топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

jasorat:

JASORAT

Илм-фан
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017-yil 28-oktyabrda tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikda faoliyatini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi”
Барча 3та расмни кўрсатиш →

Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!

Илм-фан
Universitetimizda 11 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26-yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag’ishlangan “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Mudofaa

Jizzax politexnika institutida “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida ma’naviy - ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Jizzax politexnika instituti
Илм-фан
Jizzax politexnika instituti “Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash va “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida ma’naviy — ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirga 20 yaqin urush qatnashchilari, front ortida mexnat qilgan nuroniy oqsoqollar, institutning faxriy professor-o‘qituvchilari va fakultetning 120 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda quyidagilar so‘zga chiqdilar;
1. Tadbirni institut rektori E.A.Saliev tadbir qatnashchilarini Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda va institutimizda keksalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. U o‘z so‘zida quyidagi statistik ma’lumotni gapirib o‘tdi:
— 2014 yilda respublikamizda 3873 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi bo‘lgan bo‘lsa,
— 2015 yilda 2827 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi qoldi.
— Respublika bo‘yicha 88750 nafar front ortida mexnat qilganlar,
— Jizzax viloyati bo‘yicha 2554 nafar front ortida mexnat qilganlar,
— bugungi kunga kelib viloyatimizda 166 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi qoldi. Ushbu nuroniylarga doimo xurmat ko‘rsatish lozimligini takidlab o‘tdi.<cut>
   
Institut rektori tadbir ishtirokchilarini tabriklamoqda
2. Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi YUsuf bobo Xolmatov II-jaxon urushi davrida frontdagi xizmat jarayoni, fashizm ustidan qilingan g‘alabaning mashaqqatlari xaqida batafsil gapirib o‘tdi.
3. Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi Abdujalil bobo Abdujabborovning II-jahon urushidagi fashizm bilan qonli to‘qnashuvlar, g‘alaba shukuhi, urushdan keyingi davrlardagi mashaqqatli kechinmalar, mamlakatimizda keksalarga yaratilayotgan e’tibor xaqida to‘lqinlanib gapirib, ushbu ishlarning tepasida turgan yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligini beldirib o‘tdi.
    4. “Oliy matematika” kafedrasi faxriy dotsenti Mamasodiq Mansurov tadbir qatnashchilarini Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi bilan tabriklab, shunday ma’naviy tadbirni tashkillashtirgan institut ma’muriyatiga o‘z minnatdarchiligini bildirdi.
5. Fakultet talabasi Komiljon Isroilov faxriylarga bag‘ishlab “Bir burda non” she’rini o‘qib berdi.
   
Tadbir jarayonidan lavxalar
    
SHundan so‘ng xar bir nuroniy keksalarga ma’muriyat tomonidan tashkillashtirilgan estalik sovg‘alarini topshirdilar.   
 
Tadbir qatnashchilar bir piyola choy ustida
 
  Tadbir so‘nggida barcha nuroniy mexmonlar bir piyola choyga taklif qilinib, ularga milliy taom osh berildi.
Bunday xurmat-izzatdan xursand bo‘lgan nuroniy otaxonlar qo‘llarini duoga ochib, institut ma’muriyatini va tadbir qatnashchilari xaqida xamdu-sanolar aytishdi.
 Fakultet ma’naviy va marifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini           M.Mirzabekov