топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

qonun:

Huquq sohasida amalga oshirilgan eng so’ngi ishlar

Илм-фан
2018 yil 28 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti kichik majlislar zalida fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining raisi o’rinbosari v.b. X.Eshmuratov, fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining sudyasi S.Nabiyevlar ishtirokida “Huquq sohasida amalga oshirilgan eng so’ngi ishlar” mavzusida ochiq davra suhbati bo’lib o’tdi. 

Konstitutsiya – baxtimiz poydevori

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015 — yilning 3- dekabr sanasida Samarqand davlat  chet tillar institutima’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda “Kamolot” YoIH institut boshlang’ich tashkilotihamkorligida institutda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining     23 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusidainstitut faollar zalida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov, fuqarolik jamiyatini shakillantirishni manitoring qilish mustaqqil institutining samarqand viloyat  bo’limi eksperti, SamDU prafessori F.Nabiev, xalq deputatlari samarqand shahar deputati Sh.Jo’raqulov, institut ijtimoiy fanlar kafedirasi huquqshunoslik fani o’qituvchisi M.Asliev, “Kamolot” YoIH institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi J.Abduraxmonov “Kamolot” YoIH institut faollari hamda  170 nafar talaba ishtirok etishdi.Tadbirda maruzachilar tomonidan qiziqarli ma’lumotlar talabalarga havola etildi.

Bugunning yoshlari qonun tashabbuskoridir

Nizomiy nomidagi TDPU
Илм-фан
“O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublkasining Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish uchun yoshlardan takliflar olish maqsadida O’zbekiston Respublkasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

 



 



 









 



Докторлик диссертациясини ҳимоя қилишнинг янги тизими жорий этилди

Блог им. khujaeva
Ўзбекистонда ОЎЮдан кейинги таълим ва фан доктори илмий даражасини ҳимоя қилишнинг янги тизими жорий этилди. Энди ушбу илмий даражага магистрлар ва бакалаврлар даъвогарлик қилиши мумкин.

Вазирлар Маҳкамаси ОЎЮдан кейинги таълимга давлат талабларини, Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссияси Низоми ва тузилмасини ҳамда ОЎЮдан кейинги таълим ва уни тугатганлик ҳақидаги давлат намуналари (фан доктори дипломи, профессор, доцент, катта илмий ходим аттестатлари) тўғрисидаги Низомни тасдиқлади.

ОЎЮдан кейинги таълим катта илмий ходимлар-изланувчилар институтида 3 йил давомида давлат бюджети маблағлари ҳисобидан амалга оширилади. Бунда институтга кириш имтиҳонлари натижалари бўйича танлов асосида ёки мустақил изланувчи шаклида амалга оширилади. Хорижликлар ва фуқаролиги бўлмаган шахслар тўлов-контракт асосида ёки республиканинг халқаро шартномаларига мувофиқ таълим олишлари мумкин.

Бир пайтнинг ўзида бир нечта олий таълим муассасаси ёки илмий-тадқиқот муассасасида мустақил изланишни олиб бориши мумкин эмас. ОЎЮдан кейинги таълим институтини тугатган, аммо докторлик диссертациясини ҳимоя қилмаган шахслар кейинчалик мустақил изланувчилар сифатида қабул қилинишлари мумкин.

Konstitutsiya baxtimiz qomusi

Иқтидорингни намоён эт!
Inson ilk marotaba yorug` dunyoni ko`rar ekan o`sha ondan boshlab erkinlik hissini tuyishni istaydi
                                                                          A. Dore
              Necha ming yillar davomida shakllanib rivoj topayotgan konstitutsiyamiz o`zining paydo bo`lishida buyuk  tarixni ham o`z ichiga oladi. Qonunning negizi farmon va farmoyishlar bo`lgan o`sha qaramlik davrida o`zbek xalqi ne-ne azob- uqubatlarni  ko`rmadi.
              Mustamlaka mamlakatning ko`zi  asta –sekin ochila boshladi. Endi xalq ortiq oyog`osti bo`lishini xohlamas edi. Salkam bir asr xo`rlangan o`zbeklar endi erkin nafas olishni istardilar. O`zbekistonda mustahkam qonunni joriy etilishi mamlakatda tinchlik o`rnatilishini yagona yo`li edi.

O'zbekiston Respublikasining “Raqobat to'g'risida”gi Qonuni kuchga kirdi

Блог им. Nurjahon
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2012 yil 6 yanvarda O'zbekiston Respublikasi «Raqobat to'g'risida»gi Qonunini imzoladi.Ushbu Qonun  1996 yilda qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida»gi Qonun  o'rniga qabul qilindi.

Mazkur Qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan «Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ga muvofiq ishlab chiqildi va 2011 yil 14 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2011 yil 5 dekabrda Senat tomonidan ma'qullandi. Yangi Qonun 2012 yil 7 yanvardan e'tiboran kuchga kirdi.

Ўзбекистонда тармоқли маркетинг чекланмоқда

Янгиликлар
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 2012 йил 1 февраль куни тармоқли маркетинг устидан назоратни кучайтирувчи “Ўзбекистон Республикасида чакана савдо Қоидаларига қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қарорни қабул қилди.

Ҳужжат Чакана савдо қоидаларини “тармоқли маркетинг”, “тармоқли ташкилот” ва “сотувчи агент” атамалари билан тўлдирди. Шунингдек Қоидаларга “Чакана савдони тармоқли маркетинг йўли билан амалга оширишнинг ўзига хос хусусиятлари” бўлими ҳам киритилди.

Ҳужжатга мувофиқ тармоқли маркетинг – бу товарларни мустақил равишда тарқатувчи сотувчи агентларнинг тармоқли ташкилотини яратишга асосланган товарлар чакана савдосининг бир туридир.

Shaxs erki va qonun ustivorligi asosiy mezon

Конституция - бахтимиз қомуси
Қонунчилик
Avvalo, qaysi kasbda bo'lmasin rizqini halol topib yeyish harakatida bo'lmagan odam ijtimoiy hayotni takomillashtirish emas, uni buzishga, izdan chiqarishga «hissa» qo'shadi. Shu sababli ham halol rizq topish shaxs ma'naviyatining ham,fuqarolik mas'uliyatining ham poydevorini tashkil etadi. Qonunlarga to'liq rioya qilish uchun, avvalo, mamlakat qonunlarini yaxshi bilish talab etiladi. O'zi qonunga rioya etishni lozim bilmagan odam boshqalardan adolat umid qilishga haqlimi? Aslini olganda, «men bugun qonunlarga rioya qilsam, ertaga birvarakay hamma narsa yaxshi bo'lib ketadi», deb o'ylash voqelikni juda jo'n tushunish bo'lar edi. Ammo bir narsa aniq: agar har bir fuqaro «faqat men qonunga rioya qilishim shartmi, avval boshqalardan bo'lsin», deb mulohaza yuritsa, yurtda hech qachon barqarorlik, ijtimoiy xavfsizlik, balki, umuman, oddiy yashash imkoni ham bo'lmaydi. Jamiyatda aksariyat ko'pchilik qonunlarga rioya qilgan joydagina muayyan rivojlanish, takomil umidi bo'lishi mumkin.