топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

manaviyat:

Universitet talabalari o`rtasida "Vatan himoyasi - har bir fuqaroning sharafli burchi" va "Men nechun sevaman, O`zbekistonni" mavzularida insholar tanlovi o`tkaziladi

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi
«Harbiy xizmatchilarning savodxonligini oshirish va ma`naviy tadbirlarni tashkil etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning (2018 yil 11 dekabrda tasdihlangan) 9-bandi hamda „O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi“ning 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida rektoratning 2019 yil 31 yanvardagi 904-U sonli buyrug`i ishlab chiqildi.

Tajriba almashildi

2019-yil 4-8-fevral kunlari Chelyabinsk Madaniyat instituti professorlari Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri, kandidat nauk dotsent Anna Pavlovna, Xor dirijyorlik kafedrasi mudiri, professor Leonid Ivanovich, Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori Gulsina Yakupovnalar xalqaro hamkorlik shartnomasi bo‘yicha Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdilar. Bu yerda talabalar bilan mahorat darslari, professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish darslarini olib bordilar.

9-fevral —Mir Alisher Navoiy tug‘ilgan kun “Hazrat Navoiyga ehtirom”

Ana shu  nom bilan tashkil etilgan tadbir Buxoro Davlat Universitetining “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakul’teti” da bo‘lib o‘tdi. Uni “Boshlang‘ich ta’lim kafedra”si olimlari tashkil etdilar. Badiiy kechada universitetning barcha fakultetidan o‘qituvchi, talabalar ishtirok etib, o‘z munosabatlarini bildirib, she’r aytish davrasining fayzini oshirdilar.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavalludiga bag`ishlangan tadbir

   Mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ardoqli farzandi, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov jonajon Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan mamlakatimizni qayta tikladi. Islom Karimov serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib, tarixda o‘chmas iz qoldirdi.

Hashar

Orolbo’ydagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa’y-harakatlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha joylardagi jamoatchilik vakillarining takliflarini hisobga olgan holda hamda mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi qabul qilindi.

G‘alabaga qo‘shilgan hissa

Yaqinda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shahrida “kichik olimpiada” nomini olgan 18-Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 30 ta sport turi bo‘yicha 234 nafar sportchi himoya qildi. Musobaqa yakuniga ko‘ra sportchilarimiz jami 70 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Shundan 21 ta oltin, 24 ta kumush, 25 ta bronza. Mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari medallar sifati bo‘yicha 45 ta davlat ichida umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladilar. Eng quvonarlisi, Osiyo o‘yinlarida birinchi bor joriy etilgan o‘zbek milliy kurashi bo‘ldi. Ushbu sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan 7 vazn toifasida jami 28 nafar kurashchi sovrindor bo‘ldi. O‘zbekiston ushbu

“Talabalar teatr studiyalari” festivalining respublika bosqichi o`tkazildi

Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 8 fevraldagi 4-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash hamda talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni teatr san‘atiga muhabbat ruhida tarbiyalash, jamiyatda uchraydigan ijtimoiy muammolar va salbiy holatlarni sahna ko‘rinishlari orqali keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida joriy yilning 17-21 oktabr kunlarii Toshkent shahrida oliy ta`lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining respublika bosqichi o`tkazildi.

BuxDUda Xalqaro kongress

Davlatimiz Rahbarining tashabbuslari bilan O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi mamlakatimiz mintaqalarining, shu jumladan Buxoro viloyatining salohiyatini ham Turkiyada targ‘ib etishga, bu borada o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatish hamda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida joriy yilning 17-21 oktyabr kunlari Buxoro shahrida III Ijtimoiy fanlar bo‘yicha Xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi.

Nobel mukofoti sohibi Buxoroda

2015- yilda turkiy xalq olimlari ichida Aziz Sanjar birinchi bo‘lib Nobel mukofotiga munosib ko‘rilgan edi. Kuni kecha turkiyalik ushbu taniqli bioximik olim yurtimizga tashrifi doirasida Buxoroda ham bo‘ldi. U dastlab qadimiy va navqiron go‘shamizdagi madaniy va tarixiy yodgorliklarni borib ko‘rdi. Shundan so‘ng Buxoro davlat universitetida jahon miqyosidagi mazkur yirik mutaxassis bilan uchrashuv o‘tkazildi. Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston milliy universiteti hamda BuxDU hamkorligida uyushtirilgan bu tadbirda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etishdi.