топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

institut:

Yangi bosqichdagi hamkorlik rishtalari

О‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan barcha sohalarda hamkorlik aloqalari yangi jabhalarda tobora kengayib bormoqda. Joriy yilning 28 mart kuni MDH davlatlararo gumanitar hamkorlik fondi delegatsiyasi vakillari — Rossiya Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bо‘yicha maxsus vakili Mixail Yefimovich Shvidkoy, MDH davlatlararo gumanitar hamkorlik fondi ijrochi direktori Anatoliy Gennadyevich Iksanovlar О‘zbekiston davlat sanat va madaniyat institutiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga Rossiya Federatsiyasining О‘zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Aleksandr Vladimirovich Suxanov hamkorlik qildi. Nufuzli delegatsiyani institut rektori professor B.S.Sayfullayev kutib oldi.
1

Akademik litsey va kasb hunar kolleji jamoasi Islom Karimovni xotirladi

Samarqand davlat chet tillar institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘z faoliyati jarayonida viloyatning turli jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalari bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.
Kafedra qoshida institut talabalrining “Yosh notiqlar” to‘garagi tashkil etilgan. Ushbu to‘garakka yosh murabbiy Sh.

Talabalar uchun motivatsiya

Бизнес ва карьера

Qishki sessiyalarga tayyorlanayotgan talabalar talablariga ko`ra, ular uchun eng yaxshi motivatsiya.
Garvard talabalari motivatsiyasi:
1. Agar sen xozir uxlasang, tushingda orzularingni ko`rasan. Uyqu o`rniga o`qishni tanlasang, orzularingni amalga oshirasan.
2. Endi kech bo`ldi, deb o`ylaganingda, hali ham vaqtli bo`ladi.
3. O`qish azobi, vaqtincha.

Mо‘jaz vatanim

Блог им. tdmi-cit

Bilim, faqat bilimgina insonni ozod


 va ulug‘vor qiladi.


D.I.Pisarev.


 


 


Ilm-u hikmat suvni  yondirar. Inson borki hayotda о‘z maqsadiga erishish uchun yashaydi. Maqsadlar esa bizni bilim sari yetaklaydi. Bilimsiz inson olov emas, kul demakdir. Kimning qalbida olov otash bо‘lib yonsa va uni oldinga intiltira olsa, u albatta о‘z maqsadiga erishadi.


 


О‘zbekistonni quyosh deb oladigan bо‘lsak, institutimiz uning zarrin nuridir. Ahir quyosh bizni isitadi, ta’lim esa ongimizni yuksaltiradi… Sо‘lim va samo kabi tinch, osuda kunlarimiz zavqu shavqqa tо‘lib о‘taveradi. О‘qishimizda biz uchun neki kerak bо‘lsa, barisi bor: ijod qilishimiz uchun, kitob о‘qishimiz, izlanishimiz, о‘rganishimiz uchun ham sharoitlar mujassam. Eng quvonarlisi bizda “Ijodiy parvoz” nomli о‘z gazetamiz faoliyat yuritib kelmoqda. Bu ham faqat biz talabalar uchun.


 


Shuningdek, bugun institutimiz tarixida yana yangi sahifa ochildi. Yuraklarda hayajon, kimningdir kо‘zida quvonch yoshlari. Sababi shundaki, barchamizning kо‘zlarimiz mushtoq bо‘lib kutayotgan “Mо‘jaz vatanim” nomli institut radiosi о‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu radioda institutimiz miqyosidagi sо‘nggi xabarlar, yangiliklar, san’atga oid turfa ma’lumotlar, dunyo yangiliklari, shuningdek yonimizda, biz hali tanishga ulgurmagan iste’dodlar bilan “Mо‘jaz vatanim” radiosi orqali bilib boramiz. Ushbu radio faoliyati “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi mudiri Muqadda Ahmadjonova, bosh muharrir Shoira Nusratova, yana bir necha fidoiy ustozlarimizdan Gulnora Yusupova va radio kо‘makchilari, institutimizning tinib-tinchimas talabalari “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”, “Teatrshunoslik”, “Ovoz rejissyorlik” talabalarining jon kuyarligi, shijoati ila ish faoliyatini boshladi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini hur diyorimizning “baxt-ijod” qasri deya olsak, adashmagan bо‘lamiz... 


 


Aytingchi, bunday joy yana qayda bor. О‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti ta’limning an’anaviy va innovatsion uslublarini mohirona qо‘llab kelayotgan, faol rivojlanayotgan navqiron oliy о‘quv yurtidir.


 


Akbarova Zulxumor, “


Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”  


3-kurs talabasi.

Yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida joriy  8-fevral kuni “Yoshlar orasida giyohvand vositalarni tarqatilishiga qarshi” mavzuida davra suhbati о‘tkazildi. Tadbirni ma’naviyat bо‘limi boshlig‘i S.Tо‘ychiyeva kirish sо‘zi bilan ochdi.  Davra suhbatida Ichki Ishlar vazirligi Akademiyasi Tezkor-qidiruv kafedrasi boshlig‘i о‘rinbosari, podpolkovnik Olim Sattarov, Matbuot guruhi rahbari, podpolkovnik Rustam Yadgarov, ”Postda” gazetasi muxbirlari In’omjon Rahimjonov va Abu Kenjayev, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB  huquqbuzarliklarni oldini olish bо‘limi inspektori kapitan Abdulaziz Tolipovlar ishtirok etishdi.