топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

burch:

Prezident qarorini o‘qib: O‘zi uchun bir lahza ham yashamagan BUYUK QO’L uchun burchimizni ado etaylik!

Жамият
 
Men bu rivoyatni ko‘p keltiraman va amal qilaman. Va har gal o‘qiganimda mo‘jizaga duch kelgandek his qilaman, o‘zimni. Ha, o‘sha Hazrati Sulaymonning uzugi haqida. Hazrat unda yozilgan so‘zni toleyida baxt nasimi ufurgan lahzalarda o‘qisa, xafa bo‘lar, uqubatli onlarda o‘qib esa

Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mavzu:  Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri.
Reja:
1.     Qarisi bor uyning, parisi bor.
2.     Keksalarning  har bir so’zi ibratlidir.
3.     Yurtboshimiz tomonidan keksalarga berilayotgan e’tibor.
4.     El ardg’idadir mudom keksalar..
5.     Keksalarga yordam berish biz yoshlarning burchimiz.
 
                                                   Insonning qiymati emas siymu zar,
                                                  Insonning qiymati bilim va hunar.
                                                                                       (Xalq maqoli)
 
        Qarisi bor uyning parisi bor deganda siz nimalarni tushunasiz? Bu savolga javob berishdan oldin ko’z oldimizda avvalo munis va mehribon, betakror Buvijonim-u Buvajonimiz keladi. Ularning yorqin chehrasini, ibratli so’zlarini tinglab bu savolga javob beramiz. Qariyalar bor uyda doimo farishtalar bo’ladi. Chunki Buvijonim va Buvajonimning o’zlari ham farishtalar bilan barobar. Qariyalar bor uy doim tinch, sokin, fayzli va beg’ubor bo’ladi. Keksalarni barcha yoshdagi insonlar yaxshi ko’radi, ularning duosini olishga harakat qiladi, ular ko’rsatgan yo’ldan yurishadi. Men o’zim ham agarda biror bir ishni boshlamoqchi bo’lsam avvalo ularning duolarin, roziliklarini olaman. Keksalar biz yoshlarni to’g’ri yo’lga boshlashadi. Chunkin  ular o’z hayotlari davomida ko’pni ko’rib, qigan savob-u gunohlarini aglab, bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishadi. Biz qilgan xotolarimizni farzandlarimiz takrorlamasin deydilar.
        Keksalarning har bir so’zi ibratlidir. Ular ko’pni ko’rgan, aqlli inson bo’lganlari uchun  mahallada ham maslahatlari, fikr mulohazalari kerak bo’ladi. Masalan mening buvajonim  va buvijonim mahallamiz faxri. Hovilimiz yoniga  buvam bog’ yaratganlar, mevali daraxlar ekganlar. Mahalla fuqorolari bog’yonidan o’tganlarida gullarning shirin  hidiga mast bo’lib, daraxtlarning mevalaridan bahramand bo’lib, uning soyalarida dam olishad, hordiq chiqarishadi.
 Biz yoshlar keksakarni, yoshi ulug’ insonlarni gapiga quloq solsak, ularning aytganlarini bajarsak kelajak hayotimizda hech qachon to’siqqa uchramaymiz.
Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan keksalarga yuksak e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov “2015-yil Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilganlaridan ham bu e’tiborni bilsak bo’ladi.
                El ardog’idadir mudom keksalar. O’zbekistonimiz aholisinig 40% ni keksalar, 60% esa yoshlar tashkil etadi.
               “Mehnat- mehnatning tagi roha”,- deb bejizga  aytmaydi dono xalqimiz. Ahir keksalarni ham necha yillik mehnatlari, ursh davrida chekkan mashaqqatlariga, bugungi kunda rahmat aytib, ularni qutlaymiz.
                  Bu aziz keksalarga yordam berish biz yoshlarning burchimiz hisoblanadi. Biz 9-sinf o’quvchilari maktabimizdagi direktor o’rin bosari, Manivaiyat va ma’rifat ishlaribo’yicha mutaxasis Milixanova Muxotora opamiz bilan har yakshanba kunlari yordamga muxtoj  keksalarning, urshda qatnashgan faxriylarimizning uyiga borib, ularga yordam beramiz, taomlar tayorlab ularning kir-chirlaridan xabar olamiz. Biz bu ishimizdan faxrlanamiz. 
KEKSALARGA YORDAM BERISH BIZ  YOSHLARNING BURCHIMIZ!
 
 
Toshkent viloyati Chirchiq shahri 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9 – “B” sinf o’quvchisi Tursunbayeva Shirina

Jizzax politexnika institutida “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida ma’naviy - ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Jizzax politexnika instituti
Илм-фан
Jizzax politexnika instituti “Binolar va muxandislik inshootlari injiniringi” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash va “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida ma’naviy — ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirga 20 yaqin urush qatnashchilari, front ortida mexnat qilgan nuroniy oqsoqollar, institutning faxriy professor-o‘qituvchilari va fakultetning 120 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda quyidagilar so‘zga chiqdilar;
1. Tadbirni institut rektori E.A.Saliev tadbir qatnashchilarini Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda va institutimizda keksalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. U o‘z so‘zida quyidagi statistik ma’lumotni gapirib o‘tdi:
— 2014 yilda respublikamizda 3873 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi bo‘lgan bo‘lsa,
— 2015 yilda 2827 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi qoldi.
— Respublika bo‘yicha 88750 nafar front ortida mexnat qilganlar,
— Jizzax viloyati bo‘yicha 2554 nafar front ortida mexnat qilganlar,
— bugungi kunga kelib viloyatimizda 166 nafar II-jaxon urushi qatnashchisi qoldi. Ushbu nuroniylarga doimo xurmat ko‘rsatish lozimligini takidlab o‘tdi.<cut>
   
Institut rektori tadbir ishtirokchilarini tabriklamoqda
2. Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi YUsuf bobo Xolmatov II-jaxon urushi davrida frontdagi xizmat jarayoni, fashizm ustidan qilingan g‘alabaning mashaqqatlari xaqida batafsil gapirib o‘tdi.
3. Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi Abdujalil bobo Abdujabborovning II-jahon urushidagi fashizm bilan qonli to‘qnashuvlar, g‘alaba shukuhi, urushdan keyingi davrlardagi mashaqqatli kechinmalar, mamlakatimizda keksalarga yaratilayotgan e’tibor xaqida to‘lqinlanib gapirib, ushbu ishlarning tepasida turgan yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligini beldirib o‘tdi.
    4. “Oliy matematika” kafedrasi faxriy dotsenti Mamasodiq Mansurov tadbir qatnashchilarini Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi bilan tabriklab, shunday ma’naviy tadbirni tashkillashtirgan institut ma’muriyatiga o‘z minnatdarchiligini bildirdi.
5. Fakultet talabasi Komiljon Isroilov faxriylarga bag‘ishlab “Bir burda non” she’rini o‘qib berdi.
   
Tadbir jarayonidan lavxalar
    
SHundan so‘ng xar bir nuroniy keksalarga ma’muriyat tomonidan tashkillashtirilgan estalik sovg‘alarini topshirdilar.   
 
Tadbir qatnashchilar bir piyola choy ustida
 
  Tadbir so‘nggida barcha nuroniy mexmonlar bir piyola choyga taklif qilinib, ularga milliy taom osh berildi.
Bunday xurmat-izzatdan xursand bo‘lgan nuroniy otaxonlar qo‘llarini duoga ochib, institut ma’muriyatini va tadbir qatnashchilari xaqida xamdu-sanolar aytishdi.
 Fakultet ma’naviy va marifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini           M.Mirzabekov 

«Давлат, бурч, ҳуқуқ», «Жиноят ва жазо» мавзусида ҳуқуқий тарбиявий тадбир

Камолиддин Бехзод номидаги миллий рассомлик ва дизайн институти

       Камолиддин Беҳзод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институтида Маънавият, маърифат ва иқтидорли ёшлар билан ишлаш бўлими ҳамда ижтимоий фанлар кафедраси профессор-ўқитувчилари томонидан талаба-ёшларнинг ҳуқуқий саводхонлигини оширишга йўналтирилган тадбирлар доирасида жорий йилнинг октябрь ойида «Давлат, бурч, ҳуқуқ»,  «Жиноят ва жазо» мавзусида ҳуқуқий тарбиявий тадбир бўлиб ўтди.


 


photophoto


      Ушбу тадбир талаба-ёшларнинг фуқаролик позициясини шакллантириш, уларга  сиёсий ва ҳуқуқий тарбия бериш мақсадида ташкил этилди.