топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

kollej:

AL va KHK bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Institutimizda 26-27-may kunlari ta’lim tizimida uzluksizlik va uzvijlikni ta’minlash maqsadida “Kollej va litseylarda xorijiy til ta’limi: xorijiy tajriba va zamonaviy tendensiyalar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyani institutimizning fransuz tili va adabiyoti kafedrasi

Akademik litsey va kasb hunar kolleji jamoasi Islom Karimovni xotirladi

Samarqand davlat chet tillar institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘z faoliyati jarayonida viloyatning turli jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalari bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.
Kafedra qoshida institut talabalrining “Yosh notiqlar” to‘garagi tashkil etilgan. Ushbu to‘garakka yosh murabbiy Sh.

Tayloq Agrotadbirkorlik va Samarqand agrosanoat kollejlarida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari o’tkazildi

2017 yil 13 yanvar kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari — kafedra mudiri D.T.Amridinova, dos.S.S.Doliev, Sh.B.Sa’dullaeva, Sh.A.Indiaminova va Al va KHKlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul T.H.Halimovlar tomonidan Tayloq Agrotadbirkorlik va Samarqand agrosanoat kollejlarida “14-yanvar

Qo‘shrabod pedagogika kolleji bilan hamkorlik

Qo‘shrabod pedagogika kolleji bilan SamDCHTI o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolangan. Kollejga reja asosida institut professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishib kelmoqda. Jumladan, yaqinda tarjimonlik fakulteti dekani dotsent B. Odilov kollejning ingliz tili o‘qituvchilari uchun amaliy seminar-trening

Mening bobom, buvim, mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан


Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Pedagogika-iqtisodiyot KHKning III-bosqich o’quvchisi  Suyunova Dildora Sadriddinovnaning
 
“ Mening bobom, buvim  –  mahallamiz faxri” – mavzusidagi  inshosi
 
Reja:
 
I. Kirish: Keksalarimiz hamisha e’zoz va e’tiborda.
II. Asosiy qism:
1. Umr dovonlarida nurli iz qoldirgan zotlar.
2. Nuroniy bobo va buvijonlar xonadonlarimiz fayzi va farishtasi.
3. Mening bobom – oltin tojim, buvim esa sajdagohim.
III. Xulosa: Hayot falsafasin angladik sizdan…
 
                                                     “Qarisi bor uyning parisi bor”
                                                                                              (O’zbek xalq maqoli).
 
                      Onalarni alqang, seving ularni,
                      Kun kelib izlarin topolmagaysiz.
                      Sochingiz silagan oq bilaklarni,
                      Siltamang bir kuni zor aylagaysiz.
                        
                                            ***
                     …Sochingiz oq emas, shunchaki qorning parchasi,
                     Men sizga berayin yurak parchasin.
                     Otajon qalbingiz ummondek cheksiz,
                     Har ishda doim siz tengsiz.
 
Hayot. Naqadar ajoyib va sehrli so’z. Inson har bir kunidan shukrona qilib yashashi lozim. Eng avvalo, mana shunday jannatmonand yurtda, tinch-totuv oila davrasida, har bir narsadan to’la-to’kis emin-erkin foydalanish huquqiga egaligidan, atrofida barcha yaqin, maslakdosh kishilari borligidan, tabiatni go’zalligidan rohatlanayotganligidan, xullas, barcha-barchasi uchun Ollohga shukronalar aytishi lozim. Quyida yuqoridagi she’rlarda inson uchun eng qadrli zotlar, ya’ni ota-ona madh qilingan. Biz, avvalambor, mana shu ikki inson oldida doim minnatdor bo’lmog’imiz kerak. Sababi, ular bizni yorug’ dunyoni ko’rishimizga sababchi bo’lgan muhtaram zotlardir. Agar hayotda shu munis, mo’tabar zotlar bo’lmaganida, balki biz yo hayvon, yo o’simlik, yo umuman boshqa narsa holida dunyoda paydo bo’lardik va zum o’tmay chirindiga aylanib yo’qolib ketardik.
Umr – oqar suv misoli. Yillar birin-ketin o’z joyini ikkkinchisiga, ikkinchisi esa uchinchisiga, shu tariqa o’rnini bo’shatib beraveradi. Yuqorida she’rlarda onalarga hurmat ko’rsatish g’oyasi ilgari surilgan. Ularga nisbatan yaxshi muomalada bo’lish, yoshligimizda har birimizga alla aytib, sochimizni silagan holda uxlatgan, suygan, erkalagan ona timsoli aks etgan. O’sha sochimizni silagan oq bilaklarni siltamasligimiz, aksincha, unga mehr ila qaramog’imiz tarannum etilgan. Ikkinchi she’rda esa pahlavon, biz uchun tog’ni ursa talqon qiladigan fidoyi inson – otajonlarimiz haqida. Unda yoshi o’tib sochlariga oq oralagan bo’lsa ham, lekin bu oq soch emas, shunchaki jilvador qorning bir parchasidir deb ta’riflangan. Shunday ekan, ota-onalarimizni hamisha e’zozlashimiz lozim. Kun kelib shu insonlar nuroniy bobo va munis buvijonlarga aylanadilar. Nabiralarining sevimli ertakchi bobojon, mehribon buvijonlari bo’ladilar.
Keksalik – bu, saodat fasli. Keksa, nuroniy bobojon va munis buvijonlarimiz hamisha e’zoz va e’tiborda, hurmat va e’tirofda. Negaki, ul ulug’  va mo’tabar jannatiy zotlar bor ekan, ko’ngil obod, el-u yurt tinch, oila to’kis va osoyishta, qadrdon insonlar qalbi esa doimo mehr-muruvvatga to’la bo’ladilar. Keksalikni bekorga saodat fasli deb nomlashmagan, chunki ayni mana shu paytda otaxon va onaxonlarimiz hayot haqida hamma tasavvurlarga ega bo’lishgan, uning past-balandidan boxabar bo’lib toblangan bo’ladilar.
Men muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov 8-dekabr – Konstitutsiya kunida so’zlagan nutqlarini tinglab o’tirar ekanman,  ushbu yilga qanday nom berilishi meni to’lg’ontirdi. Oxiri shu fursat ham yetib kelganda butun jismim quloq bo’lib tingladim va nihoyat, “ Men ushbu 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilishni taklif etman ”, — deb aytgan so’zlarini eshitib bir zum bobojonim va buvijonimni yodga oldim. Shu lahzada ich-ichimdan juda quvonib ketgandim, hattoki akam yonimga kelib nimaga yig’layapsan, degan savoliga javob qaytara olmay qolganman. Shu onda ko’zim daryosi irmoqlarini kimdir ochib yuborgan-u, u namlik yuzim – tiniq yerni egallagan edi. Joriy yilga “Keksalarni e’zozlash yili” deb nom berilganining o’zining tag zamirida olam-olam ma’no, mohiyat yashirin. Faqatgina, endi biz, yosh avlod shu ma’no, mohiyatni anglab yetgan holda, uni o’zimizga shior qilib olib keksa, nuroniy, piri badavlat bobo va buvijonlarga e’zoz, hurmat, ehtirom ko’rsatishimiz kerak va shart.
Keksalari e’zoz va e’tiborda bo’lgan yurt yuksalish va milliy sog’lom fikrlilik sari olg’a qadam tashlay oladi.
Hurmatli prezidentimiz I.A.Karimov o’z ma’ruzasida: “ Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi ”, — deb ta’kidlagan edilar. Haqiqatda, yurtimizda keksa, nuroniy bobo va buvijonlarga nisbatan yosh avlod vakillariga jajji bolalik chog’idanoq mehr, muhabbat, hurmat, e’zoz, qadr kabi chuqur ma’no-mazmunni o’zida mujassam etgan purhikmat gaplar bilan tarbiya berilib, qalbi va shuuriga singdiriladi.
Yurtimiz bo’ylab agar sayohat uyushtirib har bir xonadonga tashrif buyursak, hech shubha yo’qki, har bir xonadonda uyni farishtasi, ulug’i, maslahatchisi bo’lib turgan keksa bobojon va buvijonlar rohat-farog’atda, oila davrasida shod-xurram umr guzaronlik  qilayotganiga guvoh bo’lamiz, albatta. Keksalar bor joyda ishda unum, oqillik, saxovatpeshalik bo’ladi.
Joriy “ Keksalarni e’zozlash yili ” asosida prezidentimiz qarori bilan “2015-yil Keksalarni e’zozlash yili davlat dasturi ” ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etilmoqda. Yurtboshimiz har bir yangi yilga nom berar ekanlar, shu nom asosida kelgusida bajariladigan unumli ishlar yig’indisi o’laroq davlat dasturi ham ishlab chiqaradilar. Davlat dasturi asosida prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, xonadonlarimiz ko’rki bo’lgan piri badavlat keksalarimizni har tomonlama qadrlash maqsadida mamlaktimizda katta ishlar olib borilmoqda. Shu yilning o’zida ularga davlat budjeti hisobidan 11 trillion 618 milliard so’mdan ortiq pensiya, 105 milliard so’mdan ziyod nafaqalar to’langanligi buning amaliy tasdig’idir.
Umr dovonlarida nurli iz qoldirgan zotlar – bobojon hamda buvijonlarning hayot yo’llari hamisha biz yosh avlod vakillari uchun katta ibrat maktabi vazifasini o’taydi. Negaki, ular hayot doshqozonida ancha qaynab, uning achchiq-chuchugini, yaxshi-yomonini, egri-to’g’risini, shafqatli va shafqatsizligini totgan va toblangandirlar. Umrni bir to’g’ri chiziq deb oladigan bo’lsak, gohida u bizni to’g’ri yurishga, gohida esa o’zining tebranishlari ila yomonliklar iskanjasiga tortib ketishiga ham duch kelamiz. Nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ana shu umr chiziqlarini sabr va katta matonat bilan qadam-baqadam bosib o’tib, shunday hurmat va e’zozga, e’tibor va e’tirofga burkangan holda yana o’z hayot yo’llarini nabiralarining shodon  kulgusi ostida o’tkazishmoqda.
Men muhtaram prezidentimizning: “ Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, ko’nglini ko’tarish shu bilan birga, ularning hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur ”, — deya baralla aytgan gaplariga qo’shilaman va shuni amalda bajarishga harakat qilaman.      
 
 
 
        Qo’llar ko’ksimizda, boshimiz egik,
      Hamisha biz sizni alqab yashaymiz.
      Qalblarda iftixor, qaddimiz-chi tik
      Ko’zlaringiz kulsa har dam yashnaymiz.
      Qarisi bor uyning parisi bor der,
      Oila, mahalla, butun yurtdir tinch.
      Nuroniy zotlarni jannatiy ham der
      Yovuzlik urug’i tarqay olmas hech.
                 
Yuqoridagi she’rda men keksalarimizni e’zozlashni, ular hayot ekanlar, doimo biz farzandlari va nabiralarining ham hayot yo’llari hamisha nurga, ziyoga limmo-lim bo’lishini, qariyalarni qadrlashni, sevishni, ularga qo’ltiq tayoq, hamisha suyana oladigan ulkan bir tog’ bo’lishimizni kuylaganman. Bizning yurtimizda keksalarimiz hamisha e’zoz va ardoqda. Mana bir olib qaraylik, Yevropada keksa, nuroniy kishilarning hammasi zamonaviy urf-odatlarda yurishmoqda. Bu albatta yaxshi, hozirgi kunda hamma yerda yoshlardan torib yoshi ulug’ insonlargacha zamoniy bo’lib ketishgan. Biroq bizning  vatanimizda istiqomat qiluvchi yoshi ulug’, muborak yoshlarga tenglashgan keksalarni yurish-turishi, kiyinishi, so’zlash madaniyati  yevropalik nuroniy zotlarga   nisbatan umuman teskari. Negaki, bizda haqiqiy o’zbekona ruh, madaniyat, saviya mujassam. Bu bilan men yevropalik keksalarni tanqid qilmoqchi emasman, chunki hamma yerda yashashning o’z qonun-qoidalari, o’z madaniy dunyosi bor. Bizning yurtimizdagi bobo va va buvijonlarning egnida o’zlariga yarashib turuvchi yaktak, do’ppi, atlas ko’ylag-u nimchalari o’zlariga juda ham yarashadi va yuzlaridan quyosh nuri yanglig’ nur, ziyo taralib turadi. Bunday yoshi ulug’ zotlarni ko’rgan inson ularga havas qiladi va qani men ham shunday muborak yoshlarga yetib, shunaqangi kiyimlarni kiyib, nabiralar davrasida yursam, degan o’y o’tadi. Xalqimizda shunday ajoyib purhikmat maqollar borki, uni tinglagan odam uning ma’no-mohiyatini chaqib ko’rishga harakat qiladi. Masalan, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyalarimiz – xonadonlarimizning fayzi va farishtasi”, “Keksalar so’nmas quyoshimiz, yo’l ko’rsatuvchi chirog’imiz” va hokazolar. Bularning har birining tag zamirida keksalarni e’zozlash, ularni hurmat qilish kabi ibratnamo ma’nolar yotadi. 
Men faqatgina buvijonimni eslay olaman. Bobojonimni esa elas-elas eslayman. Negaki, bobojonim bu yorug’ hamda foniy dunyoni tark etganlarida men jajji qizaloq bo’lganman. Ular haqida otam va onamdan so’rayman va ularga o’xshashga harakat qilaman. Mening buvijonim oilamiz farishtasi, fayzi, shu bilan bir qatorda mahallamiz faxri, hurmatga loyiq buvijonlaridan edi. Men ushbu yilga berilgan ajoyib nomdan juda mamnun bo’ldim, qalbim quvonchga limmo-lim to’ldi. Bobo va buvijonlarimiz bizni suyib erkalar ekanlar, hamisha qo’llari duoda bo’lib, bizga uzoq umr, baxtli turmush, mustahkam sabr va irodali bo’lishni tilaydilar. Buvijonim ziyoli va o’qimishli oqila ayol bo’lganlar. U kishi kitob mutolaa qilishni juda yoqtirganlar. Hali hanuz eslayman, buvijonim bir qator nabiralarini yoniga jamlab ajoyib ibratli hikoyalar so’zlab berardilar. Bu menga juda katta dars vazifasini o’tagan, desam hech ham mubolag’a qilmagan bo’laman. Sababi, o’sha aytib bergan hikoyalari qahramonlarini ko’z oldimga bir zum keltirib ulardan o’zimga kerakli yaxshi fazilatlarini olishga harakat qilaman, o’zimga kerakli xulosalar chiqaraman. Hayotga bir nazar tashlab qarasam, hozir buvijonim so’zlab bergan qahramonlariga o’xshash insonlarga duch kelaman. Shu onda fikr- mulohaza yuritib hayot buvijonim aytganidek “anglab bo’lmas jumboq” degan so’zlariga yana bir bor ishonch hosil qilaman. Mening buvijonim aqlli va oqila bo’lganliklari uchun davlatimiz tomonidan ular “Mehnat shuhrati ” medali bilan taqdirlanganlar. Men ular bilan juda faxrlanaman. Buvijonim – mening sajdagohim. Sababi, ular har doim biz nabiralarini yonlariga chaqirib olib, bizga hayotda inson qanday yashamoqligi kerakligi haqida uqtirardilar. Bizni uzundan uzun duo qilardilar.
Avval aytganimdek bobojonimni elas-elas eslayman. Ular ham menga va boshqa nabiralariga ham juda mehribon bobojon bo’lganlar. Ularning har bir ishidan biz nabiralari ibrat olardik. Bobom ham mahallamizning eng faxriy nuroniylaridan biri edilar. Men bobosi va buvisi bor yoshlarga juda havas qilib qarayman. Ularning shunday yo’l ko’rsatib turuvchi yo’lchi chiroqlari borligidan quvonib ketaman. Mening bobojonim yerga alohida mehr qo’ygan insonlardan biri bo’lganlar. Ular o’z uylaridagi ozgina tomorqaga bir necha olma va shaftoli ko’chatlarini o’tqazib, ularni parvarish qilib bog’ yaratganlar. Bu mo’jazgina bog’ga hammaning havasi kelardi. Mahallada hamma bobojonimni bog’bon bobo deb chaqirishardi. Biz, nabiralarini odamlar ko’cha-ko’yda ko’rib qolishsalar ana bog’bon boboning nabiralari deyishadi. Bundan mening qalbim g’urur va iftixorga to’lib toshadi. Mening bobojonim  mening oltin tojimdir. Negaki, ular meni, nafaqat meni barcha nabira farzandlarini yetuk o’qimishli, jamiyatga foydasi tegadigan yoshlar bo’lib yetishishimiz uchun astoydil bizlarga yo’l-yo’riq ko’rsatganlar. Bobojonim haqida  otam va onamdan juda ko’p so’rayman. Ular menga bobojonim  Vatan, mahalla, jamiyat uchun qilgan fidoyi mehnatlari haqida o’zgacha ruhda so’zlab berishadi. Men bobojonim va buvijonimga o’xshab yurtga kerakli farzand bo’lishga harakat qilaman. Ular toabad mening qalbimda tirikdirlar.
Keksalar biz yosh avlodning yo’limizni yoritib nurga to’ldirguvchi so’nmas quyoshimizdir.
Hayot degani o’zi bir jumboq bo’lib, unda inson turli-tuman to’siqlarga duch keladi. Prezidentimiz: “ Hayotda qanday yashamoqni avvalo, yoshi ulug’ nuroniy zotlardan o’rganishimiz lozim ”, — deb aytgan purma’no gaplarida haqiqat mavjud. Chunki, keksalarimiz hayotni to’la anglab yetgan shaxslardir.  Hayot falsafasin biz shunday oqil, dono keksa va nuroniy bobo va buvijonlardan o’rganamiz. Keksa otaxon va munis onaxonlarimizning hech qachon belidan quvvat ketmasin, lablaridan tabassum arimasin, yuzlari doimo nurga to’la bo’lsin, yoshlariga yoshlar qo’shilib, farzand, nabira, evara-chevaralarini baxtini ko’rib yashashsin. Ulug’ yoshli muborak zotlar umuman hech kimga muhtoj bo’lishmasin. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “Keksalarimiz hech qachon hech kimga mutoj bo’lishmaydi ”. Haqiqatda aslida biz ularga muhtoj va suyanch bo’lib yashaymiz. Shu sabab, keksalarimizni hamisha e’zozlaylik va qadrlaylik. Yoninggizda bobojoningiz va buvijoningiz  bormi, demak, siz hayotda haqiqatda baxtli va  omadli insonsiz. Shunday ekan, ularni har doim e’zozlang, hurmat qiling, boshingizga ko’taring va qadrlariga yeting. Keksalarimiz hamisha bizlarni duo qilib yo’l ko’rsatib turaverishsin, biz esa ularni har vaqt mehrimiz, muhabbatimiz bilan ko’ngillarini shod qilaveraylik.
 
 
Qashqadaryo viloyati Qamashi shahri “Pedagogika – iqtisodiyot kasb-hunar ” kolleji III bosqich talabasi Suyunova Dildora Sadriddin qizi.
Telefon: +99891-961-58-43. 
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qamashi shahar Qamashi ko’chasi 53-3A uy.