топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

qiziqarli faktlar:

Missionerlik

Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning xayrixoh va tarafdorlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzodni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlariga o‘zini oqlagan qadriyat va an’analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq.    

AKT sohasidagi zamonaviy terminlar

Жамият
Kundalik hayot bizga nafaqat so‘nggi yangiliklar, bilim va taassurotlarni, balki yangi tushuncha va so‘zlarni ham taqdim etadi. Deyarli har yili AKT sohasida ko‘plab, yangi tushuncha va so‘zlar paydo bo‘ladi. Buyuk Britaniya Katta Oskford lug‘atining tuzuvchilari har yili yangi, eng ommabop so‘z yoki atamalar reytingini taqdim etadilar.

M2M nima?

Жамият
Ma’lumki, keyingi yilllarda «Machine-to-Machine» yoki M2M, shuningdek, «aqlli buyumlar interneti» kabi tushunchalarni tez-tez eshitamiz. Kelajakda mashinalar boshqa mashina (qurilmalar) bilan telekommunikatsiyalar vositasida va hatto inson ishtirokisiz ham o‘zaro aloqada bo‘lishi haqida batafsil bilishni xohlaysizmi? Mazkur sahifamizda «Machine-to-Machine» haqida so‘z boradi.

Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi

Жамият
Bluetooth texnologiyasi xay-tek sohasi uchun nisbatan uzun tarixga ega. Mazkur simsiz texnologiya biznes-muhitda foydalanishda afzallikka ega, biroq kam tarqalgan standartdan boshlab, asta ommaviy segmentga joriy etilgan. Bugungi kun bozorida Bluetooth-interfeysga ega ko‘plab simsiz dinamiklar, naushniklar, manipulyatorlar, klaviaturalar va boshqa qurilmalar mavjud. Standartning eng oxirgi versiyalari paydo bo‘lishi bilan Bluetoothning sohada yanada mustahkam o‘rin egallashini tasdiqlovchi ko‘plab qiziqarli yangiliklar taqdim etilmoqda.

Ada Lavleys - jahonning ilk ayol dasturchisi

Matematika fani «erkaklar shug‘ullanadigan soha» bo‘lib hisob­langan davrlarda, ziyoli, badavlat kiborlar muhitida tarbiyalanib, voyaga yetgan Ada Lavleys keyinchalik kompyuter fani (yoki informatika) deb atalgan soha bilan shug‘ullana boshladi. Bu davrda odatda, Londondagi ziyoli, kiborlarga xos oilalarda tarbiyalangan qizlar hashamatli xonadonlarda tashkil etiladigan zi­yofatlar, «bal» oqshomlariga tashrif buyurish hamda badavlat, obro‘li insonlarga turmushga chiqishni orzu qilardilar. Ada Lavleys esa ucha oladigan apparatni loyihalashtirish orzusida edi. U yangi ixtirolar haqidagi nashrlarda chop etilgan maqolalarni mutolaa qilar, orzusidagi bug‘ asosida ishlaydigan dvigatelli qurilmani yaratish haqida xayol surar, chuqur

Zamonaviy noutbuklar uchun keraksiz bo‘lib qolgan 8 qurilma

Жамият
Keyingi yillarda noutbuklar tubdan o‘zgardi. Bahaybat mashinalarni ixchamlashtirib, funksional shaxsiy kompyuterga aylantirish bo‘yicha harakatlar tarixi o‘tmishda qoldi. Zamon va texnologiyalar taraqqiyoti bilan o‘tmish qurilmalari o‘rniga noutbuk va planshet rejimida foydalanish mumkin bo‘lgan yupqa qiyofali ultrabuklar, yengil klaudbuklar kabi 2tasi 1tada qurilmalari paydo bo‘ldi. Mobil qurilmalari sohasidagi taraqqiyot natijasida ZIP-disketlar, RS-232 interfeysi hamda eski trekbol kabi qurilmalar foydalanish sohasidan chetga chiqib, texnologiyalar tarixi sahifalaridan joy olmoqda. Ularning soni ortib, safi asta kengayib bormoqda…

Aqilli stol bilan ish samaradorligini oshiring

Жамият
Bugungi kunda jahonda aqlli shaharlardagi ko‘chalarda elektromobillar harakatlanmoqda, mobil  telefonlari kompyuter o‘rnini egallamoqda, biroq bir narsa haligacha o‘zgarmay qolmoqda: yuz yillar ilgaridagi kabi restoranga tashrif buyurganlar ovqatni  menyudan tanlab, oshpaz uni tayyorlab, ofitsiant keltirib berguniga qadar kutadilar. Albatta, bugungi kunda foydalanuvchilar oldindan ilovani planshetda saqlab olib,  buyurtma berishlari, ofitsiantlar esa qulay tizimdan foydalanib, R-Keeper kabi buyurtmalarni bajarishlari mumkin. Biroq hozirgi kungacha mehmonlar uchun  shipga osilgan Wi-Fi router yagona texnologik yangilik bo‘lib hisoblanmoqda.

«Aqlli uy»lar - kelajak yaqinlashmoqda

Жамият
O‘z qo‘lingiz bilan «Aqlli uy» yarating
Insoniyatning «aqlli uy» haqidagi azaliy orzusi XXI asrga kelib, asta-sekin haqiqatga aylana boshladi, biroq bu iboraga atama, konsepsiya sifatida qaralsa, unda uning yechimi ommalashishiga hali uzoq ekanligi ma’lum bo‘ladi. Insonlarga bir uy doirasida qulaylik, xavfsizlik va energiya tejamkorligini taqdim etuvchi qurilmalar­ning tashkiliy tizimiga hozircha kamdan-kam insonlargina ega bo‘lmoqda. Biroq bekorchi xarajatlarga yo‘l qo‘ymay, haqiqiy tejamkorlikka intiluvchilar uchun aynan «aqlli uy» qo‘l keladi, xonadondagi texnologiklik yechimlar darajasini oshirishda kun sayin hayotimizga kirib kelayotgan «aqlli» gadjetlar yordam beradi.

Foydali ichimliklar

Жамият
Soya suti foydasi: yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo’lishi xavfini kamaytiradi. Soya suti tarkibidagi ozuqa tolalari va oqsillar organizmdagi «yomon» xolesterin va trigliseridlar darajasini pasaytiradi. Ammo; agar siz sigir sutini soya sutiga to’liq almashtirishni istasangiz, sizga kalsiy hamda A va D vitaminlari yetishmay qolishi mumkin. Bu holda ushbu mikroelementlar bilan boyitilgan soya sutini xarid qilsangiz bo’ladi. Soyada fitoyestrogenlar bor bo’lib, ular ko’krak saratoni paydo bo’lishi xavfi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Agar oilangizda kimdir bu kasallik bilan og’rigan bo’lsa, unda soya sutini iste’mol qilish borasida shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul. Kaloriyalar: 250 gr mahsulotda

Inklarning oltin shahri

Жамият
2007 yilda o’tkazilgan so’rov natijasida Janubiy Amerikadagi Peru davlatida joylashgan inklarning qadimiy shahri Machu-Pikchu hozirgi dunyoning yetti mo’jizasidan biri, deb tan olingan. Machu-Pikchu atamasi mahalliy kechualar tilida «qadimgi balandlik», degan ma’noni bildiradi. Machu-Pikchuni ba’zi manbalarda «osmondagi shahar», «bulutlar orasidagi shahar» yoki «inklarning yo’qolgan shahri», deb atashadi.

Itsa qabilasining qudug’i

Жамият
1988 yilda YUNESKOning «Butunjahon merosi» ro’yxatiga kiritilgan Chichen-Itsa shahri Markaziy Amerikaning Yukatan yarim-orolida yashagan qadimgi mayya xalqining siyosiy va madaniy markazi bo’lgan. Itsa xalqining muqaddas shahri hisoblangan Chichen-Isa Meksikaning Yukatan shtati poytaxti Merida shahridan sharqda, 75 mil uzoqlikda joylashgan. «Chichen-Itsa» mahalliy xalq tilida «Itsa qabilasining qudug’i», degan ma’noni bildiradi. Arxeologlarning fikricha, shahar mayyalarning madaniyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan «qudratli va muqaddas» joylardan biri.

Qoyadagi shahar

Жамият
Iordaniya deganda, ko’z oldimizga dastlab tropik iqlim sharoiti ustun bo’lgan Arabiston yarimorolining cho’l va chala cho’llardan iborat quruq hududlari keladi. Ammo mazkur cho’llar uzra yastanib yotgan voha va vodiylarda yaratilgan shaharlar kishi aqlini lol qoldiradi. Ana shunday maskanlardan biri — Iordaniyaning qadimiy shaharlaridan biri Petradir. Petra shahri avval Edom, keyinchalik Nabateylar podshohligining poytaxti bo’lgan. Hozirgi vaqtda Iordaniyaning Arava daryosi vodiysida, dengiz sathidan 900 metr, atrof hududlardan esa 660 metr balandda joylashgan. Shaharning nomi joylashgan hudud xususiyatiga bog’liq bo’lib, «Petra» so’zi «qoya» ma’nosini bildiradi. Shahar joylashgan vodiyga shimol

Kosmanavtlar haqida qiziqarli faktlar

Жамият
* Birinchi o‘zbek fazogiri Solijon Sharipov ikki marta fazoga chiqqan bo‘lib, 2008 yilda kosmonavtlik faoliyatini yakunlagan.* Kosmonavtlar ish davomida asbob-uskuna yoki boshqa narsalarni havoda tashlab ketaveradilar ya’ni kerakli narsalar havoda muallaq uchib yuraveradi. Ishni tugatgach, narsalarni yig‘ishtirib olaveradilar. Kosmonavtlar yerga qaytgach bir muddat fazodagi kabi narsalarni stolga emas havoga tashlab ketish odatini tark eta olmas ekanlar.