топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

baxt:

Baxt formulasi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

 


   Dunyoda har kim baxtni o'zicha tushunadi. Bolaligimda baxt bu- orzu-istaklarning barchasi ro’yobga chiqishi deb tushunganman. Ulg’aygach baxtni boshqacha tushuna boshladim. Baxt bu- sog’lik, sevgi, oila a’zolari, sevimli kasbi, do’stlik deb tushuna boshladim. Lekin hozir sanab o’tganlarim bo’lmasa-da o’zini baxtli his qiluvchi insonlar ham bor bo’lsa kerak. Ho’sh baxt o’zi nima? Baxt bu oddiygina hayot tarzida ham topiladigan tuyg’umi, yoki bo’lmasa erishish o’ta qiyin bo’lgan, boshqacha, yanikim o’ta murakkab hayot tarzimi?


   Bir necha yil avval uyimizni ta’mirlash uchun ustalar kelishdi. Ular 55 yoshlardagi ayol va uning 20 yoshlardagi o’g’li edi. Haligi ayol hayot tashvishlari charchaganligi so’lg’in yuzidan ko’rinib turardi. O’g’li esa har doim onasining yonidan ketmas, onasiga nimalardir degandek bo’lar, onasi esa unga muloyimlik bilan javob berar va ishida davom etardi. Keyinroq bilsam haligi bola gapirolmas ekan. Fikrini tushuntirmoqchi bo’lib ovoz chiqaradi-yu, lekin gapirolmaskan. Ustalar ishini tugatgach ish haqini oladigan kun ham keldi. O’sha kuni haligi ayolning o’g’li shunaqangi xursand bo’ldiki, onasiga nimalardur demoqchi bo’lib ovoz chiqardi. Onasi esa o’g’lini nima demoqchiligini tushundimi, “HA, albatta, o’g’lim” deya javob berdi. Men esa o’g’li nimani so’raganini ayoldan so’radim. U kishi shunday javob berdi: “ Bu o’g’lim mening yolg’izgina farzandim. Shunaqa tug’ilgan,  gapirolmaydi. Ishlarimga juda katta yordam bermasa ham, har doim yonimda turishining o’zi menga baxt. Agar o’g’lim yonimda bo’lmasa o’zimni yolg’iz va baxtsiz his qilaman. Shuning uchun ham o’g’lim hech yonimdan kelmaydi. Har doim ish haqi olsak o’g’lim xoxlagan badiiy kitobini olib beraman. Shuning uchun u hozir shunchalik xursand bo’lyapti. O’g’limning shunday xursand va baxtiyor yuzini ko’rish esa men uchun ikki karra baxtdir”


   Inson hayoti davomida kichikmi, kattami o’z orzulari bo’ladi. Masalan, men bolaligimda chiroyli qo’g’irchog’im bo’lishini orzu qilganman. Qo’g’irchoqqa ega bo’lganimda o’zimni baxtli his qilganman. MAktabda o’qib yurgan davrlarimda esa faqat a’lo baho ya’ni “5” olish mening orzuim edi. Har safar “5”baho olganimda baxtni tuyardim. Katta bo’lganim sari orzularim ham o’zgara boshladi. Oliy o’quv yurtiga kirish mening eng kata orzuimga aylandi. Lekin o’qishga topshirgan 1-yilim imtihonlardan yetarli ball ololmadim va o’qishga kirolmadim. Shunda men o’zimni dunyodagi eng baxtsiz inson deb o’yladim. O’sha kunlarning birida oyim menga shunday dedilar:” To’g’ri o’qishga kirolmaganing hafa bo’ladigan holat-u, ammo baxtsizlik emas. Hali yoshsan, o’qishga kirishga tayyorgarlik ko’rishing uchun yetarlicha vaqt bor. Agar chin dildan harakat qilib, g’ayrat bilan o’qisang, tayyorlansang, kelgusi yil albatta imtihonlardan o’tasan. ”  


   Shunda men uyimizni ta’mirlagan ayolni esladim. U ayol uchun yolg’iz emasligi, yakkayu-yagona farzandi yonidaligi eng kata baxt. O’gli uchun esa, onasi olib bergan kitobni birgalikda o’qishi eng kata baxt. Birgina o’qishga kirolmaganimni baxtsizlik deya atashim to’g’rimikin? Axir mening yonimda butun oila a’zolarim bor, sevimli do’stlarim, o’qish uchun yetarli kitoblarim ham bor. Qaysi tomondan qaramay, men baxtsizman deyishim noto’g’ri ekanligini tushundim. Shundan so’ng g’ayrat qilib o’qishga kirish imtihonlari uchun tayyorgarlikni boshladim. Bir yil tinimsiz o’qidim, tayyorlandim. Va nihoyat o’qishga kirish imtihonlaridan yetarli ballarni to’pladim.


   Baxt har doim o’zimizning yonimizda turar ekan, faqat uni his eta olsak bas. Men mana shu voqealardan so’ng o’z BAXT FORMULAmni yaratdim.  Bular quyidagicha:


Haligi ayol kabi dunyoda yolg’iz emaslikni his etish, ayolning o’g’li singari oddiygina narsada ham baxtni ko’ra olish va eng asosiysi  oldiga qo’ygan maqsad sari tinimsiz intilish, harakat qilishdir.


 


Razzaqova Mukarrama

Ertak

Кўнгил битиклари
       Bor ekan, yo'q ekan. Bizning zamonimizda bir qiz yashar ekan. U poydevori darddan, devori xayoldan, tomi osmondan yopilgan ORZU qasrining tanho malikasi ekan. Darvoqe, bu qasr foniy dunyoda ham emas, boqiy dunyoda ham emas, ikki dunyo oralig'idagi uchinchi dunyoda joylashgan ekan. Bu uchinchi dunyoning mavjudligiga kimdir ishonib, kimdir ishonmas, chunki uni faqat ko'ngil ko'zi bilan ko'rish mumkin ekan Kamdan kam kishilargina bu sohir dunyo fuqarosiga aylanar ekan.
       Bu MUHABBAT ekan.