топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

odam savdosi:

Одам савдоси: жиноятлар манбаи


“Ҳар бир киши ўз ҳуқуқини  аниқ ва равшан билиши, улардан фойдалана олиши, ўз ҳуқуқлари ва эркинликларини ҳимоя қила олиши лозим”
 
ИСЛОМ  КАРИМОВ
 
Одам савдоси ижтимоий, иқтисодий, маданий ва бошқа омиллар билан чамбарчас боғлиқ бўлган ёки бевосита уларнинг таъсири остида юзага келадиган мураккаб ижтимоий

Odam savdosi - hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir

Илм-фан
Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2017-yil 27-aprel kunitalabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Odam savdosi — hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzucida

Odam savdosi - hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2017-yil 27-aprel kunitalabalaro‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Odam savdosi — hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzucida

Одам савдоси бугунги кунда – аср муаммосидир

QarMII
Илм-фан
Бугунги кунга  келиб  асримизнинг жиддий муаммосига айланган одам савдосига қарши кураш халқаро, минтақавий, кўп ва икки томонлама муносабатларни талаб этмоқда. Ҳозирга қадар жиноятчиликнинг ушбу турига қарши курашиш ва унинг олдини олиш мақсадида Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг бир қатор ҳалқаро тавсиявий ва мажбурий характерга эга

“Odam savdosi mudxish jinoyat” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar

Илм-фан
2016 yil 28 aprel kuni institutning tantanalar saroyida viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi hamda Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha viloyat idoralararo komissiyasi hamkorligida “Odam savdosi mudxid jinoyat” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.
Seminarda Andijon qishloq xo’jalik instituti rektori Z.M.Jumaboyev, Andijon viloyat prokraturasi bo’lim boshlig’i M.YUldashev, viloyat Adliya boshqarmasi 3-son notarial idorasi notariusi X.K.Nasretdinova, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tergov boshqarmasi katta tergovchisi, mayor G’.A.Olimov, viloyat IIB Jinoyat qidiruv va Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Odam savdosiga qarshi kurashish bo’limi katta tezkor vakili kapitan

O'zga yurtda shoh bo'lguncha…

ТАСИ
Илм-фан


Bonu Aziziva


Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori,


Toshkent arxitekturaqurilish institutining I bosqich talabasi


 


 


Odam savdosi?! Bu hayratomuz va ayni chog'da insonni qo'rquvga soluvchi g'ayritabiiy jumlalar bugungi kunda ko'p yangramoqda. Ushbu jumlalar o’quvchini hayratga solishi aniq. Negaki, buyum bozori, sabzavot bozori yoki kiyim savdosi kabi jumlalarni eshitgansiz. Ammo, shu kunga qadar bir insonning ikkinchi bir inson tomonidan sotib olinishi yoki sotilishi haqida tasavvur ham qilmagan edik. To'g'ri emasmi? Chunki, insonning huquq va erkinliklari poymol bo'lishi aql bovar qilmas vahshiylikdir. Bunday yovuz kimsalarning qilmishlari yana bir global muammoni vujudga keltirdi. Ommaviy axborot vositalari ham insonlarni “odam savdosi” girdobiga tushib, qullik kishaniga ilinib qolmasliklari uchun bong urmoqda. Xo'sh, bizlarni shunchalik tashvishga solayotgan odam savdosi muammosining o'zi nima?


Odam savdosi bu – bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsni uning haq-huquqlari va erkinliklarini inkor qilgan holda mehnat qilishga yoki boshqa bir hatti-harakatlarga majburlashdir. O'zgacha qilib aytganda, odam savdosi bu – qullikning zamonaviy ko'rinishidir.


Tarixga nazar tashlasak, o'tmishda ham oq tanli odamlar qora tanli kishilarga qul sifatida muomalada bo’lganlar, g’oliblar mag’lublar ustidan hukmronlik qilganlar. Shu o'rinda XIX asrning ikkinch yarmidan boshlab evropaliklarning janubiy Afrikani mustamlaka maydoniga aylantirib, qora tanli insonlarni qul qilib sotishlari, ularga xuddi buyumday muomalada bo'lishlari ham bunga yaqqol misol bo'la oladi.


Qulchilikning zamonaviy ko'rinishi bo'lmish odam savdosi hayotimizda chuqur ildiz otmasligi uchun xalqaro miqyosda davlatlar rahbarlari tegishli choralarni ko'rishmoqda. Inson sha'ni oliy qadriyat hisoblanadigan yurtimizda ham odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning 8.07.2012 yildagi «Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish to'g'risida»gi qarorini keltirish mumkin.


Mazkur qarorda odam savdosidan jabrlanuvchilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish maqsadida mazkur shaxslarga yuridik yordam berish, ularni psixologik, tibbiy, kasbiy sog'lomlashtirish, ishga joylashtirish, vaqtinchalik turar joy bilan ta’minlash kabi vazifalar davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshrilishi qayd etib o’tilgan.


Insonning boylik ilinjida beixtiyor odam savdosi kabi botqoqqa botishi mashhur yozuvchi Jek Londonning «Olmoslarga to'la dalalar» hikoyasini esga soladi: «Afrikada olmoslarga boy joylar topilganini va ishlab chiqilganini bilamiz. Yosh bir fermer o'zining fermasini sotib, orzular sari yo'l olibdi. U butun dunyoni qidirib, boylik izlabdi. Barcha qit'alarni aylanib chiqquncha, yiqqan-terganlarining barchasini sarflab bo'libdi. Oxir-oqibat nihoyatda kasal va ruhan ezilgan holda o'zini daryoga tashlab cho'kib ketibdi. Uning fermasini sotib olgan kishi esa bir kuni suvdan g'alati bir ulkan toshni topib olibdi. Toshni yuvib, uni kamin yoniga qo'yibdi. Uning uyiga olmoslarning farqiga boruvchi mehmon kelguniga qadar, bu tosh o'sha qo'yilgan yerida turaveribdi. Olmoslar mutaxassisi bo'lgan mehmon toshni diqqat bilan ko'zdan kechirgach, uni o'zi ko'rgan va qo'lida ushlagan eng katta hamda eng chiroyli olmos ekanligini aytibdi. Mehmon mezbonning: „Haqiqatdan ham shundaymi? Mening yerimda bunday toshlar juda ko'p!“ – degan gaplaridan hayron qolibdi. Dunyodagi eng katta olmos koni ana shunday kashf qilingan ekan».


E'tibor bergan bo'lsangiz, fermaning avvalgi ho'jayini tengsiz boylikka ega bo'lgan, lekin, qandaydir mavhum narsaning ketidan quvgan. Oqibatda alamzadalikda vafot etgan. Hikoyadan hissa shuki, orzuning, har qanday maqsadning kalitini o'zga yurtlardan emas, balki o'z maskanidan izlangani ma'qul.


Afsuski, ayrim fuqarolar o'z orzularining kalitini olis yurtlardan izlaydilar. Buning oqibatida odam savdosi kabi xavfli, ayni chog'da xatarli bo'lgan tuzoqlarga tushib qolishlari kuzatilmoqda. Bu, albatta, haqiqat. O'z baxtini o'zga yurtlardan izlovchilar o'tmishda ham bo'lgan. Shu o'rinda dono xalqimizninig «O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l» – degan oltinga teng hikmatini aytib o'tish o'rinli bo'ladi.


So’zimizga xulosa qiladigan bo'lsak, «olmoslarga to'la dalalar»ni o'zga yurtlardan, olis makonlardan izlashning hojati yo'q. Zero, «bu kabi dalalar» o'zimizda ham mavjud. Faqat, g’ayrat bilan o’qish, mehnat qilish, doimiy izlanishda bo’lish kerak.


 

“Odam savdosiga qarshi kurash - dolzarb muammo” mavzuidagi davra suhbati

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

        2013 yil 13 aprel kuni institut ma'naviyat va ma'rifat xonasida “Odam savdosiga qarshi kurash — dolzarb muammo” mavzuida yig’ilish bo’lib o’tdi.


 


         Yig’ilishni institutning ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo’yicha prorektori A.Mavrulov olib bordi. U o’z so’zida mo’may daromad ilinjida chet ellarga ish izlab, har xil noqonuniy yo’l bilan chiqib ketayotgan yoshlarimiz va ularning ayanchli qismatlari haqida to’xtaldi. Tinch va xotirjam yurtda topayotgan daromadlariga shukur qilmay, oilasi va yaqinlarining gaplariga quloq solmasdan xorijiy davlatlarda xor va salomatligini yo’qotayotgan farzandlarimizning yarim jon bo’lib qaytayotganlari haqida qator misollarni o’rtaga tashladi. Ayniqsa, xorijiy davlatlarda narkotik moddalar bilan shugullanib, teri-tanosil kasalliklarini orttirib qaytayotgan bu vatandoshlarimizning ko’zlari kech ochilayotgani hammani tashvishga solishi haqida asosli fikrlarni aytdi.


 


         Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi sho’'ba mudiri Sh.Muhiddinova globallashuv davrida ichki va tashqi migratsiya jarayoni ham qator muammolardan xoli emasligi, bu jarayon O’zbekiston qonunchiligida o’z ifodasini topganini, noqonuniy migratsion jarayonlar ayrim hollarda odam savdosi holatlarining paydo bo’lishiga olib kelishini qator faktlarda so’zlab berdi. Migratsion jarayonlar bo’yicha chiqarilayotgan qaror va qonunlarni yoshlarimizga tanishtirib borish muhim vazifa ekani haqida to’xtaldi. Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha Toshkent mintaqaviy byurosi bo’lim boshlig’i o’rinbosari A.Bahramqulov, Ichki ishlar vazirligi xorijga chiqish — kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori S.G’aniyev  O’zbekiston fuqarolarini chet elga chiqarish mavjud qonunchilikda belgilangani, bu legal jarayon ekanligi, lekin ayrim fuqarolarimizning noqonuniy yo’llar bilan chet elga chiqib, insoniy haq-huquqlarini oyoq osti bo’layotgani haqida tashvishlanib gapirishdi. Albatta har bir fuqaro qonuniy yo’l bilan, ya'ni O’zbekiston qonunchiligida belgilangan qoidalarga amal qilishlari shart ekanini ta'kidlashdi. Anjuman qizg’in savol — javob va munozaralarga boy bo’ldi va talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

Illatning ildiziga bolta urmoq=huquqiy madaniyat darajasiga bog'liq

Блог им. Nurjahon
Qul — qul emas, qulligini anglamagan — qul, degan edi faylasuflardan biri. Qullikni anglash esa, albatta, isyon bilan tugaydi. Taassufki, erkini tengligini, shaxsiy daxlsizligini arzimas bahoga sotayotgan va yoki ixtiyorsiz ravishda qullik domiga tushib qolayotganlar yo'q emas. «Quldorlik tuzumi» deb atalgan butun boshli ijtimoiy formatsiyani bosib o'tgan insoniyat uchun bu tushuncha yangilik emas. Qullar, qul bozorlari haqida tarix kitoblarida o'qigan, badiiy fil'mlarda ko'rgan XXI asr avlodi «Odam savdosi» degan yangi iboraga to'qnash keldi. Ibora sifatida yangi ammo ijtimoiy voqelik sifatida juda eski bu illat butun insoniyatda tashvish va xavotir uyg'otmoqda.

Odam savdosi butun dunyo miqyosida, ayniqsa, MDH mamlakatlarida chuqur ildiz otayotir. Matbuot sahifalari va internet saytlariga yoki televizor ekranlariga ko'z tashlasangiz — qaysidir MDH mamlakatida ro'y bergan ushbu mudhish jinoyat bilan bog'liq holatga duch kelasiz.