топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

san'at:

Фақир киши панадами?

номли блог muhammadzafar
Миллий маданиятимизнинг кўзга кўринган намояндалари, атоқли шоир ва адибларимиз, театр, кино, мусиқа санъати соҳасининг таниқли ҳамда ёш вакиллари, санъатшунос олимлар, журналистлар билан бўлиб ўтган учрашувда давлатимиз раҳбари жуда муҳим масалаларни ўртага ташлади. Президентимиз бу сафар ҳам халқнинг ичидаги дардини тўкиб сочди. Аслини олганда, у

Xalqimiz ma’naviy olamining taraqqiyot omillari

Маданият ва маърифат
Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi va “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini belgilovchi muhim hujjat bо‘ldi.
Mazkur Harakatlar strategiyasi mustaqillik yillarida har bir sohada izchilllik bilan olib borilayotgan tub islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bо‘yicha ustuvor yо‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda

San’at + biznes...

Илм-фан
Joriy yilning 17 may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish maqsadida bitiruvchi talaba-yoshlar uchun “О‘z biznesingizni yarating” mavzusida seminar trening о‘tkazildi.

Mazkur tadbir О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul

Yosh ijodkorlarning “PROlogue” Respublika qisqa metrajli filmlar tanlovi g‘oliblari bilan uchrashuv

Маданият ва маърифат
Ikki yildirki mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida yoshlar haftaligi tashkil etilib, mazkur xaftalik doirasida “PROlogue” Respublika yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlar tanlovi ham о‘tkazilib kelinmoqda. Tanlovda ishtirok etgan nomzod filmlarda milliy iftixor tuyg‘ulari, Vatan, ona tabiat, gо‘zallik, insoniylik, bag‘rikenglik, bunyodkorlik, sevgi, mehr va muhabbat kabi mavzular yoritilgan.
2017 yilning 17 fevral kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining axborot resurs markazida “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik

Shoira G‘iyosova bilan о‘tkazilgan “Ssenariydan filmgacha” deb nomlangan ijodiy uchrashuv

San’at –bu ijodkorninig fikr va tuyg‘ularini badiiy ifodalagan kо‘rinishidir. Ifoda vositalarining turfa xil ekanligi bilan san’atning bir necha turlari farqlanadi. Jumladan asosini tasvir va voqelik tashkil etuvchi kino san’ati. Bugungi kunda kino san’ati boshqa san’at turlariga nisbatan ancha faollashib borayotganini kо‘rishimiz mumkin. Shunga qaramay, biz aksariyat hollarda bunday namunalarning faqat soni bilangina maqtana olishimiz mumkin bо‘lmoqda. Xush yaxshi kino qanday bо‘ladi? Bunga hamma о‘zidan kelib chiqqan holda javob beradi albatta. Bizningcha yaxshi kino bu avvalo tarbiyaviy ahamiyati yо‘qori bо‘lgan, milliy xarakter, mentalitet tushunchalarini chetlab о‘tilmagan holda kuchli

Asr bilan hamnafas milliy teatr

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

O’zbek xalqi azaldan san’atsevar, ijodkor xalqdir. Qadim-qadimdan palak otib, shakllanib kelgan an’anaviy va musiqali xalq tomoshalari, qiziqchi, masxaraboz, qissaxon va qo’g’irchoqbozlar san’ati o’zining ko’p yillik tarixiga ega. Yillar davomida shakllanib, davrlar sinovidan o’tib kelayotgan an’ana va tajribalar asosida vujudga kelgan o’zbek teatr san’ati bugun 100 yoshda. Shu munosabat bilan 28-noyabr kuni O’zbek Milliy akademik drama teatri tashkil topganining 100 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar va badiiy kecha bo’lib o’tdi. Kunning birinchi qismida O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida “O’zbekiston teatr san’ati: tarix, taraqqiyot va istiqbol” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining yalpi majlisi, hamda “O’zbek Milliy akademik drama teatri 100 yoshda” kitobining taqdimoti o’tkazildi. Kunning ikkinchi qismida esa O’zbek Milliy akademik drama teatrida badiiy kecha bo’lib o’tdi.


 



Vatan tinchligi ishonchli qo’llarda

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida Ozbekiston Qurolli Kuchlar Akademiyasi bilan hamkorlikda “Vatan tinchligi ishonchli qo`llarda ” mavzuida uchrashuv bo`lib o`tdi.


 


Uchrashuvda magistrlar va “Xalq ijodiyoti” fakulteti talabalari va akademiyaning  mas`ul xodimlari butun Respublikamizda yangi yil kayfiyati kezib yurgan paytda bugungi tadbirning ahamiyati haqida gapirdilar.


 


Uchrashuvni institute ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i S. To’ychieva olib bordi. Mayor  Aziz  Asadov “Qurolli kuchlar- O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining kafolatidir”.mavzuida ma’ruza qildi. M’aruzada qurolli kuchlarning vazifalari, harbiy xizmatchilarga davlat tomonidan yaratilgan  shart-sharoitlar, milliy armiyamizning Vatan sarhadlarini  qo’riqlashdek sharafli xizmati haqida gap bordi.



Nоmоddiy mаdаniy mеrоs muhоfаzаsidа milliy sаlоhiyatni kuchаytirish mаsаlаlаri

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

 O`zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2010 yil 7 оktyabrdаgi “2010-2020 yillаrdа nоmоddiy mаdаniy mеrоs оb`yеktlаrini muhоfаzа qilish, аsrаsh, tаrg`ib qilish vа ulаrdаn fоydаlаnish Dаvlаt dаsturini tаsdiqlаsh to`g`risidа”gi 222-sоnli qаrоrining 32 bаndi ijrоsini tа`minlаsh mаqsаdidа O`zbеkistоn dаvlаt sаn`аt vа mаdаniyat instituti huzuridаgi pеdаgоg kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini оshirish Tаrmоq mаrkаzi vа O`zbеkistоn Rеspublikаsi Mаdаniyat vа spоrtishlаri vаzirlig iRеspublikа хаlqijоdiyotivа mаdаniy-mа`rifiyishlаrilmiy-mеtоdik mаrkаzlаri tоmоnidаn imzоlаngаn Hаmkоrlik shаrtnоmаsigа binоаn 2013 yil 18 nоyabrdаn 18 dеkаbrgа qаdаr “Nоmоddiy mаdаniy mеrоs muhоfаzаsidа milliy sаlоhiyatni kuchаytirish mаsаlаlаri” bаrchа “Mаdаniyatvа аhоlidаm оlishmаrkаz” dirеktоrlаri uchun qisqа mаlаkа оshirsh kurslаri o`tkаzish rеjаlаshtirildi.



   


Rеjаgа muvоfiq 2013 yil 18-23 nоyabr kunlаri birinchi guruх jаmi 15 tа Аndijоn, Fаrg`оnа vа Nаmаngаn vilоyatining dirеktоrlаri o`z mаlаkаlаrini Tаrmоq mаrkаzidа оshirishdi. Shuningdеk vоdiy vоhаsining qоlgаn dirеktоrlаri 25-30 nоyabr kunlаri rеjа аsоsidа ikkinchi guruх mаlаkа оshirish kurslаri Tаrmоq mаrkаzi vа Rеspublikа хаlq ijоdiyoti vа mаdаniy-mа`rifiy ishlаri lmiy-mеtоdik mаrkаzlаri tоmоnidаn tuzilgаn vа tаsdiqlаngаn o`quv rеjа аsоsidа o`qishlаr tаshkillаshtirildi. 



The branch having endless strength of influence

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


The number of modern scientific branches which learn attitude among nature, society and man is increasing day by day. Some sciences have already been divided into several trends. Despite the widely development of scientific spheres, no one natural or exact science, technical or social knowledge can be compared with art according to their content, expressiveness, influence to the mood and mind of people .


 


Art expresses not only attitude, interrelation but it serves as an efficient way and sharp arm for keeping balance between them. Art with the help of artistic creation process and the system of artistic comprehension solves the most difficult and vital tasks of life and gives them vital matter. Therefore our President I.Karimov emphasized: “ If we speak about art and culture as a strong power which leads to the soul of people, we can all understand very well that any person who possesses talented skills is a particular world in its way, that’s why it will be unfair if we try to rule over them. But there is such a sacred conception that helps to get together and inspires them achieving new creative attainments is directly connected with tendencies of motherland, people’s benefit, good deed and humanism. If any creator takes these ideas into an account as the important aim in their work, artistically express them, undoubtedly Literature, Culture and Art serving for spiritual revival will achieve success in completely fulfilling its social task”. ( I.Karimov. Spiritual revival as an invincible strength. T. Manaviyat, 2008, p. 158).


 


Art and culture are the main criteria and bases of human’s spirituality and thought, because it reflects life. But life in it is seen not as it is, but you see it with the eyes of an author, that is, we look at it through his eyes. If it is so, in this case our first aim will be to bring up well-deserved specialists for the future art and culture of Uzbekistan.



Preparing highly qualified specialists in the sphere of culture, art, theatre, cinema, TV, people’s folk art who is suitable for modern, intellectual, aesthetic, cultural requirements of people is much spoken about and a lot of efforts are being done in order to raise the quality of activities held by the art and culture institutions. For instance, according to the Deсree of the President No 1771, 4 June 2012 “About founding Uzbekistan State Institute of Arts and Culture” the new institute of Art and Culture of Uzbekistan formed on the bases of two institutes: Tashkent State Institute of Culture and Uzbekistan State Institute of Art and moved to a new area with modern equipped educational buildings. It surely shows the great attitude of the government to art and culture.


 


The attention paid by the government and state of Uzbekistan makes us; the whole staff of the institute feels responsible for solving the following tasks in preparing specialists:


— to prepare highly qualified specialists responding to modern requirements of culture, theatrical art, cinema and TV; being able to keep and develop folk art traditions, possessing high artistic standard methods, innovative techniques and technologies;


— to develop high artistic skills and national theatrical school with its peculiarities on the bases of rich folk cultural-historic heritage and in harmony of national and human values;


— to teach using modern forms and methods of teaching, advanced pedagogical, innovative and informational-communicative technologies, electronic resources, also wide use of Internet as well;


— to bring up young generation according to the ideas of patriotism and faith in national thoughts, who is spiritually well-deserved, possess various outlook to the world and independently thinking.


 


The branch having endless power of influence helps achieve the goal in advance. As, it is considered that, art and culture is part of main ideal basis having power over the economic bases of the society.


 


Uzbekistan State Institute of Arts and Culture B. Marufbaev.

Operator yoki rejissyor

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Kino – sintetik san’at, chunki unda fan va san’atning turli yо‘nalishlari bir nuqtada kesishadi. Ammo u boshqa san’at turlariga nisbatan eng zavqli va ta’sir etish auditoriyasi keng. Sababi, bugungi kunda ushbu san’at turining janrlar xilma – xilligi shunchalik kо‘pki, har kim о‘z qiziqishiga kо‘ra tanlab, tomosha qila oladi. Yana shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, kinemotografiya sohasida turli janrlardan tashqari uning tomosha uchun ketadigan vaqtiga qarab tо‘liq va qisqa metrajli filmlarga ham bо‘linadi. Bunda asosan rejissyor va operator aytmoqchi bо‘lgan mavzu va g‘oyasini qancha vaqt ichida tо‘liq kо‘rsata olishi muhim sanaladi. Qisqa metrajli filmlarning о‘ziga xosligi va murakkab tomoni butun tugal voqea (mavzu va g‘oya)ni berilgan 5-10 yoki 20-30 daqiqa ichida tomoshabinga tushuntirib, yetkaza olishi kerak bо‘ladi. Bu esa ijodkorlardan yaxshigina mahorat talab etadi. 10 iyun kuni “Talaba yoshlar ijodiyoti” festival doirasida “Ovoz rejissyorligi va kinoteleoperatorlik mahorati”, hamda “Televideniye va radio rejissyorligi mahorati” kafedralari tomonidan ijodiy ishlar namoyishi bо‘lib о‘tdi. Unda jami 10 ta operatorlik va rejissyorlik ishlari va 1 ta ovoz rejissyori Bobonazarova Saodatning “Quvg‘indi rux” spektakli yig‘ilganlar hukmiga havola etildi.


 


1. “Degratatsiya” operator: Mirdadayev Mirjalol, Rejissyor: Egamberdiyev Shavkat. “Axloqshunoslik” fanidan ta’sirlangan ushbu ijodkorlar 10 daqiqa ichida yomon illatlarga berilish orqali insonni jamiyat safidan о‘z – о‘zidan qanday chiqib qolishini bir talaba hayoti misolida kо‘rsatishdi. “Degratatsiya” yaxshigina tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lib, unda ijodkorlar bir – birini tushungan holda ish olib borishganligini kо‘ramiz.


 


2. “Rassomning mahorati” operator Sodiqov Dilmurod rassom Ortiqali Qozoqovning ishlash jarayonini tasviriga muhirlagan. Bu ish operator ishi sifatida taqdim etilgan bо‘lganligi uchun, uni shu sohadan kelib chiqib kuzatadigan bо‘lsak yutuqlari bilan bir qatorda yaqqol kо‘zga tashlanadigan kamchiliklardan ham holi emas. Masalan, kadrdan kadrga о‘tish orasida “sakrash”, ya’ni kadrlar ulangan joylarini sezilib qolgan va rassomning ishlash jarayoni tabbiy emasdek taassurot uyg‘otadi. Lekin bizga 29 daqiqa ichida rassomning bir asar ustida ishlab, yо‘qdan bor qilishini kо‘rsata olganligi ijodkorning katta yutug‘idir.


 


3. “Sms” – operator: Tillayev Avaz, rejissyor: Hakimov Saidpо‘lat. “Sms” 7 daqiqalik sevgi qissasi bо‘lib, insonlarga bir og‘iz aytilgan gap yoki noо‘rin hazil yaqin kishilaridan ajratishi mumkinligini kо‘rsatishgan.


 


4. “Gippakrat qasami” – operator: Anvarov Sanjar, rejissyor: Fatxullayeva Ra’no. Ushbu film festival doirasidagi eng qisqa ish bо‘lib bor yо‘g‘i 5 daqiqa ichida oilaga va kasbga sadoqat haqida hikoya qiladi.


 


5. Namoyish etilgan filmlar, deyarli, barchasi ijodkorlarning о‘z mualliflik ishlari. Ammo “Atirgul” – operator: Usmonov Iste’dod, rejissyor: Lutfullayev Habibullo taqdim etgan mazkur 10 daqiqalik film mashhur rus ijodkori I.S.Turgenevning shu nomli hikoyasi asosida tayyorlangan. Boshqa filmlardan farqli о‘laroq bu yerda davr ham, muhit va mentalitet ham о‘zgacha. Film bizga hayotda nima bо‘lishidan qat’iy nazar u davom etishini, inson irodali va sabrli bо‘lishi kerakligini bir beva ayol misolida kо‘rsatadi. Tanlangan ranglar, qaxramonlarning xarakteri va ichki monologlari sо‘zsiz tasvir va musiqada aks ettirilganligi bois ham kо‘pchilikka ma’qul bо‘ldi.


 


6. “Tush” – operator: Qodirov SH, rejissyor: Hamroyev K. Hayotimizda sodir bо‘lmaydigan lekin hayollarimizda bо‘lishini xohlaydigan voqealarni biz tushimizda kо‘ramiz. Bu ijodkorlar esa bolalar uyida tarbiyalanayotgan 5 yoshli bolakayning onasiga yetishish haqidagi о‘y-hayyollarini 10 daqiqada haqiqatga aylantirishdi. Ijodkorlarning bu ishi agar shu ketishda davom etsa, kelajakda ulardan bolalar uchun ajoyib fantastik filmlar yarata olishiga ishonch uyg‘otdi.


7. “Hech kim taqdirdan qochib qutula olmaydi”, — degan gap qanchalik haqiqat ekanligini rejissyor Usmonov Fayzrahmonning 23 daqiqalik “Nargiza” filimida kо‘rishimiz mumkin.


 


8. Barchamiz nimanidir chin dildan xohlasak albatta yaratganga iltijo qilamiz. Bolakay ham о‘z bilganicha qog‘oz samalyot qanotlariga yozgan orzusini osmonga uchirib niyat qildi va unga erishdi. Bu safar u о‘ziga emas unga orzusidagi velosipedni olib kelgan amakiga farzand sо‘raydi. Rejissyor Abrayev Elnurning 5 daqiqalik “Xudoga maktub” filmi shu haqida.


 


9. Festival davomida о‘zbek tilidagi filmlar bilan birga rus tilida ham namoyishlar bо‘lib о‘tdi. Xususan, insonlarning bir – biriga ishonchi, mehri va uni tabiat bilan bir tan ekanligini 25 daqiqada rejissyor Safayev Anvar о‘zining “Sobaka” (“Kо‘ppak”) filmida namoyish etdi.


 


10. Rejjisyor Karl Bots esa “S dnyom rojdeniya papa” (“Tug‘ilgan kuningiz bilan ota”) nomli 7 daqiqali filmi noodatiy xarakterga ega va atrofdagilarni xushyorlikka chorlaydi.


 


Mazkur filmlarni tomosha qilish davomida о‘zbek kinosi yanada rivojlanishiga va ushbu yosh ijodkorlarni kelajakda jahon kino ayvoniga chiqib yuqori shohsupalardan joy egallashiga umid qilsa bо‘ladi.


 


Nafosat Erkayeva, 3 – bosqich “San’atshunoslik-jurnalistikasi” talabasi

Dilrabo kuy-qо‘shiqlar navosi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

“О‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat instituti” о‘quv teatrida о‘tkazilayotgan “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali doirasida sahnalashtirilayotgan spektakllar qatorida konsert dasturlari ham taqdim etilmoqda. Ayniqsa, milliy va dunyo ohanglariga boy kuy-qо‘shiqlar jо‘rligidagi namoyishlar diqqatga sazovor. Xususan, 8-iyun kunida ham “Cholg‘u ijrochiligi” nomli ana shunday konsert dasturi bо‘lib о‘tdi.


 


“Cholg‘u jamoalariga raxbarlik” bо‘limi talabalari tomonidan taqdim etilgan mazkur dasturda yosh dirijyorlar hamda sozandalarning ijodiy ishlari kо‘rsatildi. Bundan kо‘zlangan maqsad faqatgina dillarga zavq bag‘ishlab, tomoshabinlarni diltortar navolardan bahramand etishgina bо‘lib qolmay, balki yosh dirijyorlar о‘rtasidagi eng iste’dodlilarni aniqlash va ular faoliyatini yanada keng qanot yozishiga imkoniyat yaratishdan ham iboratdir.


 


Konsert davomida bitiruvchi talabalar Shirin Zaydinova dirijyorligidagi F.Alimov musiqasi bilan yangragan “Shodiyona”, Ravshan Abdullayev dirijyorligidagi О‘.Toshmatov chog‘ulashtirgan “Arabcha popuri”, 3-kurs talabalari Gulchehra Mahkamova dirijyorligidagi I.Tamarin musiqasi bilan yangragan “Polka”, Behzod Davronovning “Mahallada duv-duv gap” filmidagi M.Leviyev musiqasi bilan ijro etilgan “Vals”, 1-kurs talabalari Shakarjon Abdullayevaning J.Bize musiqasidagi “Karmen”, Javohir Turatovning O.Karimov, F.Alimiv qayta ishlagan “Surxon navolari” kabi musiqiy asarlar havola qilindi. Shu bilan birga, 3-kurs musiqali drama yо‘nalishi talabasi Faridun Nasriddinovning Ahmad Zoir musiqasiga kuylagan “Boz omadi” (dirijyor SH.Zaydinova), 2-kurs estrada aktyorligi talabasi Rustambek Nasriddinovning M.Burxonov musiqasi bilan ijro etilgan “Maftun bо‘ldim”, 1-kurs talabasi Axror Abdumо‘minov ijrosidagi A.Babayev musiqasi, K.Sentliyeva sо‘zi bilan yangragan “Lyubimiye glaza” (dirijyor 4-kurs Maftuna Shirinova), 1-kurs musiqiy teatr aktyorligi talabasi Shohista Pirnazarovaning M.Sayfuddinova sо‘zi, SH.Sayfuddinov musiqasiga kuylagan “Muhabbat” nomli sermazmun qо‘shiqlari ijro etildi.


 


Konsert dasturida, shuningdek, talaba yoshlarning yakka sozandalik bо‘yicha chiqishlari ham kuzatildi. Xususan, 3-kurs talabalari Sherzod Haqqulovning nayda ijro etgan “Meradil” (Mustafo Bafoyev, dirijyor 1-kurs Gulshona Ahmadjonova), “Xush kelding” (Afg‘on xalq kuyi, dirijyor 3-kurs Otamurod Xolmirzayev), Asilbek Ablakimovning qashqar rubob ijrosidagi “Presto” (J.Ober, dirijyor Ravshan Abdullayev), “Yalla” (T.Jalilov, G.Sobitov, dirijyor 1-kurs talabsi Zarif Saidakulov) musiqalari shular jumlasidandir.


 



"Nodirabegim" pyessaning yana bir talqini

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Vafo va sadoqat timsoli bо‘lgan Nodira XVIII asr oxiri va XIX acrning birinchi yarmida yashab ijod etgan, ajoyib she’rlari bilan о‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida о‘ziga xos о‘rin tutgan ma’rifatparvar shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir.


 


Mohlaroyim va Umarxonning oilasida Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxon ismli ikki о‘g‘il tug‘ilgan. 1822 yili Umarxon vafotidan keyin 14 yoshli Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi. О‘ttiz yoshida beva qolgan Nodirabegim ham yosh xonning yonida mamlakatni boshqarish ishida faol ishtirok etadi. Zamondoshlardan shoir Xotifning guvohlik berishicha, Mohlaroyim “mamlakat nizomi va xalq ehtiyojlarini tadbir va adolat rasmida kamoli aql va farosat bilan shunday olib bordiki, tamomi umaro va fuzalolar davrasida yagonai zamona, “Nodirai davron” bо‘lib tanildi va xalqlar tahsiniga sazovor bо‘ldi” .


 


Biroq, xonliklar orasida davom etib turgan muttasil kelishmovchiliklar Mohlaroyimning о‘z faoliyatini keng ravnaq toptirishga raxna solar edi. Oqibat shunday bо‘ldiki, 1842 yili Buxoro amiri Nasrullo gо‘yo bu yerda izidan chiqqan shariat qoidalarini nizomga solmoqchi bо‘lib, turli vaj-korsonlar bilan Qо‘qon ustiga bostirib keladi. Xonlikning hamma e’tiborli kishilarini ta’qib etib, Nodiraning ikki о‘g‘lini va nabirasini vahshiylarcha qatl ettiradi.



“So’zim jonim – jahonim, so’zim zamin - zamonim”

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

“So’zim jonim – jahonim, so’zim zamin — zamonim” O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institute sahnasida 7-iyun namoishi doirasida taqdim etilgan kun rejasidagi dasturning shioari shunday tanlangan edi. Mohiyatan olib qaralganda ona tilimizning jozibadorliligini, ma’no-mazmunga g’oyat boy durdana ekanligini bo’lajak sa’nat vakillari mohirona ifodaladilar. “Teatr san’ati” fakulteti tarkibidagi “Sahna nutqi” mutaxasislik kafedrasi o’qituvchilari hamda 3-4 – bosqich aktiyorlik yo’nalishi talabalari tomonidan badiiy so’z ijrochiligi talqinida “Talaba yoshlar ijodiyoti” festevali hamda “Oshiq eshiklar” kuni doirasida 6-kun repertuarini boyitishga xizmat qildi. Dastur badiiy rahbari – M. Xodjimatova; ijodiy guruh – G.Xoliqulova, I. Djumanov, Sh. T. Yusupova, B. Magdiyev, U. Ibragimova – “Sahna nutqi” kafedrasida ilm-u mahorat ila ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan ustozlardan iborat.


 



“Jo’shqin yoshlik navolari”da qanotbaxsh durdonalar

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Kuy, qo’shiq jon ozig’i. San’at sarchashmalarining ma’naviyatga tutashgan nuqtalarida yaralgan asar esa ruhiy xordiq rahnamosiga aylanishi begumon. Inson ong-u shuuriga birdayin ta’sir o’tkaza oladigan, millatimiz an’analariga aylanib ulgurgan madaniyatimiz namunalari aynan mana shunday qadr-qimmatga egadir. Keltirilayotgan fikrlarning yorqin namunasi sifatida bugungi kun sarhisobida diqqatga sazovor asnoda oltin meros namunalari sirasidan talqin etilgan “Jo’shqin qo’shiq navolari” konsert dasturidan so’z yuritish maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida 2012-2013 — o’quv yili yakuni bo’yicha “Talaba yoshlar ijodiyoti” festivali va “Ochiq eshiklar kuni” doirasida o’tkazilgan mazkur dasturda xalq ashula va raqs hamda folklor etnografik jamoalariga rahbarlik bo’limlarining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar taqdim etildi. Namoyishda “Xalq ijodiyoti va an’anaviy qo’shiqchilik” kafedrasining “Sayqal” ansambli ishtirokchilar jamosining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ansamblning musiqa rahbari O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, mohir sozanda va bastakor Ahmadjon Dadayev. Badiiy rahbar O’zbekiston san’at arbobi, professor Jo’ra Shukurovlarning ijodiy, pedagogik mahoratlari sahnada gavdalantirildi.



Kachal Polvonmi yoxud Xо‘ja Nasriddin? - Talaba yoshlar ijodiyoti” festivalining 4-kun

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Ma’lumki, qо‘g‘irchoq teatri deganda kо‘z о‘ngimizda yosh bolalar uchun mо‘ljallangan tomosha gavdalanadi. Biroq О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti 4 kurs “Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi” bо‘limi talabalari tomonidan “Talaba – yoshlar ijodiyoti” festivalining 4 kuni namoyish etilgan SH.Yusupovning “Chodir jamol ” spektakli bu fikrimizni о‘zgartirib yubordi desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Sababi, ushbu biz bilgan qо‘g‘irchoq teatri tomoshasidan farqli о‘laroq kattalar uchun mо‘ljallangan. Ushbu tomoshada Doniyor Abdullayev rahbarligidagi mazkur guruh 40 daqiqa davomida sahnada nafaqat aktyorlik mahoratini balki, о‘zlarining raqs va sozandalik ijrolarini ham namoyish etishdi.


 


“Qо‘lga kiyib, barmoqlar bilan harakatga keltiriladigan qо‘g‘irchoq teatrii “Chodir jamol” deb ataladi. Shu sababli ham ba’zi adabiyotlarda “Qо‘l qо‘g‘irchoq” deb ham ataladi. Bu yerda “jamol” sо‘zi bir tomondan tomoshaning yorug‘likda, kunduzi kо‘rsatilishiga, ikkinchidan, tomoshada hayol, afsona emas, balki kundalik hayotdan olingan real, tanish voqealar tasvirlanishiga ishora qiladi”.


 



Parvozga intilgan “Parvoz” - “Talaba yoshlar ijodiyoti” festivalining 3-kun

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Respublikamizda eng ko’zga ko’ringan va alohida e’tirofga sazovor oliygohlar sirasiga kiruvchi O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida 2012-2013 o`quv yili sarhisobi asnosida o`tkazilayotgan “Talaba yoshlar ijodiyoti” festivali va “Ochiq eshiklar” kuni avj pallada davom etmoqda. Navbatda kun rejasi bo`yicha 4-iyun sanasida institutning 4-bosqich “Estrada aktyorligi” bitiruvchi talabalarning 2-diplom ishlari taqdim etildi. Ijodiy guruh jamoasini quyidagilar tashkil etdi: kurs badiiy rahbari – san’atshunoslik fanlari nomzodi, katta o`qituvchi – Temur Rashidov, Aktyorlik mahorati o`qituvchisi – Shavkat Rasulov, Sahna nutqi o`qituvchisi – dotsent Isoqtoy Jumayev, chiroq ustalari – kurs talabalari Shavkat Isroilov, Bahtiyor Xudoyqulov. “Parvoz” deb nomlangan mazkur klass-konsertda talabalarning yil davomida egallagan aktyorlik mahoratlari va ijodiy salohiyatlarini yuzaga chiqaradigan kichik sahnalar va nomerlar hay’at a’zolari, tomoshabinlar, talaba hamda bo`lg`usi talabalar e’tiboriga taqdim etildi. Ilk namoish “Kosmonavtlar” nomli sahna ko`rinishi bilan boshlanib, unda Niyozov Xolmurod va Omonov Lazizlar ishtirok etishdi. Dasturdan o`rin olgan bu ko`ngilochar mini spektaklda ikkita yosh kosmonavtning koinotni zabt etib, “Estrada” so`zi bitilgan bayroq shaklidagi o`z belgilarini o`rnatib ketadilar. Kosmonavtlarning biri San’atni ikkinchisi Madaniyatni ifodalagan. Badiiy — g`oya sifatida bu ikki soha chegara bilmasligi talqin etiladi.


 


“Dard” nomli Farhod Zokirov ijro etgan klounada inson ichki kechinmalari va his-tuyg`ularining tug`yon urgan lahzalarini mazharaboz hatti-harakatrakatlariga uyg`un holda gavdalantirilgan. Masxarabozning qalbidagi tuyg’ular aks etgan ushbu sahna ko’rinishida aktyorning bor mahorati yuzaga chiqqan. Sahnada maxsus effektlardan unumli foydalanilgan va sahna ko’rinishi o’ziga xoslik bilan yo’g’rilgan.



Eng diqqatga sazovor nomerlardan yana biri “Sharq yulduzi” popurrisi bo`ldi. O`zbek estrada san`atining yo`lboshchisi Botir Zokirov xotirasiga bag`ishlangan qo`shiqlar guldastasini Nizomiddinov Vohid, Ismiaminov Ibodulla, Husanov Aziz, Sobirov Sardor, Xudoyuqulov Bahtiyorlar tomonidan ijro etildi. Avvalgi ko’rinishlarda talabalarning aktyorlik mahorati namoyon bo’lgan bo’lsa bu sahna ko’rinishida ularning kuylash ko’rindi va tomoshbinlarning yodiga Botir Zokirovning yorqin xotirasini solishdi.


 


Yana bir diqqatga sazovor bo’lgan sahna ko’rinishilaridan biri ”Ko’zboylag’ich” fokuslar parodiyasi bo’lib, unda talabalar Ibragimov Ruslan va Ashurboyev Parviz ishtrok etdilar. Ular mahoratlarini komik tarzida ifodalab tomoshabinlarga tabassum ulashdilar.


 


 


 


Ravshanova Nigora, Ziyoxonova Munisxon 2-kurs “San’atshunoslik-jurnalistikasi” bo’limi talabalari

“Talaba yoshlar ijodiyoti” festivali

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Yurtimiz bо‘ylab iste’dodli, izlanuvchan yoshlar ijodini yuzaga chiqaruvchi kо‘plab tanlovlar о‘tkazib kelinmoqda. Ayniqsa, yosh kadrlar faoliyati bо‘yicha tashkil etilayotgan turli xil tadbirlar diqqatga sazovor. Zero, ular zamirida bо‘lajak mutaxassislarni qо‘llab-quvvatlash va ularning istiqbolli yо‘llari uchun yanada kо‘proq imkoniyat yaratilishi maqsad qilib qо‘yilgan.


 


1-iyun “О‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat instituti” о‘quv teatrida ham ana shunday ezgu g‘oyalarni kо‘zlagan “Talaba yoshlar ijodiyoti” nomli festival ochilishi bо‘lib о‘tdi. Unda institut rektori Baxtiyor Sayfullayev о‘zining samimiy tilaklari bilan birga, mazkur festivalning institut dargohida о‘tkazilayotgan dastlabki yirik anjuman ekanligini ham ta’kidlab о‘tdi. Marosimda hakamlar hay’ati raisi, О‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Abbosov, hay’at a’zolari sifatida О‘zbekiston xalq artistlari T. Azizov, H. Sa’diyev, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi professori Teshaboy Bayandiyev, dotsent Ma’mur Umarov kabi malakali mutaxassislar tanishtirildi. Shuningdek, festival yakunlari bо‘yicha joriy etilgan 18 yо‘nalishdagi nominatsiyalar e’lon qilinib, festivalnig ilk spektakliga navbat berildi.



 


Nurulla Qobilovning ushbu “Tо‘da” nomli musiqali dramasi 4-Musiqali teatr aktyorligi bо‘limi bitiruvchilari tomonidan ijro etildi. Unda giyohvandlik changaliga uchragan bir guruh yoshlarning ayanchli ahvoli va bu chirkin muhitdan xalos bо‘lishga intilgan Samandar kurashlari aks etgan. Voqealar yakuni bosh qahramonning sevgi qudrati tufayli darddan qutulishi bilan yechim topadi. Dramaturg g‘oyalarini yetkazishda turli xil ramziy vositalardan ham foydalanilgan. Sahna yuzidagi qora о‘rindiqlar, vayronalar tasviri aks etgan dekoratsiyalar shundan dalolat berib, chirkin muhitni ifodalashda xizmat qilgan.


 


Samandarning (Sherzod Teshaboyev) giyohvand tо‘dadagi Suhrob (Ulug‘bek Qurbonov), Asad (Oybek Ne’matov), Otash (Murodali Turg‘unov), Jahon (Bahrom Ergashev), Abdu (Saloxiddin Mо‘minov), Vaqqos (Quvonch Dо‘stmurodov), Zuli (Shahnoza Abdunabiyeva) kabi “dо‘stlari” о‘rtasidagi ziddiyat Kamolaning (Zaynab Xudoyorova) Samandarga bо‘lgan ishonchi va muhabbati tufayli g‘olib keladi.


 



Spektakl qahramonlarini alamzada yoshlar deb atash mumkin. Zero, ularning barchasi hayotda qandaydir nohaqsizlikka uchrab, g‘iyohvandlik yо‘liga kirgan “jabrdiydalar”. Ammo Samandarning xatti-harakatlari bu kabi muammolarni ezgulik yо‘li bilan hal etish lozimligini isbotlaydi.


Qahramonlar tuyg‘usini ifodalashda Bahrulla Lutfullayev musiqasi bilan yangragan qо‘shiqlar alohida ahamiyat kasb etadi.


 


Garchi spektakl murosasiz kurashlar bilan davom etsa-da, sahna ortidagi yarim oy tasviri qorong‘i kunlar intihosi va yorug‘ kunlar ibtidosidan darak berib turadi.


 


17-iyunga qadar davom etadigan ushbu festifal doirasida “Halima” (G‘ulom Zafariy), “Nodira” (Turob Tо‘la), “Oydinda yurgan odamlar” (Tog‘ay Murod), “Tikansiz tipratikanlar” (Sharof Boshbekov), “Ogoh bо‘ling odamlar” (Usmon Azim), “Chodir jamol” (SH.Yusupov), “Xaloskor” (Mak Kelliy), “Uylanish” (N.V.Gogol) singari milliy va xorij spektakllari, “Parvoz”, “Jо‘shqin yoshlik navolari”, “Cholg‘u ijrochiligi” kabi konsert dasturlari, “Ibratli sо‘z sarchashmalari” nomli badiiy sо‘z ijrochiligi hamda “Televideniye rejissyorligi”, “Kino operatorlik” ijodiy ishlari havola etilishi rejalashtirilgan.


 


Aziz Matyoqubov


Salohiyat maydoni

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Bо‘lajak mutaxassis kadrlar faoliyatini rag‘batlantirish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yoshlar mahoratini yuzaga chiqaruvchi turli xil tadbirlar tashkil etish samarali natijaga ega. Zero, ertangi yurt ravnaqi uchun ana shunday salohiyat maydonlarida toblangan chinakam yosh mutaxassislar zarur.


 


1-17-iyun kunlari “О‘zbekiston Davlat can’at va madaniyat instituti” talabalari ishtirokida bо‘lib о‘tayotgan “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali ham ana shunday ezgu g‘oyalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. E’tiborli jihati, bu yangi oliygoh dargohida о‘tkazilayotgan dastlabki yirik kо‘rik-tanlovdir. Shu bois unda saralab olingan eng yaxshi ijodiy ishlar namunasi havola qilinmoqda. Xususan, “Halima” (G‘ulom Zafariy), “Nodira” (Turob Tо‘la), “Oydinda yurgan odamlar” (Tog‘ay Murod), “Tikansiz tipratikanlar” (Sharof Boshbekov), “Ogoh bо‘ling odamlar” (Usmon Azim), “Chodir jamol” (SH.Yusupov), “Uylanish” (N.V.Gogol), “Xaloskor” (Mak Kelliy) singari spektakllar, “Parvoz”, “Jо‘shqin yoshlik navolari”, “Cholg‘u ijrochiligi” kabi konsert dasturlari hamda “Ibratli sо‘z sarchashmalari” nomli badiiy sо‘z ijrochiligi, “Televideniye va radio rejissyorligi” hamda “Ovoz rejissyorligi va kinoteleoperatorlik” kafedralari talabalarining ijodiy ishlari shular jumlasidan.


 



“San’at va madaniyat masalalari yoshlar nigohida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

31 may 2013 yili О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida magistratur yо‘nalishida ta’lim olayotgan hamda san’at va madaniyatning ilmiy-nazariy masalalari ustida tadqiqot olib borayotgan ijodkor yoshlarning ilmiy izlanishlari natijalariga bag‘ishlangan “San’at va madaniyat masalalari yoshlar nigohida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bо‘lib utdi.


 


Institutning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bо‘yicha prorektori, t.f.d., professor A.Mavrulov kirish sо‘zida bugungi kunda har bir sohada jadallik bilan olib borilayotgan samarali ishlar haqida gapirib, ayniqsa san’at va madaniyat masalalari kuchayib borilayotgani tilga olib о‘tildi. Bugungi konferensiyada ishtirok etayotgan har bir magistrant Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida tilgan olingan Ommaviy madaniyatini yoshlar ongiga turli yо‘llar bilan kirib kelishi, uning salbiy oqibatlari kabi qator masalalarga ahamiyat qaratildi. Bu borada yoshlar bugungi kunda о‘zlarining faolligi bilan har bir jabhalarda faol ishtirok etishlari, fikr bildirishlari, maqsadga muvofiq bо‘ladi.