топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

globallashuv:

Globallashuv yaxshimi-yomonmi?

Ўзлигим
Жамият
Ha, bejizga bu galgi so’zimni ushbu qaydnomadan boshlamadim. Hozirda dunyoning hech qanday nuqtasi qolmadiki, inson nazari yetmagan bo’lsin. Dunyo ulkan bir to’r bilan chirmalgan-u, uning jilovi inson qo’lidadek go’yo. Buning isboti ham qarshimizda namoyon, uni Internet deya atamishlar zamondoshlarimiz. Globallashuvga

Toshkent islom universitetining Talabalar turar joyida “Globallashuv sharoitida tariqatlar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi

Илм-фан
18-mart kuni universitetning Talabalar turar joyida “Islomshunoslik” kafedrasi dotsenti H.Yo`ldoshхo`jayev ishtirokida “Globallashuv sharoitida tariqatlar” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Davra suhbatida globallashuv jarayonlari, uning mazmun-mohiyati, tasavvuf ta`limoti hamda tariqatlarning shakllanish tariхi,

Globallashuv jarayonida “Ommaviy madaniyat” fenomeni

Urganch davlat universiteti
Илм-фан
O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yili O‘zbekiston xalqining istiqlolga erishgani bilan izohlani-shi bejiz emas. Vatanimiz xalqaro hamjamiyatning teng huquqli subyektiga aylandi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq kun tartibiga, xalqimiz ongini biz uchun doimo yot bo‘lib kelgan mafku-raviy kishanlardan ozod qilish eng muhim masala sifatida qo‘yildi, Yurtboshimizning shu ma’noda, ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz – bu gul bilan qoplangan yo‘l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir”, deb aytgan so‘zlari zamirida qanchalik chuqur, hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz. Bu davrda “O‘zbеkistоn XXI аsr bo‘sаg‘аsidа: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqi-yot kаfоlаtlаri” аsаridа ta’kidlanganidek, milliy mustаqillikkа хаvf sоluvchi оmillаr edi:
●mintаqаviy mоjаrоlаr;
●diniy ekstrеmizm vа fundаmеntаlizm;
●buyuk dаvlаtchilik shоvinizmi vа аgrеssiv millаtchilik;
●etnik vа millаtlаrаrо ziddiyatlаr;
●kоrrupsiya vа jinоyatchilik;
●mаhаlliychilik vа urug‘-аymоqchilik;
●ekоlоgik muаmmоlаr.
Yuqоridаlаrning hаr biri chuqur vа хоlis tаhlil qilinsа, mа’nаviyatgа hаm tаhdid ekаnligi аyon bo’lаdi.
O‘z vаqtidа eng хаtаrli bo‘lgаn mаfkurаviy tаhdidlаr qаtоridа:
‒ islоm хаlifаligi shiоri bilаn оdаmlаrning оngini zаhаrlаshgа intilishlаr;
‒ sоbiq ittifоqni yangi shаkl, аmmо eski mоhiyat bilаn tiklаsh sаri bo‘lgаn urinishlаr sa-nab o‘tilgan bo‘lsa, bugungi dunyo manzarasi globallashuv ta’sirida yangi tushunchalarning kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, “ommaviy madaniyat” yoki “o‘yinboz odam”.
Prezidentimiz I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bugungi kunda yoshlarimiz qalbi va ongiga tahdid solayotgan ommaviy madaniyat tahdidi mohiyatini ochib berib: “Biz yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor beri-shimiz lozim. Ya’ni kommunistik mafkura va ahloq normalaridan voz kechilgandan so‘ng, jami-yatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo‘lishi kerak”, – deya ma’naviyatimizni saqlashga da’vat etadi.
Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, “ommaviy madaniyat”ning uchta asosiy darajasini ko‘rsatadilar:
1. Kitch – madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati).
2. Mid – madaniyat (“o‘rtamiyona” madaniyat).
3. Art – madaniyat (ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat).
Ya’ni, “Kitch” nemischa “kitschen” olmoshidan hosil bo‘lgan va saviyasi past, arzon va jo‘n asar yaratib, sotishni bildiradi. Aynan mana shu daraja “Ommaviy madaniyat”, ya’ni “Ko‘-ngilochar industriya” tomonidan yaratilib, oxir-oqibatda insonni manqurt darajasiga tushiradi-gan, xalqni esa olomonga aylantirishi mumkin bo‘lgan illat, bir so‘z bilan aytganda, g‘ayriax-loqlikdir.
Faylasuf A.Y.Fliyer taklifiga binoan “ommaviy madaniyat” yo‘nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin:
1) “Yoshlar submadaniyati” industriyasi;
2) ommaviy ijtimoiy mifologiya; odamga murakkab qadriyatlar yo‘nalishi tizimini joy-lashtirish; dunyoni ko‘p qirrali tushunishini oddiylashtirish;
3) ommaviy dam olishning tashkiliy turlarini, turli shoularni, qiziqish va dam olishni sa-noat asosiga ko‘chirish;
4) sog‘lomlashtirishga qaratilgan dam olish industriyasi;
5) ehtiyojni qondirishni boshqarish va individual, shuningdek, jamoa foydalanadigan xiz-matlar, takliflarni rag’batlantirish tizimini tashkil etish (reklama, imidjmeykerlik va hokazo);
6) har xil o‘yinlar, mexanik o‘yinlardan tortib, elektron, kompyuter va boshqa vositalar-dan foydalanish.
Shu o‘rinda, “Homo Ludens” – “o‘yinboz odam” iborasi bugun keng iste’molga kira boshladi. Internet faqat tijorat, iqtisodiyot, hordiq, ilmiy ma’lumotlar olami emas, balki o‘yinlar haqidagi ma’lumotlar olamiga ham aylandi. AQSHlik tadqiqotchi R.Folbergning fikricha, AQSHda “muammoli gambler” – o‘yinbozlar aholining 5 % ni tashkil etadi. Kanadada 75 % ga oshgan. Bu faktlarga asoslanib, olimlar junbushli o‘yinlarga berilish hodisasini jamiyatning mu-ayyan qismiga tahdid solayotgan ijtimoiy muammo, deya e’tirof etmoqda. Shu darajaga borib yetdiki, jamiyatda o‘yinlarga me’yoridan ortiq berilish ma’naviy qadriyatlarning o‘z ahamiyatini yo‘qotish xavfini tug‘dirdi.
         Tan olish kerakki, K.Zegbers ta’kidlaganidek, globalizm o‘ziga xos rivojlanish yo‘lining torayishi (yoki, umuman, yo‘qolishi), umumiy yo‘ldan og‘ishning iloji bo‘lmasligi hukumat yoki jamiyat tomonidan ongli ravishda ma’lum, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlash imkoniyatini qis-qarishi bo‘lgani holda “o‘ziga xoslik” yoki ”milliylik”ni qat’iyan man etadi. Ma’naviy hamda madaniy jarayonlarning globallashuvi ijtimoiy hayotda “ommaviy madaniyat” fenomenini yuza-ga keltiradi. Bu madaniyat tarqayotgan tushuncha hamda qarashlar esa Prezidentimiz ta’kidla-ganidek, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishini anglatmoqda. Shunday ekan, “ommaviy mada-niyat” yemirishga urinayotgan “o‘ziga xoslik”, “milliylik” tushunchalarini tiklashimiz, rivojlanti-rishimiz darkor deb hisoblaymiz. Jumladan, o‘zbеk хаlqi hunаrmаndchilikning turli tаrmоqlаri bilаn аzаldаn shug‘ullаnib kеlgаn vа аn’аnа sifаtidа bugungi kungаchа hаm dаvоm ettirib kеl-mоqdа. Hunаrmаndchilikning bа’zi tаrmоqlаri unut bo‘lmаsdаn, milliylikni, qаdriyatni sаqlаb qоlgаn hоldа yеtib kеlishidа ustoz-shоgird аn’аnаsining uzviyligi muhim аhаmiyat kаsb etаdi.
Milliy hunarmandchiligimizni saqlab qolish, uni kelgusi avlodga yetkazishda usto-sho-gird an’anlarining bugun ham ahamiyati beqiyosdir. Umar Hayyom ta’kidlaganidek:
Bir hunаr egаsi bo‘lsа оdаm gаr,
  U emаs, ko‘rsаtur o‘zin shu hunаr.
  Yoshlikdа bir shоgird, o‘zgаrаr ustоd,
  So‘ngrа ustоd bo‘lib, dilni etdik shоd.
Umuman olganda, XXI asr glоbаllаshuv davridа yoshlаrning mustаqil rаvishdа hunаr bilаn shug‘ullаnishidа, оdоb-аxlоq mеzоnigа riоya etishidа, yosh аvlоdni hunаrmаndchilik kаs-bigа mеhr-muhаbbаt ruhidа tаrbiyalаshdа usto-shоgird аn’аnаsi vа u bilаn bоg‘liq bo‘lgаn mаrо-simlаrning аhаmiyati judа kаttаdir. Zеrо, hunаrmаndchilikdа ustа-shоgird mаrоsimlаri qаdimiy qаdriyat hisоblаnаdi.
 Bir so‘z bilаn аytgаndа, kаsb vа hunаr “hаyotdа uchrаgаn qiyinchiliklаr оqibаtidа tu-g‘ilishi mumkin bo‘lgаn yomоn fikrlаrdаn qаytishgа o‘rgаtаdi”.
D.Atamuratova (UrDU o‘qituvchisi) 

GLOBALLASHUV VA OILA

Блог им. devdasdesign
Xurshid Mirzaxmyedov — o‘qituvchi
Milliy g‘oya, ma'naviyat va huquq asoslari kafedrasi
Namangan davlat universiteti

Mamlakatimizda amalga oshrilayotgan tub islohotlar ta`lim, madaniy, sport va ijtimoiy sohalarda bo`layotgan o`zgarishlar, yangi tehnologiyalar joriy qilinish orqali yoshlaimizni bilim, ko`nikma va malakalarini yanada oshirishi, yangi iqtidorlarni kashf qilish, qobilyatlarini namoyon qilish. Bundan tashqari yurtimizni globallashuv sharoitida dunyo hamjamiyatida munosib o`rin egallashiga qaratilgan ishlarni amalga oshirilmoqda. Bu boradagi barcha imkonyatlar amalda safarbar etilmoqda. Ayni dunyoda tez suratlar bilan o`zgarib borayotgan globallashuv sharoitida yoshlarimizni og`ishmay olg`a borishi, xech kimdan kam bo`lmagan farzandlarni kamolga yetkazish uchun mamlakatimizning barcha hududlarida yangi va zamonaviy maktablar, kollejlar, musiqa maktablari va sport majmualarini barpo etilishi yoshlarni ta`lim olishda qulayliklardir. Bugungi hayotimiz davomida hammamizga ma`lum bo`lgan yuqoridagi globallashuv ham ijobiy, ham salbiy ko`rinishda namoyon bo`lib jamiyatda qanday muhit hukmron bo`lsa shunday ta`sirida vujudga keladi. Prezidentimizning “Biz tinchlik-osoyishtalik hukm surayotgan mamlakatda yashamoqdamiz va uning o‘tmishi, buguni va kelajagi bilan g‘ururlanamiz, faxrlanamiz. Biroq ta’kidlash lozimki, bugun tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, shiddatli va murakkab zamonda umr kechirayotganimizni ham unutmasligimiz lozim.”. Avvalo globallashuvda g`oyaviy tahdidlar, kelib chiqish sabablar va namoyon bo`lish shakllari haqida so`z yuritar ekanmiz avvalo ularga darvoza bo`lb xizmat qiluvchi manbalarga alohida e`tabor qaratishimiz muhim bo`ladi. Keling bu muammolarni guruhlarga bo`lib o`rganib chiqsak. Bular 1-oila guruhi, 2-jamiyat guruhidir.
— Jamiyatni asosiy negizini tashkil etuvchi oilada tarbiya ota-onalarni so`zi bilan emas ularni amallari bilan farzandga singdirib boriladi. Hammamizga ma`lumki oiladagi tarbiya farzandni jamiyatdagi o`rni, kasb tanlashda, iqtidorlarini namoyon qilishda muhim manbai hisoblanadi. Lekin ayrim illatlarning kirib kelishi va ularni oilada namoyon qilishi natijasida ota-onadan farzandga o`tuvchi ma`naviy-madaniy tarbiyani uzilib qolishi va buning natijasida ma`naviy qashshoq, dunyoqarashga ega bo`lmagan farzandlarni voyaga yetkazishga sabab bo`ladi. Bunda mavjud muammolar ya`ni ommaviy axborot vositalari bunda oila davrasida mentalitetga to`g`ri kelmaydigan yoki shavqatsiz kinolarni tomosha qilish, ota-onalar farzand tarbiyasini boshqa sabablarga ko`ra kechiktirilishi va farzandni qilgan xato ishiga tushuntirish emas aksincha salbiy holatlarni olib keluvchi harakatlarni amalga oshiradi.
— Keyinchalik oilada kechiktirilgan tarbiyaga ega yoshlar tarbiyani jamiyatda qidira boshlaydi chunki yoshlarni ongida axborot qabul qilish juda tez bo`lgani uchun ma`naviy tarbiyaga ega bo`lmagan yoshlar ana shunday axborotlarni qabul qiladi. Lekin uni analiz-sintez qilish bir so`z bilan aytganda ma`naviy immuniteti shakllanmagan bo`lgani uchun hamma ma`lumotlar shu yoshlar ongida saqlab qoladi. Buning natijasida jamiyatda (norasmiy guruhlar, yoshlarni maqsadsiz yurishlari, atrof-muhitga salbiy ta`siri, maishiy shovqinlarni) keltirib chiqaradi. Bunday holatlarga ta`sir etuvchi vostalar avvalo ommaviy axborot vositalari, internet tarmog`i, uyali aloqa vositalar, natijada shu yoshlar o`zini qilgan ishini to`g`ri deb bilishi va belgilangan me`yorlarda o`tishga sabab bo`ladi.
Barcha muammolarni hal etish uchun bir shaxs emas aksincha har bir fuqaro harakat qilishi muhim hisoblanadi. Oiladagi farzandga beriladigan tarbiyada yuqorida keltirilgan muammolarni kamaytirish uchun ota-onalarning farzandlariga bo`ladigan munosabatini o`zgartirish uning qiziqishlari, nimaga intilayotganini bilib borishi va iqtidorini namoyon qilishda barcha vositalardan foydalanishi shart. Chunki muammolarni yuzaga kelishida yoshlarni bo`sh vaqti ko`p bo`lganidandir va bu vaqt bugungi kunda insonlarga qulaylik, ularni izlanishlariga xizmat qiluvchi vositalardan noto`g`ri foydalanadi. Bundan tashqari ota-onaning farzand tarbiyasida ma`lum bir vaqtni ajratishi va suxbat olib borishi zarur. Farzandni ma`naviy tarbiyasi uning psixologik jihatiga ta`sir qiladi, buni yaxshi tomongan yo`naltirishda ota-onani roli kattadir.
Bu muammolarni oldini olishda ma`naviy qashshoq yoshlarni nazoratga olish ularni to`g`ri yo`lga solish uchun ularni vaqtlarni ko`p o`tkazadigan joylar (kopmyuter xonalar, istirohat bog`lari va boshqa). Bu joylarda yoshlarni to`g`ri yo`lga solish uchun mutasaddi tashkilotlar tomonidan shu joylarda ma`lum bir vaqtda kompyuter savodxonligi va m`naviy tarbiya ahamiyatiga ega videoroliklarni namoyish etishi zarur. Shuningdek maqsadsiz yurgan yoshlarni mahalla inspektori va posbonlarni shu yoshlar bilan hamkorligida ish olib borishlari muhim bo`lib bunda ana shu maqsadsiz yuruvchi yoshlar bunday yurishlarini oqibalarini amaliy ko`rishlari mumkin. Bundan tashqari mahalla osoyishtaligi yana bir bor ta`minlangan hisoblanadi, zero yurimiz tinchligi va osoyishtaligi bo`lgandagina yuksak bilimli va yetuk farzandlar ulg`ayadi.
Prezidentimizning mustaqilligimizning 23-yilligiga bag`ishlangan marosimda so`zlagan nutqida “Bugun suyanchimiz va tayanchimiz bo‘lmish o‘g‘il-qizlarimizga, mening farzandlarimga qarata aytmoqchiman: biz o‘z oldimizga qo‘ygan kelajagi buyuk davlat qurishdek olijanob maqsadga yetish yo‘lida men sizlar kabi mard va shijoatli yoshlarimizga, ilmu fan cho‘qqilarini egallashga bel bog‘lagan, qiyinchilik va sinovlar oldida bosh egmaydigan, bugun hayotimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lib maydonga chiqayotgan sog‘lom va barkamol avlodimizga ishonaman.
Men sizlarning barchangizni haqiqatdan ham yaxshi ko‘raman, sizlar uchun, sizlarning baxtu saodatingiz uchun butun borlig‘imni bag‘ishlashga ham tayyorman. Marrani doimo baland qo‘yib yashang, aziz bolalarim, davr bizniki, marra bizniki!” Shunday ekan bizga bildirilgan ishonchni oqlashimiz shart.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI

1. Prezidentimizning mustaqilligimizning 23-yilligiga bag`ishlangan marosimda so`zlagan nutqi.
2. www.jahonnews.uz/uzb/president/nutqlar_maruzalar_tabriklar/prezident_islom_karimovning_ozbekiston_respublikasi_mustaqilligining_yigirma_ikki_yilligiga_bagishlangan_tantanali_marosimdagi_tabrik_sozi-545656.mgr.
3. soglom.uz/nigoh/1399-globallashuv-jarayonining-ma-naviyatga-ta-siri.html.
4. www.fikr.uz/posts/toshkent_islom_universiteti/20946.html.

GLOBALLASHUV DAVRIDA FARZAND TARBIYASIGA E'TIBORNING AHAMIYATI

Блог им. lnadaa7

            Azal-azaldan xalqimiz farzand tarbiyasiga eng ma’suliyatli vazifa sifatida qarab kelgan va bu boqiy an’ana bugungi kunga kelib ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Ayniqsa, ayni damda kechayotgan globallashuv jarayonida millatning millat sifatida saqlanib qolishida sog’lom oila va unda ulg’ayayotgan farzandlarning o’rni beqiyos. Yaqin o’n yillikda eng rivojlangan davlatlarni ham tang ahvolga solib qo’ygan iqtisodiy inqiroz bugungi kunga kelib o’z o’rnini ma’naviy inqirozga, boshqacharoq aytadigan bo’lsak, «oila inqirozi»ga bo’shatib bermoqda. Kelajak, farzandlarimiz qo’lida bo’lgani sababli ularni tarbiyasiga alohida e’tibor bermoq lozim.


Islom Karimov o’z nutqlarining birida: “Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan hamda professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo‘la oladi” — dеydilar. Ko’pgina davlatlarda yosh avlodga yetarlicha tarbiya berilmayotgani muhim masala sifatida o’rtaga tashlanayotgan bo’lsa, bizda bunday holatlarni oldini olish chora-tadbirlari  ishlab chiqilgan. Mamlakatimizda mustaqillikdan so'ng qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar[1], yillarga «Sog‘lom avlod yili», «Ona va bola yili», «Yoshlar yili», «Barkamol avlod yili» deb nom berilishi va 2014 yilning «Sog‘lom bola yili» deb e'lon qilinishi ham o'z shiorimizdek yod bo'lib ketgan “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart” degan so’zlarining ifodasidir. Biz bilganimizdek har bir davlatning demografik jihatdan kuchliligi mamlakat aholisining tug’ilish va o’lim o’rtasidagi muvozanatida aks etsa, uning ma’naviy darajasi ko’p jihatdan tug’ilgan farzandlarning yaxshi insoniy fazilatlar bilan ulg’ayishi, dunyoviy va diniy bilimlardan qanchalik xabardor bo’lishiga bog’liq. Xususan, islom dinida ham farzand tarbiyasiga u dunyoga kelishidan oldin ahamiyat berishga chaqiriladi. Masalan, kelin va kuyov tanlash jarayonida ularning axloq-odobiga va olgan tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Zero, farzand ota-onasidagi xislatlarni o’ziga jo qilib ulg’ayadi. Shuning uchun ham Payg’ambarimiz(s.a.v) “Sizlar o’zingizga munosib jufti halol ihtiyor qilinglar, chunki juftingizning fe’l-atvori, xulqi naslingizda o’z aksini topadi” deganlar. Keyingi hadisda esa farzandni chiroyli odob ila tarbiyalashning muhimligi haqida aytiladi. Ayyub ibn Musodan, u kishi otasidan, u kishi bobosi(r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy(s.a.v.):  “Ota-ona  o’z  bolasiga  go’zal  odobdan  afzal ato bera  olmaydi” deydilar. Farzandning odobi chiroyli  bo’lishi unga to’g’ri ta’lim-tarbiya berish, farzand o’sib ulg’ayganida uni komil inson, yetuk shaxs bo’lishiga xizmat qiladi albatta. Aytib o’tish joizki Payg’ambarimiz (s.a.v.)  nafaqat  o’g’il  bolalarga,  balki  qizlarga   ham  yetarlicha  e’tibor  berilishi  lozimligini  ta’kidlaganlar. Ular (s.a.v.) “Kimning 3 yoki 2 qizi bo’lib, ularni tarbiyalab, katta qilsa, ularga marhamat nazari bilan qarasa jannatga kiradi” – deganlar.  Hadisning sharhida uyga  shirinlik  olib  kelganda  avval  qizlardan  boshlash  lozimligi,  ularga  ko’proq  e’tibor  va  mehr  kerakligi,  chunki  ular  ojiza  va  himoyaga  muhtoj  ekanligini  aytib o’tilgan.


Buyuk ota-bobolarimizdan Ibn Sino “Yosh bola ta’lim-tarbiya oladigan joyida odob-axloqli, turish-turmushi namunali odamlar bo’lishi lozim. Zero, yosh bola har bir narsani ularga taqlid qilib o’rganadi” deganlar. Farzandlarimizning komil inson bo’lib ulg’ayishlari, yetuk shaxs sifatida voyaga yetishlarida oilaning o’rni beqiyosdir. Buyuk bobomiz Amir Temur esa “Farzand tarbiyasini kelin tanlashdan boshlang” deb bejizga aytmaganlar. Darhaqiqat, farzand tarbiyani ko’proq onasidan oladi va onasi o’rgatgandek o’zini tutishga, atrofidagi hodisalarga munosabat bildirishga o’rganadi. Ona ilmli, dunyoqarashi keng bo’lsa farzand ham shu yo’lni tutadi. Chunki har bir inson shu o’rinda bolalar ham eshitganidan ko’ra ko’rgan narsasiga ko’proq amal qiladi. Prеzidеntimiz Islom Karimov «Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan shu bilan birga, kеlajak nasllar qanday inson bo'lib yеtishtirishga bеvosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'idir»[2] deydilar. Zotan, sog’lom oila muhitida ulg’aygan farzandlargina buyuk kelajak bunyodkorlari bo’la oladi. Shuning uchun ham farzand tarbiyasi va ularga e’tiborni oiladan boshlamog’imiz lozim. Inglizlar o’z maqolida  “Farzandlarni tarbiyalamang, ular baribir sizga o’xshaydi. O’zingizni tarbiyalang”[3] deyishganidan ham farzandga e’tibor, farzand tarbiyasi kabi mavzular sharq-u g’arbda dolzarb mavzu bo’lib kelayotganligini ko’rishimiz mumkin.


Muhtasar qilib aytganda, vatanimiz, hayotimiz, o’zbek xalqining ma’naviy boyligi, ertangi kunimiz yoshlar qo’lida. Shu sababli ham farzandni nafaqat jismonan sog’lom balki ruhan barkamol qilib tarbiyalash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularni har tomonlama rivojlangan, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarashli va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar shaxslar etib voyaga yetkazish, turli harbiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish har birimizning burchimizdir.


/>

[1]1991- yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida” gi, Oila kodeksi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, «Ta'lim to‘g‘risida», «Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida», «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida», «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida», «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi  qonunlar, O’zbekiston Respublikasi  1997- yilda BMTning “Bola huquqlari to’g’risidagi” konvensiyasi



[2] fikr.uz/posts/mustahkam_oila_yurt_tayanchi/8662.html



[3] nash-rebenok.livejournal.com/160431.html



GLOBALLASHUV JARAYONI VA MA’NAVIY TAHDIDLAR

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

        Biz tinchlik-osoyishtalik hukm surayotgan mamlakatda yashamoqdamiz va uning o‘tmishi, buguni va kelajagi bilan g‘ururlanamiz, faxrlanamiz. Biroq ta’kidlash lozimki, bugun  tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, shiddatli va murakkab zamonda umr kechirayotganimizni ham unutmasligimiz lozim.


       Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «...bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor. Chunki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi, tabiiy. Ammo ko‘pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg‘otmoqda». Haqiqatdan ham Prezidentimiz Islom Karimov bu davrga globallashuv davri deb aniq, chuqur va mazmundor ta’rif berdi. Bu so‘zning mazmuni butun yer yuzini qamrab oladi, degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda iqtisod, ilm-fan, texnika, siyosat, mafkura sohasida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar butun dunyoga daxldor bo‘lib, barcha davlat va mamlakatlar hayotini qamrab olgan. Ma’lumki, har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv ham bundan mustasno emas.


Ахборот глобаллашуви жараёнида баркамол авлод тарбияси

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

           XX асрнинг иккинчи ярми, айниқса, унинг охирги 10 йиллигидан бошлаб ахборотлар оқими кўлами кескин ўсиб борди. Инсоният саноат асридан ахборот манбаи даврга ўтди, бу эса кўпгина фаолият соҳаларида сезиларли ўзгаришларга, дунёда ягона ахборот муҳитининг шаклланишига олиб келди. Ахборот энг асосий ишлаб чиқарувчи ресурслардан бирига, иқтисодиёт ва умуман, жамиятнинг ривожланиш пойдеворига айланмоқда. Бу эса инсоният томонидан ахборотларни қанчалик тез суръатларда қабул қилиш ва ўзлаштиришини тақозо этмоқда. Акс ҳолда ахборотлар мазмуни эскириб, ўз қийматини йўқотади. Ахборот алмашиш бўйича янги ахборот коммуникация технологияларининг жамият ҳаётига кириб келиши, давлатлараро ахборот чегараларини бузиб ўтди ҳамда ахборот алмашиш тезлигини минг маротаба ошириш ва ҳажмини орттириш имконини берди.


ГЛОБАЛЛАШУВ ЖАРАЁНИДА ЁШЛАР ОНГИНИ ЁТ УНСУРЛАР ХУРУЖИДАН САҚЛАШНИНГ АЙРИМ МУАММОЛАРИ.

Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti
Илм-фан

Глобаллашув ва ахборот асри бўлган  ХХ1 келиб  инсоният тез суръатлар билан ўзгариб бораётган, хозирга қадар бошидан кечираётган даврдан тубдан фарқ қиладиган ўта шиддатли ва мураккаб даврда яшамоқда.          Бугунги кунда халқлар ва мамлакатлар ўртасидаги алоқалар ниҳоятда кучайиб, беқиёс ранг — баранглик ва мураккаблик касб этмоқда.


Янги асрнинг моҳияти ва қиёфаси ҳақида турлича қарашлар мавжуд. “Кимдир уни юксак технологиялар замони деса, кимдир тафаккур асри, яна биров ялпи ахборотлашув даври сифатида изоҳламоқда…. Аммо кўпчи ликнинг онгида бу давр глобаллашув даври тариқасида таассурот уйғот моқда”[1] — деб таъкидлайди И.А.Каримов “Юксак маънавият — енгилмас куч” китобида.


Глобаллашув инсоннинг онгу шуури, тафаккури самараси сифатида вужудга келган жаҳон миқёсидаги умумий жараён, таъбир жоиз бўлса, инсоният бошидаги яна бир синов, мураккаб ва зиддиятли жараён. Дарҳақи- қат, хозирги кунда чегара ва худудларни, тизимларни тан олмайди ган, узлуксиз кучайиб бораётган глобаллашув жараёни инсониятни ўйга солдир моқда. Юқорида Юртбошимиз таъкидлаганидек, бу ҳақда ранг-баранг фикрлар билдирилмоқда.  


Глобаллашув, маънавият ва ёшлар тарбияси муаммолари

Urganch davlat universiteti
Илм-фан

       Ҳoзирги XXI аср аxбoрoт-тexнолoгиялари асри бўлиб, oлимлар тoмoнидан кашф этилган кашфиётлар oмма этибoрига ҳавoла этилиб улгурмай, бунданда янги ва мукаммалрoқ вариантлари кашф этилмoқда. Бу эса тexника сoҳасида ўсишга, инсoнларга қулайлик яратишга oлиб кeлмoқда. Юртимизда ҳам ёшларга тexниканинг энг сўнги ютуқларидан xабардoр қилиш билан бир қатoрда, янгидан-янги имкoниятлар, шарт-шарoитлар яратиб бeриш юзасидан самарали ишлар oлиб бoрилмoқда.


Майда тиллар яшаб кета оладими? Ёки глобализация миллий маданиятга қарши.

ICT for English teachers
Чет тили

 Глобаллашув жараёнида жадал суратлар билан бораётган иқтисодий муносабатлар ва ахборот алмашинуви дунё бўйлаб тарқалган турли миллат ва элатлар маданиятларини ўзгартириб юборган ҳолда, инсонлар сўзлашувчи тилларнинг сонини ҳам қисқартириб бормоқда.


  Сўнгги 500 йил мобайнида мустақил миллий давлатларнинг шаклланиши ва марказлашуви туфайли маҳаллий лаҳжалар ва майда тиллар ушбу давлатларнинг бошқарувчи партиялари расмий тил сифатида белгилаган тиллари таъсирида йўқолиб кетишга маҳкум бўлмоқда. Йиллар мобайнида Корн тили Инглиз тилига, Бретон тили Француз тилига, Бавар тили Юқори Немис тилига ва Фу-жин-ва тили Кантон тилига ўрин бўшатиб берди.  Тилшунослар жаҳонда тарқалган майда тиллар Инглиз тили сингари анчайин доминант ҳисобланган тиллар таъсири остида йўқолиб бораяпти деган фикрга якдиллик билан қўшилишади.