создание топика, блога, фотосета или ссылки

g’oya:

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI ONGIDA BUNYODKOR G’OYALARNI SHAKLLANTIRISH

Блог им. devdasdesign

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI ONGIDA BUNYODKOR G’OYALARNI SHAKLLANTIRISH


  X.A.Mirzaxmedov – NamDU,


«Milliy g‘oya, ma'naviyat va xuquq asoslari» kafedrasi o‘qituvchisi


 


 


Sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish orzusi aynan mustaqillik bilan bog‘liq ezgu intilish bo‘lgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab uni amalga oshirish eng ustivor vazifalarimizdan biri bo‘lib kelmoqda. “Mustaqillik — Allohning o‘zi el-yurtimizga in'om etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aqlu zakovatiga tayanib, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod vatan qoldirishdir”[1]. Yurtimizda shu qisqa vaqt ichida davlat va jamiyat hayotini iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy qo’yingki barcha sohada butun hayotni isloh qilish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa jamiyatimiz hayotini barcha jabhalari qatori ta’lim yo’nalishida ham bir qancha o’zgarishlar amalga oshirildi. Jamiyat hayotida inson fenomenning ta’lim-tarbiya masalasi dolzarbligi, xalq ta’lim tizimini takomillashtirish yo’lida 1997 yilda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Shu manoda o’sib kelyotgan yosh nihollarni bunyodkorlik go’yalari bilan tarbiyalash har bir ma’naviy barkamol insoni o’z oldiga qoygan maqsadlaridan biridir. Bu bejizga emas, o’tmishdan ham bizga ma’lumki ota-bobolarimiz xalqning farovonligi, tinchligi, vatan ravnaqi, avdodlarimizning davomiyligi yo’lida jonimizni fido qilishga tayyormiz deya bunyodkor  g’oyalarni o’z oldilariga maqsad qilib yovuz kuchlarga qarshi mardonovor kurashganlar. Shu o’rinda Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, To’marisdek chinakam vatanparvar ajdodlarimizning jasoratlarini ko’z oldimizga keltirmaslikning iloji yo’q. Bunyodkor g’oya o’z nomi bilan yurtni obod qilish, unda yashovchi insonlarni ulug’lash, tinch, farovon hayot kechirishlari har tomonlama barkamol inson bo’lib kamol topishlariga erishishlari uchun ma’naviy kuch va tayanch bo’ladi desak  mubolag’a bo’lmaydi.


Bizning davlatimiz ana shunday ajdodlarimizning munosib davomchilari bo’lmish yoshlarga alohida e’tibor bilan qaraydi. Chunki O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lidadir. Ularning haq-huquqlari xalqaro va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida mustahkamlanib qoyilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Zero, ta’lim-tarbiyaga berilgan e’tibor kelajakka berilgan e’tibordir[2].


Bugungi zamon yosh nihollari kattalardek fikrlashga harakat qilishi, kattalardek ma’suliyatni his qilishi, xatto ro’zg’or aravasini ham ular bilan teppa – teng tortishga intilishidan yosh nihollarda mustaqillikni aksini ko’rasiz. Taraqqiy etayotgan texnika va dunyoga xavf solayotgan global muammolar barcha qatori bolalarni ham o’z domiga tortmoqda. Shunday ekan kelajagini o’ylagan har bir ma’naviyatli inson bu haqida jiddiy o’ylab ko’rmog’i lozim. Shunday sharoitda yangi o’sib kelayotgan barkamol avldoni ta’lim–tarbiyasini bunyodkor g’oyalar bilan hamohang tarzda olib borish, ularni ongini, ma’naviyatini ezgu g’oyalar bilan boyitish, dunyoqarashlari keng sog’lom erkin fikrlay oladigan har tomonlama yetuk barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish bu bizning oldimizga qo’ygan pirovard maqsadimizdir. Bunday maqsadga erishish uchun ayniqsa boshlang’ich sing o’qituvchilardan katta ma’suliyat talab etiladi. Chunki bolaning jismoniy, ma’naviy rivojlanishi asosan boshlang’ich ta’limga bog’liqdir. Bilimga chanqoq, beg’ubor ko’zlar, jajji go’daklar maktab ostonasiga qadam qo’yganlarida ularning ongi u qadar rivojlanmagan, qalbi esa oppoq qog’oz kabi bo’ladi, ana shu oq qog’ozni ezgu, bunyodkor sog’lom g’oyalar bilan to’ldirishimizning yuqorida qo’ygan maqsadimizga erishishning bir yo’lidir. 2014–yil Prezidentimiz tomonidan “Sog’lom bola yili” deb nomlanishi ham bejizga emas. Biz sog’lom bola deganda nafaqat jismoniy balki, manaviy jihatdan sog’lom insonni ko’z oldimizga keltiramiz. Bilamizki bola yoshligidan qiziquvchan bo’ladi, bir narsaga qiziqmasdan tura olmaydi. Ayniqsa buvilardan eshitgan ertaklari, hikoyalarida ishtirok etgan qahramonlarga o’xshagilari keladi, ya’ni o’zlarining afsonaviy qahramonlari, o’zlariga xos bolalik orzulari bo’ladi. Masalan: kimdir ustozi kabi o’qituvchi yana kimdir o’sha ertakda eshitgan qahramon singari dovyurak, vatanini qo’riqlaydigan sarkarda bo’lishini yoki televizorda ko’rib havas qilgan uchuvchi bo’lishini orzu qiladilar. Bu orzularni hayolliy dunyodan hayotiy dunyoda aks etish uchun asos — mustaqillikdir. Shunday ekan, “Siz mustaqillikka munosib farzand bo’lib, tinmay mehnat qilib, yaxshi o’qib xalqning farovonligi uchun o’z hissasangizni qo’shishingiz kerak. Zero, Prezidentimizning barcha umidlari siz aziz kelajak avlodlardandir”. Bundan tashqari yosh nohollarga ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo’yicha matnli, ovozli, rasmli, video-lavhali ma’lumotlardan foydalangan holda bunyodkorlik g’oyalarini samarali singdirishimiz mumkin. So’ng o’qituvchi o’quvchilar bilan savol–javob o’tkazadi va natijada yosh nihollar har bir bo’layotgan voqea hodisalarga erkin o’z munosabatlarini bildira oladilar.


Xulosa qilib shuni aytamanki, biz bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ezgu niyatimiz, muqaddas burchimiz o’sib kelayotgan yosh avlodning ongiga ezgu fikr, bunyodkor g’oyalarni zamon talablari darajasida, qulay usullar orqali singdirish, ularni salohiyatli, sog’lom vatanparvar bo’lib ulg’ayishlariga munosib hissamizni qo’shishdan iboratdir.


                                                      


/>

[1] Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. – b. 131



[2] O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 2 bo’lim, 9 bob,  41-modda:  b. 6