топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Vatan himoyachilari kuni:

Mardlar qо‘riqlaydi Vatanni...

Жамият
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Vatan himoyachilari oyligi doirasida bir qator tadbirlarni tashkil etdi. Jumladan, 13 yanvar kuni soat 10:00 da institutning О‘quv teatrida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda О‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qо‘shinlari 9117-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda “Biz Vatan qalqonimiz!” nomli madaniy-ma’rifiy, badiiy tadbir bо‘lib о‘tdi.


Миллий армиямизнинг шакллантирилиши ва ҳуқуқий асослари мустаҳкамланиши тарихидан

QarMII
Илм-фан
  14 январь — Ватан ҳимоячилари куни қисқа давр ичида нафақат ҳарбийлар, балки армиямиз сафида муқаддас бурчини адо этганлар ва эндигина хизматга шайланаётган фарзандларимиз, қолаверса, барча юртдошларимизнинг энг азиз байрамларидан бирига айланди. Ушбу сананинг кенг миқёсда нишонланаётган халқимизнинг эл-юрт ҳимоячиларига бўлган

Tayloq Agrotadbirkorlik va Samarqand agrosanoat kollejlarida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari o’tkazildi

2017 yil 13 yanvar kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari — kafedra mudiri D.T.Amridinova, dos.S.S.Doliev, Sh.B.Sa’dullaeva, Sh.A.Indiaminova va Al va KHKlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul T.H.Halimovlar tomonidan Tayloq Agrotadbirkorlik va Samarqand agrosanoat kollejlarida “14-yanvar

“Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbirlari o‘tkazildi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера

     Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbir universitetning 7 bino faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, harbiy soha vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
     Tadbirni Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektor N. Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zi avvalida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha yig‘ilish ishtirokchilari va mehmonlarni samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik hamda uni ta'minlashda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mavkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik jamiyatimiz barqaror taraqqiyot garovidir

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Bank ishi fakulteti Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi professor o‘qituvchilari 1-sonli talabalar turar joyida “Mavkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik jamiyatimiz barqaror taraqqiyot garovidir” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Vatanga xizmat – oliy saodat

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
 
     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tomonidan keksalarga e'tibor qaratish, ularni e'zozlash, ko‘nglini ko‘tarish va duolarini olish, bugungi tinch-osuda, dorulomon kunlarga shukronalik keltirishni har bir yosh avlodning ongiga singdirib borish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
    Kafedra professor-o‘qituvchilari 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Chilonzor tumanidagi “Olmazor” mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Soldatov Yevgeniy Filippovichning xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi va alohida ehtirom ko‘rsatildi.
   Uchrashuv davomida aytib o‘tilganidek, bu kabi xayrli tadbirlarning o‘tkazilishi nuroniylarga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish barobarida yoshlarni keksa avlod vakillariga hurmat ruhida tarbiyalash, bugungi tinch-osuda hayotimiz yo‘lida chekkan zaxmatlarining qadriga yetish hamda ularda shukronalik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.
    Kafedra a'zolarining Ye. Soldatov xonadoniga tashrifi buyurib, dildan suhbat qurishi, ularning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Ayniqsa, hayotining eng gullagan davrida Ikkinchi jahon urushiga ketib, besh yil jangohlarda zaxmat chekkan, ne-ne azob uqubatlarni boshidan kechirgan 90 yoshli yevgeniy Filippovichning ibratli so‘zlari, bugungi tinch-osuda hayotimizning bardavomligini tilab qilgan duolari tadbir ishtirokchilarini juda ta'sirlantirdi.

 

Vatan o‘z fidoiy o‘g‘lonlarini unutmaydi

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
      Bugun butun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni»ga bag‘ishlab «Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!» shiori ostida turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Universitetimiz mehnat jamoasi, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ham bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar. Ular tomonidan harbiy qismlarda, ichki ishlar idoralariga tashriflar uyushtirilib madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
     Shuning bilan birga, “Vatan o‘z fidoiy o‘g‘lonlarini unutmaydi” shiori ostida Mustaqillik yillarida Vatan uchun o‘z jonini fido qilib halok bo‘lgan harbiylarning xonadonlariga tashriflar uyushtirilmoqda. Jumladan, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ta'lim dargohimiz faollari, Kasaba uyushma qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari 2000 yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovor harakatlarda halok bo‘lgan Ashirov Shermuhammad Ergashalievich istiqomat qilgan xonadonga tashrif buyurdilar. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasini Sh. Ashirovning oila a'zolari samimiy kutib oldilar.

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Toshkent Moliya Instituti
 2016-yil 12-yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent moliya institutining ARM zalida Moliyaviy menejment fakulteti «Menejment va marketing» kafedrasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 24— yilligi hamda14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik”, “O`zbek yigiti mustaqillik posboni” mavzuida davra suhbati bo`lib o`tdi.Tadbirda Mudofaa vazirligi vakili, podpolkovnik F.Boymatov, Mudofaa vazirligi vakili, mayor F.Baxramov, moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo`yicha prorektor J.E.Kurbanbayev, Moliyaviy menejment fakulteti dekani O.Astankulov, Menejment va marketing kafedrasi mudiri X.Asatullayev, kafedraning professor — o`qituvchilari hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar.

Milliy armiya — tinchligimiz kafoloti

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 24 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya — tinchligimiz kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Mudofaa vazirligi vakillari, universitetimiz pedagog jamoasi va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faollari Yangiyo‘l tumanida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad mazkur harbiy qismda xizmat qilayotgan zobitlar va askarlarni 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklash hamda ularning madaniy hordiq chiqarishlarini ta'minlashdan iborat.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Mazkur harbiy qism rahbari barchani bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda harbiy sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida gapirib o‘tdi.

Vatan himoyasi eng muqaddas burch va faxr

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Бизнес ва карьера

Istiqlolning ilk davridanoq ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish buyuk maqsadga aylangan yurtimizda Vatan himoyasiga, uning har qarich tuprog‘ini aziz va muqaddas bilib, ko‘z qorachig‘idek asrashga qodir o‘z armiyamizga ega bo‘lishga yuksak darajada e'tibor qaratib kelinmoqda.

“Biz Vatan qalqonimiz”

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining о‘quv teatrida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab” “Biz Vatan qalqonimiz” mavzusida professor-о‘qituvchilar va institut talabalari ishtirokida respublika ommaviy-axborot jurnalist-muxbirlarini jalb qilgan holda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.


 



 



14 январь – Ватан ҳимоячилари куни

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

2015 йил 15 январ куни  университет  спорт залида Самарқанд олий ҳарбий автомобил қўмондонлик – муҳандислик билим юрти курсантлари  ҳамда СамДУ талабалари ўртасида  армреслинг, тош кўтариш, арқон тортиш, шашка ва волейбол бўйича  спорт мусобақалари  ўтказилди.


Спорт мусобақасининг очилиш маросимида университет ректори в.б. проф Н.Б.Эшқобилов,  Самарқанд Олий ҳарбий автомобиль қўмондонлик-муҳандислик билим юрти бошлиғининг ўқув ва илмий ишлар бўйича ўринбосари, подполковник  А.Қамбаров, жисмоний маданият факультети профессори  Ж.Эшназаров, жисмоний маданият факультети 405 – гуруҳ талабаси, Президент стипендианти, Ўзбекистон белгиси кўкрак нишони совриндори  Л.Асановалар сўзга чиқишиб, иштирокчиларни байрам  билан табриклашди.


Самарқанд давлат университетида «14 январь – Ватан ҳимоячилари куни” муносабати билан 2015 йил 14 январь куни амалга оширилган ишлар

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

     2015 йил 14 январъ куни Самарқанд шаҳар ҳокимлиги томонидан Амир Темур ҳайкали пойига гул қўйиш маросими ўтказилди. Унда “Камолот” ёшлар ижтимоий  ҳаракати  университет бошланғич ташкилотининг 25 нафар фаоллари иштирок этди.


      Университетда муддатли ҳарбий хизматни ўтаган талабалар ўртасида факультетлараро  футбол ва  шахмат   мусобақалари якунланди.   Футбол  бўйича мусобақада  жисмоний маданият факультети 1-ўринни, ижтимоий-иқтисодиёт  факультети  2-ўринни,  рус  филологияси ҳамда тарих  факультетлари  3-ўринни эгаллади.     Шахмат  бўйича мусобақада механика-математика факультети 1-ўринни, табиий фанлар   факультети  2-ўринни, жисмоний  маданият  факультети  3-ўринни эгаллади.


14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi

Buxoro davlat universiteti Harbiy fakultetida 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yillik bayramiga bag`ishlab 2015 yil 13 yanvarda tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir Harbiy fakultet boshlig`i vazifasini bajaruvchi podpolkovnik B.Jo`rayevning so`zi bilan boshlandi.Harbiy fakultet boshlig`i podpolkovnik B.Jo`raev o`z so`zida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Vatan himoyachilariga yo`llagan tabrik so`zlarining mazmun-mohiyati haqida va yoshlarimizning kelajagi, ularning bilim saviyasini oshirish, jangovor tayyorgarligini va harbiy intizomni mustahkamlashdagi ustuvor vazifalar haqida gapirib, fakultet shahsiy tarkibini va tadbirda kelgan barchani Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etdi.


Vatan ulug` – burchi muqaddas

Buxoro davlat universiteti jamoaviy blogi

Buxoro Viloyat hokimining 2014 yil 12 dekabrdagi 436-F sonli farmoyishi hamda 29 dekabrdagi 1q5078-5-1 sonli “Viloyat jamoatchilik vakillarining harbiy qismlarga tashrifi bo`yicha reja-jadvali”ga muvofiq 2015 yil 7 yanvar kuni Buxoro shahridagi 71428-sonli, 2015 yil 6 yanvar kuni Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi va harbiy komendaturada, 2015 yil 8 yanvar kuni Qorovulbozor tumanidagi 7551-sonli harbiy qismlarda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimizda Qurolli Kuchlarni isloh qilish borasida erishilgan yutuqlar, Vatanimiz xavfsizligining kafolati bo`lgan milliy armiyaning jamiyatda va davlatda oshgan o`rni va ahamiyati to`g`risida targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borildi.


Самарқандда «14 январь – Ватан ҳимоячилари куни” муносабати билан 2015 йил 13 январда ўтказилган тадбирлар

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

      2015 йил 13 январь куни  университет бош биноси мажлислар залида ҳарбий кафедра ўқитувчилари ва талабалари иштирокида  “Миллий армиямиз   -  ғуруримиз, ифтихоримиз” мавзусида байрам тадбири ўтказилди. Тадбирни университет маънавий-маърифий ишлар бўйича проректори С.Аббосов олиб борди. Тадбирда университет илмий ишлар бўйича проректори М.Қодиров, университет ҳарбий кафедраси катта ўқитувчиси, подполковник М.Ахмадқулов, “Камолот” ЁИҲ университет бошланғич ташкилоти етакчиси Ҳ Тўхтаевлар Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларида амалга оширилаётган ислоҳотлар тўғрисида маърузалар қилишди.


Самарқандда «14 январь – Ватан ҳимоячилари куни” муносабати билан 2015 йил 12 январда ўтказилган тадбирлар

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

        2015 йил 12 январь куни “Ватан ҳимоячилари куни” га бағишланган вилоят байрам тадбирлари ўтказилди. Мотамсаро Она ҳайкали пойига гул қўйиш маросими ҳамда тантанали байрам тадбирида  университетнинг 100 га яқин профессор – ўқитувчи ва талабалари иштирок этди.