топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Zahiriddin Muhammad Bobur:

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan foto-ko‘rgazma ochildi

16-fevral kuni Samarqand davlat chet tillari instituti fransuz tili va adabiyoti kafedrasida 1-2 kurs talabalari tomonidan tayyorlangan Zahiriddin Muhammad Boburtavalludining 535 yilligiga bag’ishlangan foto-ko‘rgazma ochildi.
Mazkur foto-ko‘rgazmaning ochilishida professor R.Shodiyev, institut xotin-qizlar kengashi raisi

Ajdodlarimiz merosi –bebaho ne’mat

Илм-фан
Joriy yilning 13 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida   O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda institut axborot- resurs markazi hamkorligida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining  577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan  “ Ajdodlarimiz merosi –bebaho ne’mat” mavzusida adabiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda  O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti  professor- o‘qituvchi va talabalari,  institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.

Bizni unutg‘onni unutmoq kerak...

Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur o'tmish va bugunning eng ulug' siymosi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida 8 fevral xalqimiz ma'naviy dunyosining shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan, mo'tabar nomi va ijodiy merosi boqiy, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmaydigan, asarlarida inson qalbini, ezgulik va hayot haqiqatlarini teran ifoda etgan mutafakkirlar, Alisher Navoiy

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 534 yillik tavalludiga bag’ishlangan tadbir

Маданият ва маърифат
TTA Urganch filialida shu yilning 14 fevral kuni filialning Ma’naviyat va ma’rifat xonasida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.B. Samanova tomonidan talabalar bilan birgalikda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “Navoiyni anglab” nomli tadbir o‘tkazildi

Шеърият ва адабиёт

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida 2016 yil  9 fevral kuni   Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “Navoiyni anglab”  nomli   tadbir o‘tkazildi.Tadbirda  “Tillar” kafedrasi mudiri dots.Keldiyorova G.

O'zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov bilan uchrashuv.

Учрашувлар
Barchamizga ma'lumki fevral oyida ikki buyuk bobolarimiz Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlarini respublika miqyosida keng nishonlash an'ana tusiga kirgan.Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti majlislar zalida bo'lib o'tdi va unda, tahsil

Ikki buyuk siymo, ikki mushtarak g`oya

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi

Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyog`usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asrlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko`p bahraman etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo`lamiz.

Safarnomalarning inson ma'naviyatida tutgan o’rni va ahamiyati

JizDPI
Илм-фан

Zahiriddin Muhammad Bobur  o’zbеk xalqining sеvimli farzandi. Otashqalb shoirning hayoti va ijodiga qiziqqan ixlosmand insonlar talaygina. Z.M.Boburning ijodiy mеrosini asrab-avaylash, ularni kеlajak avlodga еtkazish borasida rеspublikamizda bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Ulardan eng e'tiborlisi, 1992 yil “Bobur” nomli xalqaro jamg’arma hamda “Bobur izidan” ilmiy ekspеditsiyasining tashkil etilganligidir. Ushbu ekspеditsiya a'zolari bugunga qadar 30 dan ortiq xorijiy davlatlarga 15 marotaba ilmiy safarlar uyushtirib, “ko’hna tariximizga oid va buyuk ajdodlarimiz qoldirgan noyob asarlarning asl va foto nusxalari mamlakatimizga olib kеlindi, ular asosida 30 dan ortiq kitoblar chop etildi, 27 ta hujjatli vidеofilmlar yaratildi, 300 dan ortiq Bobur va Boburiylar tarixiga oid noyob kitob va qo’lyozma asarlar ilmiy istе'molga kiritildi ”.

Zahiriddin Muhammad Bobur olim va mutafakkir.

JizDPI
Илм-фан

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o‘tgan qisqa vaqt ichida o‘zbek xalqi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. U o‘z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondashish, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy –ma’naviy merosini o‘rganish sharafiga muyassar bo‘ldi. Respublikamizda ham ilm-fan yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilmoqda. O‘tmish pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq hayotiga tadbiq etishdek ulug‘ ishlar amalga oshirilmoqda.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHE’RIYATINING URDU TILIGA TARJIMASI XUSUSIDA

ToshDSHI
Илм-фан

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHE’RIYATINING
URDU TILIGA TARJIMASI XUSUSIDA

Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,

G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur

Misralarining muallifi shoir, nosir, tarixchi, tabiatshunos, geograf, geobotanik, mashshoq, me’mor, bog‘bon va binokor bo‘lgan ma’rifatparvar siymo Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga qiziqish va uni chuqurroq o‘rganish shunday tezkor zamonda ongimizga, shu’urimizga komp’yuter, biznes olami va boshqa sohaga oid ma’lumotlar paydar-pay kirib, bizni zamondan-da yugurik qilib qo‘yayotgan bir paytda bir lahzaga tin olib,o‘zimizni,o‘zligimizni anglashga ko‘mak beradi.
Z.M.Bobur hajman kichik,ammo har jihatdan barkamol she’riy meros qoldirdi. Shoirning o‘zbek tilidagi 120 dan ortiq g‘azali, 200 dan ko‘proq ruboiysi,shuningdek, tuyuq va qit’alari, fard va muammolari borligi aniqlangan.
Hind xalqining Boburning “so‘zuni o‘qub, o‘zini anglashi” uchun Dehli universiteti professori, bizga urdu tili va adabiyotidan saboq bergan marhum ustozimiz Qamar Rayis bilan hamkorlikda  uning g‘azal va ruboiylarini urdu tiliga baholi qudrat tarjima qilishga kirishdik. Qilgan say’-harakatimiz natijasida 2002 yilda Dehlida “Zahiruddin Muhammad Babar-shaxsiyyat aor shairi” (Zahiriddin Muhammad Bobur – shaxsiyati va she’riyati) deb atalgan kitob she’riyatni qadrlovchi muxlislar qo‘liga yetib bordi.
Kitobning birinchi qismida Boburning shaxsiy hayoti lavhalari, Movarounnahr, Samarqandda markazlashgan davlat tuzish uchun kurashlari, hayotini ostin-ustin qilib yuborgan jangu jadallarda kechgan yillar haqida so‘z boradi. Kitobning ikkinchi asosiy qismidan g‘azal, ruboiylar va qit’alarning tarjimasi o‘rin olgan.
Tarjima jarayoni haqida ikki og‘iz so‘z: biz Bobur devonidan asosan hasbi hol yo‘nalishidagi, ya’ni shoirning taqdiri,uning hayoti va faoliyatiga doir kechinmalarning ifodasi bo‘lgan she’rlarni tanlab oldik. Biz uning mansur, ya’ni nasriy tarjimasini qildik. O‘zlari shoir o‘tgan Qamar sohib esa ularni manzum qildilar. Ustoz mendan ikki omilga e’tibor berishimni so‘radilar – avvalo, she’r badiiy teran va sermazmun bo‘lsin, ikkinchidan, she’rdagi radif turkiy so‘zlar bilan berilgan bo‘lsa ham, ammo uning qofiyadosh so‘zlari imkon qadar arab-fors so‘zlari bo‘lsin. Chunki urdu tilining so‘z boyligida arab-fors so‘zlari aksariyatni tashkil etadi. Bu esa asosiy maqsadga, ya’ni she’rning badiiy ruhiga putur yetmasligiga xizmat qiladi.
Endi tarjimalardan misol keltirsak:
Boburning hayot ne’matlari,do‘stlar suhbatidan zavqlanish,hayotga umid ko‘zi bilan qarashga undovchi

Gahi sog‘in,ne bo‘ldi zorlarni,
Unutmag‘il burunqi yorlarni

Matla’si bilan boshlanuvchi sho‘xchang g‘azalida   “xorlarni, bemorlarni, afgorlarni, dildorlarni, dorlarni”  kabi so‘zlar qofiyani tashkil etadi. Bu kabi g‘azallar urdu tiliga juda silliq va oson manzum bo‘lgan. Ikki bandni misol qilib keltirsak:

Gahe-gahe yad karo dildaron ko
Yun mat bhulo dur aftada yaron ko
Hajr ke g‘am me zar hua,bimar hua
Akar dekho tum apni bimaron ko

Ikkinchi manzum qilingan g‘azallar sirasiga shundaylar kiradiki, ularning bir yoki ikki misrasida turkiy suz  qofiyadosh bo‘lib kelgan. Nima qilish kerak? G‘azal nihoyatda go‘zal. Ko‘ngil uzib bo‘lmaydi. Biz mana so‘zlarni shu holida qoldirdik va sahifaning oxirida uning urducha tarjimasini berdik, Shoirning ona yurtni qo‘msash, unga talpinish, g‘ariblik azoblaridan hasrat ohanglariuchraydigan g‘azallaridan biri
Ulki yillar,oylar o‘tkargay g‘amu motam bila,
Shodu xurram bo‘lmag‘ay Navro‘z ili,bayram bila

Matla’si bilan boshlanadi. “Bayram” so‘zi urduda yo‘q. Qolgan misralarda esa “jam bila, olam bila, zeru bam bila (musiqada tovushning baland-past tushishi) “kabi forsiy so‘zlar qofiyani tashkil etgan. Birgina “bayram” so‘zi tufayli bunday  ta’sirchan g‘azaldan voz kechish hushyorlarning ishi emas. Zero, bu band quyidagicha tarjima qilindi:
Guzarta he  mahine vo ranj-o matam me
Ke shad dekha nahin us ko jashn-o beyram me

ya’ni biz bayram so‘zini shu holicha qoldirib, uning urdudagi tarjimasini g‘azalning oxirida keltirdik.
Boburning badiy barkamol, juda ravon, kishi dilini qitiqlovchi o‘tli g‘azallari juda ko‘p.Misol uchun:
Hajraro ishrat ayog‘in bormu no‘sh aylar chog‘im,
Sensizin yurub ayoq ichkunsa,sinsun ayog‘im

Matla’li g‘azallari kabi badiiy barkamol, juda ravon,kishi dilini qitiqlovchi o‘tli misralari ko‘p. Ammo ularning qofiyasi turkiy so‘zlardan tarkib topgani bois ularning aksariyati mansur tarjima holida qolib ketdi.
Bu ishga qo‘l urishimizdan asl maqsad fotih emas, shoh emas, eng avvalo, shoir, yirik san’atkor bo‘lgan Boburning oddiy shaxs, oshiq yurak sifatidagi sevgi quvonchlari va alam-sitamini, taqdir aybi bilan tushkunlikka tushgan kishining ohu nolasini xalq diliga yetkazish edi.
Umidimiz borki, insoniy fazilatlarni targ‘ib etuvchi, vatanparvarlik va hayotsevarlik g‘oyalari bilan g‘azalxonga zavq-shavq baxsh etuvchi misralar hind xalqining yuragidan o‘rin ola oladi. Hind xalqi buyuk san’atkorni shonu shavkatni qo‘msovchi taxt da’vogari deb emas, “bori elga yaxshilik qilib, dahr aro  falondin yaxshilig‘ qoldi” deb tilga olsa, mehnatimiz zoe ketmagan deb bilamiz.

f.f.n. dots. Muxayyo Abdurahmonova

Zahiriddin Muhammad Bobur

Арбоблар
Жамият
Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda u adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanadi.

Bobur 1483-yili Farg'ona viloyatining poytaxti Andijonda tug'ilgan. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to'rtinchi avlod-evara edi. Onasi Qutlug' Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o’n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ko'rinadiki, Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashhur shaxslaridan biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti o'spirinlikdan to umrining oxirigacha jang-u jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va mag'lubiyat, ijod-u bunyodkorlik og'ushida kechdi.