топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ochiq muloqot:

ToshDSHI talabalari ochiq muloqotda ishtirok etishdi

Илм-фан
26-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar huquqi: amaliyot va tajriba” mavzusida deputatlar va yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Mazkur uchrashuv Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Jinoyatchilik ahvoli, unga qarshi kurash va profilaktika qilish yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017 yil 30 mart kuni Samarqand shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Samarqand viloyati hududida o’tgan 2016 yilda qayd etilgan jinoyatchilik ahvoli, jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika qilish to’g’risida” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.
2
Tadbirni

Ochiq muloqotga marhamat!

Жамият
Yoshlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan ochiq muloqotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand viloyat hokimligi, viloyat prokraturasi va viloyat IIB rahbarlarining ochiq muloqoti tashkil etildi

Блог им. diliman

2015-yil 23-fevral kuni Samarqand viloyat hokimligining “Samarqand shahridagi oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda xalq ta’limi boshqarmalari muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda pedagog xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejasi”ga muvofiq Samarqand davlat chet tillar institutida viloyat xokimi Z.T.Mirzaev, viloyat prokurori B.A.Dehqonov, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik F.B.Quvondiqovlarning professor-o‘qituvchilar hamda pedagog xodimlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, diniy ekstremizmning Iroq Shom islom davlati (IShID)ning islom davlati qurish borasida amalga oshirayotgan vahshiyona harakatlarini fosh etuvchi hujjatli film namoyish etildi.

Yig‘ilishni institut rektori  G‘.Raximov  ochib, O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunning  global muammosiga aylangan diniy ekstremizm, yoshlar o‘rtasida muayyan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini kuchaytirishni talab etayotganligi,  bu borada institut professor-o‘qituvchilari oldida turgan vazifalar  to‘g‘risida gapirib, so‘zni viloyat hokimi Z.T.Mirzaevga berdi.  

  Viloyat hokimi Z.T.Mirzaev so‘zga chiqib, haqiqatan ham bugungi kunning dolzarb muammosi bu yoshlarimizning  bilib-bilmay  chet ellarga turli bahonalar bilan chiqib ketib, turli oqimlarga qo‘shilib qolayotganliklari, buning oqibatida oilalarda nohushliklar yuzaga kelayotgani, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda O‘zbekistonning kelajagi  yoshlarmiz qo‘lida ekanligi ayniqsa, oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalar  olgan bilimlarini o‘zining mahallasida, qishloqdoshlariga ham etkazib, targ‘ibotchi sifatida bizga ko‘makdosh bo‘lishlari zarurligi, shularni inobatga olgan holda institut talabalariga professor-o‘qituvchilar tomonidan yana bir bora ushbu mavzuda suhbatlar o‘tkazishlari lozimligi to‘g‘risida ta’kidlab, oliy ta’lim muassasalaridan Nomdor stipendiya sohiblari, SamDChTIda o‘rganilayotgan tillar kesimidagi yo‘nalishlarning barchasi yoshlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlar ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.     

 Samarqand viloyat  prokurori B.Dehqonov so‘zga chiqib, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari butun insoniyatni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri ekanligi, bu muammo nafaqat,  ma’lum bir davlat chegarasida, balki hududsiz, boshqacha qilib aytganda  transmilliy jinoyat turiga aylangani va noqonuniy daromad keltiruvchi soha hisoblanishini aytib o‘tdi.

 Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik F.B.Quvondiqov ham so‘zga chiqib, ko‘pincha o‘z sha’ni, qadr-qimmatini bilmagan yoki mo‘may pul topish ilinjida bo‘lgan kimsalar  bunday harakatlarning qurboniga aylanib qolayotgani va bunga xuquqiy savodsizlik ham asosiy omillardan biri bo‘lib qolishini ta’kidlab, O‘zbekiston musulmonlari idorasida islomshunos olimi  Aydarbek Tulepovning “IShID fitnasi” nomli kitobida bu kabi  muammolar aniq ochib berilganligini  bildirdi.

Ochiq muloqot yakunida professor-o‘qituvchilardan Sh.Safarov, R.Shodiev, Ma Su LI, D.Amriddinova, R.Ibragimov, A.Raximovlar viloyatda professor-o‘qituvchilar uchun dam olish sihatgohini qurish,  institut atrofida go‘zallik salonlarini tashkil etish, gid-tarjimonlar tayyorlash bo‘yicha alohida yo‘nalish ochish, sport zali va  SamDChTI qoshidagi “Konfutsiy” instituti uchun qo‘shimcha bino ajratish kabi takliflari bilan  viloyat hokimi Z.Mirzaevga murojaat etishdi va qoniqarli javoblarni olishdi.

Yig‘ilish yakunida professor-o‘qituvchilar ushbu ochiq muloqotdan to‘la qoniqish hosil qilishganligini, bunday tadbirlar  tez-tez o‘tkazib turilsa maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlashdi.

P2230011

P2230017