топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

XALQARO:

XALQARO OILA KUNI


15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Andijon viloyatida barcha oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Baxtli oila sari” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi, yoshlarga oila va nikohning muqaddasligini anglatish va uni hayotga tadbiq qilish, sog’lom, mustahkam va ahil oila qurish uchun zamin yaratish va yoshlarga ajdodlarimiz merosiga hurmat, Vatanga sadoqat, istiqlolga fidoiylik tuyg’ularini, milliy urf-odat va an’analarimizni singdirishdan iboratdir.

Professor-о‘qituvchilar xorijga malaka oshirishga yuboriladi

Илм-фан
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’limni takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaror respublika oliy ta’lim muassasalarini tubdan takomillashtirish, xorijiy mutaxassislarni bevosita ta’lim jarayoniga jalb qilish orqali xorijiy tajribani tadbiq qilish borasida dasturul amal bо‘lmoqda. Shu maqsadda Gyote instituti va О‘zDSMI hamkorligida Germaniya davlatidan “Qadrdon dо‘stlar” (Mullewapp) animatsion filmi rejisseri Toni Lozer va “Xaydi” (Heidi) badiiy filmi rejisseri Alen Gsponer joriy yilning 5 may kuni institutga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad О‘zDSMI va Tarmoq markaz professor-о‘qituvchilari va animatsion rejissura yо‘nalishi

“VII-Халқаро Тошкент Фотобиенналеси” тадбири

Камолиддин Бехзод номидаги миллий рассомлик ва дизайн институти

       2014 йил 6 октябрь куни Ўзбекистон Бадиий Академияси марказий кўргазмалар залида“VII-Халқаро Тошкент Фотобиенналеси-2014”  доирасида кўргазмаларининг тантанали равишда очилиш маросими бўлиб ўтди. Биенналени Ўзбекистон Баддий Академияси раиси А.В.Нуриддинов очиб берди.Fotobiyenale


       Биенналенинг очилиш маросимида санъат усталари ва ёш ижрочилар ташриф буюрдилар.


       Кўргазмада 32 давлатдан 200 дан ортиқ етук фоторассомлар қатнашиб,  асарлари ушбу кўргазма экспозициясидан ўрин олган. 


       Марказий кўргазмалар залида намойиш этилаётган фотосуратлар Ўзбекистон фотосанъати олами ижодий ҳаётини жадал суръатлар билан ривожланиб бораётганидан далолат беради, шунингдек замонавий фотографларнинг борлиқни бадиий ўзлаштиришга  ва янада кучлироқ қизиқишига олиб келади.