топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

qadrlash:

Институтда 9 май – “Хотира ва қадрлаш куни”га бағишланган байрам тадбири ташкил этилди.

Жорий йилнинг6 май куни соат 12:00 да институтда  “Аждодларни хотирлаш – муқаддас қадрият” мавзусида хотира тадбири ўтказилди. Институтда фаолият кўрсатаётган ваузоқ йиллар таълим соҳасида фаолият юритган,ҳозирда нафақада бўлган фахрий педагог ишчи-ходимлар, Афғон уруши қатнашчилари ҳамда собиқ ҳарбий хизмат ходимларининг

Qariyalar eng qimmatli boyligimiz.

nomli blog zarnigor007
                           Mening bobo-buvim – mahallamiz faxri
                                                                Reja:
1.Keksalarni e’zozlashdir oliy farzimiz.
2.Qari bilganni- pari bilmas.
3. Keksalar-mahallamiz iftixori.
4.Yurtimizda keksalarga bo’lgan e’tibor.
                     Bobo-yu momomizni e’zozlab har dam,
                   Duolarin olajakmiz har bir o’g’il-qiz,
                   Keksalar tinchlikni tilaydi har dam,
                   Keksalarni e’zozlashdir oliy farzimiz!
Tinchlik so’rab, qo’lin ochgan, duolar qilgan,
Vaqti kelsa vatan uchun jonini bergan,
Halol mehnat qilib,halol rizqini tergan,
Keksalarni e’zozlashdir oliy farzimiz!
                    Ular borki uyimizda baraka ham bor,
                    Ular borki yashnab turar gullagan gulzor,
                     Ular borki tarovatli kelinchak bahor,
                    Keksalarni e’zozlashdir oliy farzimiz!
Qo’li doim duodadir,umrimiz so’rab,
Yurtimizga farovonlik,obodlik tilab,
Nasihatin ayamasdan boshimiz silab,
Keksalarni e’zozlashdir oliy farzimiz!
                   Yurtimiz tinch,ular sabab osmon musaffo,
                    Ular uchun har bir, yaxshi  ezgu so’zimiz,
                    Yuzlaridan nur yog’ilar, ajib, bebaho, 
                    Keksalarni e’zozlashdir oliy farzimiz!
Shu yurt uchun, shu el uchun niyatlar qilgan,
Nuroniy va azizdirlar keksalarimiz,
Vatan so’zin har narsadan muqaddas bilgan,
Keksalarni e’zozlashdir oliy farzimiz!
                                            (Boltayeva Zarnigor)
             Nuroniy bobo-yu momolarimiz! Bizning mehribon, duogo’ylarimiz bo’lmish  ul zotlar, juda shirinso’z, mehridaryo, dono va samimiydirlar.Ular bor emishki yurtimiz go’zal,uylarimiz xayr-u barakali, dasturxonimiz fayzli, to’kin-sochin. Bu insonlarning qo’li doimo duoda. Ular yurtimiz tinch,osoyishta,farovon,obod bo’lishi uchun beminnat xizmatlarini ayamaydilar.Agarda birorkim qo’li ko’ksida, xudoning qarzi bo’lmish, salomini  ulardan ayamasa, qo’llarini duoga ochib hayoti nurli bo’lishini, baxtli, saodatli inson bo’lishini tilaydilar. Ularning ko’zlaridan mehr, yuzlaridan nur yog’iladi.Ul zotlar quvonganlarida, yokim sening qilgan biror yaxshi ishingni maqtaganlarida  boshingda bir nasihatgo’ying borligidan behad quvonasan kishi! E’tibor berganmisiz  agar qaysi bir uyda keksa,nuroniy  bobo-buvilarimiz bo’lsa, o’sha uyda ahillik, totuvlik, mehr-muhabbat xuddi chaman kabi yashnab turadi.Zero:
              Qarisi bor uyning parisi bordir,
              Uyida rizq  va baraka, barisi bordir.
Keksa bobo-yu momolarimizning umrlari uzoq bo’lsin!
                           Bilmasdan hech gapirmas aytajak so’zin,
                           Mehrga to’lar, doimo porlar ko’zin ,
                             Nasihatin qilar, juda mehribon o’zi,
                             Qari bilganni hech pari bilmagay!
 Yo’l ko’rsatar oq-u qorani tanishda,
Har bir ishi toza, saranjom sarishta,
Ko’maklashar qilar bo’lsak har bir ishda,
Qari bilganni hech pari bilmagay!
                       Kichiklarga izzatdadir, loyiq hurmatga,
                      Xalq ishiga ko’maklashgan bo’lgan xizmatda,
                      Tinch diyorning nuroniysi bo’lsin rohatda,
                      Qari bilganni hech pari bilmagay!
Tinchlik, ozodlikka shukrona qilgan,
Vatan obodligin muqaddas bilgan,
Endi qarilikni gashtini surgan,
Qari bilganni hech pari bilmagay!
                                    (Boltayeva Zarnigor)
Qariyalarimiz juda dono, aqlli va shu bilan birga mehribon hamdirlar.Shuning uchun ham dono xalqimiz — ,,Qari bilganni pari bilmas’’ degan ibratli so’zini bejizga aytmagan. Bu so’zning ma’nosini hozir hikoya qilib bermoqchi bo’lgan rivoyatda chuqurroq anglab yetish mumkin:
-Qadim o’tgan zamonda  bir yurt bo’lgan ekan. Uning podshosi keksalar yurtga foyda,naf keltirmaydi deb hisoblar ekan. Shuning uchun  yurtdagi oilalarda  60 yoshdan oshgan keksalarni saqlashni qat’iyan ta’qiqlab qo’ygan ekan. Agar kimda-kim bu farmonga bo’ysunishni istamasa uni olis davlatlarga quvib yuborishgan ekan. Lekin bir faqir odam otasini juda yaxsahi ko’rganligi sababli, uni yashirincha sandiqda saqlashga qaror qilibdi. O’g’il otasidan har mahal xabar olar, agar qorni ochsa ovqatlantirar ekan. Shu zaylda kunlar o’taveribdi. Kunlarning birida shu yurt podshosiga qo’shni yurtdan bir jumboqli savol kelibdi. Podsho yurtdagi eng dono kishilarni huzuriga chorlab, ular bilan maslahatlashibdi. Ammo biro zot busavolning javobinii topa olmabdi. So’ng o’sha faqir odam otasining yoniga  borib, savolning javobini so’rabdi va bu javobni borib podshohga aytibdi. Jaavob to’g’ri ekanligini bilgan olampanoh, undan necha-necha olimlar bilmagan javobni u qayerdan bilishini so’rabdi. Shunda faqir qaltirabgina:
— ,,Ey olampanoh, siz oilalarda  60 yoshdan oshgan keksalarni saqlashni qattiq ta’qiqlab qo’ygan edingiz, chunki ularni yurtga hech qanday foydasi tegmaydi deb hisoblardingiz. Ammo men otamni juda yaxshi ko’raman. Shuning uchun Uni uyda sandiqning ichida yashirib, saqlab yurgandim. Bu savolni eshitib uning yoniga javoini so’rab bordim. U esa osongina bu savolga javob berdi.bor haqiqat shu” – deb javob beribdi.Bu gapni eshitgan podsho xato qilganligini anglab yetibdi va: -,,Qari bilganni pari bilmas ekan.Bugundan boshlab qariyalarga alohida hurmat joiz ko’rilsin.”- deb farmon beribdi. Shundan  keyin bu yurtda qariyalar qadr va e’zoz topib, qolgan umrlarini rohat va farog’atda o’tkazishibdi.
          Chindan ham! Keksalarimizning har bir so’zi biz uchun ibratlidir. Chunki ular bir narsani bilmasdan gapirishmaydi.Ular bizga to’g’ri yo’l tanlashimizda,oq-u qorani tanib, yaxshi va yomonni ajrata olishimizda  ko’makdoshdirlar.yosh avlodni kamol topishida,ularni sog’lom, barkamol, aqlli bo’lib yetishishida keksalarimizning hissasi juda kata.Dono xalqimiz:-,,buvisini tarbiyasini olgan qiz  hayoli, iboli, xushmuomala, mehnatkash,aqlli bo’ladi”- deb aytgan. Chindan ham, nafaqat qiz bolalar, balki o’g’il bolalar hamshunday. Agar ular buvasini yaxshi xislatlarini o’zida mujassam etishga harakat qilsa bu yaxshi albatta!Chunki yaxshi fazilatli inson yurt uchun ham munosib, komil farzand bo’lib yetishadi. Bobosining ishini qunt bilan kuzatib turgan bola keyinchalik unga taqlid qila boshlaydi. Misol qlib oladigan bo’lsak buvasini nihollarni parvarishlab, ularga suv quysa, bolakay ham shu ishni takrorlashga urinib ko’radi. Yoki bo’lmasa buvisi kashta tikayotgan bo’lsa, yosh qiz ham bu ishni takrorlabko’rgisi keladi va shu ishga mehr qo’yadi. Natijada  bir hunarni o’zlashtirib oladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki,yosh avlodni barkamol, yurtga sodiq farzand bo’lib kamol topishida nuroniy bobo-yu momolarimizning o’rni beqiyos. 
                            Mahallada faol bo’lib har ishda,
                           Tinim bilmay bahor, yoz, hatto qishda,
                          Har ishlari saranjomdir, sarishta,
                           Mahallamiz faxri erur keksalar!
To’y bo’larmi, ma’rakami, farqi yo’q,
Maslahatin ayamas, dono ular.
Ular borki har insonning ko’ngli to’q, 
Mahallamiz faxri erur keksalar!
                      Yosh avlodni tarbiyalar beminnat,
                      Yurt uchun budir eng oliy xizmat,
                      Elimiz ham ularni qilar hurmat,
                      Mahallamiz faxri erur keksalar!
Yerga qarar, gullar ekar mehnatkash,
Chin dildan ishlagaydirlar, zahmatkash,
Niyatlari duo qilib, tinch yashash,
Mahallamiz faxri erur keksalar!
                                 Unib-o’sar, yerga nima eksalar,
                                Go’zal chiqar, kashta, do’ppi tiksalar,
                                 Ma’nolidir, nimaiki desalar,
                                Mahallamiz faxri erur keksalar!
Yuz yoshdan oshib yursinlar iloxim,
Ziyoda qilsin umrni panohim,
Saodatni bersin doim ollohim,
Mahallamiz faxri erur keksalar!
                                       (Boltayeva  Zarnigor) 
          So’zimni  boshlashdan avval mahalla so’ziga ta’rif bermoqchiman. Yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ,,Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida mahallaga shunday ta’rif berilgan:
-,,Azaldan o’zbek mahallqasi chinakam milliy qadriyatlar maskani bo’lib keladi. O’zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar  holidan  xabar, yetim-yesirlarning boshini silash, to’y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko’pchilik bilan bamaslahat o’tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo’lish kabi xalqimizga xo surf-odat va an’analr avvalambor mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.”
Mahallamiz obod va go’zal, ahil va totuv bo’lsa demak xonadonlarimiz tinch va osoyishta, xonadonlarimiz tinch va osoyishta ekan, ko’ngillarimiz xotirjamdir.  Bu xotirjamlikning sababi esa mard va jasur askarlariniz bilan bir qatorda, aqlli va dono bo’lmish qariyalarimizdir. Bunday deyishimga sabab yoshlarga o’rnak bo’ladigan, ularga kerakli, foydali maslahatini ayamaydigan ayamaydigan keksalarimiz mahallamiz faxri, iftixori hisoblanishadi. mahallada biror noxush voqea sodir bo'lsa’ qariyalarimiz darrov buning oldinini olishga harakat qiladilar. Deylik, birorta oilada janjal chiqib qoldi.keksa bobo-yu  buvilarimiz o’z hayot tajribalaridan kelib chiqib shu oila a’zolariga nasihatlarini berib,  muammoni darrov iziga tushiradilar. Hozirda to’y-hamlar judayam dsabdabalashib, hashamatli tus olib boryapti. Tog’ora, sarpo-suruv, sovg’a salomlar. To’g’ri bu o’zbeklarga xos urf-odat, rasm-rusm, an’ana hisoblanadi. Ammo xalqimizda: “Asalning ham ozi shirin” degan naql bor. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki,to’y-hashamlarning me’yoridan ortiq dabdabali, hashamdor bo’lishi ahillik, totuvlik, inoqlikka, rasm-rusmlarga salbiy ta’sir o’tkazyapti.Shu kabi ishlarni oldini olish esa mahalla faollari bilan birga qariyalarimiz zimmasiga yuklatilgan.Ular hali hayotning o’nqir-cho’nqirini unchalik bilmaydigan yoshlarga o’z do’stona nasihatlarini berib, xatoyo’lni tanlamasliklariga yordam berishadi. Har bir mahallaning faollaribo’lganidek, bizning inoq mahallamizda ham mahalla faollaribor.Ularning aksariyati hayotiy tajribaga ega, yaxshini yomondan, oqni qoradan ajrata oladigan tashkil etadi. Ularning orasida mening bobojon va buvijonim ham borlar.Ular mahalla ishlarida faol qatnashib, o’zlarining beminnat xizmatlarini mahallamiz uchun ayashmaydi. Mahallada hasher, to’y-hasham, ma’raka kabilar ularning ishtirokisiz o’tmaydi.Bobojonim va buvijonim  mahallamiz faxriylaridan hisoblanadilar.Ular ham ko’p singari, mahallamiz obod  va gullab yashnashi uchun bahamjihat harakat  qiladilar. Har bayramlarda mahallamiz raisi ularga kamtarona xizmatlari uchun rahmatnomalar aytib, sovg’a-salomlar ulashadilar. Biz yoshlar ham ulardek keksa, nuroniy bo’lganimizda, mahalla faollaridan bo’lamiz va mahallamiz obod, go’zal bo’lishi uchun hissa qo’shamiz!
                             Yurtimiz juda saxiy, tinch va erksevar xalq. Diyorimiz mustaqillikka erishgan lk kunlardanoq, yurtimizda nafaqat yoshlarga, balkim keksalarga ham juda kata e’tibor qaratildi. Yangi 2015-yilimizning ham “Keksalarni e’zozlash yili’’ deb nom olgani buning yaqqol isboti. Yilning shunday nomlanishi munosabati bilan keksalarga e’tibor berish, ularning holidan xabar olish kabi xayrli ishlar amalga  oshirildi. Qishlog’imizdagi jahon qonli urushida ishtirok etgan nuroniy bobomiz Tilla boboga  tumanimiz hokimi Asqar Nazarovich Javodov tomonidan  esdalik sovg’alari va bir million so’m pul mukofoti topshirildi.  Bu ham  keksalarga berilgan e’tiborning yaqqol ifodasi. Bu xayrli ishlarning bosh sababchisi yurtboshimiz Islom Karimovdirlar. U kishining saxiyliklari sabab  yurtimizda ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda.
                                  Bordirsiz omon boshimiz,
                                 Ko’zimizda yo’q yoshimiz ,
                                   Butundir non-u oshimiz
                                Omon bo’ling yurtboshimiz!
Yaratdingiz shunday imkon,
Shodliklarga to’la zamon,
Bizni tanir butun jahon,  
Omon bo’ling yurtboshimiz!
                                Siz borsiz ravon yo’limiz,
                                 Gullab-yashnar o’ng-so’limiz,
                                 Ko’klarga tutash qo’limiz,
                                 Omon bo’ling yurtboshimiz!
Tinch el bo’ldik sizdan doim,
Minnatdorlar yurtdoshimiz,
Bilim olib zavqqa to’ldik,
Omon bo’ling yurtboshimiz!
                                             (Boltayeva Zarnigor)
Gulla, yashna hur O’zbekiston!
Buxoro viloyat. Vobkent tuman. 10-son umum o'rta talim maktabi o'quvchisi Boltayeva zarnigor

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


Reja:
 
1. Bobom va buvimning mahalladagi o’rni.
2. 2015-yilning«Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi.
 
Xotira muqaddas
 
G'anim poylab ko'ksimdan otdi,
Sog'inchlarim toshdayin qotdi.
Tunlar cho'kdi, tonglar ham otdi.
Men qaytmasman Afg'onistondan.
 
Mustaqillikka erishmasimizdan burun hayot-mamot jangi bo'lgan. Bu urushda necha minglab bobolarimiz safarbar qilinganlar.