топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

mafkura:

Yoshlarda mafkuraviy immuniteti mustahkamlashda mahallaning o‘rni

 
O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov aytganlaridek “Har qaysi davlat har qaysi millat avvalo o‘z farzandlari qiyofasida, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etilgan uning azaliy orzu-intilishini ro‘yobga chiqaradigan buyuk kuchni

Mafkuraviy himoya

Mafkuraviy himoya
...Internetning ta'sir kuchi ko'p hollarda ma'lumotlarning tezkorligi, ko'tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali yechimlari taklif etilishiga bog'liq. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Zamonaviy axborot maydonidagi harakat shunchalar tig'iz, shunchalar tezkorki, endi ilgarigidek: “Ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q”, deb beparvo o'tirib bo'lmaydi. Mana shu shart-sharoitlarning barchasi ham ma'naviyat, milliy mafkuraning ahamiyatini yanada kuchaytiradi… Bugungi kunda g'oyani, fikrni taqiq bilan, ma'muriy choralar bilan yengib bo'lmaydi. G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish

Mafkuraga yondoshuvning o‘ziga xos jihatlari

Блог им. devdasdesign

 


Mamatov O.V.-NamDU


 


Hozirgi davr mafkuraviy jaryonlarning inson ongi va qalbi uchun shiddat bilan kurash ketayotganligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston ham bu jarayonlardan holi emas. «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur … qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin»[1].


 Shuning uchun ham mafkuraga yondoshuvda quyidagilarga jiddiy e'tibor qaratish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.


1.O‘zbekiston turli xil mafkuralar to‘qnashgan hudud. Shuning uchun bu mafkuralarga nisbatan juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Zero, mafkuradagi ijobiy xususiyatlar bilan bir qatorda, salbiy xususiyatlar ham mavjud. Ayniqsa, mafkuradagi sohtalik, kishilar ongini aldash, ayrim yaramas guruhlarning faoliyatini oqlash kabi xususiyatlarga diqqat-e'tiborni qaratmoq lozim. Avvalambor, bu mafkura qanday maqsadlarni ko‘zlagan, kimlarning manfaatlari himoya qilinmoqda, bu mafkuralar O‘zbekistondagi ijtimoiy munosabatlarga aholining tinch hayotiga qanday ta'sir o‘tkazishi chuqur tahlil qilinmog‘i lozim. Aholi o‘rtasida  soxta g‘oyalarning haqiqiy mohiyatini ochib tashlaydigan faoliyatni tashkil etish O‘zbekistonning hozir mavjud bo‘lgan tinch hayotini, totuvligini saqlab qolishda, bunyodkorlik faoliyatidan og‘ishmay ilgarilab borishda muhim ahamiyatga ega.


2. Sohtalik yolg‘onlik har qanday mafkuraga xos bo‘lavermaydi. Shu xususiyatlar bilan birgalikda mafkura ilmiy nazariy-xususiyatga ham ega. Lekin ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan mafkuralarning hammasini ham jamiyat uchun foydali deb bo‘lmaydi. Mafkura qachonki jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilsa, jamiyatning barcha toifalarining, butun millatning manfaatini ko‘zlasa, jamiyatning tengligini ta'minlay olsa yashovchan mafkura bo‘la oladi. «Bizning jamiyatimiz etnik guruhlar va millatlar o‘rtasidagi shu hududda yashaydigan har qanday odamga o‘zini erkin va teng huquqli, deb his qilish imkonini beradigan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilishiga intilmoqda»[2]


Albatta bunday mafkuralar soxtalikdan, noilmiylikdan holi bo‘ladi. Bunday mafkuralarda ilmiylik va haqiqat tushunchalari birga bo‘ladi. Odamlarning xissiyotini qo‘zg‘atadigan soxta shiorlardan ilmiy haqiqatni ifodalaydigan fikrlarni farqlash lozim. Shuningdek, mafkuralarni hamma davr uchun bir xilda qabul qilish ham yaramaydi. Mafkuraga ham tarixiy nuqtai nazardan yondoshish kerak. Bugungi kun uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mafkura ertangi kun uchun mos kelmasligi mumkin. Buning sababi shundaki, har bir mafkura  davr talabidan kelib chiqib, shu davrning vazifalarini intilishlarini belgilab beradi. Davr o‘tishi bilan bunday mafkura o‘z vazifasini bajarib bo‘ladi yoki yolg‘on soxta mafkura bo‘lsa inqirozga yuz tutadi va o‘rnini boshqa mafkura egallaydi.


Shuning uchun ham har qanday mafkura abadiylikka dosh qila olmaydi, har qanday haqiqat kabi nisbiylik xarakteriga ega bo‘ladi.


3. Mafkura voqyelikdan yuzaga kelib, zaruriyat hisoblanadi. Ya'ni ijtimoiy muhit, jamiyatdagi munosabatlar u yoki bu mafkurani tarix sahnasiga olib chiqadi. Jamiyat bir tarixiy taraqqiyot bosqichidan boshqasiga  qadam qo‘yayotganda mafkuraviy kurash keskinlashadi. Ijtimoiy ziddiyatlar qanchalik darajada keskinlashsa, jamiyatda turli xil mafkuralarning to‘qnashuvi ham keskinlashadi. Shuningdek, inqirozga yuz tutayotgan mafkura ham yashab qolishga intiladi. Bu mafkura boshqacharoq shaklda namoyon bo‘lsada, o‘z mohiyatini o‘zgartirmaydi. Mafkuraning mohiyatini uning tashqi ko‘rinishidan, ya'ni jozibador shiorlar, yolg‘on va'dalar, balandparvoz fikrlardan emas, balki uning maqsadi, vazifalaridan izlamoq kerak. Mafkuraning mohiyati kimlarning manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilganligini bilish orqali ham ochib beriladi.


Jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi sekin-astalik bilan hal etilib yangicha munosabatlar o‘z iziga tushib borgan sari bir-biri bilan to‘qnash kelgan mafkuralar ichidan hayotiysi jamiyatni ilgari boshlay oladigan mafkura aholi ongiga singib boradi.


4. Mafkuraviy  munosabatlarni ijtimoiy munosabatlar vujudga keltiradi, o‘z navbatida, mafkura ijtimoiy munosabatlarning yo‘nalishini belgilab beradi. Ya'ni jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Shu ma'noda, jamiyatning yuzini bilmoqchi bo‘lsangiz, albatta uning mafkurasini tahlil qilib ko‘ring. Chunki mafkura jamiyat taraqqiyotining eng muhim dasturi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyatning sog‘lomligi ana shu jamiyatda hukmron bo‘lgan mafkuralarning sog‘lomligiga bog‘liq.


5. Jamiyat  tarixiga jamiyatda yashab o‘tgan mafkuralar tarixiga e'tibor bersak, ijtimoiy guruhlar, xalqlar, millatlar, davlatlar o‘rtasidagi kurashga doimo mafkuraviy kurash yo‘ldosh bo‘lib kelgan. Lekin shuni ham ta'kidlab o‘tish muhimki jamiyatdagi osoyishtalik, tinch-totuvlik, xalqlar o‘rtasidagi farovonlik ham mafkura bilan hamisha yo‘ldoshdir.


6. Tarix shunday saboq beradiki, haqiqat buqiladi, lekin sinmaganidek, soxta yolg‘on mafkuralar ma'lum bir muddat yashasada, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, vazifalarini ado etmay haloqatga yuz tutadi. Bunday mafkuralar xalqning ruhiyatiga mos kelmaydi. Faqatgina uning jozibadaor maftun etuvchi tashki qiyofasi, ya'ni shakli aholining ma'lum bir guruhini oz muddatga ortidan ergashtirib borishi mumkin, xolos.


Mafkura yashovchan bo‘lishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga erishishi uchun ilmiy jihatdan asoslangan butun xalqning, jamiyatning manfaatlarini ifodalagan uning taraqqiyotini ta'minlaydigan bo‘lishi kerak.


7. Hyech qaysi bir mafkura to‘liq shakllangan, tugallangan degan nomga da'vogarlik qila olmaydi. Mafkuraning nazariy asoslari ishlab chiqiladi, xolos. Ana shu nazariy asosdan kelib chiqqan holda aholi ongiga san'at ahloq, din, siyosat, huquq orqali singdirib  boriladi. Shuni e'tiborga olish kerakki, mafkuraning nazariy asosi mafkura va uni targ‘ib qiluvchilar uchun muhim. Xalqqa uni soddaroq shaklda, masalan, badiiy adabiyot, san'at, axloq orqali singdirish yengilroq kechadi va xalq ongiga chuqurroq singadi.


8. Bugun O‘zbekistonda mafkuraviy munosabatlarga juda katta e'tibor berilayotgani muhim ahamiyatga ega. Bundan keyin ham bu e'tibor susaymasligi kerak. Aholining ayrim toifalarining xissiyotlarini, masalan, diniy xis-tuyg‘ularini salbiy tomonga yo‘naltirib, ularni har xil buzg‘unchi  siyosiy oqimlarga ergashib ketishining oldini olish zarur.


9. Davlat va jamiyat mafkurasi tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. O‘zbekistonda biror mafkuraning, hattoki milliy istiqlol mafkurasining ham davlat  mafkurasi darajasiga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.


10. O‘zbekiston aholisining juda katta qismi musulmon bo‘lganligi uchun diniy fundamentalizm, ekstremizm va shunga o‘xshash diniy  oqimlarga e'tiborni kuchaytirish, diniy tashkilotlar oldiga e'tiqodni siyosat bilan aralashtirib yubormaslik, dinga e'tiqod qiluvchilarni to‘g‘ri yo‘lga solish vazifasi yuklatilishi muhim ahamiyatga ega.


11.  O‘zbekistonda milliy  mafkuraning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Bu nazariy asos bugundayoq o‘z mahsulini bermoqda. Shuningdek, uni xalqqa yetkazish uchun jamiyatning ilg‘or fikrli kishilari shoirlar, yozuvchilar, siyosatshunoslar, faylasuflar mahkam bel bog‘lab ishga kirishdilar. Umuman olganda tarix, falsafa, siyosat, adabiyot va boshqalar bu mafkurani xalqqa to‘g‘ri yetkaza bilmoqlari lozim.


Mafkuraning  nazariy asoslari O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Mafkurani xalqqa yetkazishda uning asarlari metodologik vazifani bajarmog‘i lozim. Shu o‘rinda   noto‘g‘ri fikrga o‘rin qoldirmaslik kerak.


«Mafkurani Prezident ishlab chiqqan ekan, demak u davlat mafkurasi ekanda, bu Konstitutsiyaga xilof-ku» deyish noo‘rin. I.Karimov O‘zbekistonning milliy mafkuraning nazariy asoslarini Prezident sifatida, davlat mafkurasi sifatida ishlab chiqqan emas.  Milliy mafkura o‘zbek xalqining  jonkuyar vakili, haqiqiy vatanparvar,  insonparvar, tinchliksevar vakili tomonidan ishlab chiqilgan. Bu mafkura insonlar ongiga davlat tomonidan zo‘rlik bilan singdirilayotgani yo‘q. Balki, xalqning dilidagi gaplar bo‘lgani uchun ongimizga singib bormoqda.


12.Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash milliy  mafkuraning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.


Bunda yoshlarda o‘tmish tariximizga buyuk bobokalonlarimizga hurmat xissini uyg‘otish, ular bilan faxrlanish, ularning jahon tarixida tutgan o‘rinlarini yoshlar ongiga singdirish Vatanimizning kelajagini belgilab beradigan muhim omil hisoblanadi.


Shuningdek, milliy urf-odatlarimiz, an'analarimizga vorislik asosida yondoshish jamiyatimiz jipsligini ta'minlashda muhim vositadir.


13. Shu davrgacha mafkura faqat sinfiy xarakterga ega deb e'tirof etib kelingan. Lekin Temur davlati mafkurasi, garchi Buyuk Temur uni mafkura deb atamagan bo‘lsa-da, aholining barcha tabaqalari manfaatini ifodalagan ekan, I.Karimov tomonidan mafkura nazariyasiga kiritilgan, «jamiyat mafkurasi», «xalq mafkurasi», «milliy mafkura», «mafkuraviy immunitet» kabi tushunchalarning mohiyati aholiga tushuntirib berilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. I.Karimov «jamiyat mafkurasi»ni shunday ifodalay: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq, ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman»[3].


Mukammal shakllangan, o‘tmishimizga, urf-odatlarimizga, an'analarimiz, ruhiyatimizga hamda umuminsoniy xususiyatlarga ega bo‘lgan mafkurasiz jamiyatimizning olg‘a qarab, buyuk kelajak sari intilishini tasavvur qilish qiyin.


 


 


/>

[1] Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.// Tafakkur. 2/ 1998-B. III.



[2] Karimov I.A.  O’zbekiston XXI asr bыsag’asida: xavfsizlikka taщdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: 1997.-B. 83.


 


 



[3] Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalйni-xal, millatni-millat qilishga xizmat etsin. Tafakkur, 2/ 1998.-B.III.


 



MAFKURADA VORISLIK MUNOSABATLARI

Блог им. devdasdesign

MAFKURADA VORISLIK MUNOSABATLARI


O.Mamatov-NamDU


Milliy g`oya,ma`naviyat


 huquq asoslari kafedrasi


dotsenti


 


Mafkura ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismidir. Ijtimoiy munosabatlar moddiy va mafkuraviy munosabatlardan tashkil topadi. Moddiy munosabatlar inson ongiga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`lsa, mafkuraviy munosabatlar inson ongida shakllanadi.


Mafkura jamiyat hayotining ajralmas qismi bo`lib, hech bir jamiyat mafkurasiz bo`lishi mumkin emas. Aynan mafkura jamiyatning u yoki bu yo`nalishda rivojlanishini belgilab beruvchi g`oyalar tizimidir.


Mafkura jamiyatda tutgan o`rniga qarab turli xil mavqega ega bo`lishi mumkin. Mafkura turli sinf, guruh yoki toifalar yoki ayrim kishilar tomonidan ishlab chiqariladi. Shuning uchun shu mafkurani ishlab chiqqan guruhlarning ijtimoiy, siyosiy ahvoliga qarab, u davlat mafkurasi bo`lishi mumkin. Chunki hokimyatni alohida guruh yoki sinf egallab olgan bo`lsa, u o`z g`oyalarini davlat mafkurasi darajasiga ko`taradi. Masalan, bir qancha musulmon davlatlarida diniy mafkura davlat mafkurasi hisoblanadi yoki o`rta asrga nazar tashlaydigan bo`lsak, diniy mafkura siyosiy, huquqiy, axloqiy mafkuraga aktiv ta`sir o`tkazganini ko`ramiz. Chunki bu davrda davlat ishlarida din salmoqli o`rinni egallardi.


«O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.


Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas» (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.  T.:  O`zbekiston.  1992-B. 11.).


Lekin ayrimlarning fikriga ko`ra,  mafkura davlat mafkurasi bo`lmog`i zarur. Davlat mafkurasi fikrimizcha, bu — ancha xavfli fikr. Birinchidan, hokimiyatni doim ham adolatli insonlar boshqaravermaydi. Ikkinchidan, davlat hokimiyatida bir emas, bir necha partiya va xalq vakillari mavjud  va ularning har biri,  ayniqsa, partiyalar muayyan mafkura tarafdorlari bo`lishlari mumkin. Uchinchidan,  xudo ko`rsatmasin, sirtdan vatanparvar, xalqparvar bo`lib ko`ringan, lekin diniy ekstremizm yoki millatchilik kayfiyatidagi kishi yoki partiya hokimyat tepasiga kelib qolsa, u o`z mafkurasini davlat mafkurasi darajasiga ko`tarishi mumkin.  To`rtinchidan, O`zbekistonda jamiyat qonun ustivorligi tamoyili asosida boshqariladi. Ya`ni, e`tiqodi, dini, irqi va  boshqa tafovutlaridan qat`iy nazar, hamma qonun oldida tengdir. Beshinchidan, O`zbekiston Konstitutsiyasi uni davlat mafkurasi darajasiga ko`tarilishiga yo`l qo`ymaydi. Davlatimiz huquqiy fuqarolik jamiyati sari ilgarilab borishi fikrlar xilma-xilligiga asoslangan. 


Mafkura iqtisodiy munosabatlar bilan uzviy bog`liq bo`lib, u ma`lum ijtimoiy guruh, sinf yoki jamiyat manfaatlarini ifodalovchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, diniy va boshqa qarashlar sistemasidan iborat. U ustqurmadagi eng muhim elementlardan biri hisoblanadi.


Inson universal siyosiy mavjudot bo`lib, u turli xil vaziyatlarga moslashib borish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham inson rivojlanishining eng muhim omillaridan biri o`z e`tiqodi asosida yashash va ko`pchilikning foydasiga faoliyat ko`rsatishdan iboratdir. Inson e`tiqodi soxta, mavhum qarashlar, ko`r-ko`rona harakatlar yig`indisi emas, balki, jamiyat taraqqiyotidagi aniq maqsad va vazifalarni ko`zlovchi g`oyaviy voqe`likdir.


Demak, har qanday millat, xalq o`z g`oyaviy asoslarini – mafkurasini  yaratmay kelajagini oldindan tasavvur qila olmaydi. Mafkuraning ahamiyati va mohiyati shundan iboratki, u jamiyat a`zolarining u yoki bu tarixiy bosqichdagi ijtimoiy tuzumni mustaxkamlash yoki uni boshqa bir ijtimoiy tuzum bilan almashtirishdagi tub maqsad va vazifalarini belgilaydi, ularga olib boradigan yo`llar va tayanch nuqtalarini aniqlaydi, kishilar irodasini ana shu maqsadlar to`g`riligiga ishontirish, ixlos qo`ydirish orqali kurashga ruhlantiradi. Mafkura ustqurmaning boshqa elementi bo`lgan ijtimoiy psixologiya bilan umumiy asosga ega, u ham bo`lsa, ijtimoiy borliqdir. Ijtimoiy psixologiya turli xil ijtimoiy g`oyalar va nazariyalarning rivojlanishiga sezilarli ta`sir etadi.


Mafkura muayyan darajada o`zida ijtimoiy tuyg`u va kayfiyatlarni ifodalaydi. Ammo ijtimoiy psixologiya mafkuraning yagona manbai emas. /oyalar va nazariyalarda eng avvalam bor real ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy guruh yoki millatlarning faoliyati aks etadi.


Ijtimoiy psixologiya va mafkura  o`rtasidagi tafovut shundan iboratki, ijtimoiy psixologiyada tuyg`ular, hissiyotlar hali nazariy jihatdan shakllanmagan, asoslanmagan bo`ladi. Mafkurada g`oyalar va qarashlar sistemalashtiriladi. Nazariy jihatdan asoslanadi. Mafkurada ijtimoiy borliq u yoki bu ijtimoiy guruh tomonidan turib ayrim kishilar, olimlar, siyosatchilar tomonidan nazariy jihatdan asoslanadi. Jamiyatda turli xil ijtimoiy guruhlar mavjud bo`lgani tufayli mafkuralar ham turlichadir.


Har bir jamiyatda ishlab chiqarish munosabatlarining muayyan turlari mavjud bo`lib, ular orasida ayrimlari mamlakat iqtisodida etakchi o`rini egallaydi. Jamiyatda etakchi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi mafkura shu jamiyatning hukmron mafkurasi bo`lib qoladi.    


Ijtimoy ongning rivojlangan  darajasi sifatida mafkura ijtimoiy munosabatlar va ziddiyatlarni chuqurroq va aniqroq aks ettiradi. Mafkura o`zida u  yoki bu ijtimoiy guruhning u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tuzimni saqlab qolish, mustahkamlash yoki ag`darib tashlash bilan bog`liq bo`lgan tub siyosiy, iqtisodiy maqsad  va vazifalarini ifodalaydi. Mafkura ijtimoiy munosabatlarning tub masalalarini ifodalar ekan, demak, u ijtimoiy taraqqiyotga hal qiluvchi ta`sir ko`rsata oladi. Mafkura nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga, balki, jamiyatning ma`naviy hayotiga ham katta ta`sir ko`rsatadi. Har qanday mafkura ijtimoiy jihatdan shartlangan bo`lib, har bir ijtimoiy guruh yoki sinf o`z manfaatlarini, ehtiyojlarini nazariy jihatdan asoslashga intiladi. Shuning uchun  jamiyatdagi har qanday mafkurani ham taraqqiyparvar, deb aytib bo`lmaydi. Shunday mafkuralar mavjudki, ular jamiyat   taraqqiyotiga to`sqinlik qiladi. Bu to`g`rida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMT bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ham to`xtalib o`tgan edi; «Tojikistondagi qonli mojaro tomonlardan birining g`ayriqonuniy ravishda, qurol kuchi va qo`rqitish yo`li bilan hokimyatni bosib olishda hamda uni tashqaridan to`xtovsiz moddiy va mafkuraviy jihatdan aralashish yo`li bilan qo`llab-quvvatlashga urinishlar natijasida yuzaga keldi» ([1] O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 48- sessiyasidagi ma`ruzasi. 1993. –B.18.). Har bir davr mafkurasi g`oyalar, qarashlar, nazariy printsiplar sistemasi sifatida xususiy shakllarda namoyon bo`ladi. Mafkuraning asosiy shakllari quyidagilar: siyosiy mafkura, huquqiy qarashlar, axloq, san`at, falsafa, din va boshqalar. Turli xil mafkura shakllari insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida, ma`lum ijtimoiy, iqtisodiy ehtiyojlar jarayonida vujudga kelgan. Ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki quyi bosqichida, ya`ni ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy ongning rivojlangan shakllari mavjud emas edi. U davr kishilarining ongi moddiy ishlab chiqarishning eng qoloq shakliga mos kelar edi. Lekin o`sha davrdayoq mafkuraning san`at, axloq, shaklidagi kurtaklari mavjud edi, deb aytsa bo`ladi. Lekin shuni e`tiborga olish lozimki, ular hali kurtak edi, xolos. Mafkura darajasiga ko`tarilgan emas edi.


Bu yerda shuni ta`kidlash o`rinliki, mafkurada tub iqtisodiy, siyosiy manfaatlar nazariy jihatdan asoslangan bo`ladi. Shuning uchun din haqida gapirganda sof din va uning mafkuraviy shakllarini farqlash maqsadga muvofiq. Ba`zi bir adabiyotlarda shu narsaga etarli darajada e`tibor berilmaydi.


Shu o`rinda ijtimoiy ongning kundalik va nazariy darajasiga yana bir marta e`tiborni qaratish lozim. Ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy ong hali nazariy darajaga ko`tarilmagan ediki, bu davrda jamiyat sof axloqiy tamoyillar asosida boshqarilar edi. Bu davrda hali siyosiy, huquqiy boshqarish haqida gap bo`lishi mumkin emas edi. Bu davrda hali siyosiy hokimyat, huquqiy tashkilotlarga ehtiyoj tug`ilmagan edi. Urug` oqsoqoli yoki qabila boshlig`ining aytgani aytgan, degani degan edi.


Ishlab chiqarishning taraqqiyoti hamda ijtimoiy ongning rivojlanishi natijasida dinning boshqaruvchilik vazifasi mafkuraviy darajaga ko`tarildi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy ongning boshqa shakllari siyosiy va huquqiy shakllari ham vujudga keldiki, ular bir-biri bilan mustahkam aloqaga kirishib ketdi, ya`ni dinning boshqaruvchilik vazifasi siyosiy va huquqiy shakllarda namoyon bo`ldi: «Rim imperiyasi shakllangan dastlabki davrda xristianlik dini asta-sekin uning mafkurasiga aylandi» (Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: 2000.-B.12.). Yoki bo`lmasa, islom dini shakllangan davrda Arab mamlakatlarini qudratli imperiyaga aylantirdi. Islom dini Temuriylar davlatida ham katta mafkuraviy kuch hisoblangan. Bu haqda Temur tuzuklarida shunday yoziladi: «…saltanatim qonun qoidalarini islom dini va kishlarning eng xayrlisi  (Hazrati Muhammad)ning shariatiga bog`lab, izzatu hurmatlash vojib bo`lgan on hazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirgan holda ularni mustahkamladim» (Temur tuzuklari. Toshkent. 1991. –B.63.).


Jamiyatda moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi, demakki, turli xil ijtimoiy guruh va tabaqalarning vujudga kelishi natijasida huquqiy va siyosiy mafkura vujudga keldi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning ma`naviy hayoti ham rivojlanib boradi. Muayyan tarixiy davrlarda jamiyatda tabaqalar yoki guruhlarning qanday rol o`ynashiga qarab mafkuraning u yoki bu turi hukmron mavqe`ga ega bo`ladi. Masalan, feodal ishlab chiqarish munosabatlari hukmron bo`lgan davrda din hukmron mafkura sifatida jamiyat hayotiga katta ta`sir o`tkazdi. Shu bilan birgalikda, diniy mafkura axloq va san`atda ham o`z ifodasini topdi. erkin bozor munosabatlari sharoitida esa, siyosiy va huquqiy mafkura etakchi o`rinda turadi.


Mafkura shakllari bazisga nisbatan turlicha munosabatda bo`ladi. Masalan, siyosiy va huquqiy mafkura boshqa mafkura shakllariga nisbatan iqtisodiy bazisga yaqinroq turadi.


Chunki, ular ishlab chiqarish munosabatlarini bevosita aks ettiradi va uning natijasida vujudga keladi. Bu iqtisodiy munosabatlar qonunlarda mustahkamlangan bo`ladi.

“Оммавий маданият” ва унинг ёшлар онгига таъсири

Наманган давлат университети

Бугунжаҳоннинг жуда кўп эксперт ва сиёсатдонлари дунё миқёсида углеводород ва ичимлик суви заҳираси тугаб бораётгани, ҳавонинг бузилаётгани ҳақида бонг урмоқдалар. Лекин, афсуски, улар башариятнинг энг буюк бойлиги-маънавий руҳий ресурсларига улкан хавф туғилаётган, бу тенгсиз неъмат кундан кунга ҳимояга муҳтож бўлиб бораётгани ҳақида сўз юритмайдилар.


Умумдавлат ва минтақавий манфаатлар мутаносиблигини таъминлашда ҳудудларнинг ўзига хос хусусиятлари

Наманган давлат университети

Умумдавлат ва минтақавий манфаатлар мутаносиблигини таъминлашда ҳудудларнинг ўзига хос хусусиятлари

 

Ўзбекистон Республикаси мустақилликка эришгач, ҳуқуқий демократик давлат қуришни ўзининг асосий мақсади сифатида белгилади. Босқичма-босқич амалга оширилаётган серқирра ислоҳотлар ўтиш даври қийинчиликларини ижтимоий ларзаларсиз бартараф қилиб, барқарор ривожланишга хизмат қилмоқда. Ватанимиз тараққиётини янада юксалтиришга қаратилган энг муҳим ва долзарб мақсад ва вазифалар ҳақида тўхталиб ўтар экан, Президент Ислом Каримов «миллий давлатчиликни барпо этиш ва мустаҳкамлаш жараёнида объектив зарурат бўлган кучли давлатдан кучли фуқаролик жамиятига босқичма-босқич ўтишга эришиш давлат ва жамият қурилиши соҳасида асосий вазифамиз бўлиб қолиши муқаррар»[1], дея таъкидлади. Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларини қўллаб-қувватлаш, яъни ҳудудларнинг институциаллашуви, уларнинг сиёсий жараённинг фаол субъектига айлантириш – кўзланган мақсадга эришишда долзарб аҳамият касб этади.


Миллатлараро муносабатлар ҳавфсизлик гарови

Наманган давлат университети

катта ўқитувчи Ш.А.Хайдаралиев

Наманган давлат университети

Миллатлараро муносабатлар ҳавфсизлик гарови

 

XXI аср бошларида дунё сиёсий харитасида сиёсий, ижтимоий-иқтисодий, маданий ва экалогик жиҳатдан бутун дунёни қамраб олган глобал миқёсдаги туб ўзгаришлар юз берди.

Мустақил давлатларнинг вужудга келиши Марказий Осиё минтақасида яшаётган халқларнинг тараққий ва ривожланиши учун катта имкониятлар яратди. Ўзбекистон Республикаси Президенти И. А. Каримов таъкидлаганидек, «Ўзбекистон мустақиллик туфайли дунёга, жаҳонга чиқди. Қарийб юз йилдан бери ёпиб қўйилган чегаралар очилди… жаҳон жамоаси Ўзбекистонни, бизнинг Ватанимизни қучоқ очиб қабул қилди… Собиқ Иттифоқ доирасидаги мустақил республикалар билан яхши муносабатлар ўрнатдик… Ўрта Осиё республикалари ва Қозоғистон – қондош-қариндош қўшниларимиз билан янада яқинроқ бўлдик. Бугун шуни комил ишонч билан айтишим мумкинки, мустақил давлатлар даврасида Ўзбекистон ўзининг ўрнини эгаллади. Ўзбекистон тенглараро тенг бўлди»[1]. Дарҳақиқат, Ўзбекистон Республикаси жаҳон ҳамжамиятининг мустақил субъектига айланиб, минтақа ва жаҳон миқёсидаги муаммоларни ҳал қилишда фаол иштирок этмоқда.


Jamiyatni erkinlashtirishda ma’naviy qadriyatlar va mustaqillik mafkurasini shakllantirish

Блог им. nigorcha
     Erkin, hur yashаsh istаgi оdаmzоdgа sut bilаn kirgаn. Esini endiginа tаniy bоshlаgаn bоlа dаstlаbki оngli hаrаkаtini erkinlikkа intilishdаn, bаrchа ishni o‘zi, mustаqil bаjаrishgа urinishdаn bоshlаydi. Binоbаrin, erkinlik, mustаqillik, hurlik tuyg‘usi insоngа Оllоh tоmоnidаn inоyat etilgаn bеbаhо nе’mаtdir. Аgаr bоlаning tаbiiy intilishlаri, erksеvаrligi qo‘pоl rаvishdа tоptаlsа, ungа hеch qаndаy erk bеrmаy, bаjаrishi mumkin bo‘lgаn eng оddiy ishni hаm bоshqаlаr qilsа, pirоvаrdidа, undаn irоdаsiz, nоshud, buyurilgаnidаn bоshqа ishni bаjаrishgа nоqоbil kimsа еtishib chiqаdi. Bu qоnuniyat millаt hаyotigа hаm хоsdir.