топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ish kuni:

Sakkiz soatlik ish kuni nega eskirdi?

Sakkiz soatlik ish kuni — mehnatni tashkil qilishning eskirgan va samarasiz usuli. Mahsuldorlik avjini saqlab qolish uchun bunday ish kunini yoddan chiqarib, yangicha yondashuvni topish lozim, deb yozadi InsiderPro nashri.

Foto: InsiderPro

Sakkiz soatlik ish kuni haqida XIX asrning ikkinchi yarmi, sanoat inqilobidan so‘ng ilk marta bosh qotirishgan. Uning XX asrning boshida hamma joyda joriy qilinishi ishchilar stanoklarda o‘tkazadigan soatlar miqdorini cheklash va mehnat unumdorligini oshirish imkonini bergan. Biroq bu yondashuv zamonaviy turmush bilan hech qanday umumiylikka ega emas.