топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

festival:

Mahoratli talaba-yoshlarning yutuqlari

Илм-фан
Iste’dod va ijod qonuniyatlari insondan bilim va malaka, muntazam faollik, yangiliklar yaratish uchun imkoniyatlar, halol bellashuvlar oqibatida mardlar g‘olib bо‘lajak sog‘lom raqobat maydonida kuchli va matonatli shaxs bо‘lishni talab etadi. Yorqin iste’dodlilar maydoni sanalmish О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2000 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda о‘tkazib kelinayotgan “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali ham aynan institutda tahsil olayotgan bilimli, iqtidorli talaba-yoshlarni eng kuchlilarini aniqlash, munosiblarni taqdirlash yо‘lidagi ulkan strategik dasturdir. Bu yilgi kо‘rik-festival dasturiga muvofiq 24 kun davomida mahoratli va iste’dodli talaba-yoshlar

“Kulol” spektakli namoyish etildi

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaviy “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali davom etmoqda. Festivalning navbatdagi kuni institutning О‘quv teatrida “Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talaba-yoshlarining “Kulol” nomli diplom spektakli namoyish etildi.


Kutilayotgan hayajonli lahzalar

Илм-фан
О‘zbek milliy san’atini yanada rivojlantirish, sohada yetuk va malakali kadrlarni yetishtirish, iste’dodli hamda faol talaba-yoshlarni tayyorlash yо‘lida yurtimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillar О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasi” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda san’at va madaniyat sohalarida iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni yanada qо‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 8-30 iyun kunlari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Talabalar bahori” festivali ko’tarinki ruhda boshlandi

Илм-фан
2018 yil 26 aprel kuni faollar zalida yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang’ich tashkiloti, institutining qurilish fakulteti yoshlar kengashi va fakultet dekanati tashabbusi bilan “Talabalar bahori” festivali bo'lib o'tdi.
Festival doirasida institutning “Bino va inshootlar qurilishi” yo’nalishining

Mumtoz san’at rivoji yо‘nalishida yangi bosqichdagi hamkorlik

Илм-фан
Tojikiston Respublikasining Konibodom shahrida ilk marotaba “Shashmaqom” Halqaro festival-simpozium bо‘lib о‘tdi.
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2017 yil 16-sentabrdagi 01-11-10-4158-sonli xatiga asosan institut rektorining 2017 yil 19-sentabrdagi № 40-XS buyrug‘i bilan mazkur “Shashmaqom” Halqaro festival-simpoziumda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi jо‘rnavozi Qо‘chqor Saitov ishtirok etdi.


Toshkent Arxitektura-qurilish institutining teatr studiyasida festivali bo‘lib o‘tdi!

Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2017 yil 12 apreldagi Qo‘shma Qaror asosida Toshkent Arxitektura-qurilish institutiningteatr studiyasida festivali  bo‘lib o‘tdi.
 
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid siyosati to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, oliy maktabda olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga

“Talabalik bahori 2017” festivali “Qurilish” fakulteti talabalari chiqishlari

Маънавият
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida an’anaga aylangan “Talabalik bahori” festivali talabalarni milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish va o‘z mahoratini namoyish etishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ushbu festival

Sharq taronalari ”XI- Xalqaro musiqa festivaliga bag’ishlangan seminar

2017- yil 24-mart kuni SamDCHTI faollar zalida “Sharq taronalari ”XI- Xalqaro musiqa festivaliga bag’ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda SamDCHTIning barcha fakultetlaridan festival uchun tarjimon sifatida jalb qilingan o’qituvchilar va talabalar qatnashishdi.
IMG_4055
IMG_4051
IMG_4054
Seminarda  SamISI professori M.

Milliy qadriyatlar tarannumi

Илм-фан
 
2017 yil 19- yanvar sanasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari o’rtasida “Milliy qadriyatlar tarannumi” nomli festival bo’lib o’tdi.
Festivalni Omonulla Madayev o’zining o’tkir va ma’noli so’zlari bilan ochib berdi. Omonulla Madayev so’zida hozirgi kun adabiyoti fizika, ximiya, matematika fani bilan yaqin kelib qo’lganligini ta'kidlab o’tdi. Shuningdek adabiyot muallimi bo’lib yetishib chiqqan har bir mutaxassis o’z o’quvchisiga adabiyotshunoslikni emas badiiy adabiyotni ya’ni Cho’lponning she’rlarini, Alisher Navoiy g’azallari tegida yotgan asl ma’noni, Erkin Vohidov yozib qoldirgan so’z sehrini

"Samarqand - Sharq gavhari" Xalqaro yoshlar turizm Festivali

Жамият
O'zbekiston turizm salohiyatini yuksaltirish, turizmda malakali yosh kadrlarni tarbiyalash, xalqaro tajriba almashiniviga hissa qo'shish maqsadida joriy yilning 1-3 iyul kunlari Samarqand shahrida «Samarqand — Sharq gavhari» Xalqaro Yoshlar Turizm Festivali o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Festivalda Qozog'iston va Rossiya talabalari ham ishtirok

Jaslar festivali

    Respublikami’zda yelimiz g’a’rezsizliginin’ 25 ji’lli’g’i’na bag’i’shlani’p «Kamolot» jaslar ja’miyetlik ha’reketi ta’repinen wo’tkerilip kiyati’rg’an «Biz­ ulli’ jurt perzentlerimiz!» su’reni asti’nda jaslar festivali’ baslandi’.
 

   17-aprel ku’ni ilaj qatnasi’wshi’lari’ No’kis aeroporti’nda saltanatli’ jag’dayda ku’tip ali’ndi’. Wolar qurami’nda O’zbekistan Respublikasi’ Oliy Majlisi Ni’zamshi’li’q palatasi’ni’n’ deputatlari’, belgili ma’deniyat, ko’rkem

Sarhisob vaqti yetdi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Oliy maqsadlar sari odimlayotgan bitiruvchilarning sarhisob vaqti yetdi. Xususan, 2012-yilda Davlat prizedentining 1771 qaroriga muvoffiq ikkita oliygohni bir butun bo’lib tashkil tapishi barobarida amalga oshirilgan samarali va sifat darajasi ortib borayotgan islohatlar sirasiga 2014-2015- o’quv yilida magistrlik maqomiga ega bo’lgan bir guruh san’at va madaniyat soha vakillari hamda to’rt yil davomida o’z mutaxasisliklari bo’yicha taxsil olgan bakalavriat yo’nalishi talabalari bugun parvozga shay.

Iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni har taraflama qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish maqsadida “Talaba yoshlar festivali” yakuni hamda har ikki bosqich talabalarining bitiruviga bag’ishlangan tantanali marosim doimgidan-da o’zgacha ruh oldi. O’quv yili davomoda qilingan mehnat, ijodiy izlanishlar, shu bilan birga festivalda namoyish etilgan ishlar orasidan professional hamda o’zida yuqori saviya, umuminsoniy g’oyalarni aks ettirganlari saralanib, munosib ravishda 15 namanatsiya bo’yicha g’oliblar taqdirlandi.

Tadbirda so’z olganlar yig’ilganlarni bu kun bilan qutlab, bitiruvchilarga ijodiy yutuqlar, ulkan zafarlar yor bo’lishini tiladilar. Tashrif buyurgan mehmonlar orasida el arog’idagi san’atkorlar, xalq artistlari ham tabrik yo’llar ekanlar: yaratilgan keng imkoniyatlardan quvonib, samimiy tilak va istaklari ila oq yo’l tiladilar.

Har yili an’anaviy tarzda tus olayotgan talaba yoshlarning ijodiy festivali madaniyat, san’at sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning yangi bosqichga kirib borayotganligi, jahon talablarini o’zida ifoda etayotganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Mahliyo Teshaboyeva

Yuksak maqsadlarni kо‘zlab

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Yosh ijodkorlarda intelektual salohiyatni, tafakkurini yuksaltirish, izlanishlarni qо‘llab-quvvatlash, ularni professional mahoratlarini yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masallalaridan hisoblanadi. Bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Institutda an’anaviy tarzda о‘tkazilib kelinayotgan “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali va “Ochiq eshiklar kuni”ni о‘tkazilishi ham bu kabi izlanishlarga yorqin misol bо‘ladi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda о‘tkazilib kelinayotgan “Ochiq eshiklar kuni” va “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali yosh iste’dodli san’atkorlarning mahoratini yuzaga chiqishida ulkan imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ushbu tadbirlarda ishtirok etgan, munosib taqdirlangan shu ilhom bilan katta ijod ostonasiga qadam qо‘ygan bir necha san’atkor yigit qizlar bugungi kunga kelib xalqimiz sevgan ijodkorlar sarasiga kirish bilan birga davlatimizning yuksak unvonlariga ham ham sazovor bо‘lib kelishmoqda. Yuksak maqsadlarni kо‘zlab 1-iyundan 13-iyunga bо‘lib о‘tishi rejalashtirilgan bu yilgi festival rang-barang mavzudagi, zamonaviy va mumtoz asarlarni о‘zida mujassam etgani bilan yangicha qiyofa kasb etadi.
afisha-sm

Mehnat bekati! Keyingi bekat natija(mi?)...

Блог им. tdmi-cit

Insonlar doimo insonlar uchun xizmat qiladi. Bizning bu xizmatimiz chin ma’noda ong va qalb xazinalarini boyitishga qaratilgan. Hayotda shunday mо‘jizaviy tushuncha borki, u insonlar uchun misli kо‘rilmagan qimmatli hislarni baxsh etadi. Bu – san’at, zotan u inson shahsiyatining noayon nuqtalarigacha yо‘l top oladigan sehrli vositadir.


 


San’at har bir millatning ruhini bezovchi soha. Shunday bо‘lsa-da, u na til, na hudud tanlaydi. Shuning uchun ham, dunyoning boshqa bir chetidagi san’at namunasidan zavq olishimiz tabiiy. San’at borasidagi umumjahon hamkorliklarning bugun tobora rivojlanayotgani esa uning chegara bilmasligi tо‘g‘risidagi fikrimizning dalilidir.


 


San’atning eng mashhur turlaridan biri — kino sohasi. Bugungi kunda ijodiy tajriba almashish va dunyoviy raqobatni yuzaga keltirish maqsadida kо‘plab xalqaro kinofestivallar о‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, bizning о‘zbek filmlarimiz ham jahonning turli festivallarida ishtirok etib, munosib natijalarga erishmoqda.


 



 



Yangi ufqlar sari

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

San’at sohasida badiiy barkamol asar yaratish masalasi har bir davrda muhim sanalgan. Bugungi kunimizda esa bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tabiiyki, badiiy yuksak, dolzarb g‘oyaga ega san’at asarlarini yaratish beqiyos mahorat va tinimsiz mehnatni talab etadi. Yuksak iste’dodga ega san’atkor ham bir kunda shakllanmaydi. Yetuk san’at asarlarini yaratish, iqtidor egalarini namoyon etish masalasida san’at ta’limi, yosh iqtidorlarni shakllantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlangan о‘ta muhim masalalarni hal etish Mamlakatimiz rahbarining 2012 yil 4-iyundagi 1771-sonli “О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil qilish tо‘g‘risida”gi hamda 2014 yil 6-fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarorlarida ham aks etgan bо‘lib, san’at va madaniyat sohalarini yanada rivojlantirish, yosh iste’dod egalarini yuzaga chiqarish, ularni yanada qо‘llab-quvvatlash masalasida keng imtiyozlar yaratadi. Yaratilgan imkoniyatlar yoshlarimizning rang-barang ijod namunalari ustida izlanishlar olib borayotganliklarini kо‘rsatib bermoqda.


 


  


О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tamomlayotgan bitiruvchi yoshlar tomonidan namoyish etilgan ijodiy ishlardan tashkil topgan festival juda qizg‘in va katta qiziqishlar ostida bо‘lib о‘tdi. Avval ta’kidlanganidek, ushbu namoyishlarning sо‘ngida bо‘lib о‘tajak marosimda eng yaxshi ishlar festival tashkilotchilari, xususan, rektor va hakamlar hay’ati tomonidan taqdirlanishdi. Xususan, quyidagi ishlar о‘z yо‘nalishlarida eng yaxshilari deb topildi:


 



Dilrabo kuy-qо‘shiqlar navosi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


“О‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat instituti” о‘quv teatrida о‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali doirasida sahnalashtirilayotgan spektakllar qatorida konsert dasturlari ham taqdim etilmoqda. Ayniqsa, milliy va dunyo ohanglariga boy kuy-qо‘shiqlar jо‘rligidagi namoyishlar diqqatga sazovor. Xususan, 4-iyun kuni “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi “Cholg‘u jamoalariga raxbarlik” bо‘limi 4-kurs talabalarining konsert dasturi bо‘lib о‘tdi.


 



 



Talaba-yoshlar ijodiyoti

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevralda qabul qilingan “О‘zbekiston Resbuplikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda san’at va madaniyat sohalarida iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni yanada qо‘llab-quvvatlash maqsadida 2014 yilning 2-18 iyun kunlari institut talabalarining an’anaviy “Talaba-yoshlar festivali” о‘tkazilmoqda. 


 


Festival “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bilan boshlanishi kutilmoqda. Bu tadbir orqali san’at va madaniyat ixlosmandlari, institut faoliyati bilan qiziquvchilar, bо‘lajak abiturentlar Oliy о‘quv yurti faoliyati va undagi ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Zero, bu tadbir doirasida institutning har bir kafedralari о‘zlarining faoliyatlari bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘rgazmali vositalar bilan qatnashishadi.