топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

aql:

Sulton Mahmud va xotin podshoh

Блог им. albatros
Sulton Mahmudning hukmronlik davrida Ray viloyatida bir xotiri bor edi. U mazkur viloyatning podshohi edi. Uning nomini Rasida derdilar. U nihoyatda dono, bilimdon va ziyrak edi. U Faxruddavlaning xotini edi. Faxruddavla vafot etgach, undan Majduddavla ismli bir o'g'il qoldi. Majduddavla ulg'ayib balog'atga yetdi. Lekin u otasining' o'rnini bosa oladigan emas edi. U beandisha edi, binobarin, podshohlikka nomunosib edi. Shunday bo'lsa-da, mamlakat uning nomiga atalib, davlat ishini onasi ynritardi. U Ray, Dahiston va Isfahon viloyatlarida o'ttiz yil hukmronlik qildi.