топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

bu qiziq:

Oreo қандай қилиб машҳурликка эришган?

Жамият
 
1912 йилда АҚШнинг «Миллий бисквит компанияси» (NaBisCo) шоколадли бисквит ва қаймоқли кремга эга бўлган Oreo печеньелари брендини ишлаб чиқара бошлади. Шундан бери маҳсулот деярли ўзгармади, Oreo печеньеси эса АҚШдаги энг кўп сотиладиган брендга айланди. 
Oreo'нинг АҚШдаги рақиби — Hydrox печеньеси. Бренд шоколадли

Остонада қувонч ва омад

Жамият
Кириб келган Янги йил мучал тақвими бўйича товуқ йилидир. У 12 та ҳайвоннинг номи билан аталадиган даврий йил ҳисобининг ўнинчиси ҳисобланади.
Бугунги шиддаткор замонда кундалик ҳаётимизни тақвимсиз тасаввур қилиш қийин. Зеро, кун, ҳафта, ой, йил ҳисобини юритиш қадим-қадимдан маълум бўлиб, у Қуёш, Ой ва сайёраларнинг кўринма ҳаракати, кун билан

Bir paytning o‘zida ikki mijozning sochini oladi

Блог им. akt84

Xitoylik sartarosh Jan Xun Kay Ginnessning rekordlar kitobidan joy olishga da’vogarlik qilmoqda. U bir vaqtning o‘zida ikkita mijozning sochini qirtishlay oladigan dunyodagi yagona inson hisoblanadi. Boz ustiga Xun Kay buni xavfli ustara bilan amalga oshiradi.Bunday paytda birgina qaltis harakat mijozning terisini tilib yuborish hech gap emas. Shunga qaramay xitoylik mahorat sohibi jarayonni qon chiqarmasdan yakunlashga muvaffaq bo‘lyapti. Sartarosh uch yil avval shu tariqa soch olishni mashq qila boshlagandi. U dastlab qarindoshlari, do‘stlari va qo‘shnilarida mahoratini sinab ko‘rdi. Endilikda esa u 90 soniya ichida ikki mijozining sochini olishga muvaffaq bo‘lmoqda. Ko‘zlari bog‘liq holda esa u bitta odamga 50 soniyada xizmat ko‘rsata oladi. Uning hamshaharlari o‘rindiqqa qo‘rqmay o‘tirishadi. Mehmonlar esa o‘zlarida bunday qobiliyatni sinab ko‘rishga jur’at eta olishmaydi.
 

3D video oluvchi maxsus qurilma

Texnologiyalar

Fujitsu kompaniyasi smartfonlar kamerasi uchun stereoskopik video (uch o‘lchamli) oluvchi maxsus qurilma ishlab chiqdi. 
Qurilma ichida «mini-ko‘zgu» tizimi joylashtirilgan bo‘lib, uning yordamida tasvir ikki oqimga ajratiladi. Yozib olingan ma'lumotlar Fujitsuning tarmoq «buluti»ga yuborilsa, maxsus algoritmlar yordamida tasvirdagi g‘alizliklar to‘g‘rilanadi va 3D-rolik shakllantiriladi. Natijasi foydalanuvchiga qayta jo‘natiladi.

manba: xabar.uz 

Ishdan bo`shatilishi lozim bo`lgan rahbarlar beshligi

Texnologiyalar






Forbes jurnalining yangi sonidagi maqolalardan birida allaqachon lavozimidan bo‘shatilishi lozim bo‘lgan jahondagi eng yirik korporatsiyalar rahbarlaridan besh nafari tilgan olingan.
Mazkur noxush reytingni Microsoft kompaniyasi bosh direktori Stiv Ballmer boshqarmoqda. Uning boshchiligida kompaniya uch marta qayta yangilandi, ammo eng mas'uliyatli pallalarda loyihalar omadsizlikka uchradi. 2001-2007 yillar oralig‘ida kompaniya aksiyalari yarim bahosiga pasayib ketdi, shu paytgacha esa yana ikki baravar qiymatini yo‘qotdi.
Shuningdek, Edvart Lampert (Sears Holdings),  Mayk Duk (Walmart), Jeffri Immelt (General Electric ) va Jon Chambers (Cisco Systems)lar ham «qora ro‘yxat»ga kiritilgan.
   
 manba: xabar.uz

Simon Schubert – mo’yqalam ishlatmaydigan rassom

Блог им. mrdoda


Simon Schubert – mo’yqalam ishlatmaydigan rassom

 
Mohir ustaning qo’lida tuproq nafis bir ko’zaga, bir parcha tosh esa chiroyli haykalga aylanishi mumkin.
Simon Schubert germaniyalik san’atkor bo’lib, u ham o’z ishlarida oddiygina material — qog’oz listlaridan foydalanadi va ularni o’ziga xos usullar bilan qatlash orqali ajoyib san’at namunalarini yasay oladi. Uning suratlarida asosan me’moriy inshootlar – turar-joy binolari aks ettirilgan. Albatta, qog’ozni buklashda qushlar va hayvonlar kabi tabiiy manzaralarni tasvirlashdan ko’ra liniyalarni aks ettirish imkoniyati ko’proq.  
Quyida Simon Schubertning ishlaridan namunalar keltirmoqdamiz.
 

Telefonning yaratilish tarixi

Texnologiyalar

Dizayner Pol Batt mobil aloqa tarixiga murojaat qilib, eng ko’zga ko’ringan apparatlarlar aks ettirilgan infografikani taqdim etgan.
 
Uyali telefonlarining o’tmishi avtomobillarga o’rnatilgan aloqa qurilmalariga borib taqaladi. Biz bilgan ko’rinishdagi birinchi uyali telefon apparati esa Motorola kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan DynaTac prototipidir. U 1973 yilda Nyu-York sharhi ko’chalarida ilk bor sinab ko’rilgan. Ammo, uyali telefonning tijorat versiyasi bozorda taklif qilinguniga qadar oradan 10 yil o’tdi. O’sha vaqtdan buyon apparatlar hajmi tobora kichrayib, vazni esa yengillashib bordi. Yangidan-yangi funksiyalari paydo bo’ldi. Umuman olganda, uyali telefonlar insoniyat tarixida eng jadal rivoj topgan va joriy qilingan texnologiya hisoblanadi.
1983. Birinchi uyali telefon apparati — Motorola DynaTac 8000X’ning og’irligi 794 gramm bo’lgan. Uning batareya quvvati yarim soat suhbat va 8 soat avtonom rejim uchungina yetarli bo’lgan. Ekrani — ko’pi bilan 7 ta belgini sig’dira oladigan qizil LeD.  
1989. Motorola microtac 9800X manzillar kitobchasi va valyuta konverteriga ham ega bo’lib, og’irligi 349 grammni tashkil qilar edi. So’zlashish vaqti esa 0.75 soatga oshirildi. Ekrani — ko’pi bilan 8 ta belgini sig’dira oladigan qizil LeD.
1993. Nokia 2110 250 tagacha nom va raqamlarni saqlay oladigan xotira bilan ta’minlandi. Og’irligi 236 gramm. Avtonom ishlash vaqti 30 soatga, so’zlashuv vaqti 2.7 soatga oshirildi. Oq-qora LCD ekran va vibratsiya.
1998. Nokia 5110 – ommaviy foydalanilgan dastlabki apparatlardan biri. 30 tagacha ringtonni qo’llab-quvvatlagan. Logic, xotira a iloncha kabi o’yinlari bor edi. Yuza qismini almashtirsa bo’ladigan dastlabki uyali telefon apparati. Og’irligi 170 gramm.
2000. Ericsson T28 kelishi bilab ovoz yordamida raqam terish yoki trubkani ko’tarish mumkin bo’ldi. Og’irligii atigi 83 gramm bo’lib, o’z vaqtining eng yupqa va yengil telefoni hisoblangan. Motorola boshlab bergan “raskladushka” an’anasini qaytadan kiritdi. So’zlashuv vaqti ikki soatga oshirildi.
2001. Nokia 3310 – hammamiz bilgan va yaxshi eslaydigan “g’isht” telefon (og’irligi 133 gramm, so’zlashish vaqti – 4.5 soat). Nokia bu telefondan 126 milliontasini sotishga muvaffaq bo’ldi. Bu ko’rsatkich esa kompaniyaning 1991 va 1998 yillar orasida sotgan boshqa barcha telefonlari miqdoridan 26 millionga ko’pdir. Aksessuarlar bozoriga katta ta’sir ko’rsatdi.  
2004. Motorla RAZR V3 – 24 kanalli polifonik ringtonlar va mp3 formatini o’qish imkoniyati. 640x480 pikselli VGA kamera. Uyali telefonlar orasida eng yupqasi (15 mm.). 100 milliondan oshiqrog’i sotilgan. So’zlashish vaqti – 7 soat.
2007. Apple iPhone – birinchi smartfon. Bozorga chiqarilgan dastlabki kunlari (shanba va yakshanba) 700 ming dona sotilgan. 320x480 piksel hajmga ega sensorli ekran, Wi-Fi, Bluetooth va GPS. Og’irligi 135 gramm, so’zlashish vaqti 8 soat.  
                          
                                                       Manba: infoteka.uz/