топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi:

“Kitobxonlik madaniyati va badiiy tarjima mahorati” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Samarqand davlat chet tillar institutida o’zbek tarjimashunoslik ilmi rivojiga salmoqli hissa qo’shgan olim, professor G’aybulla as-Salom tavaluddining 85 yilligi munosabati bilan 2-iyun kuni “Kitobxonlik madaniyati va badiiy tarjima mahorati” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.
IMG_0724 </a

Toshkent moliya institutida “Moliya-bank tizimini modernizatsiyalashning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Toshkent Moliya Instituti
2015-yil 13-may kuni Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida “Moliya-bank tizimini modernizatsiyalashning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
  
Konferensiyada qator soha tashkilotlari vakillari ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar, jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati – A.A.Nazirqulov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit tashkilotlarni litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori o‘rinbosari – J.A.Abdurasulov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i – D.X.Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Bank–moliya akademiyasi –professori F.I.Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Sh.A.Toshmatov, Toshkent moliya institute “Bank ishi” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori T.I.Bobakulov va bir qator respublikamiz tijorat banklari hamda oily ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.  
  
Ilmiy-amaliy konferensiyada, moliya-bank sohasini barqarorligini ta’minlash va uning qonunchilik bazasini xalqaro andozalar va tamoyillar asosida yanada takomillashtirish, bank tizimini modernizatsiyalashning ilg‘or xorij tajribasi va undan O‘zbekiston tijorat banklari amaliyotida qo‘llash imkoniyatlari, tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda ularning tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlaridagi faolligini yanada oshirish yo‘nalishlari, bank tizimida elektron to‘lovlar va masofaviy bank xizmatlari amaliyotini takomillashtirish va buxgalteriya hisobi va auditining xalqaro me’yor va standartlar asosida yanada takomillashtirish masalalariga oid zamonaviy muammolar tadqiq etildi.
    
 Konferensiya ishi yakunlari bo‘yicha bank-moliya faoliyatini yanada isloh qilish va takomillashtirish, sohani rivojlantirish dasturini amalga oshirishni jadallashtirish tijorat banklarining barqarorligini mustahkamlash va kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarida, shuningdek real sektor, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda banklar faolligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqildi.