топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

san'at va madaniyat:

Mahoratli talaba-yoshlarning yutuqlari

Илм-фан
Iste’dod va ijod qonuniyatlari insondan bilim va malaka, muntazam faollik, yangiliklar yaratish uchun imkoniyatlar, halol bellashuvlar oqibatida mardlar g‘olib bо‘lajak sog‘lom raqobat maydonida kuchli va matonatli shaxs bо‘lishni talab etadi. Yorqin iste’dodlilar maydoni sanalmish О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2000 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda о‘tkazib kelinayotgan “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali ham aynan institutda tahsil olayotgan bilimli, iqtidorli talaba-yoshlarni eng kuchlilarini aniqlash, munosiblarni taqdirlash yо‘lidagi ulkan strategik dasturdir. Bu yilgi kо‘rik-festival dasturiga muvofiq 24 kun davomida mahoratli va iste’dodli talaba-yoshlar

Davomli mukofotlar…

Илм-фан
Bugun yurtimizda yangilanishlar, o’zgarishlar, yuksalishlar jarayoni kechmoqda. Ko’p yillik samarali mexnati evaziga radiojurnalistikasidagi rostgo’yligi, shirinsuhanligi, o’zgacha, o’zgacha efir olib borish maxoratiga ega, hech kimga o’xshamaydigan mantiqiy urg’u yetkaza olish ustasi, ustozimiz, “Sahna nutqi” kafedrasinng katta o’qituvchisi Bahodir Mag’diyev bundan bir necha oy avval O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi ko’krak nishoni bilan taqdirlangan edilar va joriy yilning 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida jurnalistikaning rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun “Eng yaxshi radio jurnalisti” mukofoti bilan taqdirlandilar.


“Kulol” spektakli namoyish etildi

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaviy “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali davom etmoqda. Festivalning navbatdagi kuni institutning О‘quv teatrida “Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talaba-yoshlarining “Kulol” nomli diplom spektakli namoyish etildi.


Iste’dodlilar maydoni

Илм-фан
Professional san’at namunalarini aks ettirish, iste’dodli talaba-yoshlarni haqiqiy hisobot maydoniga chorlash va barchasiga munosib baho berish fursatlari yetib keldi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bu yilgi “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali hamda “Ochiq eshiklar kuni”ning kattakon ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi. Kechani institutning Ilmiy ishlari prorektori, dotsent Gо‘zal Xoliqulova ochib berib, ijodkor yoshlarga katta omadlar bilan kо‘tarinki kayfiyat tiladilar. Marosimning badiiy kechasi nihoyatda gо‘zal taassurotlarga boy bо‘ldi. Konsert dasturini О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, dotsent Rudakiy Allamboyev “Sen mening Vatanimsan!”

“Respublika davlat qо‘g‘irchoq teatrlarini professional faoliyatini takomillashtirishning ilmiy-amaliy yechimlari” seminari

Илм-фан
2018 yil 6 iyun kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalarida tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli hamda 2018 yil 7 may sanasidagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” PQ-3698-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, institutning “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi hamda Respublikada ijodiy faoliyat olib borayotgan

Kutilayotgan hayajonli lahzalar

Илм-фан
О‘zbek milliy san’atini yanada rivojlantirish, sohada yetuk va malakali kadrlarni yetishtirish, iste’dodli hamda faol talaba-yoshlarni tayyorlash yо‘lida yurtimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillar О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasi” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda san’at va madaniyat sohalarida iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni yanada qо‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 8-30 iyun kunlari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va

Biz kutgan uchrashuv

Илм-фан
Bugungi kunda kino san’atining inson ma’naviy olami shakllanishi va boyishida, yoshlar tarbiyasida tutgan о‘rni va ahamiyati katta ekanligi inobatga olinib, mamlakatimizda mazkur soha rivojiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori sohada amalga oshirilishi kerak bо‘lgan ishlar kо‘lamini belgilab berdi. О‘z о‘rnida kino sohasi bо‘yicha mutaxassis-kadrlar tayyorlovchi respublikadagi yagona oliygoh – О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shu ishlar qatorida institutda jahon kino san’atining yetuk

“Audiovizual san’atining inson ma’naviy ongi va tafakkuriga ta’siri hamda media maydonlardagi о‘rni” seminari

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi tomonidan “Audiovizual san’atining inson ma’naviy ongi va tafakkuriga ta’siri hamda media maydonlardagi о‘rni” mavzusida Respublika ilmiy amaliy seminari bо‘lib о‘tdi.


O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

Илм-фан
2018 yil 5-may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «О‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy me’rosida san’at va madaniyat masalalari»ga bag‘ishlangan xalqaro konfrensiya bо‘lib о‘tdi. Konfrensiyada institutimiz rektori I.J.Yuldashev tadbir ishtirokchilarini bugungi tantana bilan tabriklab, О‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati tarixiga doir masalalar xususida tо‘xtalib, konfrensiyani ochib berdi. Konfrensiyada О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev sо‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarini tabriklab, bugungi kunda buyuk allomalarimizning tarixiy me’rosini о‘rganishimiz va targ‘ib qilishimiz kerakligi haqida aytib о‘tdi.

Fayzli kunlar tantanasi

Илм-фан
Xotira – insonning vafotidan keyingi umri hisoblanadi. Uni ardoqlab, har dam yodga olib yashash saodati insoniylik belgisi, hayotda yashash maqsadining ma’nolarini anglatadi. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi ham doimo qalbimizda saqlanib, ularning ezgu ishlari esa nafaqat о‘tmish tonglarini, balki oldindagi

Shoh asarning yangi tug‘ilishi

Илм-фан
Teatr san’ati – о‘zining ulug‘vorligi, yuksak darajadagi ta’sir kuchi, gо‘zal estetik tarbiyasi hamda ma’naviy ozuqasining muqaddas ekanligi bilan boshqa san’at turlaridan alohida ajralib turadi. Professional darajada sahnalashtirilgan spektaklning haqiqiy muxlislari — tom ma’noda xos tomoshabinlar bо‘lib, ular sahnada ijro etilayotgan san’at asarini yurakdan his etib, ma’lum vaqt personajlar dunyosida yashashadi.


Xayrli ishdagi hamjihatlik

Илм-фан
Yurt obod bо‘lsa, kо‘ngillar ham shod bо‘ladi! Ozodalik, xayr-u savob ulashish va poklik singari insoniyatning oliy fazilatlari farovon turmushimizning betakror aksi hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab о‘tganidek “Savob ishni har kim har kun qilishi kerak!” Darhaqiqat, ushbu sо‘zlar zamirida olam-olam hikmat bor.

Book crossing – erkin kitob almashish

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2017 yilning 16-oktabridan boshlab Respublikamizda ilk marotaba book crossing (erkin kitob almashish shaxobchasi) xizmatini tavsiya etdi.
Book crossing xizmati О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuni imzolangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha komissiya tuzish tо‘g‘risida”gi Farmoyishida kо‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat bо‘lib, bu xizmatdan foydalanish mutloq erkin va о‘z qiziqishiga kо‘ra kitob tanlash imkoniyatini beradi.

Qo’ling o’rgilsin osh!

Илм-фан
O`zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Ashula va raqs ansambllariga rahbarli”, “Cholg’u jamoalariga rahbarlik”, “Vokal jamoalariga rahbarlik” ta’lim yo’nalishida taxsil olayotgan talabalar o’rtasida osh tayyorlash bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Musobaqa juda qizg’in tarzda bo’lib o’tdi. Musobaqani odilona baholash uchun institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Davlat Mullajonov, moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor Zafar Usanov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor Sobir Turatovlar ishtirok etishdi. Musobaqada

Ardog‘imiz Sizga mangudir

Жамият
Milliy Mustaqillik bugungi tinch va osoyishta kunlarimizning debochasi bо‘lsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mana shu debochaning, yangi davr о‘zbek davlatchiligining asoschisidir. О‘zbekistonning hurriyat sari odimlashi, necha yillik mustabid tuzumdan xoli holda porloq kelajak sari intilishi tom ma’noda mamlakat miqyosida muhim ma’naviy-madaniy, siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar davriy о‘zgarishlariga yо‘l ochdi. Islom Abdug‘aniyevichning shaxsan barcha jabhadagi islohotlar muallifi hamda ijro rahbari ekanligi mazkur harakatlarning amaliy tasdig‘ini ifodalaydi.

Mardlar qо‘riqlaydi Vatanni...

Жамият
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Vatan himoyachilari oyligi doirasida bir qator tadbirlarni tashkil etdi. Jumladan, 13 yanvar kuni soat 10:00 da institutning О‘quv teatrida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda О‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qо‘shinlari 9117-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda “Biz Vatan qalqonimiz!” nomli madaniy-ma’rifiy, badiiy tadbir bо‘lib о‘tdi.


Xushyorlikka da’vat

Илм-фан
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 23 may kuni “Ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi bо‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi bо‘limi bilan hamkorlikda “Yong‘in xavfsizligi kuni” tadbiri о‘tkazildi.


Millatimiz iftixori

Илм-фан
Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 27 martdagi qarori ijrosi yuzasidan atoqli arbob va yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu tantanali bayram tadbirlaridan biri – “Mangu yashar mо‘tabar inson” mavzusida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham bо‘lib о‘tdi.


О‘zbek tilim – о‘z tilim

Илм-фан
Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida О‘zbek tilimizga “Davlat tili” maqomi berilganligiga 28 yil tо‘lishi munosabati bilan butun tantanali bayram tadbirlari о‘tkazilmoqda. Shu ma’noda 2017 yil 20 oktabrda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham “Til dillarning hayot chashmasi” mavzusida tantanali bayram tadbiri bо‘lib о‘tdi va shu kunlarda ham katta bayram dasturi bilan institut professor-о‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari institutning homiysi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga borildi. Olmaliqdagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Dо‘stlik klubi” homiy tashkilot a’zolari va institut professor-о‘qituvchilari va iqtidorli,