топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

hujjat:

Huquq sohasida amalga oshirilgan eng so’ngi ishlar

Илм-фан
2018 yil 28 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti kichik majlislar zalida fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining raisi o’rinbosari v.b. X.Eshmuratov, fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining sudyasi S.Nabiyevlar ishtirokida “Huquq sohasida amalga oshirilgan eng so’ngi ishlar” mavzusida ochiq davra suhbati bo’lib o’tdi. 

Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish xizmati

Блог им. Muhayyo


     Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish yangi interaktiv xizmati joriy etildi. Ayni chog’da, abituriyentlar portalda belgilangan ma’lum qonun-qoidalar asosida topshirilgan hujjatlarini pochtadan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.


         Ushbu xizmatdan foydalanish uchun abituriyent kvitansiya blankasini yuklab olib, uni to’ldirgan holda bank bo’linmasi yoki aholidan to’lov qabul qiladigan kassaga taqdim etishi va eng kam ish haqining 15% miqdorida to'lovni amalga oshirishi kerak bo’ladi.