riy javobini yo'llashi kerak. Javoblar muhtaram shoirimiz aytganlaridek, «she'rning zo'ri to'rt satr...» tarzida bo'lmog'i darkor. G'olib 3D kinoteatriga ikki kishilik chipta bilan taqdirlanadi.
To'rtligiga eng ko'p ovoz olgan fikrdosh g'olib sanaladi. G'olibga chipta juma kuni taqdim etiladi. Oxirgi she'riy jumlalar payshanba kuni yakunigacha taqdim etilishi shart.

Keladi. Ketadi. Keladi...
Keksaning qo'lida to'ladi.
Yigitning qo'lida so'ladi,
Ayolning qo'lida o'ladi.
Anvar Obidjon

Ранжиманг...

Блог им. masud
Ранжиманг, баъзида паришон,
Қўнғироқ қилишни унутсам,
Ё ўзим бўлолмай меҳрибон,
Сиздан бисёр меҳрни кутсам
Ёзмасам Сиз учун номалар,
Қалбингиз қилмасин нолалар.
Шубҳанинг юртида юрганча,
Ҳар турли ўйларга борганча,
Ранжиманг…

****

Блог им. masud
Жўшқин ишқ эртаги деярли тинди,
Айрилиқ тобора чўзаяпти бўй.
Қалбимни мен сенга бергандим… Энди,
Юраксиз яшашни сен ўргатиб қўй...
Кўрсат, хаёлимни жамлайин қандай?
Қай тарз бош тортаман энди кетишдан...
Музга айланганинг равшан-ку, кундай,
Фойда бўлармикин энди кутишдан?
Хижрон-у, изтироб рангин йўқотди,
Бўшлиққа айланиб қолгандай танам.
Ўйлашга эринган бошим ҳам қотди,
Хазон муҳаббат ҳам бўзлар бетиним...
Шуми орзу-ҳавас,
Шуми оппоқ тонг?
Наҳотки мана шу биз кутган кунлар?
Ғафлатдан туришга чалинмайди бонг
Ялдо кечасидек узаяр тунлар...

… Шу тахлит вақт ўтиб, хотира ўчиб,
Мен тўзим топаман ҳурлар кўзидан...
Осмонларга сенсиз кетаман учиб,
Мени тополмайсан ернинг юзидан...

© 2008

Ketmoqdaman

Блог им. masud
Ketmoqdaman,
sag’ir tarixim tashlab,
O’zim orzu qilgan so’ngsiz firoqqa.
Kichikkina umid etagin ushlab,
Halovat topgani, juda yiroqqa...
Ketmoqdaman;
Ma’yus boqadi kimdir,
Boshqasi do’ppisin otar osmonga.
Allakim xo’rsinar, aytolmasdan sir,
Va siltab qo’lini, botar armonga...
Ketmoqdaman;
Barcha kechmish-o’tmishim,
Xotira atalmish kitobga joylab
Ortimga qaramay intilgancha jim,
Qilgan gunohlarim birma-bir o’ylab...
Ketmoqdaman sekin, gohida tezlab,
Qalbimni ishqimga tuhfa etgani.
Ko’zida tuganmas tole’im izlab
Topganda, tonglarni birga kutgani
 
Ketmoqdaman,
taqdir tayyorlab qo’ygan,
Baxtli kunlarimning koshonasiga...
 
(с)

Bir holat...

Блог им. masud
Bir holat,
yuragim izidan chiqqan,
Visol chizig'i-la kesishmaydi u.
Bir holat, 
jonimmni bedorlik siqqan,
Aqlimga bo'ysinmay qo'ygandir tuy'gu.

Bir holat, 
Xayolim tumandek xira - 
Hislarim ko'zini to'sib oladi.
Qalbim gulzoriga kun bermay sira,
Tikonlar gulimni bosib qoladi...

Bir holat,
osmonlar judayam yaqin,
Qo'llarim yetadi bulutni tutsam.
Yo darddan bir zumga olganimda tin,
Yer yumshoq, kirsamu, yo'qolib ketsam.

Bir holat, 
halovat ko'nglimdan yiroq,
Topolmam, jonimni berib jabborga
Uch nuqta umrimga to'lgandir so'roq,
Huzurim almashdim nolayu zorga.

Bir holat,
goh soqov,gunga aylanib,
Gohida mungli kuy chalguvchi nayman.
Shu taxlit kimnidir tanimay-tanib,
Umrining mazmuni bo'lib yashayman

Bir holat,
holatki, ko'zlar nigoron,
Garchi umidimdan asar qolmagan...

© 

Gulhavas

Блог им. barlos
Gullar ichra tanlagan tanho atirgulimsan,
Umrim mazmuni bo'lgan, sen yolg'iz sevgilimsan.
Laylom o'zing men sening, bir umrlik yoringnan,
Har dam ishqingda yongan, chin oshiqu zoringman.
Aytsam gapning rostini, sendan o'zga yorim yo'q,
Vasling uchun ey sanam, mening butkul borim yo'q.
Azal taqdir qismatni, bog'lab bergan xudoyim,
Sevgimizning umrini, boqiy qilsin iloyim.

....

Блог им. barlos
Sunbul sochlaringni silasa sabo,
Senga sevgim sirlarin so'ylasa samo.
Sening sukutingga sochilsa sabrim,
Sohir sevging sirlari solurmi sado?

Sevgi, sadoqatdan so'ylagan sanam,
Sara suluvlardan sayladim seni.
Sevging sirlaridan so'ylagin senam,
Sabr sirtmog'ida so'ldirmay MENI…