топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

internet:

“Ilm o‘qing yuksalasiz yohud hozirgi ta’lim olayotgan yoshlarning murabbiylarga bo‘lgan munosabati”

2017-yil 5-aprel kuni Toshkent moliya instituti faollar zalida Hisob va audit fakulteti “Moliyaviy tahlil” kafedrasida tashabbusi bilan “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan nashr qilingan Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobning taqdimoti hamda “Ilm o‘qing

Ўзбекистонда болалар учун “хавфсиз интернет” тарифи жорий қилинди

Саломатлик
Ўзбекистонда болалар учун “хавфсиз интернет” тарифи жорий қилинди
Хабарлар 30/03/2017 0 Sayt admini
30 март куни Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги томонидан ташкил қилинган матбуот анжуманида “Ўзбектелеком” АК  UZINFOCOM Маркази билан ҳамкорликда

Internet va undan foydalanish madaniyati

Маданият ва маърифат
 
Inernet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur

Masofaviy ta'lim tizimi – o`qitishning zamonaviy usuli

номли блог madaniyat2015
Toshkent Madaniyat Kolleji Informatika fani o’qituvchisi Tolipova S.G’.

Masofaviy ta'lim tizimi – o`qitishning zamonaviy usuli

Mamlakatimiz ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish keng qo‘llanilayotgatligi ham quvonchli

Farzandingiz fotosini internetda joylashtirmagan ma’qul ekanligini isbotlovchi 7 dalil


Internet asrida ko‘pchilik farzandlarining suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, ular qanchalik yoqimtoy va zukko ekanligini ko‘z-ko‘z qilgisi keladi. Biroq hozirda bolalar uchun eng xavfli insonlar aynan internetga in qurgani haqida kamdan-kam kishi mulohaza yuritadi. AdMe biroz ortiqchadek tuyulsa ham, farzandlaringiz xavf-xatardan yiroq bo‘lishiga imkon beradigan choralar ro‘yxatini tayyorladi.

Мен ўламан – дунё додлайди ёҳуд машхурликнинг ўзгача тури

Новые технологии
Интернетда шундай воқеа-ҳодисалар пайдо бўляптики, кўрсангиз беихтиёр “Худо сақласин!” дейсиз. Хақиқатдан кўз кўриб, қулоқ эшитмаган ҳодиса. Дунё аҳли, айниқса, ёшлар машхур бўлиш илинжида ўз жонларига қасд қилиш билан овора. Бунақанги тасвирлар“YouTube” интернет сайти орқали бутун оммага тақдим этилди. Бу воқеани кўрган

Samarali va foydali loyiha

Блог им. saidbek91
Bugungi O’zbekiston yoshlari chin ma’noda baxtli yoshlardir. Boisi yoshlarimizning keng bilim olishi, o’zining intellektual salohiyatini namoyon etishi va tanlagan kasb-hunarini puxta egallashi, ularning jamiyatda o’z o’rnini topishi uchun shart-sharoit yaratish, tashabbus va intilishlarini qo’llab-quvvatlash mamlakatimizning ustuvor vazifalaridan biridir.

Internet xavfsizligi va internet madaniyati: muammo va yechimlar

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Илм-фан
 
2015 yilning 18 iyun kuni O'zLiDeP Toshkebt shahar kengashi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan «Yoshlarda xavfsiz internet madaniyatini shakllantirishning dolzarb masalalari» mavzusida o'tkazilgan davra suxbati bo'lib o'tdi.

Internetni cheklash, foydadan ko`ra zarar-mi yoki…?!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Bugungi ilg`or texnika va texnologiyalar asrida internet, innavatsion texnalogiyalar va boshqa vositalarsiz yashash-sahroda yolg`iz o`zing, och-nochor qolish bilan barobardir. Negaki, zamon bilan ham nafas, unga hozirjavoblik bilan namuna ko`rsatish, ayniqsa, bugungi kunda juda muhim. Hozirgi davrda ko`proq yoshlar orasida internetdan foydalanish ovqatlanishning ikkinchi bir ko`rinishi, desak, o`ylaymanki, yanglishmaymiz!
Biroq, nimani, nima uchun “iste`mol qilayotganini” bilmaydigan ayrim internet “jinni” lari ham ming afsuski, oramizda ko`payib bormoqda…
Internetdan vaqtini o`tkazish uchun foydalanuvchi yoshlarimiz ham bor. Biz ularga har tomonlama ko`mak berishimiz lozim. Chunki ularning hayotda yashashdan aniq bir maqsadi yo`q. Ular nima yaxshi-yu nima yomonligining farqiga bormaydilar. Yiqilganni-suyash, adashganni-to`g`ri yo`lga boshlash ulkan saodatdir! Internetdan vaqtni tejash, ko`proq ma`lumot olib, ish unumini oshirishda foydalanadigan har tomonlama idrok eta oladigan va o`zining, o`zgalarning va Allohning eng oliy ne`mati bo`lmish-Hayotning qadriga yetayotgan yoshlarimiz bor ekan, mamlakatimiz barqaror va mustahkamdir!
Internet-juda kuchli bosim bilan harakat qiluvchi, portlovchi bomba bo`lganda edi, biz uning zarbidan oz fursatlarda yo`q bo`lib ketar edik. Lekin u orqali qilingan zulmlar asta-sekinlik bilan insonlar ongini, xalqning ma`naviyati va madaniyatini zaharlab ildizidan yemirib boradi. Turli xil yot g`oyalardan, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, giyohvandlik va boshqa shu kabi illatlardan ogoh etish bizlarning yuksak burchimiz va muqaddas vazifamizdir!
Davlatni internet orqali kirib keladigan turli xil illatlardan, yot g`oyalardan himoya qilish maqsadida internetni cheklab qo`yish, foydadan ko`ra zarardir. Negaki, biz internet orqali butun dunyo hamjamiyati haqida juda ko`plab ma`lumotlar barcha mamlakatlar va ularning hayoti va o`zimizni qiziqtirgan turli xil ma`lumotlarni bilib olishimiz va jannatmakon yurtimiz-O`zbekistonni butun jahonga tanitishimiz, yurtimizdagi ko`plab o`zgarishlar va imkoniyatlardan o`zga davlatlardagi yurtdoshlarimizni va boshqa qardosh xalqlarni forig` qilishimiz mumkin. Internet orqali cheksiz imkoniyatlar eshigi ochiladi, bizlar uchun! Agar hohlasak, u orqali ko`plab chet tillarini o`rganib, ta`lim grantlari yutib olib chet mamlakatlarda o`z bilim-salohiyatimizni oshirishimiz mumkin.
Internet-bugungi kundagi eng tezkor va ko`proq ma`lumotlar olish har bir insonning o`ziga bog`liq. Biz har bir daqiqada ogoh bo`lishimiz, “o`rgimchak to`ri”ning asiri bo`lib qolmasligimiz lozim. Internetga biz emas, u bizga bo`ysunishi, bizning foydamiz yo`lida ishlashi lozim. Bu esa har bir shaxsning o`ziga bog`liq, albatta!
Vaqt g`animatdir… Kimdandir armoningiz bormi desangiz u sizga yoshligimga, yoki falon vaqtimga qaytishning iloji bo`lsa edi borimni berardim ,-deydi. Biz esa ana shunday dunyolarga teng durri bebaho yoshlik davridamiz!
Uni mazmunli o`tkazishimiz lozim. Zero, ertanga bugunimizni afsus bilan emas, g`urur bilan esga olaylik.
Bugungi kunda ma`naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo`lgan xavf-xatarlarga, albatta ko`z yumib bo`lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma`naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko`rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Chunki xalq-bamisoli ulug` va sharafli yo`ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo`ldan chalg`itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo`lgan, bundan keyin ham bo`lishi mumkin. Karvon bexatar bo`lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch-ma`naviyat bor.
Shu bois men shonli tarixiga sadoqat bilan qarab, bugungi ozod hayotini qadrlab, o`z kelajagiga katta umid bilan intilayotgan xalqimizning donishmandligi va matonati, uning iymon-e`tiqodi, mustahkam irodasi va yuksak ma`naviy ruhi doimo barqaror yashaydi, deb ishonaman. Yurtboshimizning ulkan ishonchini oqlash, biz, yoshlar uchun sharafdir. Zero, yurt kelajagi salohiyatli yoshlar qo`lida ekanligini unutmaylik, azizlar!
Mahliyo Qo`chqorova,
Ajiniyoz nomidagi NDPI talabasi,
Qoraqalpog`iston Respublikasi
”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoli.

Tas–ix nima? «Internet eXchange Point»

Qiziqarli faktlar!
Жамият

Bugungi kunda internet kundan kunga rivojlanib bormoqda. Internet olamida turli xil atamalarga duch kelishimiz tabiy. Kopchilini tez-tez ishlatamizu lekin bu so’zlarni qanday keblib chiqqanini bilmiymiz. Shunday so’zlardan biri Tas –IX dir. Bu so’z Tas – Toshkent so’zdan olingan IX esa «Internet eXchange Point» yani « internet malumot almashish nuqtasi» umuman olgan Toshkentdagi malumot almashish nuqtasi manosini bildiradi.


Интернетнинг ёшлар хаётидаги ўрни

JizDPI
Илм-фан

Эркин ва мустақил фикрловчи, дунёқараши кенг, ижодкор, миллий мавкурамизга садоқатли бўлган интеллектуал салоҳиятли баркамол шахсни шакллантириш фан-техника ва технологияларнинг энг сўнгги ютуқларидан таълим-тарбия соҳасида кенг фойдаланишни тақозо этади ва бу билан жаҳон андозалари талабларига тўлиқ жавоб берадиган рақобатбардош кадрлар тайёрлашга эришилади. Бунда «XXI аср – интеллектуал аср»нинг, яъни ахборотлашган жамиятнинг фаол иштирокчиларини тарбиялаш энг муҳим долзраб муаммолардан бири бўлиб, унда ақлий меҳнатнинг ривожланишини таъминловчи интеллект ва билимлар рўёбга чиқарилади ҳамда истеъмолда улардан фойдаланилади. Ушбу муаммо ечимини ҳал этишда жамиятни ривожлантиришнинг ҳаракатлантирувчи кучи бўлиш, ахборотларни ишлаб чиқиш ва ундан режалаштирилган мақсадларда самарали фойдаланиш муҳим аҳамият касб этади.



Интернет технологиялари ютуқларидан оқилона ва мақсадли фойдаланиш

JizDPI
Илм-фан

Ҳозирги кунда фан-техниканинг ривожланиши умумий таълим тизкмини жумладан унинг принциплари, мазмуни, таълим-тарбия жараёнининг шакл ва усуллари кабиларни тубдан ислоҳ килишни тақозо этмокда. Бундай муаммолардан бири -таълимни компютерлаштириш муаммосидир.



Internet orqali chet tillarini o’qitish istiqbollari

Чет тили
Чет тили

Bugungi kunda O’zbekistonda internet shu darajada rivojlangan-ki, undan ta’limiy maqsadlarda foydalanishni xohlovchi har bir o’qituvchi yoki o’rganuvchi o’zi uchun zarurib bo’lgan barcha qulayliklarni topishi mumkin. Albatta, bu yo’nalishdagi faoliyat uchun o’rganuvchidan o’rta darajadagi va o’qituvchidan professional darajadagi kompyuter va internet texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalari talab etiladi. Ushbu maqolada o’qituvchilarning kompyuter va internetdan maksimal darajada foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lgan holda chet tillarini internet orqali o’qitish imkoniyatlari haqida fikr yuritmoqchiman.


 


Texnik jinatdan O’zbekiston interneti online tizimda bemalol har qanday murakkablikdagi darslarni o’tish, har qanday yo’nalishdagi o’qitish va boshqa ta’limiy ishlarni olib borish talablariga bemalol javob bera oladi. Bu imkoniyatlarni quyidagi eng asosiy yo’nalishlar bo’yicha baholab ko’ramiz:


 


TEZLIK. Hozirda TAS-IX tizimidagi cheklanmagan internet traffigi tezligi o’rtacha hisobda 2 mBit/s tezlikni tashkil etadi. Bu tezlik ta’limiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo’lgan har qanday web dasturning ishlashi uchun yetarlidan ham bir necha barobar ortiqroq. Bundan tashqari bu tezlik yordamida o’rganuvchi ham, o’rgatuvchi ham o’z maqsadlarini samarali amalga oshirishda foydalanishlari uchun hech qanday cheklov yo’q.


Интернетнинг ёшлар маънавий-ахлоқий ҳаётига таъсири

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

       Маънавият масаласи Ватанимиз мустақилликка эришган биринчи кунлардан то ҳозирга қадар мамлакатимиз раҳбарияти томонидан халқимиз диққат марказига қўйиб келинаётган энг жиддий муаммолардан биридир. Зеро, бирон-бир жамият маънавий имкониятларни, одамлар онгида маънавий ва ахлоқий қадриятларни ривожлантирмай ҳамда мустаҳкамламай туриб ўз истиқболини тасаввур эта олмайди. Фақат шу мавзуга махсус бағишланган «Юксак маънавият — енгилмас куч» асарининг ёзилиши эса муаммонинг нақадар жиддий ва долзарблигини кўрсатади. Бу мазкур муаммонинг нафақат республикамиз халқи, балки бутун инсоният олдида турган энг муҳим муаммо эканини теран англашнинг самараси бўлиб, у бугунги кунда нафақат ҳар бир давлат мафкурасининг туб асосини ташкил этадиган, ҳар қайси инсон ва бутун жамият дунёқарашининг шаклланишида калит ролини ўйнайдиган, балки охирги ўн йилликларга келиб бутун жахон маданияти ва цивилизацияси хаётида ҳам долзарб ўринга чиққан муаммодир.


Очиқ сочиқ юбкаси дор

Блог им. abduvaliqurbon

“… Очиқ сочиқ юбкаси дор,


У ёна гидир, бу ёна гидир…”


Хали тили чиқиб улгурмаган жияним қўшиқ айтиб кутиб олди. Устимдан бир челак совуқ сув тўкилиб кетгандай этим увушиб кетди. Негаки, қўшиқнинг асл моҳиятини тушунмаган, тушуниш тугул ҳали узуқ-юлуқ гапирадиган боладан чиқган “мазмундор” оҳангни қаранг-а. Исмини сўрасангиз, индамайди, ёшини сўрасангиз билмайди. Аммо… Келинг мана шу “аммо”лар ҳусусида.


Биз болалик давримизда кўчада копток тепиб ёинки беркинмачоқ ўйнаб катта бўлганмиз. Шунинг учунми ёшлик сурурини туйганмиз, ҳис қилганмиз. Бугунги давр болакайларига (уларни болакай деб аташнинг ўзи нотўғри. Негаки, мендан кўра улар кўп нарсани билади) “Беркинмачоқ ўйнамайсанми?” десангиз балога қоласиз. Гап келганда отасини ҳам аямайдиганлар суяксиз қуролларини сизга ўқталиб, “ўт” очишади. “Нима мен сизга ёш боламанми? Ундан кўра компютер ўйнайман. Зўр отишма ўйин бор. Сиз ҳам бир ўйнаб кўринга, кейин хеч кимдан беркинмайдиган бўласиз”. Айни шу ўйинларни ўйнагандан кўра бир умр беркиниб яшаганим минг чандон яхшироқ. Бу мавзу хусусида кўп тўхталишди. Шу сабабли чуқурроқ ёндошмадим.


Internet haqida qiziqarli faktlar

Qiziqarli faktlar!
Жамият


 


1. Bill Geytsning uyi Makintosh kompyuteridan foydalangan holda loyihalashtirilgan.


2. Har oyda milliondan ortiq domen nomlar ro’yhatdan o’tadi.


3. Elektron pochta Butun dunyo o’rgimchak to’ridan oldin yaratilgan.


4. 1980-yil IBM kompyuterlari Microsoft Flight Simulator* ni boshqarolmasa, ushbu kompyuterlar yaxshi deb hisoblanmagan.



IJTIMOIY TARMOQ

Блог им. hasanboyd

 Mashhur yozuvchi Kurt Vonnegut shunday degan edi: “Ilm-fan nimaiki yaratmasin, oqibatda uni qurolli kuchlar ishlatishadi”, va u bu erda mutlaqo haq. Zamonamizda jadal sur’atlar bilan ifnormatsion urushlar ketmoqda. Bu urushdagi qurol ham, qalqon ham faqat axborot, faqat ma’lumotdir. Axborotlar makoni esa internetdir. Ijtimoiy tarmoqlar esa barcha turdagi axborotlarni tarqatishning eng qulay vositachisidir.


Bugungi kunda internetdan butun dunyo bo’ylab qariyb 2,5 milliard aholi foydalanadi, yurtimizda esa bu son 10 milliondan yuqori, bu esa mamlakat aholisining 1/3 qismidan ko’prog’i internetdan foyadalanayapti degani. Ularning aksariyati esa turli ijtimoiy tarmoqlardan muntazam ravishda foydalanib kelishadi. Avvalo ijtimoiy tarmoq tushunchasiga to’xtalsam: bu bir internet foydalanuvchisining on-layn tarzda boshqa bir internet foydalanuvchilari bilan o’rnatilgan o’zaro munosabatlarini, axborot almashinuvini o’z ichiga oluvchi on-layn xizmatlar yig’indisi, platformasidir. XX asrning oxirgi o’n yilligi hamda 21 asrda tug’ilganlar bugunigi kunda internetdan foydalanuvchilarning 96%ini tashkil qiladi. 50 million foydalanuvchi topish uchun radioga 38 yil, televizorga 13 yil, internetga 4 yil, Aypodga 3 yil ketgan bo’lsa, Feysbuk esa bir yildan kam muddatda 200 million foydalanuvchi to’plashga erishdi. Oldimizda Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishimiz kerakmi yoki yo’qmi degan savol emas, balkim biz ulardan qanchalik to’g’ri foydalanishimiz kerak degan savol turibdi. Agar Odnoklassniki.ru sayti biron mamlakat bo’lganida edi, u aholisi bo’yicha Xitoy, Hindiston, Amerika va Indoneziyadan so’ng beshinchi o’rinda turgan bo’lar edi. Eshten Katcher va Britni Spirslarning Tvitterdagi o’quvchilari soni SHvetsiya, SHvetsariya, Isroil, Irlandiya, Norvegiya va Panama davlatlari aholilaridan ham ko’proq. Bir kunda Feybuk tarmog’ida 60 million statuslar yangilanib turadi. Biz yangiliklar, xismatlar va mahsulotlarni qidirmaymiz, ularning o’zlari bizni topib kelishadi, IJTIMOIY TARMOQlar orqali.  Dunyoda bunday ijtimoiy tarmoqlar juda ham ko’p. Bunga misol qilib: Feysbuk, MaySpeys, Vkontakte, Moy mir va Odnoklassniki kabilarni keltirishimiz mumkin. Umuman olganda ularning barchasi bir funktsiyani bajaradi, ya’ni interent foydalanuvchilarining o’zaro muloqoti va axborot almashinuvini ta’minlaydi. Biroq, er yuzi aholisining geografik joylashuvi, mintaqaviy qarash va qizishlari, ijtimoiy qatlamlariga ko’ra bunday tarmoqlar ko’payib bormoqda. Mamlakatimizning aksariyat yoshlari foydalanuvchi Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog’ining 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra umumiy foydalanuvchilari soni 205 millionni tashkil etsa, bir kunda 40 million foydalanuvchi esa o’z sahifasini yangilab turar ekan.  Albatta ular o’zlariring asosiy vazifasini a’lo darajada amalga oshirishmoqda, ya’ni bu kabi tarmoqqa ulangan odam xech qachon yolg’iz qolmaydi, u avvaliga o’zi taniydiganlar bilan suxbatlashadi, keyin qiziqishlari bo’yicha o’ziga yangi do’stlar, yangi guruxlar topadi. Bu borada bunday tarmoqlar hech kamchiliksiz o’z ma’suliyatlarini to’la ado etmoqda.


Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham borki, bu bevosita o’zimizga bog’lik. YA’ni internetdan fodalanishda afsuski barchamiz ham uning o’z me’yorlariga, qoidalariga amal qilmaymiz. Internetning oltin qoidasi: eng to’g’ri axborotni ol. Interenet cheksiz virtual olam, unda axborotlar xajmi mutlaqo cheklanmagan. Demak, internetda sizga kerakli bo’lgan axborot bilan birgalikda keraksiz bo’lgan axborot ham talaygina. Bugun shunday keraksiz axborotlarning internetdagi asosiy manbaasi o’zingiz foydalanayotgan ijtimoiy tarmoq bo’lib qolmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqda turli reklama roliklari, tasvirlar, balandparvoz va yohud aksincha oddiy so’zlar bilan diqqatingizni tortayotgan har qaysi ma’lumotni ham to’g’ri deya olmaymiz.


Xo’sh, ular qanday ma’lumotlar?


  1. Diniy ma’lumotlar.

  2. Siyosiy ma’lumotlar.

  3. Ommaviy madaniyat haqidagi ma’lumotlar.

  4. Millatchilik va mahalliychilik ruhidagi ma’lumotlar.

  5. Vahimali ma’lumotlar va boshqalar.


 YUqoridagi ma’lumotlar qanday tarzda uchraydi?


  1. Tarmoqlarda tarqalgan, ammo, joiz bo’lmagan iboralar: Agar mo’min bo’lsang, ushbu ma’lumotni tarqat! Agar Allohni yaxshi ko’rsang, ushbu ma’lumotni tarqat!  Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko’rsang, ushbu ma’lumotni tarqat!  Agar ushbu ma’lumotni tarqatmasang, gunohlaring seni bu ishdan to’xtatgan bo’ladi! Agar ushbu ma’lumotni tarqatmasang, og’ir kasallikka duchor bo’lasan! Endi, shu o’rinda savol tug’iladi: agar o’sha aytilgan ma’lumotni tarqatmasam, mo’min bo’lmaymanmi, Allohni yaxshi ko’rmagan bo’lamanmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko’rmagan bo’lamanmi, gunohlarim to’sgan bo’ladimi, og’ir kasallikka giriftor bo’lamanmi?!!   Azizlar, din “kim oshdi” savdosi yoki tahdid emas. Bir-birlarimizga turli ma’lumotlarni etkazishda Allohdan qo’rqaylik! Alhamdulillah, barchamiz mo’min-musulmonmiz, barchamiz Allohni va Uning Rasulini yaxshi ko’ramiz!!!

  2. Tarmoqlarda turli siyosiy chaqiriqlar, bo’xronlar uchraydiki ularda sizga o’zingiz yashab turgan mamlakat siyosatini noto’g’ri deb sindirishga, amaldagi siyosiy tuzumga qarshi kurashishga, uning o’rniga diniy va yohud aksincha, eski sho’ro tuzumidagi davlat qurishga da’vat qiladi.


SHu o’rinda bir narsaga alohida e’tibor beraylik: 22 yillik mustaqil davlat sifatidagi tariximizda o’nlab yillar o’zini mustaqil deb e’lon qilib kelgan mamlakatlar erisha olmayotgan eng buyuk yutuqqa erishdik. Bu – TINCHLIK. Buni endi butun dunyo e’tirof etmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarlarning mamlakat xavsizligi va barqarorligidagi roli ortib bormoqda. Suriya, Liviya, Misr, Ukraina kabi mamlakatlarda ro’y berayotgan mudxish voqealarning boshlang’ich ko’zg’atuvchi nuqtasi ijtimoiy tarmoqlar deb ko’rsatilmoqda. Bu bejiz emas, yuqoridagi mamlakatlar yoshlariga internet orqali avvaliga chetdan turib demokratiya qurishga ko’maklashuvchi qo’shtirnoq ichidagi “xolislar” o’zlarining qanday yashash kerakligi haqidagi darslarini o’tib yoshlarda amaldagi tuzumga nisbatan norozilik kayfitini uyg’otdi. SHuni unutmaslgigiz kerakki ildizi bir necha asrlarga borib taqaluvchi xalqimiz uchun bu kabi darslarning mutlaqo keragi yo’q. Zero qanday yashashni biz o’zimiz uchun belgilab bo’lganmiz. SHoir ta’biri bilan aytganda esa “Menga kanday yashashni o’rgatmagin sen”.


  1. SHuningdek internetda ommaviy madaniyat targ’iboti ham juda faol olib boriladi.  Ular asosan video rolik, elektron sur’at va qo’shiqlar ko’rinishida bo’ladi. Ularda milliyligimizga zid bo’lgan yod g’oyalar, begona urf – odatlar, mentalitetimizga mutlaqo nomunosib madaniyatlar yoshlar g’oyasiga singdirilishiga xarakat qilinadi.


Ommaviy madaniyatning shaxs erkinligi niqobi ostida tarqalishi mamlakat yoshlarining o’z xalqi urf-odatlarining yo’qotilishi, milliyligining unutilishi, ayniqsa sharq xalqlariga mos bo’lgan sharm-u hayoning, mexr-u oqibatning, nomus, sha’n va oilaviy munosabatlarning qadrsizlanishiga olib keladi. Afsuski bunday holatlarga yurtimizda ham guvoh bo’lmoqdamiz. Agar, biz o’z milliyligimizni qo’ldan boy bersak, bizning mustaqilligimiz hech narsa bo’lmay qoladi. Axir mustaqillik dunyoga o’zbek degan xalq borligini, uning ham o’z madaniyati, tili, urf-odatiyu qadriyatlari borligini ko’rsatib berdi. Agar biz ommaviy madaniyat ta’siri ostida ularni yo’qotsak, o’z mustaqilligimizni yo’qotgan bo’lamiz.


  1. Millatchilik va mahalliychilik g’oyalari ijtimoiy tarmoqlarda juda ko’p uchraydi. Ular asosan so’rov tarzida o’tkazilib, ularda quyidagicha savollar qo’yiladi:


Millating kim? Seningcha qaysi millat kuchli? Qaysi millat ko’proq? Kaerdansan? Kaerliklar kuchlirok? Kabi savollardir.


Avvalo millat va xalq tushunchalarini yaxshilab anglab olishimiz kerak. Bitta til va madaniyatga ega bir etnik guruxdagi odamlar bu millatdir. Bir necha etnik guruxlardan iborat, ma’lum yashash xududiga ega, umumiy bir til va umumlashgan madaniyatga ega odamlar esa xalqdir. O’zbek xalqi tarkibiga Mamlakatimizda yashovchi har bir millat vakili kiradi, biz birlashib bir xalqmiz. Bizning xalqimiz uchun esa millatchilik degan tushuncha mutlaqo begonadir. SHu kungacha xalqimiz bironta millatga nisbatan g’arazlik qilmagan. Millatchilik ruxi bizning mamlakatimizda uchramasada tarmoqlardagi bu kabi g’oyalar virtual tarzda bo’lsada foydalanuvchilar o’rtasida nizo keltirib chiqaradi. Eng xavflisi esa bu virtuallik reallikka aylanib ketishidir.


  1. Vahimali ma’lumotlar internetdan foydalanuvchilar o’rtasida juda tez tarqaladi. Bu kabi ma’lumotlarda mintaqaviy yoki global miqyosda insonlar hayotida keskin, qutqarilib qolish o’ta mushkul va xatto iloji yo’q bo’lgan voqeylik bo’lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqatiladi. Bunday ma’lumotlardan biri Qiyomat qoyin xaqidagi gaplardir. 2012 yil dekabrida bo’ladi deyilgan qiyomat qoyin natijasida xalqaro aviareyslar mijozlari bir necha martaga ko’payib ketdi. Ular o’zlari muxojir va sayyox bo’lib yurgan mamlakatlardan ona yurtiga zudlik bilan qaytishni istab qolishgan.


Bunday mish-mishlardan maqsad ma’lum bir mamlakat yoki mintaqa aholisida propoganda orqali mamlakatda notinchlik tug’dirish va moddiy manfaatdorlik ko’rishdir.


Ijtimoiy tarmoqning inson ruhiyatiga ta’siri:


Internnetda siz o’zingiz uchun istalgan yolg’on qiyofa, ya’ni qalbaki imidj yaratishingiz mumkin. Siz kim bilandir hazillashishingiz yoki biron kimsani taqib qilishingiz ham mumkin. Biroq shuni ham unutmangki, siz bilan ham kimdir huddi shunday hazil qilishi yoki aksincha sizni taqib qilishi mumkin.


Internetga shunchalik bog’lanib qolgansizki, ijtmioiy tarmoqdagi sahifangizni yangilamay tura olmaysiz. Go’yoki sizda “Balkim kimdandir xabar kelgandir, yoki Kimdir statusimga, sur’atimga baho qo’ygandir, yana bo’lmasam do’stim yangi sur’atlar joylashtirgandir” degan o’ylar g’ujg’on ura boshlaydi. Aslida esa sizning ongingizda bunday fikrlar mutlaqo mavjud emas, siz shunchaki o’z sahifangizni yangilab turasiz, chunki uni tekshirmay tura olmaysiz. siz unga bog’lanib qolgansiz.


Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning 80 foizi bir kunda hech bo’lmaganda bir marotaba o’z sahifalarini yangilab turishadi, ularning 3 dan biri esa ularning profillari bilan bir narsa sodir bo’ladi degan doimiy tahlikada yashashar ekan. Internetga bog’lanib qoluvchilarni huddi sigaretga bog’lanib qoluvchilarga qiyoslash mumkin.


Ijtimoiy tarmoq huddi ko’pirtirib ko’rsatuvchi ko’zguga o’xshaydi. Kayfiyatingiz yaxshi bo’lsa saxifangizga kirganingizda har qanday o’zgarishlar sizning kayfiyatingizga qo’shimcha yaxshi kayfiyat qo’shar, tushkun holatda kirganingizda esa undagi o’zgarishlar sizning asabingizga tegishi kayfiyatingizni yanada tushirishi mumkin.


Ijtimoiy tarmoq o’zimizning nomaqbul jihatlarimizni ko’rsatish uchun bizga juda katta imkoniyatlar yaratib beradi. Xasat, nafrat, ahloqsizlik, zo’ravonlik va xattoki rashk kabi jixatlarimizni virtual tanishlarimizga namoyish qilamiz. Bundan tashqari sahifangizda o’zingiz uchun layklar, baholar, sharhlar va xabarlar, bir so’z bilan aytganda  e’tibor talab qilasiz. Biroq hamisha ham, aniqrog’i aksariyat hollarda ham bunday bo’lavermaydi. Oddiy misol siz tanishingizga o’zingiz uchun muhim bo’lgan masalada shaxsiy xabar jo’natdingiz, biroq u ayni damda bandligi, yohud onlaynda emas va yana boshqa sabablar tufayli sizga javob yozmadi. Natija esa tushkunlik, o’zingizda xo’rlik tuyg’usini sezasiz va unga nisbatan munosabatingizni qayta ko’rib chiqish qaroriga to’xtalasiz. Buning o’rniga do’stingiz bilan biron joyda ko’rishib jonli maslahatlashib olish bu kabi salbiy oqibatlarning oldini olgan bo’lardi. Bu kabi bee’tibor qolib ketish inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xattoki rumqniyalik bir ayol o’zining yozgan statusiga bironta ham layk olaolmagani uchun ruhan zo’riqib vasvas bo’lib qolgan. Ruhshunoslar unga Sofi sindromi deb tashxis qo’yishdi. Bu reallikdan ajralib qolish natijasidir.


Bir so’z bilan aytganda asalning ham ozi shirin. Biz internet tarmog’idan to’g’ri foydalanmas ekanmiz, yuqoridagi kabi salbiy ta’sirlar bizning hayotimizdan yo’q bo’lmaydi.


 

Internet deganda ijtimoiy tarmoq tushuniladimi?

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

Internet tarixi


 


 


Internet — bu jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir. Internet ko'pgina imkoniyatlarga ega. Internet imkoniyatlari bilan to`laroq tanishish maqsadida uning tarixiga sayoxat qilamiz.1960 — yillari Karib mojarosidan so`ng, AQSHning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND CORPORATION korxonasi, birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmagan kompyuter tarmog`ini yaratishni taklif qildi. Bu loyixani amalga oshirishdan maqsad xarbiy muassasalar, ilmiy va o`quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqqan xolda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bo`lar edi. Shunday qilib, Internet asos solindi.


"O‘rgimchak to‘ri" yoki Internet-immunitet atamasiga befarq bo‘lmaylik!

Блог им. behzodbek

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borishi natijasida internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin, soat sayin ortib bormoqda. Internetning global tarmoqqa aylanib ulgurganini hatto sezmay ham qoldik. Bu dunyoda nafaqat axborotlashgan jamiyatni yuzaga keltirdi, balki jahon hamjamiyatida globallashuv jarayonlarini tezlatib yubordi.


 


INTERNET VA TERROR


Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda terrorchilar foydalanadigan 5000dan ziyod internet saytlari mavjud bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatadigan portallar soni kun sayin oshib bormoqda. Bunday veb-saytlar to‘satdan PAYDO BO‘LADI, vaqt o‘tgach YO‘QOLADI, mazmunini O‘ZGARTIRMAGAN holda, tez-tez nomini va domenini O‘ZGARTIRIB TURADI.


NEGA TERRORCHILAR INTERNETDAN KO‘P FOYDALANISHYAPTI?


1. Internetga kirish osonligi uchun


2. Foydalanuvchilar sonining ko‘pligi uchun


3. Aloqaning anonimligi uchun


4. Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklanganligi uchun


5. Axborotlarni qisqa muddatda keng makonda tarqatish mumkinligi






Internet ham boshqa kashfiyotlar kabi inson intellektual salohiyatining mahsulidir. Ushbu tarmoq yordamida istalgan ma’lumotlarga juda tez vaqt oralig‘ida erishishimiz, masofadan turib ta’lim olishimiz, xorijda yashayotgan qadrdonlarimiz bilan suhbatlashishimiz, elektron adabiyotlardan bahramand bo‘lishimiz mumkin. Internetdan foydalanuvchilar soni esa yanada ko‘payishi aniq. Chunki texnologik taraqqiyot mislsiz sur’atlarda rivojlanmoqda.