топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ilm:

“Audiovizual san’atining inson ma’naviy ongi va tafakkuriga ta’siri hamda media maydonlardagi о‘rni” seminari

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi tomonidan “Audiovizual san’atining inson ma’naviy ongi va tafakkuriga ta’siri hamda media maydonlardagi о‘rni” mavzusida Respublika ilmiy amaliy seminari bо‘lib о‘tdi.


O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

Илм-фан
2018 yil 5-may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «О‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy me’rosida san’at va madaniyat masalalari»ga bag‘ishlangan xalqaro konfrensiya bо‘lib о‘tdi. Konfrensiyada institutimiz rektori I.J.Yuldashev tadbir ishtirokchilarini bugungi tantana bilan tabriklab, О‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati tarixiga doir masalalar xususida tо‘xtalib, konfrensiyani ochib berdi. Konfrensiyada О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev sо‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarini tabriklab, bugungi kunda buyuk allomalarimizning tarixiy me’rosini о‘rganishimiz va targ‘ib qilishimiz kerakligi haqida aytib о‘tdi.

“Ilm o‘qing yuksalasiz yohud hozirgi ta’lim olayotgan yoshlarning murabbiylarga bo‘lgan munosabati”

2017-yil 5-aprel kuni Toshkent moliya instituti faollar zalida Hisob va audit fakulteti “Moliyaviy tahlil” kafedrasida tashabbusi bilan “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan nashr qilingan Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobning taqdimoti hamda “Ilm o‘qing

Kitob – mo‘jiza

Eski do‘st
 
Uch-to‘rt yil burun ayrim sabablarga ko‘ra, bir necha kun kayfiyatim buzildi. Qon bosimim ko‘tarilib, tunda yaxshi uxlolmaydigan bo‘ldim. Vujudimni tushkunlik qopladi.
O‘zimni chalg‘itish uchun ulfatlar davralariga bordim. Ko‘ngilga yaqin kishilar bilan suhbatlar qurdim. Bu

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida o‘tkazilgan loyihalar haqida

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida o‘tkazilgan loyihalar haqida
 Birinchi Prezidentimiz  Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida yurtimizda huquqiy

“Kamolot” kutubxonasi”: Yangi yilga yangi sovg‘alar bilan!

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан
“Kamolot” kutubxonasi”: Yangi yilga yangi sovg‘alar bilan!
 
 
Yangi yil bayrami bizda har yili 31-dekabrda nishonlanadi. Lekin ushbu bayram turli davlatlarda turlicha urf-odatlar asosida nishonlanar ekan. Bilishni istaysizmi? Qadimda… 13-yanvar kuni ko'pgina Xristian diniga e'tiqod qiluvchilar davlatlarda

Ma'rifatli ayol adashmaydi

 
Bugungi kunda har bir oilaning jamiyatda tutgan o`rni, hayot mazmuni, milliy qadriyatlarni o`rganishi inson ma`naviyatiga хizmat qiladi. Bunga erishish uchun avvalambor, oilada bola tarbiyasini to`g`ri tashkil etish, unda sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, chuqur bilim va yuksak mas`uliyat talab etadi.
Oila jamiyatning dastlabki bo`g`ini ekan, yoshlar avvalo tarbiya sabog`ini uyda, ona va buvilaridan o`rganadi. Oilada bolalar aqliy, jismoniy va ma`naviy jihatdan kamol topadi, dunyoqarashi shakllanadi. Shunga ko`ra ayolga oilada bolalarni tarbiyalash, mustaqil hayot va mehnatga tayyorlash bo`yicha katta mas`uliyat yuklangan.

“Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati “Munozara” to’garaklari koordinator va trenerlari uchun o’quv-seminarlari haqida

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан
“Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati “Munozara” to’garaklari koordinator va trenerlari uchun o’quv-seminarlari haqida
 
    Munozaralar orqali yoshlar zamonaviy hayotga oid eng dolzarb masalalar ustida bahs olib borib, o‘zgalarning fikriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga hamda tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantiribgina qolmay, dunyoqarashini ham kengaytirishga ko‘maklashadi.
  
    Xabaringiz bor, joriy yilning 5-7-fevral, 20-21-iyun hamda 14-17-oktabr kunlari Harakatning hududiy Kengashlari qoshida tashkil etilgan «Munozara” to‘garaklari a’zolari o‘rtasida respublika turnirlari tashkil etilgan edi.

Cho'qilarga intilib

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Men Muhammadjonov Shohruhbek Farg'ona viloyati Dang'ara tumani XTMFMTTEB tasarrufidagi 1-IDUMI ning 8-B sinf o'quvchisiman. Tumanda o'tkazilgan «Bilimlar bellashuvi»da informatika fanidan 1-o'rinni olib, 3-viloyat bosqichiga yo'llanma oldim. Hozirgi kunda tumanimiz informatika fani o'qituvchilari cheksiz bilim bermoqda. Jumlada 28-umumta'lim maktab informatika o'qituvchisi S.Islomova, 2-IDUMI informatika fani o'qituvchisi Nabijon domla, ustozim Z.Jo'rayeva, 18-umumta'lim maktabi informatika fani o'qituvchisi S.Erkaboyev va XTB mudiri Sh.Pozilovlar katta amaliy yordam bermoqda. Men ustozlarim, tumanimiz va ota-onam ishonchiqi oqlash uchun respublika bosqichlariga chiqib, munosib o'rin olish.

“Yuksak badiiy va intellektual salohiyatli yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi talabalarning konferensiyasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Yosh avlod vakillarini ilmiy izlanishlarga jalb etish, ilmiy tafakkur va salohiyatini yuksaltirish, kelgusida yirik tadqiqot va loyihalarni amalga oshirishlari uchun zamin hozirlash nihoyatda muhim vazifalardan biri bо‘lib, shubhasiz, bu maqsad-muddaolarning amaliy rо‘yobini ta’minlashda ilmiy-amaliy anjumanlar muhim о‘rin tutadi. Hozirda yer yuzining qariyb barcha mamlakatlarida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va mazkur anjumanlarda ilgari surilgan nazariy fikrlarni amaliyotga tadbiq etish orqali istiqbolli natijalarga erishish mumkinligi allaqachon о‘z tasdig‘ini topib ulgurdi. Faqat minbardan turib aytilgan fikr quruq mavoza bо‘lib qolmasligi, albatta jamiyat hayotining qaysi bir sohasida о‘z yechimini topishi va insonlarning amaliy faoliyatida asqotishi masalaning asosiy jihatidir.


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaviy tarzda о‘tkazib kelinayotgan “Yuksak badiiy va intellektual salohiyatli yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham institutimizda tahsil olayotgan talaba yoshlarning iqtidori, iste’dodi, ilmiy salohiyatini namoyon etish bilan bir qatorda, ularning dunyoqarashi, bahs-munozara va musohabalarda о‘z shaxsiy fikrini erkin bayon etishi, mavzuga yondashuvi va ilmiy xulosalar chiqarish kо‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilayotgani bilan e’tiborlidir. Ushbu anjumanni katta munozaralar, davrayu izdihomlar arafasidagi о‘ziga xos debochaga qiyoslash mumkin. Zero, ulkan kashfiyotu tadqiqotlar ham oddiy eksperimentlar, tajribayu izlanishlar zamirida bunyod bо‘lishi oddiy haqiqatdir.



Intellektual yoshlar – taraqqiyotning muhim omili

Блог им. tdmi-cit


О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bо‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bо‘lishi lozim” sо‘zlari va 2014 yil 6 fevralda qabul qilingan “О‘zbekiston Resbuplikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda san’at va madaniyat sohalarida malakali kadrlar tayyorlash vazifalarini amalga oshirish maqsadida 2014 yilning 27-28 fevral kunlari institut talabalarining “Yuksak badiiy va intellektual salohiyatga ega bо‘lgan yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” mavzuidagi ilmiy-nazariy, amaliy konferensiyasi bо‘lib о‘tdi. Ushbu talabalarning an’anaviy konferensiyasi о‘zining keng kо‘lamliligi, bugungi kunning, xususan, san’at va madaniyat sohasining muhim muammolarini, mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf qilish yо‘lidagi izlanishlarni о‘z ichiga olganligi bilan yangicha qiyofa kasb etdi.


 


Ilmiy-nazariy anjumanni institut rektori B.S.Sayfullayev ochib berib, talabalarni ushbu ilm bayrami bilan qutladi. Ularga amaliy hamda nazariy bilimlarining omuxtaligida vujudga kelgan haqiqiy san’at asarlarini yaratishda muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan sо‘ng, Yalpi majlisga tayyorlangan ma’ruzalar tinglandi. Dastavval, 4-kurs “Sahna va ekran dramaturgiyasi” yо‘nalishi talabasi N.Majidovning “Zamonaviy о‘zbek teatri va milliy mafkura: muammo va yechimlar” mavzuidagi ma’ruzasi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Ma’ruzada muallif san’atning jamiyat hayotida tutgan о‘rni, uning mafkuraviy targ‘ibot masalalardagi beqiyos ta’siri borasida gapirib, misollar hamda keng kо‘lamli fikr yuritdi. Ma’ruzachining kuyunchaklik bilan tanlangan masalaning muammoli tomonini ochib berishga qaratilgan intilishi hammaning e’tiborini tortdi.



“Shaxs ma’naviyatining shakllanishida san’at va madaniyatning roli” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi axborot xati

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-sonli farmoyishiga muvofiq О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2014 yil 30 aprel kuni “Shaxs ma’naviyatining shakllanishida san’at va madaniyatning roli” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi о‘tkaziladi.


 


Konferensiyada shaxs ma’naviy olamini shakllantirishda о‘zbek san’ati va madaniyatining rolini kuchaytirish, ijodkor mahoratini yuksaltirish muammolarining ilmiy yechimini topish, shuningdek, badiiy ijod namunalarini tadqiq etish kо‘zda tutilgan. Konferensiyada kо‘tariladigan mavzularning hayotiyligi, dolzarbligiga alohida e’tibor qaratiladi, nazariy va amaliy xulosalar ilgari suriladi. Mazkur konferensiyaga ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor-о‘qituvchilar,soha mutaxassislari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlar taklif etiladi.



“Yangi davr san’ati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar” mavzuidagi konferensiyasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 yanvardagi 25-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasida 2013 yilda о‘tkazilishi mо‘ljallangan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ga asosan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2013 yil 16-17 aprel kunlari О‘zRFA San’atshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Yangi davr san’ati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar” mavzuidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi о‘tkazildi.


 


О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yо‘l topish haqida sо‘z yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi о‘ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql о‘rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Agarki har qaysi ijodkor о‘z asarlarida ana shu о‘lmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib qо‘ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda yuksalishga xizmat qilib, о‘zining ijtimoiy vazifasini tо‘liq ado etishga erishgan bо‘ladi”. О‘zbekiston Prezidentining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan о‘rin olgan bu fikrlari institutimiz professor-о‘qituvchilarining ijodi orqali yoshlarning ilmiy salohiyati, ongi va madaniyatini yuksaltirishga hissa qо‘shish istagini vujudga keltirishi tabiiy hol.



“Yangi davr san’ati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar” mavzuida Respublika miqyosida ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2013 yil 16-17 aprelda “Yangi davr san’ati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar” mavzuida Respublika miqyosida ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi о‘tkazilishi rejalashtirildi.


 


Anjumanda о‘zbek san’ati va madaniyatida professionalizmga e’tiborni kuchaytirish, ijodkor mahorati va muammolarining ilmiy yechimini topish, shuningdek, badiiy ijod namunalarini tadqiq etish masalalari kо‘zda tutilgan. Bunda kо‘tarilayotgan mavzularning hayotiyligi, dolzarbligiga alohida e’tibor qaratiladi, nazariy va amaliy xulosalar qilinadi. Mazkur anjumanga ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor-о‘qituvchilar, soha mutaxassislari,katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlar taklif etiladi.