топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

muloqot:

Institut rahbariyati va talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqoti

ToshDSHI
Илм-фан
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati 2018-yil 17-fevral kuni institutda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqotda institut Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov so‘zga chiqib, institut ma’naviy-marifiy hayotida talaba-yoshlarning

Shavkat mirziyoyev: mahalla xalq bilan davlat o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak

Жамият
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Katta Xirmontepa” va “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi. 

Mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarishning chinakam xalqona instituti sifatida jamiyatimizdan mustahkam o‘rin egallagan. Bu xalq bilan muloqot

Shavkat Mirziyoyev: Sogʻliqni saqlash tizimini mutlaqo oʻzgartirish - davr talabi

Жамият
 
Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha toʻxtaldi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda. Videokonferentsiya

“Pensiya ishi” kafedrasi tomonidan 2015-yil 29-noyabr kuni “Pensiya ishi” magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari va asosiy ish beruvchilar o`rtasida bevosita muloqot tashkil etildi.

Toshkent Moliya Instituti
 
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Toshkent shahar Boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari F.To`rayev va Pensiya jamg`armasi Sergeli tumani bo`limi boshlig`i G.Murodova, institut Marketing xizmati bo`limi boshlig`i K.Urazaliyev hamda bitiruvchi-talabalar ishtirok etishdi.
                                   

“Agrar sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash- mamlakat qishloq xo’jaligi va fermerlik harakati rivojini ta’minlashning garovi” mavzusida bo’lib o’tgan amaliy muloqot

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2015 yil 30 yanvar kuni institut tantanalar saroyida “Fermer xo’jaligini boshqarish va yuritish” hamda “Fermer xo’jaligi menejmenti” ta’lim yo’nalishi talabalariga tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi, Andijon viloyat Fermerlari Kengashi bilan hamkorlikda “Agrar sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash – mamlakat qishloq xo’jaligi va fermerlik harakati rivojini ta’minlashning garovi” mavzusida amaliy muloqot o’tkazildi.


Nizomiy nomidagi TDPU da “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risida”gi Nizom ma’no mohiyati bilan tanishtirish bo’yicha muloqot o’tkazildi

Nizomiy nomidagi TDPU
Илм-фан

2014 yil 14 aprel kuni O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti binosida fakultetning bitiruvchi talabalari ishtirokida “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risida”gi Nizom ma’no mohiyati bilan davlat granti asosidagi bitiruvchilarni tanishtirish bo’yicha ochiq muloqot o’tkazildi.



Bu muloqotda Fakultet dekani I.Azimov, marketing bo’limi boshlig’I U. Egamberdiyev, fakultet o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini M.Umurzoqova, mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudirlari va davlat grantlari asosida tamomlayotgan bitiruvchilar ishtirok etdilar. Muloqotni Fakultet dekani I.Azimov ochib berdi va mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi va vazifasi haqida gapirib bu borada Pedagog kadrlar zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat borasida so’z yuritdi. Marketing bo’limi boshlig’I U.Egamberdiyev bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, bu boradagi murojaatlarni qaysi mutasaddi tashkilotlarga taqdim etishlari haqida talabalarga ma’lumot berdi.



Ushbu suhbat chog’ida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va kelajakda yurtimiz ta’lim tizimida samarali mehnat qilish eng asosiy maqsadlari ekanligini ta’kidladilar.

Institut jamoasining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2014 yilning 17 fevral kuni institut rektori Sh.S.Sirojiddinovning professor-o’qituvchilar bilan kengaytirilgan muloqoti bo’lib o’tdi.


Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2124-sonli qarorining ijrosi yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan, yutuqlarini puxta o’zlashtirilgan har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yot g’oyalardan asrash kabi institut jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalarga bag’ishlandi.


  Shuningdek, yig’ilishda o’tkazilayotgan “Axborot soatlari”ga dolzarb mavzular tanlanishi lozimligi, talabalarga ta’lim sohasi va ijtimoiy hayotdagi  yangiliklar, o’zgarishlar, Prezidentimiz hamda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar aniq hayotiy hayotiy misollar yordamida tushuntirilishi, bugungi tahlikali dunyoda ma’naviy tahdidlarga e’tibor bermaslikning oqibatlari nimalarga olib kelishi, bugungi davrda dunyoda sodir bo’layotgan tartibsizliklarning bosh sabablari haqida fikr yuritildi.  


Shundan so’ng ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov so’zga chiqib, institut ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari darajasini yanada ko’tarish bo’yicha  dastur bilan tanishtirdi.


Yig’ilish so’ngida yuqorida ko’rilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib,  taklif va tavsiyalar berildi. 


Tadbirdan lavhalar:


 



 


P2174546


 

Samdchtida rektor bilan talabalar o’rtasida ochiq muloqot o’tkazildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2014 yil 22,23,28 yanvar kunlari SamDChTI rektori prof. Sh.Sirojiddinov 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Muloqotda institut jamoat tashkilotlari, jumladan: institut xotin-qizlar qo’mitasi, ishchi-xodimlar kasaba uyushmasi, ARM, ichki nazorat va monitoring, marketing va boshqa bo’limlar  xodimlari, fakultet dekanlari ishtirok etishdi. Qizg’in muloqot jarayonida institutimiz rektori davlatimiz va institutimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar haqida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.


 


P1234073

O’quvchilarda muloqot matni yaratish ko’nikmalarini shakllantirish

Блог им. behzodbek

O’quvchilar muloqot matni yaratish jarayonida aniq tafakkur qilish, fikrni xulosalash, izlanuvchanlik va diqqatni markazlashtirish, mantiqiy mushohadalash, tahlil hamda umumlashtira olish qobiliyatiga ega bo’lishlari lozim. Muloqot matni yaratish imkoniyatlarini mukammal egallash, kommunikativ savodxonlikka ega bo’lish, faqat faollikning mahsuligina bo’lib qolmasdan, balki ta’lim mazmunining maqsadiga muvofiq tarzda tanlanishi, mazmun bilan metodik tizim orasidagi mutanosib bo’lishiga ham bog’liqdir. Istiqbolda tuziladigan dastur va darsliklarda o’quvchilarning muloqot matni yaratish ko’nikmalarini izchil  shakllantirishga xizmat qiladigan o’quv materiallariga alohida o’rin ajratish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni faollashtirish,   ularda ijodiy izlanish xamda erkin,   mantiqan izchil fikrlash malakalarini shakllantirishning muhim shartlari, nazarimizda:


 


1. O’quvchilarni barcha o’quv predmetlaridan amalga oshiriladigan ta’lim jarayonida muloqot matni yaratish ko’nikmalarini egallashga undash;


2. O’quv dasturlarida muntazam tarzda muloqot matni yaratishga yo’naltirilgan o’quv soatlarini ajratish;


3. Mustaqil    tarzda   mantiqiy   tafakkur   qilishga,   bayon qilingan fikrni anglash hamda, fikr ifodalash salohiyatini, o’qish texnikasini    rivojlantirishga       xizmat       qiladigan   ta’limiy topshiriqlar tizimini ishlab chiqish hisoblanadi.


Ijtimoiy tarmoqlar (Internetda muloqot)

Maslahat.uz
XXI yuqori texnologiyalar asrida yashayapmiz. Kompyuter yaratilganiga ko'p bo'lmay, internet kashf qilindi. Bugungi kunda zamon bilan hamnafas inson o'z hayotini ushbu qulayliklarsiz tasavvur qila olmaydi. Hozirda internet orqali do’stlar bilan ma'lumotlar almashish, ularni yuklab olish, yer sharining narigi burchagidagi inson bilan video yoki chat orqali bemalol muloqotga kirisha olish imkoni mavjud. Ammo bugungi kunda turli xil shu kabi saytlar ko'payib ketgan. Ulardan o'zimizga keraklisini topish juda qiyin. Quyidagi maslahatimizda eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar ro'yxatini berib o'tganmiz.  ...Batafsil

Facebook.com/Maslahat.uz