топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

buyuk xitoy devori:

Buyuk Xitoy Devori

Dunyo xalqlari urf-odatlari
Buyuk Xitoy devori haqida eshitmagan kishi bo`lmasa kerak. Uni chet elliklar uchun ham, xitoyliklar uhun ham mamlakat ramziga aylangan desak mubolag`a bo`lmaydi. Devorning ta`mirlangan qismiga kirishda Mao Tsze Dun yozdirgan xatni o`qish mumkin: «Buyuk Xitoy Devorida bo`lmading-mi, demak sen haqiqiy xitoylik emassan». O`ylab qarasangiz haqiqatdan ham shundayligiga amin bo`lasiz. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, Xitoyning butun tarixi mobaynida uchta asosiy devori bo`lganligi oydinlashadi. Ularning har biri 10 000 m (5 000 km) uzunlikda bo`lgan. Xitoy an`analariga ko`ra 10 000 raqami alohida mazmunga ega bo`lgan.