топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

axborot:

TATU Nukus filialida “TA’LIM VA MUTAXASSISLIK” ko’rgazmasi hamda «BUSH ISH O'RINLARI YANMARKASI» o’tkazildi

Илм-фан
2017 yil 24 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Nukus filialda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 mart kungi 87-02-895-sonli xati asosida “Ta’lim va mutaxassislik” ko’rgazmasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2017 yil 16 martdagi 70-f-sonli farmoyishi asosida filialda 2016-2017 o’quv yilida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari filial bitiruvchilari uchun «Bush ish yanmarkasi» o’tkazildi.

Kitobxonlik madaniyatini oshirish yuksaltirish – zamonaviy etuk kadrlar tayyorlashning muhim omili

Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan institut axborot-resurs markazi xodimlari

Ахборот - жамият аъзолари фаолиятини боғлаб турувчи омил

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Илм-фан

     Самаранд иқтисодиёт ва сервис институтида 2013 йил 21 ноябрь куни “Маънавият соати” дарслари доирасида “Ахборот — жамият аъзолари фаолиятини боғлаб турувчи омил” мавзусида йиғилиш ўтказилди.



"Zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish" mavzusida o‘quv seminari haqida.

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Илм-фан
«Zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish» mavzusida o‘quv seminari haqida.

2013-05-06


 



     2013 yil 1-3 maykunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sohaga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari direktorlari ishtirokida “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rganish, Elektron xukumat tizimlari, interaktiv davlat xizmatlari va axborot xavsizligi hamda axborot ximoyasi” mavzusidagi o‘quv seminari o‘tkazildi.O‘quv-seminarni O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mita raisi X.Mirzaxidov ochib berdi.O‘quv-seminar Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surhondaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlari bilan videokonferensiya tarzda o‘tkazildi. O‘quv – seminarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, hususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasi haqida, Elektron hukumat tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajriba, O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali, davlat boshqaruvida AKTdan foydalanishda Janubiy Koreya tajribasi, kasb-hunar kollejlari uchun “Elektron ta’lim” tizimini yaratish istiqbollari va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadli rejasi, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida innvatsiyalarni rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari: asosiy tushunchalar, joriy qilish va rivojlantirishning asosiy muammolari kabi mavzularda sohaning bevosita ushbu loyihalari bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislari seminar qatnashchilariga batafsil ma’lumot berildi. Jumladan,N.Parpievning“Davlat hokimiyatiorganlarida axborot xavfsizligi asoslari”, N.Dalibaevning“Mejdunarodnыy opыt vnedreniya informatsionno-kommunikatsionnыx texnologiy v sistemu elektronnogo pravitelstva. Pravitelstvennыy portal Respubliki Uzbekistan v seti Internet”, Aloqabank vakilining “Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, TATU prorektori-maslaxatchiLi Chul Suning  “Koreyaning IT rivojlanish tarixi va bosqichlari”,  M.Muxitdinovning “Innovatsionnaya deyatelnost otrasli. Tekuщee sostoyanie i perspektivы”, G.Tulenovaning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ko‘tarilgan masalalar”,O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi  KTQTMO bo‘limi boshlig‘i K.Mullaboevning “O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarori ijrosining mohiyati”,  “O‘zbektelekom” AK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Q.Yuldashev “Kasb-xunar kollejlari uchun “Elektron ta’lim” tizimini yaratish istiqbollari va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejasi haqida”, F.Nurmuxamedovaning “Interaktiv davlat xizmatlari:asosiy tushunchalar, joriy qilish va rivojlantirish muammolari”mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzadan so‘ng Toshkent shahri viloyatlardan qatnashuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan, dolzarb muammolar yuzasidan savollar berildi va ularga ma’ruzachilar tomonidan to‘liq javoblar berildi.


     Xulosa qilib, o‘quv-seminar so‘ngida O‘zbekiston Respublikasialoqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitabilan kelishilgan holda turli xil mavzulardagi o‘quv-seminarlarni o‘tkazib borish va seminarlarda nafaqat  Aloqa soxasidagi kasb-hunar kollejlar balki, boshqa yo‘nalishlardagi kasb-xunar kollejlari va akademik litseylar qatnashishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

 

qushimcha ma'lumotlarni ushbu saytdan o'qiysiz
 http://tuit.uz/blog/2013/07/zamonaviy-axborot-texnologiyalarini-organish-mavzusida-oquv-seminari-haqida

Samarqand havolari

Блог им. gulchehrabonu
  Azim shahar Samarqand kundan-kunga go'zallashib bormoqda.Ammo havollari haliyam o'sha o'sha o'zgacha nafis.Kuz kelgani uchun bu yerda ham havo ancha sovib qolgan.Hamma yoqda hazon rezgi oltin rangga burkangan.Samarqand yer yuzining sayqali bo'lgani uchun ham u yerdan qishin-yozin turistlarning keti uzilmaydi.Har qadamda ularning bu azim shaharga qaratilgan hayratomuz nigohlarini ko'rishingiz mumkin.Bir tadbir munosabati bilan yaqinda ochilgan «Samarqand restorani»da yaqinlarim davrasida bo'ldim.Bu restorannig menga yoqqan tarafi tarixiy qilib qurilgani,hodimlarining ham o'zbekona kiyimda ekanligi meni o'zga tortdi.Kasbiy qiziqishim ustun kelib hamma yerni kuzatdim.Ayniqsa,Golandiyadan kelgan mehmonlar shu qadar mazza qilib,raqs tushishar ediki, huddi bir boshqa olamga tuahib qolgandek.Bu mehmonlar ham tarixiy Samarqandimizni dovrig'ini eshitib kelishgan ekan.Ular shunchalar xursand edi-ki,taralayotgan navo kuyiga hoh. u xorijiy,hoh o'zbekona bo'lsin ular miriqib raqsga tushar edilar.Ulardagi ko'tarinki kayfiyat hammaga ta'sir qildi.Deyarli o'sha yerdagi hamma raqsga tushdi.

    Al Buxoriy ziyoratgohi ham har doimgidek odamlar bilan gavjum.Har safar kelsam bu yerni ziyorat qilmasdan ketmayman.Bu ziyoratgoh ham har doimgidek chet-ellik mehmonlar nigohida.Al Buxoriy muzeyida bo'lganimda Kaba po'shtga va har xil musulmon davlatlari yurtboshimizga taqdim etgan Quronu karim qo'lyozmalarga ko'zim tushdi.Eshitishimga qaraganda bu yil ham Kaba po'sht yechilar ekan.Ko'ramiz bu yilgisi qaysi musulmon davlatga sovg'a qilinadi.Bu-qiziq! 

Ziyonet axborot ta'lim tarmog'i

Блог им. gulchehrabonu
  Mana ziyonet o'z faoliyatini boshlaganiga 7 yil bo'libdi-ki,natija yomon emas.U O'zbekistondagi birinchi masofaviy o'quv tarmog'i hisoblanadi.Yildan-yilga uning rivojlanib borayotganini kuzatib kelyapman.U o'z tarmoqlari faoliyatini kengaytirib kelmoqda.Uning ham o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bor.Ziyonet mamlakatimiz o'quv tizimini kuchaytirishda eng samarali tarmoq bo'lib,yurtimizdagi yosh iste'dodlarni aniqlab olishda ular orqali esa juda ko'p narsalarga erishishimiz mumkin deb hisoblayman.Kelajakda chet el universitetlari kabi masofaviy ta'lim yo'lga qo'yilishiga ishonaman.Ziyonet tarmog'i Necha yosh bo'lishlariga qaramay o'z istedodlarini nomoyon etish uchun juda ham qulay tarmoq hisoblanadi.Bu tarmoqda a'zo bo'lganlar o'zlarining maqola,videorolik va o'z qiziqishlari,taassurotlarini do'stlari bilan almashishlari mumkin.

   Shuningdek,bu tarmoqqa a'zo bo'lganlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochiladi.Birinchi navbatda o'zlarining pochtalariga ega bo'lishadi.Har xil tanlov to'garaklarning qachon qayerda bo'lishi haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lishadi.Tanlovlar ishtirokchisi sifatida har safar qatnashib borish imkonyatiga ham ega bo'ladilar.Ziyonet tarmog'idan foydalanishni  xoxlaganlaralbatta, ID.uz ro'yhatidan o'tishlari kerak bo'ladi. 

Internet hamlasi: xavf va himoya

Таълим ва тараққиёт
Илм-фан
Ayonki, texnik taraqqiyotni to'xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yo'qmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o'ringa ega, kompyuter savodxonligi ko'rsatkichi esa ko'p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o'tgan asrning 90-yillari o'rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg'ulotlari musiqa tinglash va teleko'rsatuvlar ko'rish bo'lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Hozirgi zamon yoshlarining 70 foizi o'z qiziqish va sevimli mashg'ulotlari haqida so'z yuritganda sport, do'stlar bilan suhbatlashish, ma'naviy va madaniy hordiq chiqarish chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo'lgan qiziqishini birinchi o'rinda tilga oladi.

AXBOROT.UZ - Все новости Узбекистана

Блог им. maslahatchi
AXBOROT.UZ – сайт, на котором собраны и отображаются все новости, происходящие в Республике Узбекистан. Благодаря проведенному анализу существующих информационных ресурсов Узбекистана, были выбраны пять основных новостных источников: Gazeta.uz, Gov.uz, Olam.uz, Norma.uz, Podrobno.uz, архив публикаций которых и используется на данном сайте. Для Вашего удобства есть как общий список новостей, так и новости по интересующим Вас категориям во всех сферах жизни народа и государства: экономика, политика, наука, культура, туризм, отдых и т.д. Вы также всегда можете ознакомиться с событиями, имеющими немалый срок давности, так как полный архив новостей с соотвествующими датами всегда доступен на сайте. Данный информационный ресурс является уникальным и разработан полностью для удобства тех, кто хочет быть в курсе всех событий Узбекистана...подробнее

Axborot texnologiyalarini joriy etish yo‘lida

Информационные технологии
Toshkentda bosma ommaviy axborot vositalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning dolzarb vazifalariga bag'ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

O'zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan o'tkazilgan mazkur seminarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Fuqarolik jamiyatini shakllantirish monitoringi bo'yicha mustaqil institut olimlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va media sohasi mutaxassislari, ilmiy tadqiqot markazlari vakillari, bosma ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.