топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

kimyoni o'qitish:

Получения керамического плитки из композиционние бентонитовой глины

Илм-фан
 
Глины составляют более половины всех осадочных пород земной коры и являются одним из самых распространенных полезных ископаемых. зависимости от местных условий глины либо оставались на месте образования, либо переносились водой, ледником и ветром в другие районы. природе глины встречаются в рыхлом, пастообразном или уплотненном состоянии.

Alkaloidlar kimyosi

Илмий мақолалар
Илм-фан
Alkaloidlarning tarkibi va qo’llanilishi.

Alkoloidlar  deb   ayrim  o’simliklarga  uchraydigan,tarkibida  azot  atomi  bor,asos  xossalariga  ega bo’lgan  murakkab organik birikmalarga aytiladi. Alkaloidlarning ko’pi odam va hayvonlar  organizmida kuchli fiziologik va farmakologik ta’sir ko’rsatadi. Ular barcha o’simliklarda ham  uchrayvermaydi .
Hozirgacha malum bo’lgan o’simliklarning umumiy turlar soniga nisbatan olganda alkaloidlarning soni unchalik ko’p emas. Ko’knorguldoshlar  (papaveraceae), dukkaklilar  (leguminosae), murakkabguldoshlar  (compositae), ituzumguldoshlar (solanaceae), ayiqtovonguldoshlar  (ranunculaceae), zirkguldoshlar  (berberidaceae) singari oilalar alkaloidli turlarga boydir. Shu bilan bir qatorda, umuman alkaloidli o’simlik turiga ega bo’lmagan oilalar ham bor. Masalan, atirguldoshlar ( rosaceae )  oilasi. Ko’pincha bir o’simlikda va hatto bir avlodga mansub bo’lgan o’simliklarda kimyoviy jihatdan bir-biriga o’xshash alkaloidlar uchraydi. O’simliklarda alkaloidlarning miqdori turlicha bo’ladi. Hinna daraxtining po’stlog’ida koridalis, barbaris o’simliklarida  alkaloidlarning miqdori 10-15% ga yetadi. Lekin bunday o’simliklar juda kam. Umuman, tarkibida 1-2% alkaloid bo’lgan o’simliklar alkaloidga boy o’simlik hisoblanadi. Alkaloidlar o’simlikning organlarida uning o’sish fazalarida har xil funksiyalarni bajaradi. Alkaloidlar o’simliklarning vegetatsiya davriga tuproq sharoitiga qarab miqdor va sifat jihatidan o’zgarib turadi. Alkaloidlar o’simliklarda olma,limon, oksalat, qahrabo, sirka, propion sut, sulfat,fosfgat kislatalar va oksikislatalarning tuzlari holida uchraydi. Akaloidlar o’simliklarda tuz yoki erkin asoslar holida ekstrsiyalash yo’li bilan ajratib olinadi. Aldaloidlarning tuzlari suvda, metil va etil spirtlarida eriydi.Efirda va uglevodorodlarda erimaydi.
Alkaloidlarning o’zi esa suv va spirtdan boshqa ko’pgina boshqa organik erituvchilarda eriydi. Tuzlar holida ekstraksiyalashda erituvchi sifatida oz miqdorda kislata ( sirka,vino,xlorid va boshqalar ) qo’shilgan suv yoki spirt ishlatiladi. Alkaloidlarni erkin asoslar holida ajratib olish uchun tarkibida alkaloid bor o’simlik kukun holiga kelguncha maydalanib, so’ngra ammiak,soda yoki ishqor eritmasi bilan ho’llanadi  va biror erituvchi bilan ( xloroform, benzol, dixloretan va h.k. ) ekstraksiya qilinadi. Olingan ekstrak sulfat kislaotaning suvdagi suyultirilgan eritmasi bilan chayqatiladi. So’ngra kislatali eritmaga eritma  ishqoroy muhitga o’tgancha ammiak yoki ishqor eritmasi qo’shiladi va alkaloidlar tegishli organic erituvchilar yordamida ekstraksiya yo’li bilan ajratiladi.
Alkaliodlarni identifikatsiyalashda va ularning tuzilishini o’rganishda klassik metodlar bilan birgalikda, xromotografiya, iq-, yf-,mass- spektroskopiya, epr, yamr,roentgenstruktura analiz singari tekshirishning hozirgi zamon metodlari qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda 2000dan ortiq alkaloid ma’lum bo’lib, ularning  ko’pi XX  asrda kashf etildi.
 S.Yu. Yunusov rahbarligidagi  O’bekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi  o’simlik moddalari kimyosi institutining alkaloidlar kimyosi laboratoriyasida alkaloidlar sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
1943-yilda tashkil etilgan bu laboratoriya xodimlari 4000dan ortiq tur o’simlikni analiz qilib, shularning 150 turidan 415 alkaloid ajratib olindi. Shulardan 222tasi yangi topilgan alkaloiddir. 206 ta alkaloidning tuzilishi,70ta alkaloidning esa konfiguratsiyasi aniqlandi. Galantamin, papaverin, sitizin singari 100dan ortiq oldindan ma’lum bo’lgan qimmatli alkaloidlarning yangi xomashyolari topildi.
 Alkaloidlar uglerod-azot skeletining tuzilishiga ko’ra 13 ta gruppaga bo’linadi. Bular pirolidin, piridin, xinolin, akridin, izoxinolin, indol, inmidazol va hokazo gruppa alkaloidlaridir.
  Anabazin. 2760C da qaynaydigan, suvda va ko’pchilik organik erituvchilarda erydigan moysimon suyuqlik. Anabazinni 1929 yilda A.P. Orexov Anabasis aphylla o’simligidan ajratib olgan. Anabazin  kaliy permanganat  bilan oksidlanganida nikotin kislota, kumush asetat bilan degidrogenlaganda a, b-dipiridil, katalitik  gidrogenlaganda esa a,b-dipiperidil hosil bo’ladi. Shularga asoslanib,1931-yilda A.P.Orixov va G.P.Menshikovlar anabazinni a-piperidil b-piridin tuzulishiga ega ekanligini aniqladilar.
 Anabazin juda zaharli bo’lib,qishloq xo’jaligida insektisid sifatida keng ishlatiladi.
 Nikotin. Tamaki (nikotiana tabacum) o’simligida 10dan ortiq  alkaloid bor. Ulardan asosiysi nikotindir. U havoda tezda qorayadagin, moysimon suyuqlik.
Hikotinni 1828-yilda Posselt va Reymanlar sof xolda ajratib olganlar:
Hikotin kuchli zahar. Qishloq xo’jaligida insektisid sifatida keng   ishlatiladi.
      Koniin. O’tkir hidli, rangsiz suyuqlik, suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi.Conium maculatum o’simligidan ajratib olingan. Tekshirishlar natijasida uning a-propilpiperidin tuzilishiga ega ekanligi aniqlandi: C5H5-NH-CH2-CH2-CH3
Koniin sintetik usul bilan olingan birinchi tabiiy alkaloiddir. Uni 1886-yilda Ladenburg  sintezlagan.
    Kofein. 2340 da suyuqlanadigan, xloroformda va issiq suvda yaxshi, sovuq suvda, spirtda va efirda yomon eriydigan kristal modda. Kofeinni 1819-yilda Runge  kofe (coffea arabica L.) dan ajratib oldi. Keyinchalik   bir necha bosqich boshqa o’simliklarda ham kofein borligi aniqlandi. Kofein 1,3,7-trimetil-2,6-dioksipurin tuzilishiga ega.
 Kofein markaziy nerv sistemasiga qo’zg’atuvchi tasir ko’rsatadi. U qon bosimini oshiradi, yurak faoliyatini   kuchaytiradi. Charchaganda, narkotiklar bilan zaharlanganda, bazi bir yurak kasalliklarida dori sifatida ishlatiladi. 
  Teobromin. 3510 C da suyuqlanadigan, suvda va spirtda qiyin eriydigan oq kukun. Uni 1842-yilda Voskresenskiy kakao ( Thebroma cacao ) mevasidan ajratib olngan. Kakao tarkibida 1,5 -2% ga yaqin teobromin bo’ladi. U boshqa o’simliklarda ham uchraydi. Teobromin tuzulishiga ko’ra 3,7-dimetil 2,6-dioksipurindir: 
 
Teofillin .268-2720da suyuqlanadigan,issiq suvda oson,sovuq suvda va spirtda esa qiyin eriydigan kristall modda. Uni 1889 yilda Kosses Thea sinensis o’simligidan olingan. Teofillin teobrominning izomeri bo’lib,1,3-dimetil-2,6 dioksipurin tuzilishiga ega:

  Xinin.1820-yilda xinna daraxtining po’stlog’idan olingan. Bezgakka qarshi ishlatiladigan eng yaxshi dorilardan biridir.

      
 
                    Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi 51- umumiy o’rta
            ta’lim maktabi 1-toifali kimyo  fani o’qituvchisi Norbibish Ashurova.

Kimyoni o'qitishda AKT dan foydalanish

Xabarlar

Kimyoni o’qitishda AKT.


 


            Axborot – komunikatsiya  texnologiyalari  (AKT)  biznes, iqtisodiyot, sayohat, nashriyot, ta’limning asosiy sohalarida tubdan o’zgarishlarga olib keladi. AKT globallashuvga ta’sir etadigan, butun dunyoni yaxlit qiladigan kuch va imkoniyatlarga ega.    AKTning o’quv jarayoniga  integratsiyasi  yangi imkoniyatlarga yaratadi hamda o’qituvchilar oldida yangi vazifalar  qo’yadi.


                        Kimyo fan sifatida yuqori darajadagi absrakt mazmunga ega. Kimyoda biz kimyoviy voqealarni “makro – darajada” kuzatamiz, “mikro – darajada” talqin qilamiz va tushuntiramiz, so’ngra “ ramziy darajada” (formula,  tenglama,  grafik va boshqalar  asosida) taqdim etamiz.