топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ommaviy madaniyat:

Жаҳолатга қарши маърифат ёхуд “Оммавий маданият”га қарши курашишга даъват

 
“Табиийки, “оммавий маданият” деган ниқоб  остида ахлоқий бузуқлик ва зўравонлик, индивидуализм, эгоцентризм ғояларини тарқатиш, керак бўлса, шунинг ҳисобидан бойлик ортириш, бошқа халқларнинг неча минг йиллик анъана ва қадриятлари, турмуш тарзининг маънавий  негизларига  беписандлик, уларни қўпоришга

Aholi va yoshlar o'rtasida diniy aqidaparastlik g'oyalari tarqalishining oldini olishda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining o'rni

 
Avvalo, bugungi kundagi dunyoning turli mintaqalarida o'zaro ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan, chegarani bilmaydigan va hudud tanlamaydigan terrorizm, diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi tahdidlar keskinlashayotgan bir paytda bugungi anjumanning tashkil etilgani, o'ylaymanki, aholi va yoshlar o'rtasida diniy

Ommaviy madaniyatni yoshlar ma`naviy madaniyatida shakllantirish

QarMII
Илм-фан
Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat muhitini asrash, shu bilan birga, yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday xatarlarning oldini olish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan ayrim noxush voqealar, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani shuni taqozo etadi. Xalqimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlarga o‘z-o‘zidan erishilayotgani yo‘q. Mamlakatimizning tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, bu yo‘lda qo‘lga kiritilgan, dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan yutuq va marralarimizga qanday sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yurtdoshlarimiz yaxshi anglaydi. Shu bois tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan turli zararli ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat”ning tahdid va xatarlaridan asrash masalalari – doimiy e’tiborda. Chunki hozirgi murakkab zamonda milliy qadriyatlarimizga yot g‘oyalar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli xurujlar, missionerlik kabi oqimlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishga undamoqda.
Davlatimiz rahbari “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, “ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin”.
Yoshlar bunday g‘arazli kuchlardan doimo ogoh bo‘lishi uchun ularning bilimi, ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lami kengaytirilmoqda. Bu jarayonda ichki ishlar idoralari, o‘quv muassasalari, jamoat va diniy tashkilotlar hamkorligida tegishli tadbirlar tizimli ravishda tashkil etilayotgani o‘z samarasini bermoqda.
Yoshlar — mamlakat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi.
«Axborot asri» deb nom olgan bugungi zamonda insoniyatga eng katta xavfni «ommaviy madaniyat», uning axloqqa zid tushunchalari keltirib chiqarmoqda. Chunki, har qanday axborot katta auditoriyaga hech bir to'siqsiz, chegara bilmay yetib bormoqda. Natijada milliy madaniyat va asriy qadriyatlarga zid bo'lgan, ularni toptaydigan qarashlarni cheklash qiyin bo'lib qoldi. Xavfli tomoni, ma'naviyat kushandalari to'satdan hujum qilmaydi, balki avvalo juda kichik detallar, voqealar orqali yoshlarni o'ziga jalb etadi. Bu — joylarda yoshlarni missionerlik, ekstremizm va odam savdosi kabi kishi kelajagiga rahna soluvchi illatlardan ogoh etish borasidagi targ'ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligini anglatadi. Keyingi paytlarda «Ommaviy madaniyat» haqida, uning soyasida chetdan kirib kelayotgan axloqsizlik, behayolik, zo'ravonlik, bir so'z bilan aytganda, ma'naviy tubanliklar haqida ko'p gapirilmoqda, yozilmoqda. Bu yaxshi, albatta. Kishini o'ylantiradigan masala — xo'sh, bu yo'lga kirishga o'sha yoshlarni nima majbur qilayapti? Axir, hech kim o'z-o'zidan buzg'unchi, axloqsiz yoki jinoyatchi bo'lib qolmaydi-ku?! Bu, eng avvalo, uning oilasidagi ma'naviy muhit, ota-ona e'tibori, ularning o'z farzandlari taqdiriga qanchalik kuyunishi bilan bog'liq.Insonni turli xil ma'naviy tahdid va yot g'oyalar ta'siridan asraydigan asosiy omil — mustaqil fikr va mustahkam iroda, bu esa asosan oilada qaror topadi. Ularning turli yot oqimlar ta'siriga tushishi va oqibatda jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va maktablarda mahalla oqsoqollari, olimlar, tibbiyot va madaniyat xodimlari bilan birga targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti. Soha mataxassislari giyohvandlik, kashandalik va alkogolizm singari insonni ham ruhan, ham jismonan mahv etuvchi illatlarning salbiy oqibatlari haqida ma'ruza qilishmoqda. Qolaversa, uchrashuvlarda ular domiga tushib, hayotini barbod qilgan yoshlar, ularning achchiq qismati haqida videofilmlar namoyish etayaptilar. Tadbirlarda bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish uchun qator taklif va mulohazalar bildirilmoqda. Bu esa o'z samarasini berayapti. Bilib-bilmay oxiri pushaymonli yo'lga kirib qolgan yoshlarning ayanchli taqdiri kishini o’ylantiradi.
Ma`lumki, so'nggi yillarda yoshlarning ma`naviyati va dunyoqarashiga salbiy ta`sir ko'rsatadigan axborot psixologik xurujlar va tahdidlarning soni tobora ortib bormoqda. Davlatimiz rahbari ta`biri bilan aytganda, bunday kuchlar o'z maqsadlariga yetish uchun shunday makkor usul-uslub va zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlatmoqdaki, ularning tazyiqlariga dosh berish, bunday xurujlarning niqobi va sir-asrorini ochib tashlash, asl niyatlarini anglash — bu o'ta og'ir va mushkul vazifa bo'lib, uni ado etish har kimning ham qo'lidan kelmaydi.
Darhaqiqat, bugun dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga globallashuv jarayoni niqobi ostida buzg'unchilik va ahloqsizlikni targ'ib qilayotgan turli axborotlar kirib kelmoqda. Bu jarayonda g'araz niyatli guruhlar xalqlarning ma`naviyati, madaniyati, turmush tarzi, hatto dunyoqarashini o'zgartirish maqsadida aynan yoshlar dunyosini o'z harakatlarining ob`ektiga aylantirayotgani bejiz emas. Negaki, birinchidan, yoshlar har qanday jamiyatda eng faol va ko'pchilikni tashkil etuvchi qatlam sanaladi. Ikkinchidan, ular doimo yangilikka o'ch, yon-atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga katta qiziqish bildiradi. Uchinchidan, ko'pchilik yoshlarda qat`iy fuqarolik pozitsiyasi shakllanib ulgurmagan bo'ladi. To'rtinchidan, ko'p hollarda yoshlar o'zlari qabul qilayotgan axborotlarning asl maqsadi nima ekanligini chuqur anglab yetmaydilar va natijada axborotni qaysi manbadan olishlaridan qat`iy nazar uni birlamchi hamda eng to'g'ri ma`lumot deya qabul qiladilar.
Ayni paytda dunyoda davlatlararo axborotlar orqali bosim o'tkazish holatlari kuzatilmoqda. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalari, xususan, internet tarmog'i asosiy targ'ibot quroliga aylantirilmoqda. Zero, mazkur global tarmoq axborot tarqatishning eng tezkor va eng qulay vositasi sifatida juda katta auditoriyani qamrab olayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz.

Shu kabi jihatlarni inobatga olgan holda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni turli yot g'oyalar, mafkuraviy xurujlardan asrab-avaylash, ma`naviyatini yuksaltirish, ularni yurt taqdiriga daxldorlik tuyg'usi bilan kamol toptirish masalasiga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda. «Sog'lom bola yili» Davlat dasturi ham ana shunday muhim maqsadlarni o'zida yorqin mujassam etgan. Xususan, mazkur hujjatda yigit-qizlarning har tomonlama sog'lom voyaga yetkazishga qaratilgan islohotlarning tashkiliy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga alohida urg'u berilgan.
Shu o'rinda «Bolalarning jismoniy va ma`naviy rivojiga salbiy ta`sir ko'rsatuvchi axborotlardan himoya qilish to'g'risida»gi qonun loyihasi xususida to'xtalib o'tish joiz. Sababi mazkur qonunda bolalarning ruhiyatiga shikast yetkazuvchi axborot ta`siridan himoya qilishning ta`sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, ommaviy axborot vositalarida shaf¬qatsizlik va zo'ravonlikni targ'ib qilinishiga yo'l qo'ymaslik kabi muhim vazifalar aks ettirilishi nazarda tutilgani e`tiborlidir. Bu esa mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta`minlash, yosh avlod ongida ma`naviy bo'shliqlarga qarshi immunitetni shakllantirish borasida izchil islohotlarni yanada jonlantirishga xizmat qiladi.
Albatta, internetning ijobiy tomonlarini inkor etmagan holda undan noo'rin va noto'g'ri foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelayotganidan ham ko'z yumib bo'lmaydi. Shunday ekan, ertangi kunimiz egalari bo'lgan yoshlarni turli axborot xurujlaridan himoyalash masalasi hech qachon o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Bu borada yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalashning yangi mexanizmlarini yaratish, milliy ommaviy axborot vositalari faoliyatini kuchaytirish, eng asosiysi, aholining axborotga bo'lgan ehtiyojlarini tezkor va sifatli qondirish hamda yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni yetarli darajada shakllantirish birlamchi vazifalardir. Zotan, o'zlikka sadoqat, Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini uyg'otuvchi ma`naviy olam zavol topmasin.

Moxigul Abdiraximova Normurodovna, Qar MII

Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

      Dunyoning siyosiy, iqtisodiy, madaniy qiyofasi bo'lgani kabi, mafkuraviy manzarasi ham bor. Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda, odamlarning qalbi va ongini egallash uchun olib borilayotgan kurash qaerda qanday kechayotgani, bu yo'lda qaysi joyda qanday usul va vositalar qo'llanayotgani, qaysi hududning qanday g'oya va mafkuraviy poligon ta'sirida ekanligi tushuniladi.     Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va ongiga ta'sir o'tkazuvchi turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqolroq ko'zga tashlanmoqda. Bunday mafkuraviy poligonlar jangovar qurollar bilan emas, balki, avvalo, inson qalbi va ongiga ta' sir o'tkazuvchi g'oyaviy qurollar  vositasida kurashish jarayoni kuchayib ketish natijasida paydo bo'lmoqda.



Yosh avlod tarbiyasiga “ommaviy madaniyat” ning salbiy ta’siri va unga qarshi kurash

Блог им. devdasdesign

YOSH AVLOD TARBIYASIGA “OMMAVIY MADANIYAT” NING SALBIY TA’SIRI VA UNGA QARSHI KURASH


 


D.M.Mirzaxmedova


    Namangan shahar 66-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o‘qituvchisi


 


            Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadi hisoblanadi. Biz, ta’lim fidoyilari o’z faoliyatimizda farzandlarimizning ma’naviyati yuksak, har tomonlama mukammal insoniy fazilatlar egasi bo’lib kamol topishlarini bosh maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, bu yo’ldagi qilayotgan barcha sa’y-harakatlar Vatan ravnaqi, uning munosib vorislarining yorqin kelajagi uchunligini unutmasligimiz kerak.


          Prezidentimiz I. A. Karimov takidlaganlaridek: “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Chunki, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga qat’iy maqsad qilib olganmiz “[1] .