топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

plastik kartalardan valyuta:

O‘zbekiston banklari plastik kartalardan valyuta sotib olishni boshlaydi

Жамият
Jismoniy shaxslar, shu bilan birga, yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) tijorat banklarining konversion operatsiyalar bo‘limlarida o‘z hisobidan chet el valyutasini qo‘lga kiritish huquqiga ega bo‘ldi. Bu Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, chet el valyutasini sotish konversion bo‘limlar tomonidan xalqaro kartalardan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Buning uchun jismoniy shaxs va YaTT konversion bo‘limga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.