топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

pedagogika:

NLP asoslari.

Илм-фан

NLP (neural linguistic programming)  bugungi kunda hayotning har bir jabhasida keng qo`llaniladigan psixologik usul bo`lib undan tadbirkorlar,reklama agentlari  va harbiylar  keng foydalanishadi.Chunki ayni shu sohalarda faoliyat olib boradigan shaxslar keng jamoatchilik bilan ish olib borishadi va NLP texnologiyalarini bilish bu shaxsga notanish insonlar bilan tez yaqinlashish va ularning ishonchiga tezroq kirish imkonini yaratadi.NLPdan nafaqat shaxslararo munosabatlarda balki televideniye va radio orqali namoyish etiladigan reklamada ham keng foydalaniladi.Mashhur amerikalik monopolist Ford shunday degan edi ”Reklamaga pul tejash,vaqtni tejash maqsadida soatni to`xtatib qo`yish bilan barobardir”.Bu monopolist sotsiologlardan ancha oldin reklamaning kuchini

Til ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashning ba’zi masalalari xususida

Maqolalar
Илм-фан
Umida Masharipova
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
          Ma’lumki, O`zbekiston Respublikasi “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997-yil), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997-yil), Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta’limni tashkil etish to`g`risida”gi (1998-yil) qarorlarida umumiy o`rta ta’lim maktablarida

Соғлом бола тарбиясида оиладаги маънавий муҳитининг таъсири

Маърифат гулшани
Мустақиллигимизнинг энг катта ютуғи шу бўлдики, истиқлолнинг дастлабки одамларидаеқ биз халқимиз ва мамлакатимиз келажагини ёшларимиз билан, уларнинг билим ва тафаккури, қобилияти ва маънавияти юксаклиги билан боғлаб қадам ташламоқдамиз. Шу мақсадда уларда эркин тафаккурни, мустақиллик дунёқарашини шакллантиришга, тана ва руҳ соғломлигини уйғунлаштиришга эътибор қаратиб, соғлом авлод тарбиясини давлат сиёсати даражасига кўтардик.
Бугунги кунда мамлакатимизда амалга оширилаётган туб ислоҳотлар ва эришаётган ютуқларимизнинг ҳал қилувчи кучи биз ишонч билдираётган ёшларимиздир.Ҳақиқатда бугунги кунда ижтимоий-иқтисодий юксаклигимиз сабаби ҳам юртбошимиз Ислом Каримов сўзлари билан айтганда, “… мустақил ва янгича фикрлайдиган, Ватанимизнинг эртанги куни учун масъулиятни ўз зиммасига

Келажаги буюк давлат

JizDPI
Илм-фан
Ўзбекистон келажаги буюк давлат. Бу замин оддий юрт эмас, оллоҳнинг назари тушган юрт. Дунё халқлари эътироф этган Абу Райҳон Беруний, Абу Наср Фаробий, Аҳмад Фарғоний, Маҳмуд Замаҳшарий, Амир Темур, Мирзо Улуғбек, Алишер Навоий, Камолиддин Беҳзод, Абдулла Авлоний, Абдурауф Фитрат ва Чўлпон каби буюк сиймоларни улғайтирган замин-бу замин.

XXI asr illatlari

Илм-фан
          Bugungi kunda giyohvandlik va ichkilikbozlik haqida qanchadan qancha maruzalar o`qildi va yana qancha kinofilmlar va hatto hayotiy dalillarga asoslangan hujjatli videolavhalar suratga olindi.Bu kabi illatlar insonni tubsiz jarlik tomon yetaklashi hech kimga sir emas,lekin shunisi qiziqki hali hanuzgacha insoniyat bu illatlardan holis bo`la olmadi.

Ёшларимизнинг таълим олишида жаҳон таълими тажрибаларининг ўрни

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
 
         Фарзанд тарбияси — буюк вазифа. Бундай улуғ ишга масъуллар замонларни замонлар билан, аждодларни авлодлар билан боғлаб турувчи қудратли халқадир.
Муҳтарам Президентимиз раҳнамолигида олиб борилаётган давлат сиёсати дунёда энг тўғри ва одилона сиёсат бўлиб, унинг асосий мақсад ва ютуқларидан бири, минг-минг шукроналар қилишга арзигулик ТИНЧЛИК деган улуғ неъматнинг барқарорлигидир.

Абай Қунанбай ўғли 170-йиллигига бағишланган адабий кеча

nomli blog samad9292
Шу йилнинг 2-декабрь куни Нукус шаҳри 25-сон умумтаълим мактабида  Қозоқ адабиётининг ёрқин номояндалардан бири Абай Қунонбой ўғли таваллуд топган кунига 170-йил тулиши муносабати билан адабий кеча  бўлиб ўтди.

Ta’lim va tarbiya o’quv jarayonining ajralmas qismi

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
 Ta’lim  va  tarbiya  o’quv  jarayonining   ajralmas  qismi.
Nuritdinov  Abdulatif  Abduraxmanovich   (SamDChTI Tarjimonlik nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi)
Мuhtaram  yurtboshimizning   “Yuksak  ma’naviyat – yengilmas  kuch” asarida shunday purma’no  so’zlar bor: “Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’  maqsadlar qo’yib, tinch-оsoyishta  hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib,  demokratik davlat  va  fuqorolik jamiyati  qurish  yo’lida ulkan  natijalarni   qo’lga  kiritayotgan  bir  zamonda  yashamoqdamiz”.
“Ilm shunday bir  chiroqdirki, seni rohat  va  farog’atga  hech  bir zahmatlarsiz  yetkazadi”   (Аbu  Lays   Samarqandiy)
 
Tarixga nazar solsak, Sharq Uyg’onishi davrida ma'naviy-ma'rifiy sohada asosiy masala inson muammosi edi. Insoniylik, insonni ulug’lash g’oyasi talim-tarbiyaga oid asarlarning asosiy o’zagi sanalgan. Zero, insoniylik g’oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg’onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo’nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida boldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo’lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. «Qutadg’u bilig», «Qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Bo’ston», «Axloqi Jaloliy», «Axloqi Nosiriy», «Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa'diy, Nasiriddin Tusiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiyning ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta'kidlaganimiz inson shaxsini ma'naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma'naviy kamolga etishishi yuksak axloqqa ega bo'lishi, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g’oya ilgari surildi.

Mening bobom, buvim mahallamiz faxri

Маънавият


O'zbekiston Respublikasi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Namangan viloyati, Kosonsoy tumani,
9-sonli maktabning 6-sinf o’quvchisi
Abduvalieva Zulxumorning

«Mening bobom, buvim mahallamiz faxri»
mavzusi bo’yicha yozgan inshosi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kososnsoy– 2015 yil
Insho.
 
1. Kirish. Keksalarni e'zozlab yashang.
 
2. Asosiy qism:
     1. 2015-yil keksalarni e'zozlash yili.
     2. Mahallamiz faxriylari.
     3. Mahallamizda bobom va buvimning o’rni.
 
3. Xulosa.  Biz ulardan ibrat olib yashaymiz.
    
                                                             Asl farzand bo’lay desangiz,
                                  Guldek unib o’say desangiz,
                                Ezgu ishlar qilay desangiz,
                              Duo olib to’lay desangiz,
                                            Xar bir tongni savobdan boshlang,
                                   Keksalarni e'zozlab yashang.
 
Olamda eng avval inson aqlli yaralgan, aql qalb posbonidir. U til, ko’z, quloqning ustidan ham posbonlik qiladi. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a'zo orqali qalbga kirib boradi.
Ana shu uch a'zodan kirib boradigan ezgulik va yovuzlik xislatlarning roli katta hisoblanadi. Ya'ni, ezgulik xislatini olib kiradi.Yovuzlikni esa inson o’ziga — o’zi orttirib oladi. Chunki keksalarimiz o’rnak qilib ko’rsatgan ayrim yomon xislatlarni o’ziga loyiq biladi. Agar inson keksalarimiz aytgan har bir so’zning chuqur ma'nosini anglaganida xayot yo’llarida hech qachon
adashmas edi.
Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni «Keksalarni e'zozlash yili» deb e'lon qilishni, O’zbekistonning barcha xududlarida keng saviyada nishonlanib kelinmoqda. Hattoki, Vatanimizning eng chekka joylaridagi nuroniy bobo-yu momolarimiz holidan xabar olinmoqda.   Keksalarni e'zozlash yili dasturida barcha yolg’iz keksalarimizga davlat tomonidan moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatilmoqda. Ayniqsa, yaqinda bo’lib o’tgan 9-may «Xotira va qadrlash» kunida katta bayram tantanasiga necha mingdan ziyod bobo-yu momolarimiz tashrif buyurishdi. Ularga davlatimiz tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi. Bayramda qatnasha olmagan ayrim nuroniylarimizga mahalla raislari tomonidan o’z uylarida taqdim etildi.
Bizning maktabimizda ham 4-may kuni bayram munosabati bilan ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi 96-yoshli Abdukarim ota tashrif buyurdilar. Urush yillari haqida ozgina gapirib o’tdilar.  – Urush yillari juda og’ir damlarni boshimizdan kechirganmiz. U paytlarda yeyishga nonimiz, yurishga madorimiz qolmagan. O’sha paytlarda men to’rt kun bir burda non yemaganman. Og’zimda bir dona o’rikni saqlab yurgan edim. Ammo, shunday kunlar o’tib ketdi. Hozir esa erkin hur zamonda yashayotganimdan xursandman. Shu kunlarni ko’rish menga ham nasib etdi. Sizlar ham shunday kunlarni qadriga yeting. O’qib izlaning bolalar.
Abdukarim otaning  so’zlaridan hamma ta'sirlanib ketdi. Jumladan, men ham ularning so’zlaridan ta'sirlanib,  «Vatan uchun jon kuydirganlar» degan she'r  ijod qildim:
Bunda necha avlodlarning qoni singgandi,
To’rt kun non yemasdan o’rik yegandi.
Ba'zilar ochlikdan o’lib ketgandi,
Qanchalar xurlangan yey, ona yurtim!
Qaniydi biz ko’rgan kunlarni ko’rsa,
Ularning ruhlari shod bo’la qolsa.
Ko’nglimni ezdilar ular ko’rgan kun,
Yuragimni bezdirar ular ko’rgan kun.
 
Yurtboshimiz tashabbusi bilan  bizga shuncha imkoniyat berib qo’yilgan. Biz shu imkoniyatlardan oqilona foydalanaylik.
Bizning mahallamiz juda ahil. Go’yoki, ayrilmas jamoaga o’xshaydi. Mahallamizdagi Muhabbatjon, Zulfiyajon va Saodatjon degan keksa buvilarimiz bor.. Ularning orasida eng ulug’i Saodatjon xola hisoblanadi.  Zulfiyajon xola qizlarni odob ahloqi haqida ko’p gapiradilar. Qizlarga ko’p nasihat qiladilar, «Kalta yubka kiymanglar, sochni kalta kesmanglar, bosh kiyimsiz yursangiz uyat bo’ladi» deydilar.
Maxallamiz faxriylari,
El-u yurtning dilbandlari.
Qiladilar ko’p oyatlar
Bizga pandu nasihatlar.
Mahallamiz faxriylari,
El-u yurtning dilbandlari.
Mahallamiz faxriylaridan yana Abdumannon, Abduqahhor, Abdunabi va boshqa keksalar mahallamiz faxridurlar.
Mening bobom mahallamizda quruvchi usta hisoblanadilar. Buvim esa tikuvchi, chevar. Yoshlari keksayib qolgan bo’lsa ham, oyimdan qolishmaydilar. Mening bobom hozir yon qo’shnimizning uyida imorat quriyaptilar. Bobom mahalladan chiqmaydilar. Faqat qo’shnilarning uyida ishlaydilar. Qo’shnilarimiz ham boshqa usta yollashmaydi. Buvim esa mahallamiz faxri, eng dono ayoli hisoblanadi. Biror to’y marosimi, yoki boshqa marosimlar buvimsiz o’tmaydi. Buvimning bizga qilgan nasihatlarida xayot haqiqati yotadi. Jumladan buvim shunday deydilar: Qarindosh urug’lardan aloqangni uzma, ular bilan talashma, o’ylab ish tut, odamlarni giybat qilishdan o’zingni tiyib yur, shoshma-shosharchilikda ish tutma, har bir ishning ko’zini bil, o’zingni janjaldan tort.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ulardan ibrat olib yashasak, xayot yo’llarida qoqilmaymiz. Keksalarimizning duosida, nasihatlarida hayot haqiqati yotadi. Agar mahallada biror keksa nuroniy inson bo’lmasa, u mahalla jamiyatga xizmat qila olmaydi. Bobokalonlarimiz bejizga «qarisi bor uyning parisi bor» deyishmaydi. Qarisi bo’lmagan uyning qut-barakasi bo’lmaydi.

Mening bobom buvim mahallamiz fahri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                       Insho
                      Mening bobom buvim mahallamiz fahri
                                              Reja:
1.Mening mehribon bobojonim .
2.Keksalarni e’zozlash yashang .
3.Keksalarhar joyda qadirli
                           Qarisi bor uyni parisi bor (maqol)
  Assalomdan boshlang so’zingiz
 
  Har tongni savobdan boshlang
  Keksalarni ezozlab yashang
Meni nuroniygina bobojonim juda ham mehribon va oqko’ngil
Bobojonim har doim qiziq qiziq hikoya ertaklar qiziq voqealar haqida so’zlab beradi .
Bizlarga har doim yaxshi bo’l ,o’zigdan kattalarni humat qil ,ko’chadan o’zigdan kattalar o’tsa salom ber ,rostgo’y bo’l deya nasihat qiladi .Biz bu nasihatlarni doimo yodda saqlab ,ulargta amal qilamiz.

“Mening bobom , buvim - mahallamiz faxri”

Маънавият
Namangan  viloyati    Kosonsoy   tumani 27-sonli  umumiy   o`rta        ta`lim  maktabi   8-sinf  o`quvchisi Tolibjonov  Asadbek
Mening   bobom, buvim — mahallamiz faxri
 
Asl  farzand bo`lay  desang ,
Gulday   unib  o`say  desang.
Duo  olib  o`tay   desang,
 
Ezgu  ishlar  qilay  desang,
Har  bir  tongni  savobdan  boshla
Keksalarni    e`zozlab  yasha.
 
                                                    R E J A:
 
 
I.Kirish:          
                         Bobom  va  buvimning  hayrli  ishlari .
II.Asosiy  qism:
                          1.Mahallamizdagi  ko`prikning  qayta  tiklanishi.
                         2.Bobom, buvimning  hikmatli   so`zlari  va  o`gitlari.
III.Xulosa.       
                         Men   bobom va buvim  bilan faxrlanaman.
 
                Kunlarning   birida  qattiq  yomg`ir   yog`di. Bu   yomg`ir  ortidan  dahshatli   sel   keldi. Mahallamizda   bobom  ,  buvim   va   boshqa   odamlar   ko`prikni  saqlab    qolish  uchun  harakat    qilishdi.  Haqiqatdan    ham   sel    juda-juda   katta    kelgan   edi.  O`sha    paytda bobom  ko`prikning  narigi  tomoniga  odamlarni   to`plab  ,  odamlarning    bir   yoqadan  bosh   chiqarib,  birgalikda    harakat  qilish  uchun   sabab   bo`lgan    edilar.
Bobomning  bunday   tirishqoqlik  bilan   qilgan   mehnatlari    ko`prikni   saqlab   qoldi.
Ko`prik   deyarli   yaroqsiz    holatga  kelib   qolgan   ekan.  Ertasiga  sel  ancha   pastlab, havo   ochilib   ketdi.  Mahalladoshlarimiz  bilan   katta   hashar  o`tkazib ,  ko`prikni   qayta  tiklash  uchun  reja  o`ylashdi. Bobom   va  mahallamiz    oqsoqollari   bir   qarorga   kelib  olishdi.
Deyarli  ,  yo`q   bo`lib   ketgan  ko`prikni  ,  qayta   hashar    tariqasida  tiklashga   kelishishdi.
Bobom  ko`plab   xayrli  ishlar   qilganlar.  Bu   ko`prikni  qayta  tiklashda   yosh  va  navqiron   yigitlardan   tashqari, bobo   va   buvijonlarimiz  ham    o`zlarini  kerakli     va   foydali  nasihatlarini   ayamay    mehnat   qilishdi. Ularga   bolalar    ham    ya`ni ,  biz  chin   dildan   yordam    berdik.   Men    o`sha    paytlarda    yetti   yoshlarda   edim.  Ko`prikni   bir  hafta  ichida  avvalgidan   ham   chiroyli   va   ko`rkam   qilib  qurdik. Mana   ,  oradan   ancha   yillar    o`tsa   ham,   bu   ko`prik   odamlarga   juda   katta   yordam   berib   kelmoqda  .  Haqiqatdan,   bu   ko`prik   ancha    mustahkam   bo`lgan  ekan.  Mana,   bu   ko`prikni   qurilganiga   ham   sakkiz   yildan  oshmoqda.  Men   har   kuni   shu   ko`prikdan  o`tayotib, mahalladoshlarimizning , bobomning  mehnatlarini    yana    qayta-qayta    eslayman.  Ayniqsa, bobomning  va  Nodir  bobomning  ishonchli   qarorlari  hamon   yodimda.
Shu   tariqa    koprik  qayta    tiklandi.  Men   mahallamizning   inoqligidan  dilim  yorishdi. Odamlar   yangi   ko`prikdan   qo`rqmasdan,  be`malol   o`tishadigan  bo`lishdi.
                 Men  quyi  sinfdagi   o`quvchilarning    telefon tutishlariga   butunlay  qarshiman.
Bu  borada  bobom  va  buvimning   hikmatli   so`zlari          men   uchun   oltinga   teng.
Bobom   menga   har    kuni  maktabga   ketayotganimda   ,   juda   chiroyli   duolar  va  nasihatlar   qiladilar. Bu  borada    xalqimiz    ham    nasihatgo`ydir.  Hozirda   biz  ,  keksalarni    hurmat  qilib  ,  ularning   o`gitlariga    quloq   solsak ,  aslo   kam   bo`lmaymiz.  Bobom    sakson   yoshni  qoralayotgan   bo`lsa   ham   ,  hamon   o`gitlari    qulog`imda  jaranglab  turadi:
“Birovga   tik  qarama ,  boshingni   egib, odob  bilan  salom  bergin”. To`g`ri ,  davr   o`zgardi, ammo   men  insonlardagi  mehr   -  oqibat  ,   odob, bir -  biriga    bo`lgan   hurmat,  e`zozlash  o`zgarmasligini   istardim.  Keksalarni   maqsadi   bitta   :  Yurt   kelajagini  ishonchli   qo`llarga    topshirish!  Bizning   ajdodlarimiz  ham   bizlar  uchun   juda    kerakli  hikmatli    so`z, nasihatlar    qoldirishgan. Amir   Temur ,  Abu  Ali  Ibn  Sino ,  Al  -Xorazmiy, Abu  Rayhon   Beruniy, Zahiriddin   Muhammad  Bobur . Bu  kabi   ulug`   ajdodlarimiz   bizlarga  o`zlarining  boy   meroslari  bilan    o`chmas  iz   qoldirishgan.
               
                                                     Bobur   bobom
Bir   qo`lida  tutib   qilich,
Bir  qo`lida  ushlab   qalam.
Bobur  bobom  shuhratiga,
Qoyil   qoldi  butun  olam.
 
U   shoh   bo`ldi  hind  yurtiga
Yana   ulug`  shoir  o`zi.
Dong`i   ketgan  olam  uzra,
Shuhrat  topdi   har  bir  so`zi.
 
 
         Men  shunday    bobom   va   buvim   borligidan   juda    faxrlanaman. Men   bobom   va  buvim  bilan   faxrlanishim  , ularni ardoqlashim  zarur.  Ular   bilan   bog`liq   xotiralarni   eslarkanman, ulardan  ko`p   narsalarni   o`rganib  qolmoqchi  bo`lar  edim, ular   esa   hayotda   boshdan    kechirganlarini    aytib  berardilar.  Zero,  Tyanshan va Pomir tog`larining baland cho`qqilari o`tmish xotiralarini yodga solsa, yuz yoshni qarshilagan bobolarimizning nasihatlari bizni kelajak sari olg`a intilishimizga madad bo`ladi. Shu bois, har birimiz bobomiz va buvimiz bilan faxrlanishimiz, ularni e`zozlashimiz lozim.

“Mening bobom ,buvim - mahallamiz faxri”

Маърифат гулшани
Namangan  viloyati    Kosonsoy  tumani  27-sonli  umumiy   o`rta  ta`lim   maktabi   8-sinf  o`quvchisi  G`ulomjonova  Sayyora 
Mening   bobom, buvim —  mahallamiz faxri.
 
Suyanchiqdir- tog`imiz   har  on,
Kundan  kunga  turmush   farovon.
Ular  bilan    totli   har   zamon ,
Baxtimizga  bo`lishsin  omon.
Har  bir  tongni   savobdan  boshlang.
                           (R.Mirzaolimov)
 
 
Reja:
 
I. Kirish:
                      Keksalarni  e`zozlagan   yurt  obod   bo`lur.
II. Asosiy    qism:
                      1. Bobo  va  buvilarimiz -  bizning  faxrimiz.
                      2. Buvijonim   o`g`itlari.
                      3. Mahallamiz    momolari  .
                      4.  Qarisi   bor  uyning    parisi  bor.
 
III.Xulosa:
                      Mening  bobom   ,  buvim -  mahallamiz   faxri.
 
              Har   tong   qo`shni   amakining   maktabga   ketayotgan     mahalla     bolalariga   “Bugun   ikkitadan   “5”baho  olib    qaytinglar, “2” baho  olsalaring,  bu   ko`chadan  o`tkazmayman”,- deya   hazil aralash   tayinlayotganlarini   tez-tez   eshitib   qolaman. Bolalar   ham  darsdan     qaytayotib,     kim   necha    baho   olgani     haqida  ,  albatta,   amakiga  aytib   o`tishadi.
Ikki  eshik    naridagi  uyda   yashaydigan    80  yoshli  Rixsi   xola   esa,   har   tong   bu  bolalar  ortidan , — Ilohim   omon  bo`1inglar ,  ota-onalaringiz   rohatingizni  ko`rib   yursin ,  insofli  ,
diyonatli   esli   -  hushli    bo`lib  ulg`ayinglar,   yurtimiz  tinch, osmonimiz   musaffo    bo`lsin,- deb  duo  qilib  qoladi.
 
Bu  duogo` y   otaxon   va   onaxon  nafaqat   bolalarni  ,  balki   o`qishga, ishga   otlangan  barcha  mahalla   ahlini   ana    shunday   yaxshi   tilaklar  bilan  kuzatishadi.  Samimiy   duolardan  ko`ngil   to`g`dek  ko`tarilgan  ruhi  tetik ,  ezgulik  va  yaxshilikni   qalbiga   jo  qilgan  katta-yu   kichik  esa ko`zlagan    manzili  tomon   shahdam    odimlaydi.
              O`zbekiston  Respublikasi   Konstitutsiyasi    qabul    qilinganining  22  yilligiga   bag`ishlangan   tantanali    marosimda   Yurtboshimiz  yangi  -  2015  — yilni  “Keksalarni  e`zozlash  yili” deb     nomladi.  Ma`ruzadagi  ushbu   so`zlarga   bir   quloq   tuting  -a  :
“Keksalarga    hurmat,   mehr — oqibat   ko`rsatish, ma`naviy  hayotimizning   tom  ma`noda ajralmas   qismiga  aylangan”.
             Bir  oylab  ko`raylik, “Qarisi  bor   uyning  parisi  bor”,  “Qariyalar  — xonadonomizning  fayzi  va    farishtasi”      , -degan   maqol  va   hikmatli     so`zlarimizda    qanday     chuqur  ma`no  bor.  Haqiqatdan   ham,  qaysi    xonadonda   nuroniy   otaxon   va  onaxon  bo`lsa ,  bu  oilada,  albatta,  fayz-u   baraka,  farovonlik,  ahillik   bo`lishini  barchamiz   bilamiz.
             Mening   bobom  70  yoshda. Buvim   esa  65  yoshda. Ularni   juda   ham   yaxshi  ko`raman. Chunki  ular  xalqimizning  qadimiy  va  shonli   tarixini, o`chmas  sahifalarini, ajdodlarimizning  buyuk  merosini, qadriyat  va  urf-odatlarimizni   yoshlarimizga  yetkazish , yoshlarni   qalbini   tobora  poklik,   ularning   bizning   burchimiz  va  faxrimiz.
Yurtboshimiz  tomonidan  2015 –yilni  “Keksalarni  e`zozlash  yili”  deb  e`lon  qilinganligini  eshitib   juda   quvondim.  Keksalarga    hurmat -  ehtirom   ko`satilayotgan   zarafshon  kunlarni   ko`rmay  o`tib   ketgan  buvijonimni    ko`z  o`ngimga  keltirarkanman,   ularning  o`g`itlari   qulog`im  ostida    jaranglaydi.  Buvim   ansha      keksayib   qolganiga  qaramay,   doim   ro`zg`or  yumushlari   bilan    kuymalanib  yurardi.  Bolalik   qilib  biror  yumushdan  bosh  tortgudek   bo`lsak,  yoniga  chaqirib  nasihat  qiladi  .”Har  doim  tong  sahardan  eshik  oldi ,  hovli  yuzasini  supir ,  yerni  yuzi  ochiladi. Uyqudan  qancha  erta  turib  darvozani  ochsang, uyinga  shuncha  baraka  kiradi  .  Ayniqsa, oshxonada   yurganingda  sochingni  yig`ishtirib , ro`mol  o`rab  ol !   ”- derdi.  Buvim  isrofgarchilikni   yomon  ko`rgani  uchunmi, suv  jo`mragidan   suv  oqib  turganini  ko`rsa  darhol  jo`mrakni  yopib ,  bizni  koyirdi . 
      Hech  esimdan   chiqmaydi  ,  ertapishar    o`riklar  endigina  qizara    boshlaganda,  qo`shni   qizlarga  ergashib  ,qishlog`imiz  chekkasida  yashaydigan  Qodir  boboning  bog`iga   o`rikxo`rlikka  tushdik  .  Ukalarimga  maqtanmoqchi  bo`lib   olib  kelgan  o`riklarimni  dasturxon   ustiga   qo`ydim . “Jigarlarini   o`ylaydigan   mehribon  qizim, ”-deb    meni  erkalab  suyishlarini  kutib ,  buvimga  qaragan  edim  ,  jahl  bilan   tikilib  turgan   nigohlariga  to`qnashdim . O`shanda  birovning   bog`idan   so`roqsiz  bir   tishlam   meva    yeyish, o`g`rilik      gunoh  ekanligini   tushuntirib   meni    yetaklagancha,   Qodir   boboning   oldiga  olib  borgandi. Men  uchun  qayta-qayta   uzr    so`rab,    ko`zi    yoshga  to`lgan   buvimning   ahvolini   ko`rib,    katta    xato   qilganimni   anglaganman  va    bir  umrlik   saboq   olganman.
Oqtepa   qishlog`imizning har-bir    xududi    o`ziga    xos    tarovatga   ega. Odamlari    mard, qat`iyatli, mehmondo`st   hamda    shirinsuxon.  Katta-yu   kichikni  sizlab, izzatini    joyiga  qo`yib    gapirishganida   ular   bilan   faxrlanib    ketaman. Ayniqsa, o`zim   tug`ilib  o`sgan  qishlog`imizni  xosiyatli, ko`rkam  makon    degim   keladi. Sababi ,  qishlog`imizning    huroniy otaxon-u   onaxonlari    qishlog`imizga   o`zgacha   fayz   bag`ishlab   turishadi.
                     Keksalarni   hurmat  qilib, ularning  o`g`itiga   quloq    solishsa,   kam   bo`lmaymiz. O`zlari  80  yoshni  qoralayotgan   buvilar-u   ,   hali  hamon     buvimning o`g`itlari   qulog`imda  turadi.  “Birovga   tik   qarama, egilib    odob  bilan    salom   bergin” . Mening   bobom  va  buvim  mahallamizning  faxri  hisoblanadi.
Buvim  bilan   bog`liq   xotiralarni   eslarkanman,   ulardan   ko`p  narsani   o`rg`anib
qolmaganimga   achinaman.  Hamma   yoqni  saramjon  olib   yuradigan     buvim      kiyinishga    ham   alohida   ahamiyat    berardi.
Buvimning    yana  bir   ajoyib     odati   bor   edi .Kitob  o`qishni  yahshi   ko`rardi.  Barcha   nabiralarini    to`plab    bir-biridan   qiziq    rivoyatlarni   o`qib  berardilar.  Shuning  uchunmi   kitobga  bo`lgan  mehrim   bo`lakcha. Hayolimni    kichik   ukamning    gapi  bo`ldi;
— Opajon  buvimni   ko`rgani   qachon  boramiz?
 
— Ertaga, yo`q   bugun   hoziroq   boramiz  .  Mening  buvimni mahallamiz   bolalari    juda   yaxshi   ko`radi. Chunki  buvim bolalarcha  quvnoqlik bilan hayotga  boqadi. Uning  ko’zlaridagi  mung  o’tmish  xotiralarini   yodga soladi. Buvijonlar  duoga  qo’l  ochishganda, mustaqil  yurtimizni  ravnaq  topishiga, o’sib — ulg’ayib  kelayotgan  yosh  avlodlarni  komil  insonlar bo’lib  yetishishlariga, ota – bobolarimiz  bosib  o’tgan  yo’llarini  davom  ettirishda   so’nmas  iz  qoldirishimizni  tilab, shukronalar aytishadi. Yurt  ertasini  o’ylaydigan  nabiralari  kelajagi  uchun  qayg’radigan  piru – badavlat  otaxon  va  onaxonlarimiz, “Keksalarni  e’zozlash  yili” da  e’zoz  topib, yuksak  qadrga  ega  bolishsin .

Mening bobom, buvim-mahalla faxri

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият


Qashqadaryo  viloyati Muborak
 
tumanidagi   13-umumiy o’rta ta’lim
 
                 maktabning IX “A”  sinf 
 
                           o’quvchisi Jumayeva  Mohlaroy
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mening  bobom, buvim-mahalla faxri.
 
Reja
 
 1.Nuroniy  ota-onasi  borlar eng  badavlat  insonlardir.
 
 2.Bobo-buvimiz uyimiz  farishtalari.
 
 3.Bobo-buvimizning    mahalladagi  o’rni.
 
    Har    kimning  ham  o’z  oilasi  bor. Oilada  bobo-buvi, ota-ona,  aka-uka, opa-singil ahil bo’lib  yashaydi. Hovlimizning  fayzu-tarovati, ziynati qalbi  limo-lim bo’lgan  uyimiz  farishtalari bizning bobo- buvimizdir. Donishmand  bobo-yu momolarimizning  sabr-bardoshlari, qanoatlari,  shukronalari,  har  kun  uchun  ollohdan mingdan-ming rozi  bo’lib duoga  qo’l  ochib  yurganlarida uyimiz    bundan-da  fayzli  bo’lganini  sezamiz.  “Qarisi   bor  uyning  parisi  bor  deydilar”. Chindan  ham  keksalar  bor  uy  xonadon  eng  tabarruk   fayzli  gusha, nuroniy  ota-onasi  borlar  eng  badavlat  insonlardir.  Yoshi  ulug’larimiz  oila  atalmish    bog’ning  bog’boni,  mahalla  tarbiya  maskanining    charog’bonidirlar.  So’zlari  hikmat, har  ishi  ibrat nuroniylarimizni  davralarimiz  ko’rki  boshimizdagi  tojidir  deymiz.
 
       Ularning    yashab  o’tgan   hayot  yo’lllarida   biz   uchun    ibratlar, umr  andozalari  bor.Dunyoning  bor  zakovati-yu mehr-muhabbati  qalbiga  jo   bo’lgan  bu  insonlar  xizmatida  bo’lishni  baxt  deb, ularni  e’zozlashni   saodat  deb biladigan  xalqdirmiz.Shuning  uchun  ham yurtboshimiz  2015-yilni  “Keksalartni  e’zozlash” yili   deya  nom  berishlari  g’oyatda  yaxshi  ish  bo’ldi.  Keksalarni  e’zozlash  yilida  nuroniy  bobo-buvilarimizga katta  e’tibor ko’rsatildi.  Jumladan   ularga  bepul  tibbiy yordam  ko’rsatish, dam  olish  maskanlariga  yuborish,  og’ir  yotgan  keksalar  holidan  xabar  olish
kabi  ishlar amalgam  oshirildi .  Ularning  bu  kunlarga  yetkazganliklari tinch  va  farovon   hayotning   qadriga  yetishini  bizga  nasihat  bilan  duoga  qo’l  ochishar  ekan  doim takidlashadi:  Mamlakatimiz  yuksalishida  keksalarning   duolari  qo’l  keladi

Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri
                                      Reja:
1.      Men bobom, buvimning arzanda nabirasiman.
2.      Bobomning o`gitlari, buvimnintg qo`shiqlari.
3.      Hayotda, mahallada keksalarning o`rni.
4.      Men oilam bilan faxrlanaman.
                                                                                         Yoshmisan, keksani sen
                                                                                                                       hurmat ayla,
                                                                                                                       O`zing ham qariysan  
                                `                                                                                             hozirdan o`yla.
(Attor)
 Keksa insonlar haqida gap ketganda, iymonli, yoshi ellikdan oshgan, chehrasidan nur, so`zlaridan duo yog`iluvchi nuroniy insonlar ko`z oldimizga keladi. Ular uyimiz qo`rg`oni, ular quyoshimiz, ularsiz hayot nuqsonli. Bobo, buvisi yo`q bolalarga achinaman. Chunki ular bobo-buvi mehrini ko`rmagan bolalar. Men esa hayotdan baxtiyorman. Hayotimda bobom – buvimning o`rnilari beqiyos, men ularning arzandasi, erkasiman. Bobo-buvilarim bizni juda yaxshi ko`radilar. Men ham ularni juda yaxshi ko`raman. Bobomlar haqida qancha gapirsam ham kam. Keksalar haqida, xalqimizda juda ko`plab she’rlar, dostonlar bor. Shunday ijodkorlardan yana biri Hisravdir. Bu kishi keksalar haqida quyidagicha yozadilar:
     Keksaga ko`mak ber – suyangan tog`ing,
     Buni tushunarsan qarigan chog`ing.
Haqiqatdan ham, qariyalar bizga, bilmagan narsalarimizni o`rgatadilar. Shunday ekan, biz ham ularga yordam berishimiz kerak. Ularning aytganini qilishimiz lozim. Qarilik gashtini, qarilik dardini qarigan paytimiz tushunamiz. Ular bizdan ham avlodlar qolsin – deyishadi. Yetuk, bilimli insonlar yetishib chiqsin deyishadi.
Bobo-buvilar hayotimiz ko`zgusi, biz uchun bebaho, aziz insonlardir. Men o`zimni ularsiz tasavvur qila olmayman. Men ularda matonat, sabr, oliyjanob fazilatlarni ko`raman. Ular hayotning oq-qorasini, yaxshi-yomonini ko`rgan, deyarli insonning chehrasidan kimligini payqay oladigan insonlardir. Jumladan, mening bobo-buvim ana shunday faxr bilan tilga olinadigan, men uchun dunyodagi eng aziz insonlardir. Bobom tabiatan bosiq, lekin kezi kelganda hazilkash insonlar. Ular Haj safarini o`tagan, butun qo`ni-qo`shni, qarindoshlar hurmat qilib Hojibobo deb murojaat qilishadilar. Bobom menga Haj taassurotlarni qiziqib gapirib beradilar, men esa berilib quloq solaman. Men: “Bobojon nasib etsa, men ham sizning yoshingizga, albatta, Hajga boraman”, — deb aytaman. Bobom bundan hursand bo`ladilar va bolajonim, tinchlikning qadriga yeting, biz rohat – farog`atda yashayapmiz, — deb aytadilar. Bobom Haj safaridan menga ko`plab sovg`alar olib kelganlar. Men ularni hali-hanuz arzitib toqaman. Bunga hammaning havasi keladi. Bobomlarnikiga borsam, buvim pishirgan taomlarni yemasdan ketmayman. Ular menga faqat  “Yaxshilik qil”, — deb o`qtiradilar. O`zlari ham birovga hech ham ziyon yetkazadigan ish qilmaydilar. Buvijonim juda chiroylim, shirinso`z, har bir gaplarida maqollardan, iboralardab qo`llaydigan so`zga boy insonlar. U kishi pazanda, ko`rpa-to`shaklarni qoyillatib qaviydigan chevardirlar. Buvijonim ish qiladigan vaqtlarida qo`shiqlardan hirgoya qiladilar:
 
Qo`limdagi igna, ip,
Zeb beradi, matoga,
Choklarim mayda-mayda,
Ko`rinadi ko`zimga.
Osmonlarda oq qushlar,
Uchib ketar uzoqqa,
Yorimning daragini
Olib ketar yiroqqa.
 Bu she’r bilan o`zlariga ilhom bag`ishlab, ko`rpa-to`shaklarni bir lahzada tamomlab qo`yadilar. Men buvimning oldilariga o`tirsam, hech qachon zerikmayman. Aksincha, men buvimdan ko`p narsani o`rganaman. So`z boyligim yanada oshadi. Bobom ham, buvim ham qarilik pullarining barchasini bizlar ya’ni, nabiralari uchun ishlatadilar. Maktabdan kelsam, shirin-shirin taomlar tayyorlab qo`yadilar. Buvimning qo`llari juda ham shirin. Darslarimda doimo yordam beradilar. Menga latifalar, hikoyalar hirgoyi qilib beradilar. U kishining bir rivoyatlari hayotim davomida asqotadi: “Bir kuni bir podsho qariyalarning barchasini tog`u-toshlar ichida adashtirib keling, shaharda bironta ham qariya qolmasin”, — deb buyruq beribdi. Barcha qariyani tog`u-toshlar ichida olib borib adashtirishibdi, lekin bir askar o`z otasini to`qayzorda yashirib qo`yibdi. Kunlardan bir kuni podsho daryo atrofida sayr qilib yurgan ekan, suv betidan yaltiroq bir narsa ko`ziga tashlanibdi. Podsho askarlarini yig`ib yaltiroq bu narsa nima ekan, darhol daryoga o`zingizni tashlab olib chiqing, deb buyruq beribdi. Askarlar necha marotaba daryoga suzsalar ham bu narsani topa olmabdilar. G`azablangan podsho: “Oxirgi marta buyruq beraman, buni topa olmasalaring tanangdan boshingni judo qilaman”, — deb farmon beribdi. Otasini yashirib qo`ygan askar otasiga borib bo`lgan voqeani aytibdi. Shunda otasi: “Bolam daryo bo`yida ahamiyat bilan qarasang daraxt bordir, shu daraxtning tepasida bir qush in qurgan bo`lishi mumkin. Qush injuni topib olib iniga olib kirgan. Uning aksi daryo betiga tushgan. Sen shu daraxtni topib darhol, gavhar toshni olib, podshohga eltib ber”, — debdi. Askar daryo bo`yida haqiqatan ham daraxtni ko`rib, tepasiga chiqsa, qushning inida gavhar tosh turgan emish. U toshni olib borib, podshohga beribdi. Podshoh hayratlanib: ”Buni qayerdan topding”, — deb so`rabdi. Daryodan, deb askar javob beribdi. Podshoh ishonmay yana so`rabdi. Shunda askar to`g`risini so`zlabdi va keksa otasidan maslahat so`raganini aytib beribdi. Shunda podshoh qariyalarni adashtirib kelganligi haqidagi farmonini inkor qilibdi. Eshitdengizmi, bu rivoyat barchaning qalbida keksalarga bo`lgan mehrni uyg`otadi. Men bobom va buvimdan eshitgan narsalarimni kelib, ustozlarimga aytib beraman. Ustozlarim mendan bularni qayerdan bilasan – deb aytishadi. Men esa bobom va buvimdan – deb aytaman. Ular hayron qolishadi.
Bizning mahalla “Qarluqxona” deb ataladi. Mahallamiz faollari doim yig`inlar, bayramlar o`tkazib turishadi. Qariyalardan xabar olib, ularga sovg`a – salom ulashib turishadi. Qariyalardan har bir bayramlarda ham sovg`alar  olib borishadi. Jumladan, mening bobom –buvim mahalla faollari. Ular ham o`z fikrlari bilan yig`ilishlarda qatnashib turishadi. Ular bilan mahalla ahli faxrlanadi. Nafaqat mahalla, balki, butun yurt ular ya’ni, qariyalar bilan faxrlanishadi. Prezidentimiz tomonidan shu yil keksalarga bag`ishlab, yilni “Keksalarni e’zozlash” yili deb atadilar. Bu bilan Prezidentimizning keksalarga bo`lgan e’tibori, hurmati emasmi? Shunday ekan, “Keksalarni e’zozlash ” yili uchun 230 million aqsh dollar ajratilgan. Bu Prezidentimizning 2015-yil 18-fevraldagi “Keksalarni e’zozlash” Davlat dasturi to`g`risidagi qaroriga muvofiq amalga oshirilgan. Bu dastur 6 bo`lim, 66 ta moddadan iborat. Bu moddalarning birida shunday yozilgan: “Maktab, kollej, litsey o`quvchilarini keksalarga bo`lgan hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash ko`zda tutilmoqda”. Ha, agar biz ko`cha – ko`ydan keksa onaxonlarimiz, keksa otaxonlarimizni ko`rib qolsak, ularga yordam berishimiz, ularning qo`llaridagi narsalarini uylarigacha etib berishimiz kerak.
Bu dunyoda mendan baxtli inson bo`lmasa kerak. Chunki bebaho hisoblanmish bobo va buvim, ota-onam, qarindosh-urug`larim yonimda. Men ular bilan faxrlanaman. Ularsiz menga hayotning mazmuni yo`q. ular mening baxtim, taxtim, boyligimdirlar. Men hali-hanuz buvijonimga tasalli aytaman, chunki, ular tikkan ko`rpa-to`shaklariga men mazza qilib orom olaman. Hatto, qanday uyquga ketganimni ham bilmay qolaman. Ularsiz uy hovullab qoladi. Ular menga doim “Oltin olma, duo ol”, deb aytadilar. Duo olsang hech xor bo`lmaysan, deydilar. Qari insonning duosi oltindan ham ziyod. Ularning duosi bir umrga yetadi. Inson dunyoga ikki marotaba keladi, biri chaqaloqlik davri bo`lsa, ikkinchisi qarilik davri. Qarigan paytda ham huddi chaqaloqdek bo`lib qoladilar. Mehrga zor bo`lib qolishadi. Qariyalarimiz doim el ardog`idalar. Prezidentimiz tomonidan, ularga qarilik puli ajratilgan. Qarilarning har bir gapi, biz uchun zarur. Kuni kecha biz o`quvchilar, bir keksa onaxon va otaxonlarni ko`rib keldik. Ulardan ko`p narsalarni o`rgandik. Ular ham, bizdek yosh bo`lgan damlarini eslab, bizni ko`rib juda xursand bo`lishdi.
Oila men uchun qo`rg`on. Oilamiz mahallada obro`-e’tiborli xonadonlardan biri. Qo`shnilarimiz bilan ahl-inoq munosabatda bo`lamiz. Bobom mahalladagi qarovsiz oilalarga yordam berib turadilar, maslahatlarini ayamaydilar. Men o`qiydigan maktab uyimdan uncha uzoq emas. Maktabim kichkina bo`lsa ham, bag`ri issiq. Maktabimda shart-sharoitlar talaygina. O`z fanini chuqur bilgan ustozlar bizga ta’lim beradilar. Kompyuter bilan jihozlangan sinf xonalardan biz unumli foydalanamiz. O`qiging sari o`qiging keladi. Shahrimiz rivojlanmoqda, gullab yashnamoqda. Namunali uylar, ko`p qavatli binolar, turli kollej-litseylar qurilmoqda. Bu biz uchun emasmi? Shunday ekan, biz yoshlar a’lo o`qishimiz, Vatanga kerakli inson bo`lib yetishishimiz kerak, albatta. Shundagina oilam uchun, bobom-buvim uchun eng arzanda farzand bo`laman. Men maktabim va oilam bilan faxrlanaman.
 
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 3-umumiy o`rta ta’lim maktabi 8-“B”  sinf o`quvchisi Fayoza Baratovaning “Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri”  mavzusida yozgan inshosi